6-mavzu. Xitoy mamlakatiga iqtisodiy geografik tavsif. ( s) Rеja: 1) Iqtisodiy-siyosiy geografik o'rni


Download 133.7 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/6
Sana06.04.2023
Hajmi133.7 Kb.
#1330758
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
16-mavzu Iqtisodiy va Ijtimoiy geografiya

Aholisi: Xitoy dunyoda aholisi soni eng ko'p mamlakat (Dunyo aholisining 20%i yashaydi). 
XX asrning boshlarida bu yerda aholining o'rtacha umr ko'rishi 30 yoshdan kam yoshni tashkil 
qilardi. Tug'ilishning yuqoriligi (30-40 promille) va o'limning yuqoriligi (25-30 promille) aholisi 
soni tabiiy ko'payishning unchalik yuqori emasligi xos edi. O'sha vaqtda Xitoy aholisi 400mln 
kishini tashkil etar edi.


1950 yillarda (XXR tashkil topgach) mamlakatda demografik holat o'zgardi. Tug'ilishning 
oldingi yillardagidek yuqoriligi, tibbiyot xizmatining yaxshilanishi natijasida o'limning 
kamayishi, aholi turmush darajasining oshishi aholi sonining tez sur'atda o'sishiga olib keldi. 
1970 yillarda mamlakatda tug'ilishni kamaytirish maqsadida demografik siyosat dasturi 
e'lon qilindi. Mamlakatda oilani rivojlantirish siyosati o'z samarasini bera boshladi. (ayniqsa 
shaharlarda).
Mamlakatda 1993 yillarda har ming kishiga hisoblaganda tug'ilish 19 kishiga o'lim esa 6,4 
kishiga, tabiiy ko'payish esa jahonning o'rtacha ko'rsatkichidan kam 11,5% ni tashkil etdi. Xitoy 
aholisi tarkibi yosh (Umumiy aholining 30%ini 15 yoshgacha bo'lganlar tashkil etadi). 
Mamlakatda ko'p sonli mehnat resurslari mavjud biroq so'nggi yillarda sanoat rivojlangan 
bo'lasada ularning katta qismi qishloq xo'jaligida band. 
Mamlakat bo'yicha va chetga mehnat resurslarining migrasiyasi yuqori. Xitoydan tashqarida 
ya'ni chet elda 60 mln kishi yashamoqda. Ular Tayvanda (21mln), Gonkongda (6 mln) Janubi-
Sharqiy Osiyo-Indoneziya, Malayziya, Taylandda, Singapurda yashaydi. AQSH da 13 mln etnik 
Xitoylar yashaydi. 
Biroq xorijiy Xitoyliklar nafaqat son jihatdan, balki sifat jixatdan ham katta mavqega ega. 
Masalan: Xitoyda bir yilda 650 mlrd dollarlik miqdorda yalpi ichki mahsulot ishlab chiqarilsa
(1,2 mlrd aholi). Bu vaqtda 60 millionlik xorijiy Xitoyliklar esa yiliga 450 mlrd dollar qiymatida 
tovar va xizmatlar ishlab chiqaradi. 

Download 133.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling