№8 ma’NAVIY ma’rifiy soatlar rejasi
Download 1.29 Mb.
|
МАЪНАВИЯТ МАВЗУЛАР МАРУЗАСИ 1 КУРС
DABUS QALA
Zarafshon sohilida muqaddas joy bor. Bilganlar uni e'zozlab, "Avliyo Ota" deb uluglaydi. Uni Dabusiy, Dabusiya qal'asi, Dabus, Dabus qal'a, Dahbus qal'a deb ham atashadi. Aytishlaricha, qadimda bu yerda ulkan shahar bolgan. Ammo bugungi kunda bu yerda na shahar bor, na odamlar yashaydi. Keng xududdan iborat maydonda son-sanoqsiz qabrlar mavjud. Vayronaga aylangan shahar tuproq ostida qolgan. Dabus qal'a deb nomlangan ulug shaharning bisotida yolgiz yodgorligi - Imom Bahra Ota maqbarasi bor. Laylaklar bino tepasidan bir jufti in qurgan. Vayronalar bagrida yana bir yodgorlik - Ziyovuddin Qurgoni urnidan nishona buzilgan masjid devorining (eni 1,20 sm) qoldigi bor. Uning ustiga ham laylaklar in qurishgan. Yuz yillardan oshibdiki, laylaklar oz ajdodlari odatini tark etmay, har bahorda shu yerga uchib kelib yashashadi. Vatan soginchi laylak qushlarning qanotiga quvvat, oziga umid bagishlaydi. Ular ozlarining Qadimiy Vatanini tavof qilishni kanda qilishmaydi. Paxtachiliklar yil Dabus qal'adan boshlanadi deyishadi. Ulug shahar tuproq ostida qolgan. Vayronalar ustidan yurib bu keng maydonni korib hayratdan yoqa ushlaysiz. Ulug olimlardan hisoblangan Istaxriy va Muqaddasiylarning yozishicha, X asrda Dabusiy qal'asida rabod qariyb 70 gektarni, Shahriston esa 22-23 gektarni tashkil etgan. Qal'a atrofi katta jarliklar chuqur ungurlar bilan urab olingan. Mustahkam mudofaa minoralari shaharni himoya etish uchun qulay qilib qurilgan. Xalq Dabusiyni Zarafshon daryosi suygan shahar deb atashadi. Qalaning shimolidan Zarafshon daryosi oqadi. Sharqdan garbga qarab yonalgan daryo oz uzanini chapga burib qal'aning kutarmasiga tugri kelib tik uriladi, ammo ziyon-zahmat yetkazmay ungga burilib ketadi. Guyo Zarafshon qadimiy shahar Dabusiyning poyiga bosh quyib sajda qiladi. Necha asrlardirki, shu hol qayta-qayta takrorlanadi. Telbasimon tolqinlanib oqayotgan daryoning bu ishidan aql lol qoladi. Daryo qal'a uchun shimoliy tomondan mustahkam tusiq bolib xizmat qilgan. Qal'aning kutarmasi benihoya tik tushgan. Vayronadan 30 metr pastda Zarafshon daryosi oqadi, oqqanda ham jushib-jushib oqadi. Xalq orasida bir rivoyat bor, unda aytilishicha, Qal'a kutarmasida Xazrat Alining muborak panjalari izi bor. Shuning uchun daryo suvi qal'a tuprogini yuvib olib ketmaydi, tik jarlik qulamaydi. Shahar xarobalaridan iborat bu katta maydonda xech kim yashamaydi. Ammo mu'tabar va muborak dargoh- Imom Bahra Ota maqbarasidan odamlarning keti uzilmaydi. Vayronalarni kursangiz tizginsiz hayol olis moziyning bepoyon kengliklari sari beqanot parvoz qiladi. Zarafshon daryosining sul sohili, Buyuk Ipak yolidagi qadimiy behat-gavjum shahar. Savdo-sotiq, hunarmandlik markazi bolmish Dabusiy qal'asining tarixi uchun, muhim voqealarga, qiziq xikoyalarga boy. Dabusiy shahri Sugd olkasidagi gozal va ajoyib manzil. Abdurrashid Bokuviy Sugd mamlakatini shunday ta'riflaydi; "Sugd Buxoro bilan Samarqand oraligidagi olka, dunyoning jannatiy joylaridan. U daraxtzorlar uzra chuzilgan qishloqlardan iborat bolib, Ollohning eng gozal bu mavze'lari serdaraxt bolib, ularda qushlar bir-biriga jur bolib sayrashadi. Sugdning uzunligi besh kunlik yol bolib, maydo-ni 36x46 farsaxdan iborat. Unda ekin yerlari, boglar chamanzorlarning keti uzilmaydi. Ularni aylanib, doim uzluksiz oqib turuvchi ariqlar urab olgan. Boglar ortasida xovuzlar bor. 1971 yilda tarix fanlari doktori Yu. F. Buryakov rahbarligidagi arxeologlar Samarqand viloyatidagi qadimiy yodgorliklarni urganishgan. Arxeologlar Dabusiy qal'asida ham bolib, muxim ma'lumotlar toplashga muvaffaq bolishgan. Yu. F. Buryakovning yozishicha, Shahriston maydoni atrofi janubiy va garbiy tomondan xandaklar bilan urab olingan. Xandaklar boylab ichki tomondan otkazilgan devorlar izlari aniqlangan. Bu ilmiy xulosa L. A. Ziminning "Dabusiy atrofi devor bilan uralmagan deb taxmin qilish mumkin", degan shubhani mutlaqo rad etadi. Download 1.29 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling