5. Linzada tasvir yasash. Linza formulasi. Mavzuga doir test topshiriqlari


Download 124.94 Kb.
bet2/3
Sana11.05.2023
Hajmi124.94 Kb.
#1450151
1   2   3
Bog'liq
оптика

6. Optik asboblar
Mavzuga doir test topshiriqlari


1. Proeksion fonar ob'ektivining optik kuchi 8 dptr ga teng. Ekran bilan fonar orasidagi masofa qanday bo’lganda, 25 marta kattalashtirish kuzatiladi (m)?
A) 4 B) 5 C) 3,5 D) 3,25
2. Auditoriyadagi proektsion apparat ob'ektivining fokus masofasi 20 sm, ob'ektivdan ekrangacha bo’lgan masofa esa 20 m ga teng. Diapozitivda rasmning balandligi 4 sm bo’lsa, ekrandagi tasvirning balandligi qancha bo’ladi (m)?
A) 2,6 B) 3 C) 2,8 D) 4
3. Ob'ektivdan ekrangacha bo’lgan masofa 10 m bo’lsa, fokus masofasi 0,4 m bo’lgan proektsion fonar yordamida qancha kattalashtirish hosil qilish mumkin bo’ladi?
A) 24 B) 30 C) 40 D) 20
4. Agar fokus masofasi 5 sm li fotoapparat yordamida 8 m li binoning olingan rasmi 0,04 m bo’lsa, bino qanday uzoqlikdan (m) rasmga olingan?
A) 4 B) 10 C) 41 D) 13
5. Aynan bitta buyumni 2 marta: 90 sm va 165 sm uzoqlikdan suratga olindi. Tasvirlarning balandligi 4 sm va 2 sm bo’lsa, fotoapparat ob'ektivining fokus masofasini (sm) toping.
A) 25 B) 15 C) 20 D) 30
6. Erdan 12 km balandlikda uchib ketayotgan samolyotdan 1:16000 masshtab bilan joyning fotografiyasini olish uchun ob'ektivning fokus masofasi qanday bo’lishi kerak (m)?
A) 0,75 B) 0,6 C) 0,45 D) 0,9
7. 5 m uzoqlikdan rasmga olinganda, odam tasvirining negativdagi balandligi 17 mm ga teng bo’ldi. Fotoapparat ob'ektivining fokus masofasi 50 mm ga teng bo’lsa, odamning haqiqiy bo’yi qancha?
A) 1,7 m B) 1,6 m C) 1,8 m D) 1,65 m
8. Balandligi 3 m bo’lgan vagonni suratga olishda uning fotoplyonkadagi balandligi 12 mm bo’ldi. Agar fotoapparat ob'ektivining fokus masofasi 20 sm bo’lsa, surat qanday masofadan olingan (m)?
A) 20 B) 30 C) 50 D) 40
9. Fokus masofasi 2 sm bo’lgan lupaning kattalashtirishini aniqlang.
A) 9 B) 9,5 C) 10 D) 12,5
10. Fokus masofasi 2,5 sm bo’lgan lupaning kattalashtirishi nimaga teng?
A) 5 B) 4 C) 8 D) 10
11. Besh marta kattalashtiradigan lupaning optik kuchini (dptr) toping.
A) 150 B) 15 C) 25 D) 20
12. Lupada qanday tasvir hosil bo’ladi?
A) haqiqiy, teskari, kattalashgan B) mavhum, teskari, kattalashgan
C) haqiqiy, to’g’ri, kattalashgan D) mavhum, t o’g’ri, kattalashgan
13. Fokus masofasi 5 sm bo’lgan lupa yordamida buyumning mavhum tasviri undan 10 sm masofada hosil bo’ldi. Lupaning kattalashtirishini toping.
A) 2 B) 3 C) 5 D) 10
14. Odamning eng yaxshi ko’rish masofasi 60 sm bo’lsa, o’zining ko’zgudagi tasvirini yaxshiroq ko’rish uchun u ko’zgudan qanday masofada turishi kerak (sm)?
A) 25 B) 15 C) 30 D) 60
15. Yaqindan ko’rar kishi 12,5 sm masofadan o’qiy olsa, u optik kuchi qanday bo’lgan ko’zoynak taqishi kerak bo’ladi (dptr)?
A) -6 B) -4 C) -2 D) +2
16. Uzoqdan ko’ruvchi odamning ko’zoynaksiz eng yaxshi ko’rish masofasi 50 sm. Bu odamga zarur bo’lgan ko’zoynakning optik kuchini toping (dptr).
A) 2 B) 4 C) 2,5 D) 1,5
17. O’quvchi bola kitobni 0,5 m masofada o’qiyapti. 25 sm masofadan normal o’qish uchun unga optik kuchi qanday bo’lgan ko’zoynak kerak bo’ladi (dptr)?
A) +2 B) -2 C) +2,5 D) -2,5
18. O’quvchi bola ko’zoynagini olib, kitobni ko’zidan 16 sm uzoqlikda o’qiydi. Kuzoynakning optik kuchini toping (dptr).
A) -2,25 B) -2 C) 2 D) 2,25
19. O’quvchi bola optik kuchi -4 dioptriya bo’lgan ko’zoynakda o’qimoqda. Uning ko’zoynaksiz eng yaxshi ko’rish masofasini toping (sm).
A) 14 B) 10,5 C) 15,5 D) 12,5
20. Ko’zoynakli bola ko’zoynagini olib, kitobni 16 sm masofadan o’qiydi. Bola ko’zoynagining optik kuchini anqlang (dptr).
A) -3,5 B) -2,25 C) +2,25 D) +4,25

Download 124.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling