№8 ma’NAVIY ma’rifiy soatlar rejasi
Dabus qal'a - ochilmagan xazina. Dabus qal'a oqilmagan nodir kitob
Download 1.29 Mb.
|
МАЪНАВИЯТ МАВЗУЛАР МАРУЗАСИ 1 КУРС
- Bu sahifa navigatsiya:
- 33-Mavzu: Odob – axloq meyor lari : mehmonga borish hamda mehmon kutish odobi .
- Mehmonga borish qoidalari.
- Mehmon kutish odobi
Dabus qal'a - ochilmagan xazina. Dabus qal'a oqilmagan nodir kitob.
Paxtachim Ozbekiston bagrida eng tanti oglon Paxtachim, El aro obru topar, dovrugi doston Paxtachim. Zafaring olqishlayin g'olibu dehqon, Paxtachim, Iqbolli respublikam boshingda posbon, Paxtachim. Istagim: har jabhada quchgil sharaf-shon, Paxtachim. Dilorom ipaklaring, koz solsa quyosh tolg'usi, Jonajon qishloqlaring, har dilga ilhom solg'usi, Ziyovuddin choyining bir qultumi jon olgusi. Naxripay boshinga zar sochguvchi ummon Paxtachim. Poyingga boshin urib oqqay Zarafshon Paxtachim. 33-Mavzu: Odob – axloq meyorlari: mehmonga borish hamda mehmon kutish odobi. Odob axloq borasida fransuz adibi Fransua de Laroshfuko ming bora haq deyish mumkin. Zero, insonlar orasida oziga xos ozaro munosabat qonun qoidalari mingyilliklar davomida shakllanib, insoni shaxs darajasida shakllanishida jamiyatning boshqa qonunlaridan ustunlik qilib kelmoqda. Beodoblik shunday selki, u obro va viqor qasrini qoparib, idrok boynini har xil arqonlar bilan boglab tashlaydi. Oqil kishilarning aytishicha, odob rioyasi shunday surmaki, uning gardidan har bir kishiga sursa, etibor kozining ravshanligi hech qanday sabab bilan zaiflik va illatga yoliqmaydi. Mehmonga borish qoidalari. XI asrning tarixchisi, buyuk adabshunos olim Bolosoguniy Yusufning «Saodatga yollovchi bilim» nomli asaridan bir parchani keltiramiz: «Bir toyimli ovqat va ichimlikni deb sen ozingni beqadr qilmagin. Nafsni saqla, kishilarning pasti bolma. Nafsing uchun nafsinigning qoli bolma. Men juda kop korganmanki, qadr topgan kishilar ham nafsini tiya olmagani uchun yuz tuban ketdilar. Elda uluglik topgan kishilarni ham nafsi qol qilib yer tishlatdi. Kop boylarni kordim, ularni ham nafsi tutqin boldi, ular ham xonavayron bolib, qashshoqlashib qoldilar. Ey nafsi golib, sen nafsingga ilinsang, undan qutulib bolmaydi. Sen qaysi ziyofatga borsang ham odob bilan ovqat yegin. Tartib qoidalarni bilmaydigan, farosatsiz, badfel kishi tartibli kishini korsa boshi gangiydi. Boshqa odam oldida turgan narsani chozilib oluvchi bolma, oz qarshingga qoyilganini ol va ye. Zinhor betoqat va yengiltak bolma. Nima olsang tishla, maydalab chayna, issiq oshni ogzing bilan puflama. Kishining kongli bamisoli yupqa shisha boladi, uni juda avaylab ehtiyot qil, uni qozgatma, sinadi. Kishining kongli qolsa, yaqinlik uziladi. Ovqatni meyori bilan ye, kop ovqat yema: Kop ovqat yeydiganlarning ovqati balo boladi, ovqati balo kishi esa doim dardmand boladi. Issiqlik oshsa, darhol sovuqlik ichib, ozingni yengillashtir, sovuqlik oshadigan bolsa, issiqlik bilan tuzat. Insonni hayvondan farqlaydigan narsalardan biri - oz mijoziga qarab ovqat yeyish. Nazar solsang, tabiblar yaxshi aytibdilar: kishi ovqatni oz yesa, salomat boladi. «Qobusnoma»da ham mehmondorchilik haqida shunday sozlar bor: «Mezbonning uyiga kirsang, hatto oshnangniki bolsa ham, ozingga munosib joyda otir va taom, ichimlik ustida buyruq bermagil, yani mezbonning xizmatchilariga: «Ey falonchi, bu uy mening ozimning uyimdir, tovoqni u yerga qoy, boshqalarning tovoq kosasiga qol urma» demagil. Oz dostu yordamchilaringa biror burda non olib bermagilki, debdilar, mezboning uyidan biror narsa olish uyat35 Favoqih al-julaso asarida ham shunday jumlalar keltirilgan: Mehmonga borsang uy egasi korsatgan joyga otir, nima keltirsa indamay ye, mezbon tashqariga chiqsa orningdan turma, roxsatsiz narsa qidirma, goh buni, goho uni ushlayverma. Mehmonga borganingda uy egasidan suv yoki tuzgina sorab olishing mumkin. Bulardan boshqa narsalarni sorab olib yeish beodoblik hisoblanadi. Mehmon rioya qilishi lozim bolgan odoblardan yana biri shuki, mehmon mezbonga ish buyurmasin. Chunki, buyurgan ishini bajarish mezbon uchun ogir bolishi mumkin. Agar mezbon qanday ovqat qilib berishi haqida sorasa, yengil ovqatni tanlasin. Mehmon kutish odobi haqida ham fikrlar keltiradigan bolsak, bu togrida yana Qobusnomaga murojaat qilishimiz mumkin. Qobusnomada shunday deyiladi: «Mehmonlar sening uyinga qadam qoysalar, sen har vaqt barcha odamlaring bilan ularning oldilariga chiqqil, yaxshi soz bilan qarshi olgil, toki ular senga minnatdorchilik bildirsinlar. Agar meva vaqti bolsa, taom yemasdan avval meva keltirgil, maza qilib yesinlar. «Ey falonchi, taomni yaxshi yegil va hech narsa yemading, men senga loyiq hech narsa qila olmadim, insho ollo keyin buning uzrini yaxshiroq qilaman» - deyavermagil. Bu sozlar boobro kishilarning sozi emasdir, balki bozorchilarning va bezorilarning sozidir. (Bunday odamlar bir necha yilda bir marta mehmon chaqiradilar) Bu sozlardan mehmonlar xijolat yeydilar, taom yemaydilar, mehmondorchilikdan tuymasdan turib ketadilar.» «Ey farzand, mehmonga minnat qilmagil, ochiq yuz bilan gapirgil. Har bir kishi sening mehmoning bolsa, shodlik bilan taomini yesin. Mehmonlar ketishni xohlasalar, bir-ikki marta tavoze bilan ketmang deb iltimos qil, uchinchi marta sorasalar, samimiyat bilan roxsat bergil. Agar xizmatchilaring biror xato qilgan bolsalar, mehmonning oldida xumrayb ularni koyimagil, xatosini kechir. Agar mehmon senga qattiq gapirsa, unga qattiq soz demagil, balki hurmatini saqla!» Download 1.29 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling