Abdulla qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika instituti


Download 1.46 Mb.
bet150/212
Sana02.01.2022
Hajmi1.46 Mb.
#199185
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   212
Bog'liq
Abdulla qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika instituti

Quvoqov Masharip.

Har qanday odam ham hayotning turli suqmoqlaridan chidam bilan o’tib, turmushning achchiq – chuchugiga chidab, qiyinchiliklar bilan kurashib va ularni engib, yorug’ kunlarga intilib, sog’lom turmush tarzini o’ziga shior qilib olib yashasa, o’z niyatiga va istiqbolli maqsadlariga erisha oladi. Oiladagi va ish faoliyatdagi omadlar bardavonligi esa oq ko’ngil, fidoyi, jasoratli, dono, ulug’ maqsadli insonlarga kulib boqadi.

Masharip Qovoqov ana shunday insonlardan biri va uning ibrat – namunasi bir butun hayot maktabidir.

Quyida “O’zbekiston Qahramonlari” nomli kitobdan bu insonga tegishli quyidagi ma’lumotlarni keltirishni lozim topdik:

“Men ularni “Bir ibratli insonning hayot maktabi” deb atadim: sizning e’tiboringizga undagi ayrim fikrlarni havola etmoqchiman (Jabbor Razzoqov. “Bir inson ibrati” nomli ocher muallifi).



* * *

“Otam oddiy dehqon bo’lganlar. Kunduzgi kolxoz ishini bajargan bo’lsalar, kechalari tomorqamizda ishlaganlar.

Keyinchalik brigada boshlig’i bo’lganlar. Bu davr urush yillariga to’g’ri kelgan. Front orqasida oziq – ovqat mahsulotlari yetishtirib, g’alabani ta’minlashga o’z hissalarini qo’shganlar. Ammo urush tugagan yili qattiq betob bo’lib, terlama kasali bilan og’riganlar va eng navqiron yigit paytida – 35 yoshlarida olamdan o’tganlar. Men o’shanda 7 yoshda edim.

Bizni onam Guljahon Matyoqubova, xudoga shukur, hozir 100 yoshni qarshiladilar, 2 o’g’il va bitta qizni bir o’zlari katta qilib, avaylab – asrab voyaga yetkazdilar.

Men juda kichikligimdan ota – onamdan o’rnak olib, faqat mehnat evazigagina inson o’z orzu – umidiga, niyatiga yetishini ko’nglimga solganman. Oddiy kolxozchilikdan ish boshlab mehnatning achchiq – chuchugini, lazzatini totganman. Bugun nimaga erishgan bo’lsam, faqat shular evaziga”.

“Hozirgi bolalarni ko’rib, ko’zim quvnaydi. Hamma narsa yetarli. Bizga, urushdan keyingi yillardagi bolalarga juda qiyin bo’lgan. Shuning uchun yoshlarga keksalar bilan ko’proq urushuvlar tashkil etib, bu kunlarning qadriga yetishni, Vatanni sevishni, haqiqiy vatanparvar bo’lishni, qiyinchiliklardan cho’chimaslikni o’rgatishimiz kerak”.



* * *

“1997 – yil 26 – avgust. Bu kun hayotimizdagi eng baxtli, unutilmas kun. Shu kuni O’zbekiston Mustaqilligining 6 yilligi arafasida Prezidentimiz Islom Karimovning Farmoni bilan menga “O’zbekiston qahramoni”, degan yuksak unvon berildi. Bu jamoa a’zolarimiz bilan erishgan muvaffaqiyatlarga, mehnatimizga, butun faoliyatimizga berilgan yuksak baho edi. Ana shu beqiyos katta ishonchni oqlash uchun butun umrimni bag’ishlashga tayyorman”.



* * *

“1998 yilning ayni pishiqchiligi mahali. Xo’jaligimizda “Kitob bayrami” bo’ldi. Toshkentdan man – man degan shoirlar, yozuvchilar, olimlar, jurnalistu noshirlar kelishdi. Chunonam kitoblar sovg’a qilishdiki, asti qo’yaverasiz. Bu chinakam ma’naviy boylik. Keyingi o’n yil ichida xo’jaligimizga bunchalik ko’p kitob kelmagan edi. Men ularni “yorug’lik belgisi”, deb bildim”.



* * *

“Yer haqiqatdan ham hayot va tirikchilik manbai. U insonga Alloh tomonidan berilgan buyuk in’om. Lekin undan oqilona foydalangandagina insonga o’zining bitmas – tuganmas xazinasi eshigini ochib beradi. Biz yerga ana shu nuqtai nazardan yondashib kelayapmiz”.



* * *

“Biz o’z kuchimiz bilan barcha imkoniyatlarni yaratyapmiz. Bizga hyech kim chetdan imkoniyatni ham yaratib bermaydi, mablag’ni ham ikki qo’llab topshirmaydi” [25. 217 – 227 b.].

Bu oddiy dehqon oilasida tarbiya topgan bir insonning hayot yo’lida shakllangan fikrlaridan lavhalar xalos. Biz o’ylaymizki bu insonning sog’lom turmush tarzi yuzlab, minglab yoshlarga ibrat bo’ladi. Bu esa ayniqsa, mustaqilligimizni mustahkamlashda faollik bilan faoliyat yuritayotgan, Ozod va Obod Vatanimizning, oddiy Qahramonlaridan birining hayot yo’li. Bunday ibrat – namunaga xos va mos insonlar yurtimizda ko’plab topiladi.

1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   212




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling