Abdulla qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika instituti


Download 1.46 Mb.
bet152/212
Sana02.01.2022
Hajmi1.46 Mb.
#199185
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   212
Bog'liq
Abdulla qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika instituti

Vohidov Erkin.

Tadqiqotimiz ushbu qismidagi Erkin Vohidov to’g’risidagi ma’lumotlar Ibrohim G’ofurning “Fazlu fasohat va zakovat sohibi” mavzusidagi ocherkidan foydalanib tayyorlandi.

Erkin Vohidov – el – yurtini chin dildan sevgan, ardoqlagan, nomi dunyoga tanilgan o’zbek shoiri, shuning bilan birga u sevimli adib va jamoat arbobi hamdir. Uning ijod mahsulining barchasida tiniq samimiyat, qahramonona insoniylik, mehr – oqibatlilik, odamiylikning buyukligi tarannum etiladi. Bu fikrlarimiz shunisi bilan diqqatga sazovorki, yuqorida qayd etilgan xislat va fazilatlar nafaqat uning asarlarida (ijodi namunalarida), balki uning o’zi hayotida ham, hayotining har qanday holatlarida ham shunga rioya etish va ularni og’ishmay amalga oshirish ustuvor maqsad – muddao bo’lgan. Uning ijodi mazmun – mohiyatini Vatanga xuddi otaga suyanganday suyanish, xalqqa xuddi onaga talpinganday talpinish, yurtning, elning kamolini o’ylash, orzu qilish, uning uchun tinimsiz qayg’urish va yurt ma’naviyati, tarixi va an’analaridan doim zavqlarga to’lib yurish, qadim mumtoz shoir, donishmand adib ajdodlar kabi komillikka sajda qilish, komillikni ko’rgan, unga duch kelganda darhol ilhomga to’lish, hayajonlanish kabilar tashkil etilgan bo’lsa, uning o’zini esa haqiqiy inson, barkamol shaxs, katta san’atkor shoir sifatida o’z davri, o’z avlodining juda yorqin va peshqadam hamda faol vakili sifatida qarashga asos bo’ldi.

Dunyoning ko’pgina mamlakatlarida Erkin Vohidovni O’zbekistonning hayotiy manfaatlarini ko’tarib chiquvchi bosiq, qat’iyatli, salohiyatli parlamentari sifatida yaxshi taniydilar. Uning ulkan ijodiyoti, ijtimoiy faoliyati xalq tomonidan yurtimizda va ko’pgina xorijiy davlatlarda ham tan olindi. Haqiqatdan ham Erkin Vohidov – yuksak mas’uliyatli inson, sermahsul ijodkor, insoniylik bilan yo’g’rilgan hayot sohibi, jamoat arbobi. U Vatan, xalq ravnaqi, baxt – saodati yo’lida fidokorlik bilan hormay – tolmay faoliyat yuritmoqda. Uning Vatanimizga va xalqimizga bo’lgan sadoqatiga Davlatimiz tomonidan doimo e’tibor berilib kelindi. U “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni sovrindori va 1999 – yil 25 – avgustdan buyon “O’zbekiston Qahramoni”dir.


1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   212




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling