A. B. Pardayev, D. B. Urinbaeva, D. A. Islamova. O’zbek terminologiyasi
Istiqlol davri o‘zbek tili terminologiyasi
Download 2.71 Mb. Pdf ko'rish
|
2.5.
Istiqlol davri o‘zbek tili terminologiyasi Reja: 1. Mustaqillik davrida Atamashunoslik qo‘mitasining tashkil etilishi. 2. Atamaqo‘mita tomonidan amalga oshirilgan ishlar. 3. O‘zbek terminologiyasining boyishi. Tayanch tushunchalar: Mustaqillik davri, Atamashunoslijk qo‘mitasi, o‘zbek terminologiyasi, ruscha-baynalminal terminlar, ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-madaniy o‘zgarishlar. Mustaqillikdan so‘ng O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida 1992-yilda Atamashunoslik qo‘mitasi tashkil etildi. Atamaqo‘m raisi sifatida Odil Yoqubov rahbarligi ostida bir qator ishlarni amalga oshirildi. Jumladan, atamalarni tartibga solish, ruscha- baynalminal o‘zlashmalarga o‘zbekcha muqobillarini tanlash, ilmiy- texnikaviy va ijtimoiy-siyosiy atama lug‘atlarini muhokamadan o‘tkazish, tasdiqlangan atamalarni joriylanishini nazorat qilish, Davlat tili haqidagi Qonunni amalga oshirish va boshqalar. Shunga ko‘ra, 1992- yil O‘zR FA muxbir a’zosi, Tilshunoslik institutining direktori A.Hojiyev «Ruscha-baynalminal o‘zlashmalarning o‘zbekcha muqobillarini tanlash prinsiplari» loyihasini ishlab chiqdi. Loyihada quyidagilarga e’tibor qaratish lozimligi ta’kidlandi: 1. Fan, texnika, kasb-hunarning biror sohasiga xos muayyan bir tushunchaning aniq va barqaror ifodasi bo‘lgan so‘z va so‘z birikmasini A.B.Pardayev, D.B.Urinbayeva, D.A.Islamova. O’zbek terminologiyasi 90 termin deb atash lozim. Umuman, narsa-hodisalar nomlari ma’nosida atama so‘zini qo‘llayverish mumkin. 2. Ilgari o‘zbek tilida qo‘llangan va narsa-hodisani, u haqidagi tushunchani to‘g‘ri ifodali so‘zlar, hech qanday ehtiyojsiz, rus tilidagi so‘zlar bilan almashtirilgan bo‘lsa, bunday so‘zlar yana o‘z o‘rniga tiklanishi kerak. Shu jihatdan foiz, inqilob, ziyoli, bekat, risola, matn kabi so‘zlar qayta iste’molga kiritilishi o‘rinli. 3. Tushunchani aniq va to‘g‘ri ifodalay oladigan so‘z o‘z tilida bo‘lgan holda yoki shunday so‘zni yasash mumkin bo‘lgani holda uni ifodalash uchun rus tilidagi so‘z qabul qilinavergan bo‘lsa, ular ham o‘zbekcha bilan almashtirilishi kerak. Masalan, soyuz, sovet, prosess, sostav, faktor o‘rnida uyushma, kengash, jarayon, tarkib, omil kabi. 4. Rus tilidan olinib, o‘zbek tilining o‘z materialiga aylanib ketgan, narsa-hodisani to‘g‘ri, aniq ifodalaydigan, hamma uchun tushunarli bo‘lgan so‘zlarni shunday xususiyatga ega bo‘lmagan, ya’ni tushunchani to‘g‘ri, aniq ifodalay olmagan, ko‘pchilik tushunmaydigan so‘zlar bilan almashtirishga urinish tilga, uning iste’molchisiga zarardan boshqa narsa keltirmaydi: institut, universitet, fakultet, gazeta kabilar. 5. Rus tilidan o‘zlashib, hozir iste’molda bo‘lgan so‘zni boshqa so‘z bilan almashtirish masalasida o‘zlashma so‘zning bir yoki ko‘p ma’noli ekanini hisobga olish lozim. Agar o‘zlashma so‘z ko‘p ma’noli bo‘lib, u bilan almashtirilmoqchi bo‘lgan so‘z uning barcha ma’nolarini aniq ifodalay olsa, almashtirish mumkin. Aks holda u yoki bu so‘zni o‘zlashma so‘zning ma’lum bir ma’nosida qo‘llash mumkin. Masalan, sistema so‘zi ko‘p ma’noli bo‘lib tizim so‘zi bilan almashtirildi. Ammo hamma holatda to‘g‘ri kelmaydi. Masalan, asab sistemasi birikmasida tizimni qo‘llab bo‘lmaydi. 6. O‘zlashma so‘zdan yangi-yangi so‘zlar yasalishi yoki rus tilidan uning yasama vositalari ham o‘zlashgan bo‘lishi mumkin: gazet(a) - gazetxon, gazetchi; jurnal, jurnalist, jurnalxon, jurnalistika. Tavsiya |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling