A. M. Shonazarov kasbiy psixologiya


Download 0.91 Mb.
bet18/23
Sana18.06.2023
Hajmi0.91 Mb.
#1575598
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23
Bog'liq
1-Mavzu “KASBIY PSIXOLOGIYA” FANINING PREDMETI VA DOLZARB VAZIFALARI

Dispersion tahlil - o‘rganilayotgan o‘zgaruvchiga turli omillarning ta’sirini tahlil etish imkonini beruvchi statistik usuldir. Dispersion tahlilning mohiyati shundaki o‘rganilayotgan sifat mustaqil tarkibiy qismlarga bo‘linib ketadi, bu qismlarning har biri u yoki bu omilning yoki o‘zaro aloqaning ta’sirini tavsiflab beradi.
Korrelyatsion tahlil - o‘rganilayotgan sifatlar yoki omillar aloqasining shakli, belgisi yoki zichligini baholash statistik metoddir. Faktorli tahlil - ko‘p ulchovli matematik statistika metod bo‘lib, bu usul statistik jihatdan bog‘liq sifatlarni o‘rganishda qo‘llaniladi. Bu usul ilmiy tadqiqotlarning boshlangich bosqichlarida sermahsul hisoblanadi, chunki bu paytda o‘rganilayotgan sohadagi qonuniyatlarni ajratish kerak bo‘ladi. Tadqiqotlarga matematik ishlov berishning boshqa metod ham mavjud. Biz eng ko‘p tarqalgan usullarini ko‘rib chqadi. Tadqiqot tajribasi shuni ko‘rsatadiki, matematik ishlov berish ko‘pgina muhim psixologik tavsiflarni, ularning aloqalari, munosabatlari, qonuniyatlarini o’rnatish va tasvirlashning samarali vositasi hisoblanadi.
Tadqiqot usullarini tavsiflash xulosalarida shuni ta’kidlash kerakki, ayrim usullarni boshqalariga qarama-qarshi qo‘yish yoki qaysilarinidir imkoniyatlarini absolyutlashtirib bo’lmaydi. U yoki bu usulni tanlash tadqiqot predmeti va vazifalari bilan belgilanadi. har qaysi psixologik tadqiqotlarda o‘zaro bir-birini tuldiruvchi va haqkoniy xulosalar chiqarish imkonini beruvchi usullar kompleksi qo‘llaniladi.
Biografiya (tarjimai xol) metodi.
Inson psixikasini-ruhiyatini tadqiq qilish uchun uning hayoti, faoliyati, ijodiyoti to‘g‘risidagi ogzaki va yozma ma’lumotlar odamlarning tarjimai holi, kundaliklari, xatlari, esdaliklari muhim ahamiyatiga ega.
Shu bilan birga o‘zgalar tomonidan to‘plangan tarjimai holiga aloqador materiallar: esdaliklar, xatlar, rasmlar, tavsiflar, magnitofon ovozlari, fotolavhalar, ho‘jjatli filmlar, videokamera tasviri, takrizlar, tanbexlar ham o‘rganilayotgan shaxsni tularoq tasavvur etishga xizmat qiladi. Xdtto shifokorning kasallik tarixi ho‘jjati ham bolaning to‘g‘ilganidan, to boshlangich ma’lumot olgunicha bo‘lgan davr orligida salomatlik darajasi qanday bo‘lganligi to‘g‘risidagi omillar bilan tanishish imkonini beradigan material hisoblanadi.
Tarjimai hol metodi inson psixikasini suhbat va tajriba metodlari vositasida o‘rganib bo’lmaydigan jixatlarini ochishda yordam beradi. Mazkur metod orqali, masalan, ijodiy hayol bilan bog‘liq jarayonlar: she’riyat, musiqa, nafosat, tasviriy san’at, texnik ijodiyotning nozik turlari va shaxsning ma’naviyat, kadriyat, qobiliyat, Iqtidor, iste’dod, saloxiyat kabi fazilatlari kuzatiladi. Inson ongining namoyon bo‘lishi, rivojlanishi, o‘ziga xos individual va ijtimoiy xususiyatlari, atokli shaxslar bildirgan muloxazalarida, asarlarida o‘z ifodasini topadi. Allomalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar zamondoshlari, izdoshlari, safdoshlarining ta’rifu - tavsiflari orqali avloddan - avlodga o’tadi. Xuddi shu ijtimoiy o‘zluksizlik natijasida ajdodlar bilan avlodlar o‘rtasida vorislik xodisasi ijtimoiy psixologik voqelik vujudga keladi va ijtimoiy tarixiy taraqqiyotning uyg`unligini ta’minlaydi.
Anketa metodi.
Umumiy psixologiyada keng qo‘llaniladigan metodlardan biri bo‘lib, unda odamlarning psixologik xususiyatlari narsa va xodisalarga nisbatan munosabatlari o‘rganiladi.
Anketa odatda 3 xil bo‘lib, birinchi xilida anglashilgan motivlarni aniqlashga mo’ljallangan savollardan iborat bo‘ladi, ikkinchi xilida esa faqat bittagina javob tanlash sharti bilan har bir savolga bir nechtadan tayyor javoblar ham beriladi. Uchinchi xil anketa sinaluvchiga xavola qilinganda kamida to‘rt-besh to‘g‘ri javoblari ballar yordamida bakolanadi. Anketa metodidan odamlarning layoqatlarini, muayyan sohaga qiziqishlari qobiliyatlarini, o‘ziga, tengdoshlariga katta va kichiklarga munosabatlarini aniqlash maqsadida foydalaniladi. Anketa orqali shaxslarning xarakter hislatlari, xulq-atvorlarini tekshirish, sirtdan turib baholash mumkin.
Tarqatilgan anketalar yig`ib olinib, elektron hisoblash mashinalari dasturiga muvofiqlashtirib atroflicha amaliy xulosalar chiqariladi. Anketa metodi inson psixikasining ayrim tomonlarini o‘rganish uchun boy material to‘plash imkonini beradi, lekin unda olinadigan ma’lumotlar doimo holisona
xususiyatga ega bulavermaydi. Bunga yo`l kuymaslik uchun anketa ichidagi nazorat vazifasini bajaruvchi to‘g‘ri va qarshi savollarni puxta ishlab chiqish kerak.
Sotsiometriya metodi.
Bu tadqiqot metodiga AQShlik Djon Moreno asos qolgan bo‘lib, kichik (birlamchi) guruh a’zolari o‘rtasida emotsional, hissiy munosabatlarni bevosita o‘rganish va darajasini o‘lchashda qo‘llaniladi.
Mazkur metod yordamida muayyan guruhdagi har bir a’zoning o‘zaro munosabatlarini aniqlash uchun uning faoliyatda kim bilan ishtirok etishi so‘raladi. Olingan ma’lumotlar matritsa, grafik, chizma, jadval, diagramma shaklida ifodalanadi.
Ulardagi miqdor ko‘rsatkichlari guruhdagi odamlarning shaxslararo munosabatlari mazmuni yuzasidan ma’lum bir xulosa qiladi. Biroq ma’lumotlar guruhiy munosabatlarning tashqi ko‘rinishini aks ettiradi xolos. Uni takomillashtirish maqsadida hozirgi vaqtda psixolog olimlar Ya.L.Kolominskiy va I.P.Volkov tomonidan sotsiometriyaning kichik guruhlar psixologiyasiga moslab o‘zgartirilgan variantlari, ko‘rinishlari ishlab chiqilganki, ular orqali shaxslarning bir-birini tanlash motivlarini aniqlash mumkin. Ayniqsa sotsiometriyaning Ya.L.Kolominskiy ishlab chikkan o‘zgartirilgan varianti bolalar jamoasidagi shaxslararo munosabatlar to‘g‘risida tula axborot berishga yordam beradi.
Odatda o‘quvchilardan quyidagicha savollarga javob berish talab qilinadi: «Sen sayoxatga kim bilan birga borishni xoxlaysan?», «Mashg‘ulotlarga kim bilan birga tayyorlanishni istaysan?», «Kim bilan qushni bo‘lib yashashni yoqtirasan?» sinaluvchi har uchta javobdan bittasini «eng ma’qo‘l» deb tanlashi lozim. Unga «avval, hammadan ko‘ra ko`proq kim bilan birga bo‘lishni xoxlasang, ushaning familiyasini yoz», «agar sen istagan shaxs to‘g‘ri kelmasa, yana kim bilan birga bo‘lishni istasang, shuning familiyasini yoz», «aytilgan shartlarga binoan uchinchi shaxsning familiyasini yoz» deb uktirish maqsadga muvofiq.
Guruhiy tabakalanishni ko‘rsatish uchun sotsiogramma to‘rtta «maydon»ga ajratiladi. Qizlar doiracha bilan, o‘g‘il bolalar esa uchburchaklar bilan belgilanadi. Doiracha va uchburchaklar soni familiyalar soniga to‘g‘ri keladi.
Guruh a’zolarining o‘zaro munosabatlari doiracha va uchburchaklar strelkalar bilan boglanganida o‘z ifodasini topadi. Eng ko‘p munosabatga ega bo‘lgan sinaluvchi doiraning markazidan o‘rin oladi. U guruh a’zolarining eng yoqimtoyi hisoblanadi.
Shaxslar bilan aloqa urnatmagan sinaluvchi doiraning eng chetidan joy oladi. Oraliqdagi «maydon»larga urtacha va undan kamrok tanlangan tekshiriluvchilar joylashtiriladi. Shu yo`l bilan birinchidan shaxslararo munosabatning darajasi va ko`lami aniqlanadi, ikkinchidan qizlar bilan o‘g‘il bolalar o‘rtasidagi ko‘rsatkichlar takkoslanadi. Natijalariga qarab guruhdagi munosabatlar va ularning o‘ziga xosligi, psixologik mexanizmlari, barqarorligi, puxtaligi, o‘zaro bir-birini taqozo etuvchanligi haqida xulosalar chiqariladi. Shu bilan birga nazariy va metodologik ahamiyatga molik g‘oyalar, qonuniyatlar ilgari suriladi, amaliy ko‘rsatmalar beriladi, aniq tavsiyalar bildiriladi, mavzuning tadqiqot istiqboli to‘g‘risida muloxazalar yuritiladi. Tadqiqot maqsadi va vazifalarni belgilash: ijtimoiy psixologik tadqiqot buyurtmachi va bajaruvchilar o‘rtasidagi munosabat o‘zaro kelishib olinadi.

Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling