4-mavzu. Tovar-pul munosabatlari rivojlanishi bozor iqtisodiyoti shakllanishi va amal qilishining asosidir


Download 117.17 Kb.
bet8/16
Sana13.05.2023
Hajmi117.17 Kb.
#1456509
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16
Bog'liq
4-mavzu.Tovar-pul munosabatlari rivojlanishi bozor iqtisodiyoti shakllanishi va amal qilishining asosidir

Pul kelib chiqishining evolyusion konsepsiyasiga ko‘ra ular ijtimoiy mehnat taqsimoti, tovar ishlab chiqarish va ayirbosh- lashning rivojlanishi natijasida vujudga kelgan. Qiymat shakllari va ayirboshlash rivojlanishining tarixiy jarayonini tadqiq qilish orqali tovarlar umumiy olami ichidan pul rolini bajamvchi alohida tovar- ning ajralib chiqishini tushunish mumkin. Bir tovaming qiymati uni boshqa bir tovarga ayirboshlash orqali aniqlanadi (T-T). Bir qarashda ayirboshlash bitimida har ikkala tovar ham bir xil rol o‘ynaydigandek ko‘rinadi. Aslida esa ulaming roli turlichadir. Bir tovar o‘z qiyma- tini boshqa tovarga nisbatan ifodalaydi. Ikkinchi tovar esa birinchi tovaming qiymatini o‘zida ifodalab, ekvivalent rolini bajaradi, ya’ni qiymatning ekvivalent shaklini tashkil etadi. Xuddi mana shu yerda pulning dastlabki kurtagi paydo boTadi. Pulning paydo boTishi va rivojlanishida qiymat shakllarining rivojlanish bosqichlarini bilish muhim o‘rin tutadi. Umuman olganda, qiymatning oddiy yoki tasodi- fiy, muntazam, kengaytirilgan, umumiy va pul shakllari mavjud.
Ayirboshlash jarayonining tarixan uzoq davom etgan davri mobayni- da turli tovarlar umumiy ekvivalent rolini o‘ynagan. Masalan, ayrim joy- larda chorva mollari, ayrim joylarda tuz, ayrim joylarda mo‘yna, nodir metallar (kumush, mis, oltin) va boshqalar. Ekvivalent rolini o‘ynovchi turli tovarlar ichidan ba’zi birlari o‘zining barcha tomonidan tan olinishi tufayli ajralib chiqa boshladi (masalan, nodir metallar). Chunki, ekviva- lent rolini o‘ynovchi tovarlaming barchasi ham ayirboshlash jarayonida vositachilik vazifasini bir xilda muvaffaqiyatli bajara olmas edi. Nati- jada, barcha tovarlaming qiymatini bir xil tovar qiymati orqali taqqos- lash mumkin bo‘lgan qiymatning umumiy shakli vujudga keldi.
Tarix va arxeologiya fanlarining bergan maTumotlariga ko‘ra, tovar-pul munosabatlari eng qadimdan paydo boTgan va rivojlan- gan davlatlardan biri bizning mamlakatimiz hisoblanadi. Chunki bu yerda pul ishlatila boshlanganiga 2 ming yildan oshgan. Bunga mi- sol qilib, hozirgi O‘zbekiston hududida yashagan xalqlar va qabila- lar foydalangan dastlabki pul belgilari hamda tangalami ko‘rsatish mumkin. Tarixchilaming tadqiqotlariga ko‘ra, eramizdan awalgi V-IV asrlarda Axmonivlar imperivasida zarb qilingan oltin dariklar va kumush sikllami, eramizdan awalgi III-II asrlar oxiriga borib, Shimoliy Baqtriya, So‘g‘d, Buxoro, Xorazmda kumush va suberatli (bronza ustiga yupqa kumush qoplangan) “o‘xshatma” tangalar zarb qilinganini aytish mumkin.
Eramizdan awalgi I asrda davlatning o‘z kumush va mis tanga- lari zarb qilina boshlandi. Tanganing old tomonida mahalliy hukm- dor surati, orqa tomonidan - turli tasvirlar va belgilar, so‘g‘dcha va xorazmcha, keyinroq esa baqtriycha yozuvlar boTgan. So‘g‘d va Xorazm davlatlarida eramizning birinchi yarmida kumush va mis qoTlanilgan antik andozasining O‘rta Osiyoga xos turi saqlanib qol- gan. O‘zbekiston bilan Turkmanistonning janubiy qismida yashagan ko‘chmanchi xalq - qabilalari barpo etgan ulkan Kushon imperiyasida pul tizimi kumushga emas, balki oltinga asoslanganini aytish mumkin.
O‘sha davrda tangalar mamlakatning turli shaharlarida masalan, Samarqand, Buxoro, Mashxad, Balh, Nishopur, Saras va boshqa sha- harlarda chiqarilgan. Bundan tashqari XVI-XVII asrlarda Abdullaxon va Shayboniyxonlar tomonidan o‘tkazilgan pul islohotida ham aso- san oltin pulga asoslangan.
Shayboniyxon Samarqandni zabt etgandan keyin, 1507-yilda pul is- lohotini o‘tkazgan. Shayboniyxon (1501-1610) va Abdullaxon (1583- 1598) zarb etgan tangalar bizgacha etib kelgan. Abdullaxon davrida tanga (oltin va kumush) zarb qilish davlat poytaxti - Buxoroda markaz- lashtirilgan. 1695-1709-yillarda oltin tanga zarb qilish muntazam tus oldi. Tanga og‘irligi 4,8 gramm, sifat sofligi juda yuqori - 958 boTgan5.
Shayboniyxon va Abdullaxonlardan keyin 1695-1709-yillarda Joniylar davlati shakllanib oltin tanga zarb qilish muntazam yoTga qo‘yildi.
Shunday qilib, pulning kelib chiqishi tarixida eng avvalo, umu- miy ekvivalentlik rolini bajaruvchi bir nechta metallar (oltin, kumush, mis, bronza v.b.), keyinchalik esa bimitalizm ya’ni ikki xil metall pul- lar (kumush va oltin)dan oxirida esa monometal (oltindan) yasalgan tangalar muomalada boTgan.
Bizning mamlakatimizdan ancha keyin, XIX asming oxirida mamlakatlar birin-ketin oltin valyutaga, ya'ni monometall tizimiga o‘ta boshladilar. Bu hol Avstriyada 1892, Yaponiyada 1897, Rossiya- da 1898, AQSHda esa 1900-yilda sodir boTdi. Angliyada oltin pul tizimi XVII asming oxirida, Germaniyada 1871-yilda, Gollandiyada 1877-yilda joriy etilgan edi.
Umumiy ekvivalent rolining nodir metallarga, jumladan oltinga yuklatilish sabablari quyidagilar orqali izohlanadi:

  • sifat jihatdan bir xil oTchamga keltirish mumkinligi;

  • zanglamasligi va uzoq muddat saqlash mumkinligi;

  • boTinuvchanligi va boTgandan keyin yana yaxlit holga keltirish mumkinligi;

  • boTinganda ham o‘z qiymatini saqlab qola olishi;

  • tabiatda nisbatan kamyobligi;

  • ozgina miqdordagi va og‘irlikdagi nodir metallning qiymati ancha yuqoriligi.

Shu xususiyatlarga ko‘ra umumiy ekvivalent rolini o‘ynovchi ko‘plab tovarlar ichidan maxsus tovar - oltin pul ajralib chiqdi. Shun- day qilib, pul - bu hamma tovarlarni sotish va sotib olish mumkin boTgan, umumiy ekvivalent rolini o‘ynovchi maxsus tovardir.
Endi tovarlar dunyosi ikkiga - bir tomondan, naflilikning ifodasi bo‘lgan tovarlarga va ikkinchi tomondan, qiymatning moddiylashgan ifodasi bo‘lgan pulga ajraladi:
Tovarlar


Tovarlar dunyosi
Pullar
Pulning iqtisodiy mazmunini bilishda uning asosiy nazariyala- rini ko‘rib chiqish maqsadga muvofiqdir. Umuman olganda, pulning metallistik, nominalisitik va miqdoriy nazariyalarini farqlash mum- kin. Pulning kelib chiqishi va muomalada bo‘lishi metall pullar bi- lan bog‘liq bo‘lganligi sababli dastlab pulning metallistik nazariyasi vujudga kelgan. Uning asosiy mohiyati pulni nodir metallar (oltin va kumush) bilan ayniylashtirish orqali namoyon bo‘lgan.
Pulning metallistik nazariyasining rivojlanishida merkantilistik maktab namoyandalarining qarashlari muhim o‘rin tutadi. Ular pul- ning qadr-qimmatini oltin va kumushning tabiiy xossalarida deb bilib, uning tovar mazmunini tan olganlar. Biroq, pulni nodir metallar bilan ayniylashtirish ulaming mohiyati va iqtisodiyotdagi roliga noto‘g‘ri baho berish hamda pul fyetishizmining rivojlanishiga olib keldi.
Pulning nominalistik nazariyasi tarafdorlari metallistik nazariya- ga qarshi chiqib, pullaming tovar tabiati hamda ular ichki qiymatini zamrligining o‘zini inkor etadilar. Nominalistlar pulga shartli belgi sifatida qarab, ulaming nodir metallar bilan aloqadorligini rad qila- dilar. Nominalistik nazariya tarafdorlarining qarashlari o‘rta asrlarda to‘la qiymatga ega bo‘lmagan metall tangalaming muomalaga chiqa- rilishi bilan paydo bo‘ldi. Ba’zi bir namoyandalar pullar - davlat ho- kimiyatining mahsuli, shunga ko‘ra faqat davlatgina pullaming qiy- matini belgilashi mumkin, degan fikrlami ilgari surdilar. XX asming boshlarida, oltin standartning tan olinmasligi, uning bekor qilinishi bilan, nominalistik nazariya yanada rivojlandi.
Pulning miqdoriy nazariyasi - bu muomaladagi pul miqdo- ri, tovar narxlari darajasi hamda pullaming qiymati o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni izohlashga asoslangan iqtisodiy ta'limotdir. Uning mohiyati muomaladagi pul miqdori narxlar va pul qiymati
darajasining mutanosib ravishda o‘zgarishining dastlabki sababi- dir, degan qoidadan iborat.
Pulning mohiyatini to‘laroq tushunish uchun uning quyidagi asosiy vazifalarini ko‘rib chiqamiz: 1) qiymat o‘lchovi; 2) muomala vositasi; 3) boylik to‘plash vositasi; 4) to‘lov vositasi.
Pulning qiymat o‘lchovi vazifasini ideal pul bajaradi. Tovar egasi yoki sotib oluvchi fikran ideal ravishda shu tovaming almashuv qiy- matini pul bilan ifodalaydi. Tovaming narxi talab va taklif miqdori teng boTgan taqdirdagina uning qiymatiga muvofiq keladi. Aks hol- da, narx qiymatdan farq qiladi. Demak, tovarlaming narxi ulaming qiymati, pulning qiymati, talab va taklifning nisbati va boshqa omil- larga bogTiq. Tovar almashuv qiymatining pul bilan ifodalanishi uning narxini anglatadi. Tovaming almashuv qiymatini oTchash uchun muayyan miqdordagi pul materialini birlik qilib olish zamr. Bun- day birlik narxlar oTchovi (masshtabi) deb ataladi. Bir tomondan narxlar oTchovi har qanday oTchov birligi kabi shartlidir. Ikkinchi tomondan esa, u muayyan mamlakatda hamma tomonidan e’tirof etil- gan boTishi kerak. Shuning uchun davlat pul birligi huquqini qonun bilan mustahkamlaydi, bu birlik shu tariqa rasmiy tan olinadi.
Tovar muomalasi jarayonida naqd pul boTishi kerak, chunki tovar- lami oldi-sotdi paytida ulaming ramziy narxlari real pulga aylanmogT lozim. Bu jarayonda pul muomala vositasi vazifasini bajaradi. Dast- lab tovarlami ayirboshlashda pulning bevosita kumush yoki oltin quymalar shaklida mavjud boTishi muomala vaqtida qiyinchiliklar tug‘dirgan: pul metallni oTchash uni mayda boTaklarga boTish, si- fatini belgilash zamr boTgan. Keyinchalik metall quymalari o‘miga moneta (metall tangajlar ishlatila boshlagan. Uzluksiz muomalada boTish natijasida oltin tangalar yeyilib ketishi, o‘z vaznining bir qis- mini yo‘qotishi sababli muomalaga toTa qiymatli boTmagan qiymat belgilari chiqarilgan.
Pul muomaladan chiqarilganda boylik to‘plash vazifasini bajara boshlaydi. Natural xo‘jalik sharoitida boylik to‘plash, jamg‘arish mahsulot jamg‘arish shaklida amalga oshirilgan. Tovar xo‘jaligining rivojlanishi boylik to‘plashning pul jamg‘arish shaklini keltirib chiqaradi. Tovar xo‘jaligi taraqqiyotining dastlabki davrlarida pul jamg‘arish uni muomaladan chiqarib olish yo‘li bilan amalga oshiril- gan. Keyinchalik foyda ketidan quvish hukmron ahamiyat kasb etib, bo‘sh yotgan pul foyda keltirmasligi sababli pul egalari uni harakatga solishga, uni foydali joyda ishlatish yo‘lini topishga intildilar.
Tovarlar nasiyaga to‘lov muddati kechiktirib sotilganda, pul to‘lov vositasi vazifasini bajaradi. Xaridorlar tovaming pulini toTov muddati kelgandan keyingina toTaydi. Pulning bu vazifasi tovar muomalasi doira- si bilan cheklanmay, pul qarz berilganda, renta va soliqlami toTashda ham toTov vositasi vazifasini bajaradi. Qog‘oz pullar, veksel va banknot- lar - pulning toTov vositasi sifatidagi vazifasidan kelib chiqqan.
Bugungi kunda zamonaviy, ya'ni qog‘oz-kredit pullaming iqti- sodiy mazmuni va tabiati to‘g‘risida so‘z yuritilganda, Amerika, G‘arbiy Yevropa va Rossiyada chop etilgan iqtisodiy adabiyotlar- ning ko‘pchiligida qog‘oz pulning tovar emasligi qat’iy ta'kidlanadi. Bunda ayrim iqtisodchilar pulning tabiatini uning likvidligi, boshqa birlari esa uning dekret pul, ya’ni qonun tomonidan mustahkamlan- ganligi orqali belgilaydilar6.
Klassiklar ham, miqdoriylik nazariyasi tarafdorlari ham pulning alohida tovar ekanligini va boshqa tovarlardan uning ana shu alohi- da xususiyati ajratib turishini tushunmaydilar. Bizning nazarimizda qog‘oz pullar ham alohida tovar boTib, boshqa barcha tovarlaming qiymatini ifodalaydigan umumiy ekvivalent sifatida xizmat qiladi. Hozirgi bozor iqtisodiyoti sharoitida bizning kundalik hayotimizda deyarli dunyoning hamma mamlakatlarida barcha valyuta ayirbosh- lash punktlarida pul savdosi sodir boTib turibdi. Bu hodisa bir kunda bir marta emas million martalab sodir boTmoqda. Mana shuning o‘zi qog‘oz pullaming tovar ekanligini isbotlaydi. Undan tashqari qog‘oz pullar ham boshqa tovarlar kabi ikki tomonlama xususiyatga ega: bir tomondan, umuman tovar sifatida boshqa tovarlar singari qiymatga ega boTsa, ikkinchi tomondan, naflilikka, ya’ni iste’mol qiymatiga ega. Uning iste’mol qiymati umumiy ekvivalent sifatida boshqa istal- gan tovarga almashuvchanligida ifodalanadi. To‘la qimmatli pullar- dan o‘z qiymatiga ega boTmagan pul belgilarini qoTlashga o‘tish hamda naqd pulsiz hisob-kitoblaming rivojlanishi natijasida qog‘oz pul oddiy tovarlarga xos boTgan xususiyatlar - qiymat va iste’mol qiymatga ega boTmaydi. Ammo u maxsus tovar sifatida oltin puldagi ikki xususiyatni - qiymat belgisi va rasmiy naflilikni saqlab qoladi.
Qog‘oz pul umumiy ekvivalentlik vazifasini bajarganda, boshqa tovarlar qiymati bevosita qiymatga ega boTgan tovar (oltin) bilan emas, balki qiymat belgisiga ega boTgan vakolatli «tovar» bilan oTchanadi 7(4.3-rasm).



Download 117.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling