5 –sinf savol javob
Ko‘pchilik zaharli o‘simliklarga xos xususiyat nimada--- guli chiroyli, hidi yoqimli bo‘ladi. 275
Download 90.1 Kb.
|
5 sinf savol javob.
274.Ko‘pchilik zaharli o‘simliklarga xos xususiyat nimada--- guli chiroyli, hidi yoqimli bo‘ladi.
275.Kanakunjutga xos xususiyat------ o`zbekistonda o`sadi, bo‘yi 2–3 metr keladigan bir yillik o‘t. Bargi yirik panjasimon. Palmaga o‘xshab tez o‘suvchi manzarali o‘simlik sifatida o‘stiriladi. Uning urug‘ida zaharli moddalar ko‘p uchraydi. Bu o‘simlikdan zaharlangan odamda ich ketishi, ko‘ngil aynishi, darmonsizlik kabi holatlar kuzatiladi. Urug‘i tarkibida zahardan tashqari, 40–50% moy mavjud bo‘lib, tabobatda undan soch va terini parvarishlashda foydalaniladi. Kanakunjut moyi surtib yurilsa, soch va kipriklarning mustahkamligi ortadi. 276.Bangidevona xos xususiyat------ o`zbekistonda o`sadi, bo‘yi 1 metr keladigan o‘t. Tashlandiq yerlarda, yo‘l yoqalarida o‘sadi. Bargi oddiy, guli oq rangda, yirik voronkasimon shaklda, mevasi tikanli ko‘sak shaklda. Urug‘i mayda, qoramtir rangda bo‘ladi. O‘simlikning barcha qismlari zaharli, ayniqsa, urug‘i organizmga tushsa, asab tizimiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Yozning issiq kunlarida bangidevona o‘zidan o‘tkir hid ajratadi. 277.Bangidevananing nimasidan ham zaxarlanish mumkin va zaxarlangan odamda qanday belgilar kuzatilishi mumkin----hididan ham zaharlanish mumkin. Belgilari: og‘iz qurishi, yurak urishining tezlashishi, qo‘l va oyoq harakatining qiyinlashishi, mo‘ljal olish qobiliyatining susayishi kuzatiladi. Ayrim hollarda odam birdan kulib, birdan yig‘lashi mumkin. 278.Mingdevonaga xos xususiyat------ o`zbekistonda o`sadi, yirik guli oqish sariq rangda, bargi oddiy, mevasi tikanli. Uning hamma qismlari zaharli. Iste’mol qilgandan so‘ng 10–20 daqiqa o‘tib, o‘simlikdan zaharlanish belgilari yuzaga chiqadi. 279.Mingdevanadan zaxarlanish belgilari qanday------ og‘iz qurishi, ko‘z qorachig‘ining kengayishi, ovoz bo‘g‘ilishi, yuzning qizarishi va yurak ishining susayishi kuzatiladi. Birozdan so‘ng harorat ko‘tariladi, titroq, hushdan ketish holatlari vujudga keladi. 280.Odam mingdevonadan zaxarlanganida qanday qilib birinchi yordam ko`rsatish mumkin-----birinchi yordam berish uchun bemorga ko‘p suyuqlik ichirib, qustirish kerak. Download 90.1 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling