A. B. Pardayev, D. B. Urinbaeva, D. A. Islamova. O’zbek terminologiyasi
Download 2.71 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4. Texnikaga oid bo‘lmagan so‘zlar
- Ot+ot tipidagi terminlar
Ro‘zg‘or
buyumlari nomlari: qozon, cho‘mich, quti, kurak, panjara, pichoq kabilar. 2. Odam yoki hayvon a’zolarining nomlari: barmoq, tirnoq, quloq, bo‘g‘iz, qanot kabilar. 3. Maishiy narsa-buyum nomlari: taroq, ko‘zgu, qalpoq kabilar. 4. Texnikaga oid bo‘lmagan so‘zlar: kalit, burqi, pona, payvandlash kabi texnik termin sifatida qo‘llaniladi. So‘zning semantik taraqqiyoti tilda yangi so‘zning yuzaga kelishiga sabab bo‘ladi va u til terminologiyasini boyitishga xizmat 1 Tursunov U. O‘zbek terminologiyasi masalalari. –Toshkent, 1933. A.B.Pardayev, D.B.Urinbayeva, D.A.Islamova. O’zbek terminologiyasi 81 qiladi. Morfologik usul bilan termin yasashda o‘zak-negizga so‘z yasovchi qo‘shimchalar qo‘shiladi. Bunday termin yasash o‘zbek tilida eng mahsuldor usuldir. Terminlarni yasashda - gich (-g‘ich, -qich, - kich), -soz, -ma, - lik, -sh(-ish), -lash, -cha, -chi affikslari faol ishtirok etadi: chang ajratgich, yem buqlatgich; mashinasoz, asbobsoz; moslama, tirkama; temirchilik, mashinistlik; burq’ilash, payvandlash; bakcha, vagoncha; aniqlovchi, to‘ldiruvchi kabilar. O‘zbek tili terminologiyasida yakka so‘zli terminlarga nisbatan sintaktik usul bilan yasalgan terminlar ancha salmoqli o‘rinni egallaydi. Buning sababi shundaki, sintaktik usul bilan yasalgan terminlar barcha tillarda bo‘lganidek, o‘zbek tilida ham muhim nominativ manba sanaladi. Ma’lumki, har bir til o‘ziga xos grammatik qonuniyatlar asosida ish ko‘radi. Terminlar tuzilish materiali, ya’ni qanday so‘zlardan tashkil topganiga qarab bir necha xil bo‘lishi mumkin: Ot+ot tipidagi terminlar: samolyot borti, bug‘ mashina, shamol tegirmon, moy juvoz, temir qopqoq, arava gupchagi, radioning qulog‘i, samolyotning parragi kabilar. Nisbiy sifat+ot tipidagi terminlar: motorli qayiq, parrakli samolyot, magnitli diska, tirkama plug, halqasimon zichlagich kabilar. Sifatdosh+ot tipidagi terminlar: o‘ta sezgir apparat, sezgir asbob, o‘zi yurar mashina, pilla tortadigan avtomat, qirquvchi asbob, yurgizuvchi aravacha kabilar. Download 2.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling