Abdulla qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika instituti


Download 1.46 Mb.
bet147/212
Sana02.01.2022
Hajmi1.46 Mb.
#199185
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   212
Bog'liq
Abdulla qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika instituti

Jaloliddin Manguberdi. Mo’g’il istilochilariga qarshi kurashda Jaloliddin Manguberdi dushmanga qaqshatgich zarba berdi. U o’z qo’shinlari bilan 11 yil davomida dushmanning g’arb mamlakatlariga va janubga qarab yurishini to’xtatib qo’ydi.

Jaloliddin Manguberdi jasorati to’g’risida Chingizxonning o’zi “Otadan dunyoda hali bunday o’g’il tug’ilmagan, u sahroda sher kabi jangchi, daryoda nahang kabi botir”, deb hayratga tushganiga tarix guvoh.

IKKINCHI BOSQICH:

  • Amir Temur. Mo’g’il istilochilaridan xalqimizni ozod qilish, xalq turmushini o’nglash yo’lida olib borilgan ko’p yillik kurashlarda Sohibqiron Amir Temur boshchilik qildi. Uning rahbarligida quyidagilar amalga oshirildi:

- mamlakat dushmanlardan ozod qilindi;

- mamlakat hududlari mustahkamlandi;

- barcha o’lka hokimlari o’rtasida ahillik o’rnatildi;

- Mo’g’iliston sari 7 bor yurish qildi va ularning hammasida g’alabaga erishildi;

- Movarounnahrning sharqiy va shimoliy hududlarining dahlsizligi ta’minlandi;

- Movaraunnahr markazlashgan qudratli davlatga aylandi.

Amir Temur siyosiy maydonga qadam qo’yganda 24 yoshga kirgan edi. 1370 yilda Amir Temur Balhda bo’lib o’tgan quriltoyda Movarounahr ulug’ amiri deb e’lon qilindi.

Amir Temur saltanati O’rta Osiyoda 35 yil (1370 - 1405) hukm surdi. U Markaziy Osiyo Hududlarini yagona markazlashgan davlatga birlashtirdi. Hind va Gangadan to Sirdaryo va Zarafshongacha, Tyanshandan to Bosforgacha ulkan imperiya barpo etdi.

Amir Temur 1000 (mingta) jang o’tkazib, birontasida ham yengilmagan mashhuri zamon sarkarda nomini oldi. Uning davlat tuzilishi haqidagi nazariya darsliklarga kirdi, uning o’zi esa ilm – fan, ma’rifat, madaniyat taraqqiyotiga ulkan hissa qo’shgan siyosiy davlat arbob sifatida tarixdan mustahkam o’rin oldi. Natijada uni quyidagicha ifodalaydigan bo’ldi: “Mashhur davlat arbobi, o’rta asrlar islohotchisi, buyuk sarkarda, adolat uchun tolmas kurashchi, ilm – fan va madaniyat rahnamosi, tartib – intizomlilik, ozodlikka va taraqqiyotga bo’lgan intilishlarini o’zida mujassam qilgan xaloskor va dohiy”.


  • Mirzo Ulug’bek. Mirzo Ulug’bek buyuk Muorounnahr davlatining shuhratini va qudratini butun dunyoga yoyishda qahramonlik ko’rsatdi. U Markaziy Osiyoda birinchi dorilfunni ochdi. Unda talabalarning ommaviy o’qishi tashkil etildi va unda o’zi ham dars berdi. Mirzo Ulug’bekning observatoriyasidagi ilmiy tadqiqot ishlari ham o’ziga xos akademiya edi. U ham birinchilardan bo’lib tashkil etildi. Ulug’bek nomiga Samoda yulduzlar qo’yildi va uning qilgan ishlari bo’yicha, u munajimlar xudosi Uroniya yonidan joy oldi. Bularning hammasiga yetish uchun undan nafaqat fidoyilik va jasorat talab qilindi, balki qahramonlik qilish ham talab qilingan edi. Chunki, o’sha paytdagi taraqqiyot dushmanlari, “Din peshvolari” niqobidagi dushmanlar Mirzo Ulug’bekka tish tirnog’i bilan qarshi edi. Mirzo Ulug’bekni xalqimiz qahramoni demay, kimni deymiz.

  • Mirzo Bobur. Mirzo Bobur Temuriyzodalardan. Uning ismidagi Bobur – Sheryurak, degan ma’noni anglatadi. Uning qahramonligi haqida quyidagi fikrni keltirish yetarli deb o’ylaymiz.

“... Amir Temur bilan Mirzo Bobur faoliyatidagi o’xshashliklardan quyidagilarni ko’rsatishimiz mumkin: Birinchidan, ikki sarkarda ham jamiyatning yuqori tabaqasi vakili; ikkinchidan, Temur ham Bobur ham yoshligidan toju – taxt uchun kurashni boshlagan; uchinchidan, ularning asosiy maqsadi imperiya tuzish edi va bu niyat amalga oshirildi; to’rtinchidan, ikkala davlat arbobining ham faoliyati xalq tinchligi, yurt obodligi uchun kurashga qaratilgan edi; beshinchidan, Temur ham, Bobur ham keng ma’lumotli, tarix, fiqh, falsafa va adabiyotni yaxshi biladigan kishilar bo’lgan. Ularning bizga qoldirgan asarlari (“Temur tuzuklari”, “Boburnoma”, ...) keng qamrovli ma’lumotlarga boyligi bilan ajralib turadi; oltinchidan, ilm ahliga, hunar sohiblariga alohida e’tibor, yaratuvchilik faoliyatlari ham o’zaro hamohang. Qolaversa, ularning axloq me’yorlari ham ko’p hollarda uyg’un ekanligini ta’kidlash lozim.

Amir Temur va Mirzo Boburning oddiy inson, dovyurak sarkarda, qudratli hukmdor sifatidagi o’xshashliklari ham, o’ziga xosliklari ham ko’p. Ammo, ular bitta yurt, bir xalq, qolaversa, bir sulola vakili va mana shu yurt taqdirini o’z taqdiri deb bilgan, baholi qudrat uning yuksalishiga hissa qo’shgan insonlardir [...... Temur va Bobur // “Fidokor” gaz. – T.: 2006 (14.02.2006). – B. 3].

Amir Temur Bibixonimga atab Bibixonim masjidini qurdirdi. Shohjahon (1399 - 1404) suyukli rafiqasi Mumtoz mahalga atab “Tojmahal” maqbarasini qurdirdi. Ular dunyo mo’jizalaridan biri deb hisoblanadi.

Ularning bunyodkorlik ishlari ham dunyoga mashhur. Ularning turmush tarzining har bir jihati xalqimizning buyuk qalb egalari ekanligidan dalolat berib turadi.

Vatan tuyg’usini ko’proq Amir Temurda ko’rsak, Vatan sog’inchini ko’proq Mirzo Boburda ko’ramiz va hokazo bunday jihatlarni juda ko’plab topsa bo’ladi.


  • Alisher Navoiy. Alisher Navoiyning qahramonligi shundan iboratki, u o’zbek tilini to’liq iste’molga kiritdi va unga asos soldi. Adolatli jamiyat qurish nazariyasini yaratdi. She’riyat mulkining sultoni bo’ldi. O’zbek tilida ham chiroyli va mukammal “Hamsa” asar yaratish mumkinligini isbotladi.

Muhtaram Prezidentimiz I.A.Karimovning Alisher Navoiyni quyidagicha ta’riflagani ham bejiz emas: “Agar bu ulug’ zotni avliyo desak, u avliyolarning avliyosi, mutaffakkir desak, mutaffakkirlarning mutafakkiri, shoir desak, shoirlarning sultonidir” [2. 47 - b].

Xullas, Alisher Navoiy xalqimizning ongi va tafakkuri, badiiy madaniyati tarixidagi “Oltin davr”ni tashkil etilishiga munosib hissa qo’shgan buyuk shaxs, milliy adabiyotimizning tengsiz namoyondasi, millatimizning faxri va g’ururini, shonu – shuhratini dunyoga ma’lum va mashhur qilgan komil insondir. Uning bilan xalqimiz haqli ravishda g’ururlanadi va faxrlanadi. Bu qahramonimiz suvrat va siyratiga ayrim chizgilar xolos.




Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   212




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling