11. Adolat va vafodorlik.
Bu mashg’ulot davomida diqqat –
e’tibor adolatning imkoniyat
bilan uyg’unligiga qaratilishi
lozim. Yana shuni bilingki, adolat
so’zining mazmunidan poklik, to’g’rilik, halollik, haqiqat kabi insoniy belgilar mazmuni ham joy olsin.
Adolat g’oyasini rad etib bo’lmaydi va u bevosita vafodorlik bilan uyg’unlikda qaralsa inson fazilatining ko’rkiga aylanadi.
Mazkur mashg’ulotda quyidagi qimmatli fikrlardan foydalaning:
* * *
Xondamir Alisher Navoiyga quyidagidek baho bergan: “Adolat va insof eshiklarini insoniyat yuziga ochib qo’ydi”.
* * *
“Vafo-kishilar qalbidagi quyosh nuri. U shunday kuchga egaki, u tufayli mehr-oqibat, ko’z ilg’amas jasoratlar sodir bo’ladi”.
Do'stlaringiz bilan baham: |