7-maruza: bo’shliqichlilar (coelenterata) tipi


Sakkiz nurlilar (Octocorallia) kenja sinfi


Download 51.81 Kb.
bet9/11
Sana13.04.2023
Hajmi51.81 Kb.
#1350691
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
7-MARUZA

Sakkiz nurlilar (Octocorallia) kenja sinfi. Sakkiz nurlilarning 8 ta paypaslagichlari va septasi bo’ladi. Skeleti mezogleyada hosil bo’ladi. Kenja sinfga altseonariya (Alcyonaria), muguzsimon korallar (Gorgonaria) va dengiz patchasi (Pennatularia) turkumlari kiradi. Altseonariya eng sodda tuzilgan; uning mezogleyasida tarqoq joylashgan skeleti ninalar bor. Gorgonariyaning daraxtsimon koloniyasi o’qi muguzdan iborat. Ayrim korallar skeletida yod bo’ladi; qadimda ular dori sifatida foydalanilgan. Qizil korall (Corallium rubrum) O’rtayer dengizida 50 m dan chuqurroqda uchraydi. Uning ohak skeleti qizil, alvon rangli yoki qo’ng’ir- qizg’ish bo’ladi. Qizil korallardan taqinchoqlar tayyorlangan.
Dengiz patchasining koloniyasida poliplar ikki qator bo’lib joylashgan. Koloniyaning bosh o’qi birlamchi polip hosil qiladi. Dengiz patchasi tanasining pastki qismi bilan suv tubidagi qumga yoki loyga kirib oladi.
Olti nurlilar (Hexacorallia) kenja sinfi. Paypaslagichlari va tana bo’shlig’i juda ko’p, 5 karra miqdorda bo’ladi. Beshta turkumi ma’lum. Ulardan aktiniyalar (Actinaria) va madreporlar (Madreporaria) keng tarqalgan.
Aktiniyalar- ancha yirik, silindrsimon yakka yashovchi poliplar. Ular tovoni yordamida juda sekin harakat qiladi. Aktiniyalarning skeleti bo’lmaydi, tanasi diametri 60 sm gacha. Ayrim aktiniyalar (Sagartia) zohid qisqichbaqasimonlar bilan simbioz yashaydi. Zohid qisqichbaqa chig’anog’i ustiga aktiniyani o’tqazib olib, uni ukislorodga boy bo’lgan toza suv bilan ta’minladi, aktiniya esa qisqichbaqani kuydirguvchi paypaslagichlari yordamida himoya qiladi (42-rasm).
Madrepor korallar- ohaktoshli juda yirik kolonial organizmlar. Korall riflari asosan madreporlardan iborat.
Bo’shliqichlilar filogeniyasi. Bo’shliqichlilar orasida gidrazoylar eng tuban tuzilgan hayvonlar hisoblanadi. Ularning tanasi ikki qavatli qop yoki siindga o’xshash; ektodermal halqumi va tana bushligi to’sig’i rivojlanmagan. Gidrozoylar orasida dengiz gidroidlari eng qadimgi hayvonlar. Gidrozoylarning meduza davri keyinroq paydo bo’lgan. Chunki meduza polipga nisbatan ancha murakkab tuzilgan. Meduza davri o’troq yashovchi poliplarning tarqalishini osonlashtiradi. Hozirgi ayrim bo’shliqichlilar ikkilamchi marta meduza davrini yo’qotgan.
Gidrozoylar orasida sifonoforalar keyinroq paydo bo’lgan. Ular tanasidagi individlar ixtisoslashib, polimorf koloniyani hosil qiladi. Evolyutsiya davomida stsifomeduzalarning polip stadiyasi murakkablashmasdan meduza stadiyasi murakkablashib borgan. Bu hodisa meduzalarni erkin harakat qilishi bilan bog’liq.
Korall poliplar evolyutsiyasi metagenezning bo’lmasligi tufayli o’troq yashashga moslashuv yo’nalishida borgan. Ular tuzilishida ham bir qancha murakkablashuv belgilari paydo bo’lgan. Hazm qilish sistemasi ektodermal halqum va endodermal ichakka bo’lingan. Oshqozon devorida to’siqlar paydo bo’lishi ichak hazm yuzasini kengaytirgan. Korall poliplar va ssifomeduzalarning tuzilishi umumiy tarzda gidrozoylarga o’xshash bo’lganidan bu sinflar ular bilan genetik jihatdan bog’langan, deyish mumkin.

Download 51.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling