Ismatova Mavjuda.
Mavjuda Ismatovani hamma taniydi. U Toshkentdagi 273 – maktab direktori, xalq o’qituvchisi, O’zbekiston Qahramoni, Davralarda so’z berilsa, “Qani, qahramon qanday gap aytarkan?” deya o’zgacha taraddud bilan eshitguvchilar ko’p bo’ladi. Shunda anglaysan, qahramonlik unvoni faqat rag’batning o’zigina emas, balki u katta mas’uliyat, el – yurt oldida balandroq so’zlash zaruriyati hamdir.
Mavjuda Ismatova oilasini va ishxonasini muqaddas deb bilgan baxtli ayoldir. Qiynalgan vaqtlarda va tushkun damlarda u dastlab turmush o’rtog’i Hamidulla aka bilan maslahatlashdi, shuningdek, ko’ngilda yetilgan orzu – o’ylar ham avvalo xonadonda muhokama etiladi.
Demakki, Mavjuda Ismatova har doim ham oilasiga suyanib ish tutdi. Mana uning o’z oilasi haqidagi shakllangan fikri:
“- Men uyimning ostonasidan kirsam bas, oddiy bir ayolga aylanaman.
- Umr yo’ldoshim uchun lazzatli taom tayyorlash, oilaning jamiki yumushlariga bosh bo’lish, qo’ni – qo’shni, qarindosh – urug’, mahalla – ko’y yo’qlovlariga vaqt topish, kelinim Nargizaxon, nabiralarim – Burxonilla va Bilolxonlar yonida bo’lish hayotimning eng quvonchli lahzalaridandir”.
Mavjuda opaning hayotdagi shiori quyidagi to’rtlik asosiga qurilgan:
Do'stlaringiz bilan baham: |