50Sana 9-sinf Adabiyot 1-dars Dars mavzusi: Ruhiy kamolot vositasi
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi
Download 0.85 Mb.
|
9-синф адабиет конспект янги
- Bu sahifa navigatsiya:
- I. Tashkiliy qism
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:
jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va unda faol ishtirok etish; Milliy va umummadaniy kompetensiya: badiiy adabiyot va san’atda aks etgan vatanparvarlik, insonparvarlik g‘oyalarini, umuminsoniy va milliy qadriyatlar tasvirini anglash, ulardagi go‘zallik va ezgulikdan o‘rnak olishga intilish, yovuzlik va xunuklikdan nafratlana olish. Darsning usuli: an’anaviy. Darsning jihozi: darslik, tarqatmali savollar. Darsning borishi. I. Tashkiliy qism: a) o’quvchilar bilan salomlashish: b) davomatni aniqlash: v) she’riy daqiqa. II. O’tgan mavzuni so’rash. a) yakka tartibda (tarqatmali savollar asosida) b) ommaviy tarzda (uy vazifasi nazorati) «FARHOD VA SHIRIN» DOSTONI «Xamsa»ning bu ikkinchi dostoni ishqiy-sarguzasht xarakteridadir. Hajmi 5782 bayt. Aruzning hazaji musaddasi mahzuf vaznida yozilgan. Muallif bu asarni «shavq dostoni»deb ataydi. Sababi unda ishq kuylanadi, talqin qilinadi va ulug‘lanadi. Bu shunday ishqki, u insonni poklaydi, ezgulik sari yetaklaydi, unga o‘zligini tanitadi, bir so‘z bilan aytganda, komillik sifatlarini tarbiyalaydi. Chunki u odamga, olamga, butun borliqqa mehr bilan, muhabbat bilan yo‘g‘rilgan va oxir borib Yaratganning o‘ziga ulashib ketadigan ishqdir. Dostonda Navoiyning komil inson haqidagi orzu-o‘ylari ham ifoda etilgan. O‘ziga xoslikka intilgan adib o‘zigacha bo‘lgan an’analarga ijodiy yondashadi. Doston Navoiygacha «Xusrav va Shirin» shaklida mashhur edi. Ularda markaziy obraz shoh Xusrav edi. Lekin u — komillikdan yiroq, ishqda beqaror, muhabbatdan toj-taxtni ustun bilguvchi xudbiri shaxs. Shuning uchun Navoiy uni Shirinning muhabbatiga ham, yozilajak dostonidagi bosh obraz darajasiga ham loyiq ko‘rmaydi. U Farhodni bosh obraz qilib oldi va bu bilan dostonning qurilishini, mazmunini tamomila o‘zgartirdi. Mazkur o‘zgarish xamsachilikka shoir kiritgan eng katta yangilik va dostonga «Farhod va Shirin « nomi berilishiga asos bo‘ldi. Dostonning asosiy voqealari ovozasi olamni tutgan, qudrat-u shavkatda, davlat-u shuhratda yagona Chin xoqonining farzandsizligi va bundan uning so‘ngsiz iztiroblarga tushganligi tasviri bilan boshlanadi. Xoqonning birdan-bir orzusi o‘g‘illik bo‘lish edi. Maqsadiga yetish uchun ko‘p nazrlar qildi, talay dirhamlar sochdi, o‘g‘ilsizlarning ko‘nglini oldi, otasizlarga otalik qildi. Xayriyatlari zoye ketmadi. Olloh iltijolarini ijobat qilib, unga o‘g‘il ato etdi. ... Shabistonida tug‘di bir yangi oy, Yangi oy yo‘qki, mehri olamoroy. Ochildi bog‘ida bir otashin vard, Demaykim vard, balkim shu’layi dard. Tangri taolo tug‘ilishidan ruhiga payvasta etgan ishq Farhodga favqulodda iste’dod, tug‘ma qobiliyat ato etgan edi. Buning natijasi o‘laroq, ta’limning dastlabki uch oyida butkul savod chiqardi, bir yilda Qur’oni karimni yod oldi. Navoiy Farhodning bolalik va o‘spirinlikdagi fazilatlarini shunday ta’rif etadi: Download 0.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling