5 –sinf savol javob


Download 90.1 Kb.
bet26/39
Sana08.05.2023
Hajmi90.1 Kb.
#1445968
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   39
Bog'liq
5 sinf savol javob.

281.Zaharli ayiqtovonga xos xususiyat------ o`zbekistonda o`sadi, uzunligi 10–45 sm keladigan o‘t o‘simlik.Gullari yumaloq sariq rangda, bargi zaharli.
282.Agar zaxarli ayiqtovon o‘simligining bargiga odam badani bilan tegib ketsa qanday belgilar kuzatiladi-----bargidan ajralgan suyuqlik ko‘zning yoshlanishiga, og‘iz va tomoqning qurishiga sababchi bo‘ladi. Bargdan ajralgan suyuqlik ko‘zga tushsa, odamning vaqtinchalik ko‘rish qobiliyatining pasayishiga olib keladi.
283. Agar zaxarli ayiqtovon o‘simligi iste’mol qilinsa is`temol qilgan insonda qanday o`zgarishlar kuzatiladi----- oshqozon-ichak tizimida og‘riq, ko‘ngil aynishi, ich ketishi kuzatiladi, yurak ishi sekinlashadi.
284. Agar zaxarli ayiqtovon o‘simligini inson iste’mol qilsa nima qilish kerak----- darhol shifokorga murojaat qilish kerak.
285.Zaharli o‘simliklarni bilib, me’yorida ishlatilsa, ulardan nima sifatida foydalanish mumkin----- dori.
286.Hayvonot dunyosi o‘simliklardan nimalari bilan farqlanadi------- erkin harakatlana oladi; asosan, geterotrof oziqlanadi; ko‘pchiligida asab tizimi taraqqiy etgan bo‘ladi.
287.Hayvon organizmi qanday organlar sistemasidan tashkil topgan----hazm qilish, nafas olish, qon aylanish, ayirish, endokirin, sezgi sistemalari mavjud.
288.Hayvonlar organizimidagi sistemalar nimalardan tashkil topgan----- organlardan iborat.
289.Hayvonlar organizimidagi organlar nimalatdan tuzilgan va ular necha xil bo`ladi------to‘qimalardan tuzilgan bo`lib ular to‘rt xil: qoplovchi, biriktiruvchi, nerv va muskul to‘qimalari bor.
290.Hayvonlar organizimidagi to`qimalar nimalatdan tuzilgan ------ hujayralardan tarkib topgan.
291.Hayvonlarning tabiatdagi ahamiyati nimalardan iborat----- oziq zanjirida ishtirok etadi; tabiat sanitarlari hisoblanadi (yomg‘ir chuvalchangi, go‘ng qo‘ng‘izi); suvni organik qoldiqlardan tozalovchi biofiltr organizm (ikki pallali mollyuskalar) vazifasini bajaradi;urug‘ va mevalarning tarqalishiga yordam beradi (yumronqoziq, olmaxon, qushlar); o‘simliklarni changlatadi (asalari, kapalak).
292.Hayvonlarning inson faoliyatidagi ahamiyati qanday---- oziq-ovqat (go‘sht, tuxum); sanoat xomashyosi (jun, pat); transport vositasi (ot, eshak); qo‘riqchi (it); dorivor (ilon zahari, bo‘rsiq yog‘i); kasallik tarqatuvchi (pashsha, chivin); kasallik qo‘zg‘atuvchi (leyshmaniya, triponosoma).

Download 90.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling