5 –sinf savol javob
Qanday o‘simliklarda tashqi muhit o‘zgarishlariga turli moslanishlar paydo bo‘lgan----- Urug‘dan ko‘payadigan 262
Download 90.1 Kb.
|
5 sinf savol javob.
261.Qanday o‘simliklarda tashqi muhit o‘zgarishlariga turli moslanishlar paydo bo‘lgan----- Urug‘dan ko‘payadigan 262.Qanday qilib gulli o`simliklar keng tarqala oladi------Urug‘larning meva bilan himoyalanganligi ularni keng tarqalishi uchun imkoniyat yaratadi. Shunga ko‘ra, hozirgi kunda yopiq urug‘li o‘simliklar keng tarqalgan.
263.Olma mevasiga xos xususiyatlar----- yoz va kuz oylarida mevasi pishadi. Har kuni bittadan olma iste’mol qilsangiz, tishlaringiz mustahkam bo‘ladi. Shifokorlar kechki ovqatdan keyin olma iste’mol qilishni tavsiya qiladilar. Chunki olma hazm jarayoniga yordam beradi. Yaxshi xususiyatga ega bo‘lgan meva urug‘i maxsus ekiladi. 264. Xona o‘simligini ekish quyidagi tartibda amalga oshiriladi: 1. O‘simlik poyasining uchki qismlaridan uchta barg qoldirib kesib oling. 2. Ko‘p suv bug‘latmasligi uchun barglarning yarmini kesib tashlang. 3. Suvga solib, ildiz otishi uchun issiq va yorug‘ joyga qo‘ying. Lekin quyosh nurlari tik tushmasligi kerak. 4. Tuvak tagiga keramzit, uning ustiga tuproq aralashmasi soling. 5. Ildiz otgan o‘simlikni tuvakka joylashtirib, ustini tuproq bilan to‘ldiring. Tuproq tuvak og‘zidan 1–2 sm pastroqda bo‘lishi kerak. 6. Ekib bo‘lgach, o‘simlikka suv quying. 7. O‘simlik ekilganda, tuproq o‘simlikning ildiz bo‘g‘zigacha yopib turishi kerak. Agar ildiz ochilib qolsa yoki poyaning ko‘p qismi tuproq ostida qolsa, o‘simlik yaxshi rivojlana olmaydi, qurib qoladi. 265.Xona o‘simligini parvarishlashda tuvak kichiklik qilib qolganda qanday jarayon kuzatiladi------. Bu jarayonni o‘simlik rivojlanishining sekinlashib qolganligidan va pastki barglari sarg‘ayishidan bilishimiz mumkin. 266.Tuvakdagi gulni kattaroq idishga ko‘chirib o‘tkazish tartibi qanday bo`ladi----. 1. O‘simlik ildiziga mos keluvchi tuvak tanladi. 2. Tuproqda suv to‘planib qolishining oldini olish uchun tuvak tagiga keramzit solinadi. 3. O‘simlikni eski tuvakdan ajratish uchun tuvak tagiga ohista uring va o‘simlik poyasidan tortib, tuvakdan chiqarib olinadi. 4. Ildiz orasidagi tosh va tuproqlarni ajratiadi. 5. Tuvakning yarmigacha tuproq aralashmasidan solinadi. 6. Ko‘chiriladigan o‘simlikni tuvak ichiga joylashtirib, tuproq aralashmasidan solinadi. 7. Tuproqni qo‘lingiz bilan ohista bosib, ekilgan o‘simlik atrofiga suv quyiladi. 8. Tuproq cho‘kkach, ustiga yana tuproq aralashmasidan qo‘shing. 9. Tuproq tuvak bo‘g‘zidan 1–2 sm pastroqda bo‘lishi kerak. 10. O‘simlikni ekib bo‘lgach, unga suv quyiladi. 11. O‘simlik to‘g‘ri ekilganda, ildiz sistemasi yaxshi rivojlanadi, tuvak atrofini o‘rab olib, tuproqdagi ozuqani o‘zlashtiradi. O‘simlik to‘g‘ri oziqlantirib turilsa, yashnab, chiroyli o‘sadi. 12. Yangi ekilgan yoki ko‘chirib o‘tkazilgan o‘simliklar 3–4 kun salqin joyda saqlanadi, keyin tuvak yorug‘ joyga qo‘yiladi. Download 90.1 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling