№8 ma’NAVIY ma’rifiy soatlar rejasi


-Mavzu: Paxtachi tumanidagi tarixiy joy Dabus qal’a tarixi


Download 1.29 Mb.
bet40/50
Sana10.02.2023
Hajmi1.29 Mb.
#1186892
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   50
Bog'liq
МАЪНАВИЯТ МАВЗУЛАР МАРУЗАСИ 1 КУРС

32-Mavzu: Paxtachi tumanidagi tarixiy joy Dabus qal’a tarixi.
Har bir joy o’z tarixiga ega. Hoh katta, xoh kichik bo’lsin, o’z tuzilishi, o’z odamlari bilan ajralib turadi. Ziyovuddin Zarafshon vodiysidagi qadimiy tarixga ega vohalardan biridir. Xush, vohamiz qachondan beri Ziyovuddin nomi bilan atala boshlagan?
Ziyovuddin arabcha so’z bo’lib, ziyo ad-din - dinning nuri demakdir.
Ma'lumki, uzoq utmishga ega bo’lgan Dabusiy qal'asi buyuk Turon tarixida o’ziga xos o’rinni egallaydi. Yoshi anchaga borib qolgan bu muysafid shaharning tarixi juda uzun. Zarafshon daryosining sohilida joylashgan Dabusiy qal'asining yaratilishi eradan oldingi 3 asrga borib taqaladi.
Buyuk arab tarixchisi va geografi Abulfaraj Qudama va Ibn Xurdodbexlarning ma'lumotiga ko’ra shahar eradan oldingi 329-323 yillar orasida Iskandar Zulqarnayn tomonidan bunyod etilgan.
2.300 yillik tarixga ega bo’lgan bu kuhna shahar Buyuk Ipak yo’lida joylashgan bo’lib, mustahkam qal'alardan hisoblangan. Yillar osha shahar obodonlashib, Zarafshon buyidagi sulim bir maskanga aylangan. Natijada eftalitlar davrida, ya'ni V-VI asrlarda Dabusiy mamlakatning poytaxti bo’lgan va bu qalada turgan oliy hukmdorni dabusshoh deb atashgan. Tarixga aylangan bir necha asrlar davomida mustahkam qal'a hisoblangan Dabusiy dahshatli urushlarga bag’rini qalqon qilib tutgan qurg’on bo’lib xizmat qilgan.
XVIII asrning oxirlari va XIX asrning boshlarida ham qal'a qurg’on ko’rinishida saqlangan bo’lgan.
Buxoro amirligida, Qushbegi idorasida ish yuritish tartibini urganish jarayonida shu narsa ma'lum bo’ldiki, 1733 yildagi vaqf xujjatida vohamiz Dabusiy nomi bilan yuritilgan. Shuningdek 1818 yildagi vaqf xujjatida ham Dabusiy nomi qullanilgan, 1838 yilda Ziyovuddin viloyati Totkent qishlogidagi Duoba degan joyda Qulmuhammad Eshmuhammad o’g’lining 24 tanob yerini Totkent machiti hisobiga o’tkazish yuzasidan rasmiylashtirilgan, vaqf xujjatida esa vohamiz Ziyovuddin nomi bilan atalgan. Bundan keyingi davrda qabul qilingan xujjatlar va asarlarda esa Dabusiy va Ziyovuddin atamalari birgalikda qo’llangan.

Download 1.29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling