4-mavzu: Qishloq xo‘jaligi traktori Reja: Traktorning vazifasi, tuzilishi va ishlash jarayoni


Download 329.17 Kb.
bet2/3
Sana07.03.2023
Hajmi329.17 Kb.
#1246387
1   2   3
Bog'liq
4- mavzu

Boshqarish mexanizmi – traktorning yurish qismiga ta’sir etib, traktorning xarakat yo‘nalishini o‘zgartirish, to‘xtatish va xarakatsiz ushlab turish uchun xizmat qiladi. Bunga g‘ildirakli traktorlarda rul chambaragi, o‘ng va chap tormozlar, zanjirli traktorlarda planetar yoki friksion mexanizm, o‘ng va chap tormozlar kiradi.
Traktorning ishchi jihozlariga gidravlik osma tizim, tirkash qurilmasi, quvvat olish valikiradi.
YOrdamchi jihozlarga o‘rindiq, yoritish, ogohlantirish, isitish, havoni almashtirish va boshqa jihozlar kiradi.
G‘ildirakli traktorlar zanjirli traktorlarga nisbatan quyidagi afzalliklarga ega: engil boshqariladi, xarakatchan, transport holatidagi tezligi yuqori (50 km/soatgacha), universal (barcha ishlarda qo‘llash mumkin), yurish mexanizmi sodda va hakozo. Ammo bu traktorlarni kamchiligi namligi yuqori bo‘lgan va haydalgan tuproqlarda ishlatish samaradorligi past, chunki uning g‘ildiraklarini tuproq bilan ilashish yuzasi kichik bo‘lganligi sababli shataksirashi (buksovanie) natijasida tortish sifati keskin kamayadi. SHu bilan birga tuproqni zichlashi zanjirli traktorga nisbatan yuqori ekanligi hisoblanadi.
Zanjirli traktorlarda yurish qismini zanjir ko‘rinishida yasalganligi tufayli uning er bilan ilashish yuzasi katta bo‘lishi hisobiga tuproqni kam zichlaydi, uning tortish sifati yuqori bo‘lib, ulardan haydalgan maydonlarda tuproqqa ishlov berishda foydalanish yuqori samara beradi.
4.2.Traktorlarning tasniflanishi va ularni
qishloq xo‘jaligida qo‘llanishi
Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishida qo‘llaniladigan traktorlar quyidagi turlarga bo‘linadi:
Traktorlar ilgagidagi tortish kuchini miqdori bo‘yicha : 2, 6, 9, 14, 20, 30, 40, 50, 60, 70 kNsinfga bo‘linadi.
Belgilangan ishlarni bajarishiga qarab:umumiy ishlarni bajaradigan traktorlar (er haydash, tekislash, ekishdan oldin tuproqqa ishlov berish va b.); universal-chopiq traktorlari (ekinlar qator oralariga ishlov beradigan, yuklarni tashiydigan); maxsus traktorlar (bog‘ va uzumzorlarda, botqoq, tog‘ oldi mintaqalarda qo‘llaniladigan) turlarga bo‘linadi.

Download 329.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling