5 –sinf savol javob
Halqali chuvalchanglarga xos bo`lgan tarif------ tanasi bo‘g‘imlarga bo‘lingan bo`lib chuvalchanglarda qon aylanish sistemasi mavjud. 319
Download 90.1 Kb.
|
5 sinf savol javob.
318.Halqali chuvalchanglarga xos bo`lgan tarif------ tanasi bo‘g‘imlarga bo‘lingan bo`lib chuvalchanglarda qon aylanish sistemasi mavjud.
319.Yomg‘ir chuvalchangiga xos bo`lgan xususiyatlar------ o‘simlik chirindilari bilan oziqlanib, tuproq hosil bo‘lishida ishtirok etadi. Chuvalchang qazigan in tuproqqa havo kirishini ta’minlaydi. 320.Nereidaga xos xususiyatlar-------- ikki yon tomonda joylashgan uzun tuklarga ega. Bu tuklar suv tubida harakatlanishga yordam beradigan dastlabki oyoqlar hisoblanadi. 321.Tibbiyot zulugidan nima maqsadlarda foydalaniladi zuluk og`zidan ajralgan suyuqlik qanday xususiyatga ega bo`ladi----- qon tomir kasalliklarini davolashda foydalaniladi. Zuluk og‘zidan ajralgan suyuqlik qonni suyultirib beradi. 322.Mollyuskalarga xos bo`lgan xususiyatlar------ ko‘pchilik vakillari 3 qavatli chig‘anoqqa ega. Chig‘anoq tashqi – organik, o‘rta – ohakli, ichki – kamalak rangda tovlanuvchi qismlardan iborat. Terisi shilimshiq bilan qoplangan bo‘lib, harakatlanishiga yordam beradi. 323.Ko‘pchilik shilliqqurtlar qanday zarar keltiradi------ o‘simlikning yashil qismini yeb zarar keltiradi. 324.Baqachanoqlar qayerda va nimalar bilan oziqlanadu------ suv tubida yashab suvdagi organik moddalar bilan oziqlanish yo‘l bilan suvni organik qoldiqlardan tozalaydi. 325.Sakkizoyoq (osminog) largaxos xususiyat---- paypaslagichlari so‘rg‘ichlar bilan ta’minlangan bo`lib so‘rg‘ichlari bilan sirg‘anchiq baliqlarni ham osonlik bilan ushlab qoladi. Sakkizoyoqlar o‘zidan siyoh chiqarib, dushmanini chalg‘itadi. 326.Bo‘g‘imoyoqlilarga xos xususiyatlar------- tanasi va oyoqlari bo‘g‘imlarga bo‘lingan. Tashqi skeleti xitindan iborat. 327.Bo`g`imoyoqlilar tipi qanday sinflarni o`z ichiga oladi-------qisqichbaqasimonlar, o‘rgimchaksimonlar va hasharotlar. 328.Daryo qisqichbaqasiga xos bo`lgan xususiyatlar------ chuchuk suvda yashaydi, qisqichlari yordamida o‘ljasini tutadi va dushmanidan himoyalanadi. Nobud bo‘lgan hayvonlarning qoldiqlarini yeb sanitarlik vazifasini bajaradi. 329.Butli o‘rgimchakga xos xususiyatlar----- o‘ljasini ovlash uchun tutqich to‘r to‘qiydi. Tutqich to‘ri ikki xil ipdan to‘qilgan bo‘lib, aylanasimon yopishqoq qismiga hasharotlar ilinib qoladi, yopishmaydigan uzunasiga joylashgan ipidan o‘zi harakatlanadi. 330.Xonqiziga xos bo`lgan xususiyatlar--------qattiq qanotlilar turkumiga mansub bo`lib ust qanotining ustki qismida yorqin qizil rangda qora xollari bor hasharot. Bu rang ogohlantiruvchi rang bo‘lib, qushlarni «sassiq suyuqligim bor, menga tegma» deb ogohlantiradi. Xonqizi o‘simlik zararkunandasi bo‘lgan shira bitlarini yeb, foyda keltiradi. 331. Qaysi organizmlar tabiatda keng tarqalgan organizmlar xisoblanadi----Umurtqasiz hayvonlar keng tarqalgan organizmlar bo`lib ularni daryo va dengizlarda, tuproq ostida, tashlandiq yerlarda, odam yashaydigan xonadonlarda, havoda uchib yurgan holatda ko‘rishimiz mumkin. Download 90.1 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling