5- mavzu: O‘quv darslarining turlari va ularning mutaxassislar tayyorlashdagi roli


Download 71.15 Kb.
bet2/19
Sana07.03.2023
Hajmi71.15 Kb.
#1244746
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
5 mavzu

4. Bilim berish - o‘rganayotgan fan bo‘yicha axborot olish, olgan axboroti asosida xulosa chiqarishga o‘rgatish.
5. Metodologik - ma’ruza jarayonida tadqiqot metodlari taqqoslanadi, qiyoslanadi, ilmiy izlanish tamoyillari aniqlanadi.
6. Idrok, tafakkurni rivojlantiruvchi – tinglovchilarda bilmaganini bilishga qiziqish uyg‘otadi. Mantiqiy fikrlash va o‘z fikrini asoslashga o‘rgatadi.
Ma’ruzada mavzuning asosiy savollari ketma-ketlik asosida yoritiladi. Albatta, ma’ruzaning metodik jihatdan yoritilishi, bayon etilishi qo‘yilgan maqsad, o‘rganilayotgan fanning, mavzuning o‘ziga xos xususiyatlari bilan bog‘liq. Ma’ruza faqatgina iqtiso-diy rivojlanishning asosiy qonuniyatlarini ochib berish bilan cheklanishi kerak emas, fanning so‘nggi yutuqlaridan foydalangan holda ilmning amaliyotda qanday ahamiyatga ega ekanligini, hayotda real muammolarni yechishdagi ahamiyatini, yechish yo‘llarini ham ko‘rsatishi kerak.
Ma’ruza qanday fandan o‘qilishidan qat’i nazar, ilmiy xa-rakterga ega bo‘lishi, turli nazariy yo‘nalishlar, ilmiy maktab-larning asosiy g‘oyalarini talabalar ongiga yetkazishi va olgan bi-limini ishonchga aylantirishi kerak. Har qanday ma’ruzaning eng zarur sharti auditoriya bilan muloqotga kirishishdir. Ma’ruza o‘qish, eng avvalo, unga tayyorlanishdan boshlanadi. Buning uchun birinchi navbatda, ma’ruza mavzusi bo‘yicha adabiyotlar tanlash hamda ular bilan tanishib chiqish kerak.
Ikkinchidan, fan bo‘yicha ishlab chiqilgan dasturga ko‘ra, ma’-ruza rejasi va reja bo‘yicha matn tayyorlanishi hamda darsni o‘tka-zishda qo‘llaniladigan metodlarni tanlab chiqish, dars jarayonini texnologik tizim sifatida tarkibi, ketma-ketligini aniqlash lozim.
Ma’ruzada darsni uch bosqichga bo‘lish mumkin:
1. Kirish. Avvalgi ma’ruzada nimalar o‘rganilgan, uning natijasi nimalar bilan bog‘liq, bugungi darsga qanday maqsad qo‘yilyapti? Avvalo dars ilgarigi mavzu bilan bog‘lanadi. Keyin yangi mavzu e’lon qilinadi. Ma’ruzarejasi, mustaqil o‘qish uchun zarur asosiy va qo‘shimcha adabiyotlar ro‘yxati tavsiya etiladi. Mavzuni o‘rganishdagi asosiy termin, tushunchalar, mustaqil ravishda bajariladigan ishlar, topshiriqlar beriladi.
2. Asosiy bosqich. Bu bosqich ma’ruza rejasiga ko‘ra tanlangan dars o‘tish metodlarini qo‘llagan holda o‘tkaziladi. Tinglovchilarga mo‘ljallangan axborotlar yetkaziladi.
3. Yakuniy bosqich. Ma’ruzaga yakun yasaladi, qisqacha xulosa chiqariladi. Talabalar diqqati uchun mazkur mavzudagi eng asosiy tushuncha, e’tibor qaratilishi lozim bo‘lgan jihatlar, hodisalar ta’kidlanadi. Qo‘yilgan maqsadga qay darajada erishildi, bu tah-lil qilib, baholanadi. Bugungi ma’ruzada bajarilgan ish kelgusi faoliyatda qanday muhim ahamiyatga ega ekanligi ko‘rsatiladi.
Ma’ruzalarni didaktik vazifasiga qarab:
*kirish;
* mavzular bo‘yicha;
* yo‘l-yo‘riq ko‘rsatadigan;
* tahliliy;
*yakunlovchi ma’ruzalarga bo‘lish mumkin.
Kirish ma’ruzasi ma’lum bir fanni, mavzuni yoki muammoni o‘rganishga bag‘ishlanib, unda ana shu masala, muammolar haqidagi fikrlar, ularning ijobiy tomonlari, kamchiliklari, yechilmagan muammolar ko‘rsatiladi. O‘rganishni boshlangan fanning predmeti, o‘rganish metodlari bo‘yicha ma’ruza kirish ma’ruzasiga tipik misol bo‘la oladi.
Mavzular bo‘yicha ma’ruzalar - eng ko‘p o‘qiladigan ma’ruza bo‘-lib, unda o‘rganilayotgan mavzuning asosiy mazmuni, amaliyotda sinalgan, qabul qilingan ilmiy qarashlar, mavjud yechimini kutayot-gan masalalar bayon qilinadi. Ularni yechishning mavjud yo‘llari ko‘rsatiladi, yangilarini topish tavsiya etiladi.
Yo‘l-yo‘riq ko‘rsatuvchi ma’ruza - talabalarga mustaqil ishlash-ni o‘rgatishga qaratiladi. Undako‘proq metodik maslahatlar beri-ladi. Tavsiya qilinadigan adabiyotlarni mustaqil o‘qish, ular ustida ishlash jarayonida diqqatni qaratish lozim bo‘lgan masa-lalar ko‘rsatiladi.
Tahliliy ma’ruza u yoki bu muammo, mavzu yoki ma’lum bir tizimga solingan savollarni ma’lum bir mantiqiy aloqadorlikda bayon qilishga qaratiladi. Ko‘pincha oliy o‘quv yurtlarida yakuniy nazorat yoki imtixon-attestatsiyalar oldidan o‘tkaziladi.
Yakunlovchi ma’ruza ma’lum bir mavzu, muammoni yoki fanni o‘rganib, uning yakuni bo‘yicha o‘tkaziladi. Muammo yechimlari va fanning predmeti to‘g‘risida asosiy xulosalar bayon etiladi.
Ma’ruza va unga qo‘yiladigan asosiy talablar
Iqtisodiy fanlarni o‘rganishda talabalar-ningijodiy fikrlarini rivojlantirish-ga ta’sirko‘rsatishi, ularni jamiyatri-vojlanishi iqtisodiy qonun, tendensiyalarini chuqur tushunishi, nazariy masalalar bilan amaliyotni bog‘-lash mahoratini hosil avlodning dunyoqarashini shakllantirish, hayot ke-chirish tarzini tanlashning tarbiyaviy ahamiyatini oshirishi lozim.Ilmiyligi jihatdan nazariya asoslarini amaliyot bilan, masalaning qo‘yilishini ilmiylik bilan hamda iqtisodiyotning yangi dolzarb masalalariga ijodiy yondashish bilan, nazariy dalillarning mantiqiylik bilan uzviy birligi ta’minlanishi kerak.
Iqtisodiy fanlardan ma’ruza o‘qish o‘qituvchi oldiga quyidagi vazifalarni qo‘yadi:

  • talabalarga iqtisodiyot fanlarining nazariy boyligini ochib berish;

  • dunyodagi mashhur iqtisodchilar, O‘zbekiston respublikasiPrezidenti va taniqli iqtisodchi olimlarning ishlarini chuqur-roq o‘rganishga yordam berish;

  • bir fandan olgan bilimlarini boshqa fanlarni o‘rganishda ijodiy qo‘llashlariga yordam berish;

  • talabalarga bozor iqtisodiyoti sharoitida murakkab ijti-moiy-iqtisodiy muammolarni yechish uchun to‘g‘ri yo‘l topish bora-sida o‘ziga ishonch ruhini tarbiyalash.

Ma’ruza talabalarda fanni o‘rganishga qiziqish, ishtiyoq uyg‘oti-shi kerak. Ma’ruzani shunday tuzish kerakki, talabada fanni chuqur o‘rganish uchun mustaqil ravishda adabiyotlar topish, ularni ustida ishlash, tushunishga xohish-istak tug‘ilsin. Shuning uchun zarur materiallar, kitoblar, jurnal va boshqa manbalarni tan-lash prinsipial ahamiyatga ega.
Ma’ruzaning ijtimoiy-iqtisodiy yo‘nalishi uning ilmiy-ligi bilan bog‘liq. Ma’ruzachi real hayotning obyektiv tahliliga, iqtisodiy taraqqiyotning asosiy qonuniyatlariga, iqtisodiy hodi-salar va xo‘jalik hayotining omillari o‘rtasidagi ichki bog‘lanish-larni aniqlashga, tahlil qilishga asoslanishi kerak.
Tajriba shuni ko‘rsatadiki, talabaga ishonchli dalillar, chu-qur tahlil ko‘proq ta’sir qiladi. Har qanday fan, jumladan, iqtisodiy fanlar ham ishonchli dalillar, ma’lumotlar, nazariy va amaliy xulosalarga tayanadi.
Psixologlarning kuzatishlaricha bilish, o‘rganish jarayoni fikrlar qarama-qarshiligi asosiga qurilsa, samarali bo‘ladi. Ilmiy munozara talabalar uchun ijodiy muhit yaratadi. Iqtisodchi-pedagoglar uchun mo‘ljallangan ma’ruzada munozarali savol-larni qo‘yish, turli nuqtai nazarlarni bayon qilish maqsadga muvofiq. Ma’ruzachining o‘zi ma’lum bir nuqtai nazarni qo‘llab-quvvatlar ekan, talabalarga ham ana shu qarash to‘g‘riligini tu-shuntirishi, auditoriyani ishontirishi kerak.
Ma’ruzaning ilmiyligi materialni bayon qilishning izchilligi, savollarni aniq, tushunarli qo‘yilishini ko‘zda tutadi. Il-miy-iqtisodiy jarayonlar, iqtisodiy hayotni tahlil qilishda ta-rixiylik va mantiqiylikka amal qilishni talab etadi.
Ma’ruzaga tayyorlanish jarayonida o‘qituvchi mavzu bo‘yicha savollarni qanday bayon qilishni, qanday uslublar qo‘llashini ko‘z o‘ngiga keltirishi kerak. Ana shundagina mavzu bo‘yicha adabiyot-larni, zarur ma’lumotlarni to‘g‘ri tanlashi mumkin. O‘qituvchi, zarur dalillar, ma’lumotlarga ega bo‘lsada, ularni ishonarli, asos-langan holda bayon qilmasa fandagi dolzarb savollarga javob be-rishdan chetlab o‘tishi yoki chetga chiqishi mumkin. Bu hol talaba-larda ma’ruzadan qoniqmaslikka, uning ishonchliligi va tarbiya-viy ahamiyatini tushirishga olib keladi.
Nazariya bilan amaliyotning o‘zaro bog‘lanishi nihoyatda murakkab jarayon. U turli-tuman: ichki, tashqi, bilvosita va bevo-sita, muhim va uncha muhim bo‘lmagan omillar bilan aniqla-nadi. Shuning uchun ham ma’ruzaga tayyorlanish paytida ana shu jarayon-larni chuqur tahlil qilishni bilish, u yoki bu hodisani rivoj-lanishining asosiy tendensiyalarini aniqlash kerak. Mavzudan chetdagi turli-tuman misollar bilan cheklanish yaramay-di.
Nazariyani asoslash uchun xo‘jalik hayotidagi turli-tuman hodisa-larni ijobiy yoki salbiy misol sifatida keltirish unchalik qiyin emas. Lekin real voqelikni noto‘g‘ri ko‘rsatish, faqat yuzaki tashqi aloqalarni takidlash bilan cheklanish yaramaydi. Ular masalaning mohiyatini ifodalamaydi va ochib bermaydi.

Download 71.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling