Abu abdulloh


Download 1.29 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/55
Sana19.11.2020
Hajmi1.29 Mb.
#148113
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   55
Bog'liq
Imom al-Buxoriy. Al-Jome' as-sahih. 3-jild


www.ziyouz.com kutubxonasi 
129
yana ikki rak’at namoz o‘qidilar, keyin yana ikki rak’at namoz o‘qidilar, keyin yana ikki 
rak’at namoz uqidilar, keyin yana ikki rak’at namoz o‘qidilar, sung bir rak’at o‘qidilar» 
 
20-bob Olloh taoloning qavli: «Parvardigor, sen kimni do‘zaxga kiriqang, 
albatta uni sharmandai sharmisor qilasan va bunday zolimlarga hech qanday 
madad berguvchi yo‘q». 
 
Abdulloh ibn Abbos raziyallohu anhu bir kuni payg’ambarimizning xotinlari Maymuna 
onamizning uylarida tunab qolibdilar. U kishi o‘sha kuni bo‘lgai voqeani bunday deb 
rivoyat qiladilar: «Men yostiqning yon tomoniga bosh qo‘yib yotdim, Rasululloh birlan 
xotinlari bo‘lmish xolam Maymuna uzunasiga bosh qo‘yib yotdilar. Rasululloh kechaning 
yarmigacha uxladilar, ehtimol bundan avvalroqdur, ehtimol keyinroqdur, keyin 
uyg‘ondilar, yuzlarini qo‘llari birlan ishqab uyqularini qochirdilar, keyin «Oli Imron» 
surasining oxirgi o‘n oyatini o‘qidilar So‘ng, turib osig‘liq meshni oldilar-da, yaxshilab 
tahorat qildilar, keyin namoz o‘qimoqqa tutindilar. Men ham turib, ul zot nima qilgan 
bo‘lsalar, shunday qildim-da, yonlariga borib turdim. Janob Rasululloh o‘ng qo‘llarini 
boshimga qo‘yib, o‘ng qulog‘imni burab qo‘ydilar Keyin, ul zot ikki rak’at, so‘ng yana ikki 
rak’at, so‘ng yana ikki rak’at, so‘ng yana ikki rak’at, so‘ng yana ikki rak’at, so‘ng yana 
ikki rak’at, keyin bir rak’at namoz o‘qidilar. Keyin, muazzin kelguncha yonboshladilar, 
so‘ng turib ikki rak’at yengilgina namoz o‘qidilar, keyin masjidga chiqib, bomdod 
o‘qidilar». 
 
21-bob. Olloh taoloning qavli: «Ey bizning parvardigorimiz, 
«Parvardigoringizga iymon keltiringizlar!» deb nido qiluvchining nidosini 
eshitdik» 
 
Ibn Abbos raziyallohu anhu o‘z mavlolari Kuraybga bir kuni payg’ambarimiziing xotinlari 
bo‘lmish xolalari Maymunaning uylariga borib yotib qolganlari bunday deb rivoyat qilgan 
erkanlar: «Men o‘shal kecha yostiqning ko‘ndalang tomoniga bosh qo‘yib yotdim, Janob 
Rasululloh birlan xotinlari ersa uning uzun tomoniga bosh ko‘yib yotishdi. Janob 
Rasululloh TUN yarim bo‘lguncha yotib uxladilar, balkim bundan barvaktroq, balkim 
kechroqdur, uyg‘ondilar-da, qo‘llari birlan yuzlarini ishqab uyqularini qochirdilar, keyin 
«Oli Imron» surasining oxirgi o‘n oyatini tilovat qildilar, keyin turib osig‘liq meshni 
oldichar-da, yaxshilab tahorat qildilar, so‘ng turib namoz o‘qimoqqa tutindilar. Men ham 
turib, ul zot nimaiki qilgan bo‘lsalar, shunday qildim, keyin yonlariga borib turdim. Janob 
Rasululloh o‘ng qo‘llarini boshimga qo‘yib, o‘ng qulogimni burab qo‘ydilar So‘ng, ikki 
rak’at, so‘ng yana ikki rak’at, so‘ng yana ikki rak’at, so‘ng yana ikki rak’at, so‘ng yana 
ikki rak’at, so‘ng yana ikki rak’at, keyin bir rak’at namoz o‘qidilar. Keyii, yonboshladilar, 
muazzin kelgach, ikki rak’at yengilgina namoz o‘qidilar, so‘ng masjidga chiqib bomdod 
o‘qidilar». 
 
«AN-NISO» SURASI 
 
1-bob. («An-Niso» surasida uchraydigan ayrim so‘zlar tafsiri) 
 
Ibn Abbos: «(Lan) yastankifa» degani «Sira or (kattalik) qilmas» ma’nosida, «qiyoman» 
(«qivoman», «qivomakum») so‘zi «Sizlarning ma’iyshatlaringizga sabab, vosita» 
deganidur «Lahunna sabiylan» — «Ularni (ayollarni) yo‘lga solish vositasi» degani bo‘lib, 
bu vosita fahsh yo‘lga kirgan juvonlarni toshbo‘ron qilmoq va bokiralarga darra 

Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
130
urmoqdur»,— deydilar. 
 
Yana boshqa birov (ya’ni, Abu Ubayd): «Masno va sulosa va rubo’a» ning ma’nosi 
«ikkita, uchta va to‘rtta» degani, arablar ersa (xotinni) to‘rttadan oshirmaydilar»,— 
deydilar. 
 
2-bob. Olloh, taoloning qavli: «Agar sizlar yetim qizlarga nisbatan noinsoflik 
qilib qo‘ymoqdan qo‘rqsangizlar...» 
 
Oisha raziyallohu anho bunday deydilar: «Bir odamning qo‘l ostida bir yetimcha kiz 
bo‘lar erdi, u o‘sha qizni o‘ziga nikohlab oldi. Yetimcha qizga qarashli bir xurmozorning 
qo‘ldan ketmasligi uchungina u shunday qildi, ammo u qizga yaqinlik qilmas erdi. Olloh 
taoloning «Agar sizlar yetim qizlarga nisbatan noinsoflik qilib qo‘ymoqdan 
qo‘rqsangizlar...» degan oyati ana shu kishi xususida nozil bo‘lgan erdi. «Menimcha, 
o‘shal qiz xurmozorga ham, uning moliga ham sherik bo‘lsa, kerak»,— deydilar. Hishom 
ibn Urvaning otalari». 
 
Ibn Shihob rivoyat qiladilar: «Urva ibn Zubayr Oisha onamizdan Olloh taoloning «Agar 
sizlar yetim qizlarga nisbatan noinsoflik qilib qo‘ymoqdan qo‘rqsangizlar...» degan oyati 
karimasi haqida so‘radi. Oisha onamiz: «Ey jiyanim, bu oyat bir yetim qiz xususida nozil 
bo‘lgan, u o‘z valiysi (cho‘rilikdan ozod qilib, o‘z qaramog‘ida olib qolgan kishi) ning 
uyida turar erdi. Valiyning mol-mulki birlan qizga tegishli xurmozor o‘rtada bo‘lib, 
ikkalasi bir-birining moliga sherikchilik qilishar erdi. Valiy qizning xurmozori birlan 
jamolini yoqtirib qoldi va unga qonuniy mahrni bermasdan uylanmoqchi bo‘ldi. Shunda, 
Olloh taolo o‘z oyati orqali valiylar o‘z qaramog‘laridagi yetimcha qizlarga shar’iy mahr 
bermasdan uylanmasinlar, ularning tengdoshlariga qancha mahr berilishi lozim bo‘lsa, 
shuncha mahr bersinlar, yetimcha qizlarga noinsoflik qilgandan ko‘ra, yaxshisi o‘zlari 
xohlagan boshqa ayollarga uylansinlar, deb amr qildi. Shundan so‘ng, odamlar Janob 
Rasulullohdan ayollar xususida tez-tez fatvo so‘raydirgan bo‘lishdi. Shu boisdan Olloh 
taolo: «Sizdan ayollar xususida fatvo so‘raydilar...» degan oyati karimasini nozil qildi. 
Olloh taoloning «Ularga uylanishga rag‘bat qilasizlar» degan qavlidan murod shuki, Olloh 
taolo yetim qizlarga ularning moli va jamoli uchun uylanishni man’ qiladi, ya’ni yetim 
qizlar agar go‘zal bo‘lsalar, ularga shar’iy mahr bermasdan uylanishdan, agar xunuk 
bo‘lsalar, ularning moli qo‘ldan ketmasin, deb o‘zlari ham uylanmay, birovga ham erga 
bermay zulm qilishdan qaytaradi». 
 
3-bob. Olloh taoloning qavli: «... qaysiki odam (valiy) faqir bo‘lsa, (etim 
qizning molidan) insofu adolat birlan yesin, bas qachon ularga mollarin 
bermoqchi bo‘lsangizlar, guvoh keltiringizlar, hisob uchun ersa xudo kifoya 
qilur» 
 
«Bidoran» — «shoshilib», «a’tadno» — «tayyorlab qo‘y-dik» degan ma’nodadur. 
Oisha raziyallohu anho bunday deydilar: «Ollohning! «Qaysiki odam (valiy) boy bo‘lsa, 
(adolaqizlikdan) parhez qilsin, bordi-yu kambag‘al bo‘lsa, insofu adolat birlan yesin» 
degan oyati yetimlarning moli haqida tushgan bo‘lib, agar valiy faqir bo‘lsa, uning 
molidan mehnatiga yarasha insofu adolat birlan yeyishi mumkin, deganidur». 
 
4-bob. Olloh taoloning qavli: «Agar meros taqsimida qarindoshlar, yetim va 
miskinlar hozir bo‘lsalar, ularga ham merosdan nasiba beringizlar!» 

Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
131
 
Ibn Abbos raziyallohu anhu bunday deydilar: «Agar meros taqsimida qarindoshlar, yetim 
va miskinlar...» degan oyat hukm oyatlaridan bo‘lib, mansux (bekor qilingan) 
ermasdur». 
 
5-bob. Olloh taoloning qavli: «Olloh sizlarga bola-chaqalaringiz (merosi) 
haqida hukm qilurki...» 
 
Jobir ibn Abdulloh bunday deydilar: «Men Banu Salama qabilasi manzilida betob 
yotganimda Janob Rasululloh Abu Bakr Siddiq raziyallohu anhu birlan birga piyoda meni 
ko‘rgani keldilar. Ul zot kelganlarida men behush erdim. Bir idishda suv so‘rab, tahorat 
qildilar, keyin menga sepdilar. Men o‘zimga keldim-da, Janob Rasulullohdan: «Molimni 
ne qilmog‘imni buyurasiz?» — deb so‘radim. Shunda Olloh taoloning «Olloh sizlarga 
bola-chaqalaringiz (merosi) haqida hukm qilurki...» degan oyati nozil bo‘ldi». 
 
6-bob. Olloh taoloning qavli: «Xotinlaringiz qoldirgan merosning yarmi sizlarga 
tegadi...» 
 
Ibn Abbos raziyallohu anhu bunday deydilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning 
payg‘ambar bo‘lmoqlaridan muqaddam qiz bolalarga, xoh ular katta bo‘lsinlar va xoh 
norasida bo‘lsinlar, meros berilmas erdi. Ug‘il bolalarga ham, agar ular balog‘atga 
yetgan bo‘lsalar, meros taqsim qilinmas erdi. Olloh taolo bu qoidani bekor qilib, o‘zi 
xohlagancha miqdorda meros farz qildi: o‘g‘il bolaning xissasi ikki qizning hissasiga teng. 
Ota-onaning har biriga oltidan bir hissa, agar farzandlari bo‘lmasa, uchdan bir hissa. 
Marhumning xotiniga sakkizdan bir hissa, agar o‘rtada farzand bo‘lmasa, to‘rtdan bir 
hissa. Marhumaning eriga, agar farzand bo‘lmasa, merosning yarmi, agar farzand bo‘lsa, 
to‘rtdan bir hissa (tegadi)». 
 
7-bob. Olloh taoloning qavli: «... xotinlarni zo‘rlik ila meros qilib olmoqlaringiz 
sizlarga halol ermas va bergan narsalaringizdan ba’zisini olmoq uchun ularni 
majburan olib qolmangizlar!» 
 
(Islomdan avvalgi davrda vafot qilgan kishining ayolini erining qarindoshlari majburan 
o‘zlariga xotin qilib olar erdilar. Islom kelgandan so‘ng ayollarga zulm bo‘lgan bu odat 
man’ etildi) 
 
Ibn Abbos rivoyat qiladilir: «Oyatdagi «Lo ga’zuluhun-na» iborasi «Ularni majburan olib 
qolmangizlar» deganidir «Huuban» so‘zi ersa «gunoh» demakdur «Ta’uuluu» so‘zi 
«xohlaysizlar» ma’nosida, «nahlatun» so‘zi— «mahr» dur». 
 
Ibn Abbos raziyallohu anhu bunday deydilar: «Ollohning «Ey mo‘minlar, xotinlarni zo‘rlik 
ila meros qilib olmoqlaringiz sizlarga halol ermas va bergan narsalaringizdan ba’zisini 
olmoq uchun ularni majburan olib qolmangizlar!» degan oyati karimasi shul haqda nozil 
bo‘lganki, islomdan ilgari oilada erkak kiti o‘lsa, uning qarindoshlari undan qolgan meros 
qatorida xotiniga ham zgalik qilishar erdi. Xohlashsa, uni o‘zlaridan biriga nikohlab 
qo‘yishar, xoxlashsa, birovga erga berib yuborishar yoki erga bermay olib qolishar erdi. 
Erning qarindoshlari marhumning xotiniga uning ota-onasadan ham ko‘proq haqli 
erdilar. Olloh taolo mazkur oyatni nozil qilib, ayollarni zulmdan xalos etdi» 
 

Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
132
8-bob. Olloh taoloning qavli: «Har bir inson uchun ota-ona va qarindoshlar 
qoldirib ketgan merosga merosxo‘rlar ta’yin qilib qo‘ydik 
 
Oyatdagi «mavoliy» so‘zi «merosxo‘rlar» ma’nosida, «Sizlar ahdu paymon qilgan 
kishilar» deyishdan murod, «qasam ichib do‘st bo‘lganlar»dur Amakivachcha, ozod 
qilingan qul, ozod qiluvchi quldor, podsho, shari’at o‘rgaguvchi ustoz ham «mavlo» 
deyiladi. 
 
Ibn Abbos raziyallohu anhu bunday deydilar: «Ollohning «Har bir inson uchun mavoliy 
ta’yin qilib qo‘ydik» degan qavlidagi «mavoliy» so‘zi merosxurlardir «bizlar ahdu paymon 
qilgan kishilar» degan qavli ersa muhojirlarni anglatadi. Muhojirlar Madinaga kelganda 
Rasulul-loh ularni ansorlar birlan ahdu paymonli birodar qilib qo‘ygan erdilar. Mana shu 
ahdga binoan, muhojir marhum ansor birodariga merosxo‘r bo‘lar erdi. Mazkur oyat 
nozil bo‘lgach, muhojirlar birlan ansorlarning o‘zaro merosxo‘rligi bekor qilindi, endi ular 
vasiyatga binoan o‘z nasibalarini oladirgan bo‘ldilar». 
 
Mazkur hadisni Abu Usoma Idrisdan, Idris ersa Talhadan eshitgan erkanlar 
 
9-bob Olloh taoloning qavli: «Albatta, Olloh zarracha ham zulm qilmaydi» 
 
Abu Sa’id al-Xudriy raziyallohu anhu bunday deydilar: «Payg‘ambar alayhissalomning 
zamonlarida sahobalar «Ey Ollohning rasuli, qiyomat kuni Ollohni ko‘ramizmi?» — deb 
so‘rashdi. Payg‘ambar alayhissalom «Ha albatta ko‘rasizlar. Aytinglarchi, kunduzi buluqiz 
osmondagi quyoshga qarab zarar ko‘rurmisizlar?»— dedilar. Sahobalar «Yo‘q»,— 
deyishdi. Rasululloh «Buluqiz osmondagi o‘n to‘rt kunlik oyga boqib zarar 
ko‘rurmisizlar?»—dedilar. Sahobalar «Yo‘q»—deb javob berishdi. Payg‘ambar 
alayhissalom bunday deb aytdilar: «Xuddi shunday qiyomat kuni ham sizlar quyosh va 
oyga boqib zarar ko‘rmaganingizdek, Ollohning jamolini ko‘rib zarar ko‘rmaysizlar. 
Qiyomat kuni bo‘lganda muazzin azon aytadi. Har bir ummat o‘zi ibodat qilgan narsaga 
ergashadi. Ollohga ibodat qilmay, sanam va butlarga sig‘inganlarning barchasi do‘zaxga 
tashla-nadilar, mahsharda faqat Olloh taoloning o‘zigagina ibodat qilib, amali solihlar 
qilgan va qilolmagan kishilar birlan ahli kitoblargina qoladilar. Yahudiylar chaqirilib 
ulardan «Kimga ibodat qilardingizlar?»—deb so‘raladi. Ular: «Biz Ollohning o‘g‘li Uzayrga 
ibodat qilar erdik» — deb javob beradilar. Ularga: «Yo5:46 lg‘on aytyapsizlar, Ollohning 
xotini ham, o‘g‘li ham bo‘lmagan»,— deyiladi. Keyin «Nimani xohlaysizlar?»—deb 
so‘raladi. Ular «Ey rabbimiz, biz tashnamiz, bizga, suv bergin!»—deyishadi. Ularga: 
«Tilagingiz bajariladi»,— deyilgay. So‘ng, ular do‘zax oldida jamlanadi. Undagi olov 
harorati bamisoli sarobdek Yahudiylar bir-birlarini itarib, surishib do‘zaxga qulaydilar. 
Keyin, nasarolar chaqiriladi. Ulardan «Nimaga ibodat qilardingiz?» — deb so‘raladi Ular: 
«Ollohning o‘g‘li Masihga ibodat qilardik»,— deydilar. Ularga «Yolg‘on aytyapsizlar, 
Ollohning xotini va bolasi bo‘lgan ermas»— deb javob beriladi Keyin «Nima 
xohlaysizlar?» — deb so‘raladi Ular suv so‘raydilar, suv ichishgach, do‘zaxga qulaydilar. 
So‘ng, Olloh taolo mahsharda tanho qolgan solih va gunohkor musulmon bandalarining 
qoshiga tanib olarli qiyofada kelib «Hamma ummat o‘zi sig‘ingan narsasiga ergashib 
ketdi, sizlar nimani kutib turibsizlar?»— deydi. Musulmonlar «Bizlar, dushmanla-ring 
bo‘lmish axli kitoblardan seni deb yuz o‘girgan erdik, endi nechun ularga ergashaylik? 
Biz o‘zimiz ibodat qilgan rabbimizni kutyagshiz»,— deydilar. Olloh taolo «Men 
rabbingizman!» —deydi. Musulmonlar: «Biz Ollohga hech kimni sherik qilmaymiz!» — 
deb ikki yoki uch bor aytadilar» 

Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
133
 
10-bob. Olloh taoloning qavli: «Ey Muhammad, biz har bir ummatdan guvoh 
chaqirgan paytimizda va sizni ularga guvoh qilganimizda (u ummatlarning) holi 
ne kechgay?!» 
 
Al-Muxtol» va «al-xitol» bir ma’noda bo‘lib, «takabbur va maqtanchoq» deganidur. 
«Natmisu vujuhan» — «Bir qancha yuzni teskari qilib qo‘ygaymiz» degan ma’noda 
sa’iyr» ersa, «o‘t otash» deganidur. 
 
Amr ibn Murra bunday deydilar: «Menga Janob Rasululloh «Qiroat qil!» deb buyurdilar. 
Men «Yo Rasulalloh, Qur’on sizga nozil bo‘lgan-ku men sizga qiroat qilib ; berayinmi?» 
— dedim. Janob Rasululloh «Uni o‘zimdan boshqa odamdan eshitishni yaxshi ko‘raman!» 
— dedilar. Men «Niso» surasini o‘qiy boshladim va uning «Ey Muhammad, biz har bir 
ummatdan guvoh chaqirgan paytimizda va sizni ularga guvox, qilganimizda (u 
ummatlarning) holi ne kechadi degan joyiga kelganimda, Janob Rasululloh «To‘xta!» deb 
buyurdilar. Men to‘xtab qarasam, ul zotning ikki ko‘zlaridan yosh quyilayotir». 
 
11-bob. Olloh taoloning qavli: «Agar kasal bo‘lsangiz yo safarda bo‘lsangiz yoki 
hojatdan qaytgandan yohud ayol birlan yaqinlik qilgandan so‘ng, suv 
topolmasangiz, toza tuproqqa tayammum qilingiz!» 
 
Jobir raziyallohu anhu bunday deydilar: «Kofirlarning xukm surab murojaag qiladirgan 
shaytonlaridan biri Juhaynada va yana biri Aslamda erdi hamda har bir mahallada 
bittadan folbin bo‘lib, ularga shayton kelib xabar yetkazib turar erdi». 
 
Umar raziyallohu anhu «Al-Jibt» — «sehr» va «at-tog‘ut» — «shayton»,— deydilar. 
 
Ikrima «Al-Jibt» habash tilida «shayton» va «tog‘ut» — «folbin»,— deydilar. 
 
Oisha raziyallohu anho «Asmoning marjoni yo‘qoldi Payg‘ambar alayhissalom uni topib 
kelish uchun bir necha kishini yubordilar. Ular yo‘ldaligida namoz vaqti bo‘lib qoldi, 
tahorat olay, desalar, suv yo‘q erdi, tahoraqiz namoz o‘qiyverdilar. Shunda, Olloh taolo 
«Tayammum» oyatini nozil qildi»,— deydilar 
 
12-bob. Olloh taoloning qavli: «Ollohga itoat qilingizlar va uning rasuliga itoat 
qilingizlar hamda o‘zlaringizdan (musulmonlardan) bo‘lgan hokimga itoat 
qilingizlar!» 
 
Ibn Abbos raziyallohu aphu: «Ollohga itoat qilingizlar va uning rasuliga itoat qilishizlar 
hamda o‘zlaringizdan bo‘lgan hokimga itoat qilingizlar!» degan oyat Abdulloh ibn Huzofa 
haqida nozil bo‘lgan, chunki Rasululloh u kishini bir guruhga bosh qilib jihodga yuborgan 
erdilar»,— deydilar. 
 
13-bob. Olloh taoloning qavli: «Bas, parvardigoringiz nomiga qasamki, ular o‘z 
oralarida chiqqan janjalga sizni hokim qilmagunlariga qadar mo‘min 
bo‘lmaydilar...» 
 
Urva ibn Zubayr bunday deydilar: «Zubayr ekin sug‘orayotib ansorlardan bir kishi birlan 
suv talashib janjallashib qoldilar. Payg‘ambar alayhissalom «Ey Zubayr, yeringni sug‘orib 

Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
134
bo‘lgach, suvni qo‘shningning yeriga ochib yubor!» —dedilar. Ansoriy norozi bo‘lib «Yo 
Rasulalloh, ammavachchangizning foydasiga hal qildingiz!» —dedi. Shunda, Janob 
Rasulullohning yuzlari jahldan qizarib ketdi va «Ey Zubayr, yeringni sug‘orib bo‘lgin-da, 
suvni bog‘la, so‘ng suv qo‘rg‘on devoriga yetgandagina qo‘shningning yeriga ochib 
yubor!» — dedilar. Janob Rasululloh, ansoriy g‘azablarini keltirganda, Zubayrning 
huquqini unitmagan holda ikkalalariga ham maqbul bo‘ladirgan aniq hukm chiqardilar 
«Bas, parvardigoringiz nomiga qasamki, ular o‘z oralarida chiqqan janjalga sizni hokim 
qilmagunlariga qadar mo‘min bo‘lmaydilar» degan oyat ana shul voqea xususida nozil 
bo‘lgan, deb o‘ylayman»,— deydilar Zubayr». 
 
14-bob Olloh taoloning qavli: «Bas, ular Olloh taolo in’omiga sazovor bo‘lgan 
payg‘ambarlar... birlan birga bo‘lurlar» 
 
Oisha raziyallohu anho bunday deydilar «Men Rasulullohning «Har bir payg‘ambarga 
kasallik vaqtida dunyo birlan oxiratdan birini tanlash ixtiyori beriladi» deganlarini 
eshitgan erdim. Ul zotni olib ketgan kasallik paytlarida qattiq xirillash paydo bo‘ldi. 
Shunda, men Janob Rasulullohning «... ular Olloh taolo in’omiga sazovor bo‘lgan 
payg‘ambarlar, siddiqlar va shahidlar birlan birga bo‘lurlar» deb tilovat qilganlarini 
eshitdim va bundan oxiratni ixtiyor qilganlarini bildim». 
 
15-bob. Olloh taoloning qavli: «Ey mo‘minlar, sizlarga nima bo‘ldiki, Olloh 
yo‘lida va ul nochor, mazlum erlar va xotinlar... uchun jang qilyapsizlar...» 
 
Ubaydulloh ibn Abu Yazid: «Ibn Abbosdan eshitgandim, u «Men va onam bechoralardan 
erdik» deb aytar erdi»,—deydilar. 
 
Ibn Abu Mulayka aytadilar: «Ibn Abbos «... magar ul erlar va xotinlar va bolalarki, 
haqiqatda nochordurlar...» degan oyatni tilovat qilgach: «Men va onam Olloh uzrli 
sanagan kishilardan erdik»,— dedilar». 
 
Ibp Abbos: «Hasirat» so‘zi «tor bo‘ldi» ma’nosida, «talvu» so‘zi «Tillaringiz shahodat 
kalimasini ayqa» degani»,— deydilar. 
 
Boshqa bir mufassir: «Al-Murogim» so‘zi «muhojir» ma’nosida, «rog‘amat» degani 
«hojarat», ya’ni «hijrat qildm» ma’nosida, «mavqutan» so‘zi ersa «vaqti mu’ayyan» 
ma’nosidadur»,— deydilar. 
 
16-bob. Olloh taoloning qavli: «Ey mo‘minlar, nega sizlar munofiqlar xususida 
ikki guruhga bo‘linib oldingizlar? Axir, Olloh ularni qilmishiga yarasha ortlariga 
qaytardi-ku!» 
 
Zayd ibi Sobit mazkur oyat hakida rivoyat qiladilar: «Payg‘ambar alayhissalomning 
ashoblaridan ko‘pchilik kishilar Uhud janggiga bormay, yo‘ldan qaytdilar. Uhud 
janggidan keyin, musulmonlar ikkiga bo‘linib, ulardan bir guruhi jangdan qochgan 
munofiqlarni o‘ldirishni, ikkinchi guruhi ersa, o‘ldirmaslikni talab qildilar. Olloh taolo shu 
boisdan «Ey mo‘minlar, nega sizlar munofiqlar xususida ikki guruhga bo‘linib 
oldingizlar?...» degan oyatni nozil qildi. Janob Rasululloh: «Darhaqiqat, Madina pokiza 
shahardur, u olov kumush tarkibidagi begona iflos moddalarni eritib chiqarib yuborgani 
yanglig‘, o‘zidan iflos (munofiqlarni) chiqarib tashlagay»,— dedilar». 

Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
135
 
17-bob. Olloh taoloning qavli: «Qachon ularga tinchlik yoki xavf-xatar xabari 
kelsa, uni atrofga tarqatadilar...» 
 
Oyatdagi «yastanbitunahu» so‘zi «uni tashqariga chiqaradilar» ma’nosida, «hasiyban» 
so‘zi «qudrati yetarli» ma’nosida, «illo inoso» lafzidan murod, tosh, tuproq kabi jonsiz 
narsalardur. «Marid» so‘zi «itoaqiz» ma’nosida, «falayu-battikunna» so‘zi «kesadilar» 
ma’nosida, «qiylan» va «qavlan» so‘zlarining ma’nosi bir bo‘lib, «muhrli, rost so‘z» dur. 
 
18-bob. Olloh taoloning qavli: «Kimki qasddan bir mo‘minni o‘ldirsa, uning 
jazosi jahannamdur!» 
 
Sa’id ibn Jubayr bunday deydilar: «Yuqoridagi oyat haqida Kufa ulamolari tortishib 
qolishib, Ibn Abbosning huzurlariga borishdi. Ibn Abbos raziyallohu anhu «Ushbu «Kimki 
qasddan bir mo‘minni o‘ldirsa, uning jazosi jahannamdur!» degan oyati karima shu 
haqda nozil bo‘lgan eng oxirgi oyatdur. Bu oyatni boshqa bir oyat bekor qilgan ermas» 
deb javob berdilar». 
 
19-bob. Olloh taoloning qavli: «Sizlarga salom bergan odamga: «Sen mo‘min 
emassan» — demangizlar» 
 
«As-Silm» va «as-salm» hamda «as-salom» so‘zlarining ma’nosi birdur. 
 
Ibn Abbos rivoyat qiladilar: «Bir odamning qo‘lida o‘lja bor erdi. Unga musulmonlar duch 
kelib qolishdi. Shunda, u ularga salom berdi. Ular uning salomiga e’tibor bermay, uni 
o‘ldirib, o‘ljasini tortib olishdi. Shunda Olloh taolo «Bu dunyo o‘ljasini istab, sizlarga 
salom bergan odamga: «Sen mo‘min emassan» — demangizlar» degan oyatni nozil 
qildi». 
 
20-bob. Olloh taoloning qavli: «Uz uylarida o‘ltir-guvchi mo‘minlar ila Olloh, 
taolo yo‘lida jihod qilguvchilar teng emaslar» 
 
Saul ibn Sa’d rivoyat qiladilar: «Men Marvon ibn Hakamni masjidda ko‘rib, yonlariga 
borib o‘ltirdim. U kishi bizga Zayd ibn Sobitning quyidagi gaplarini aytib berdilar: «Janob 
Rasululloh menga «Uz uylarida o‘ltirguvchi mo‘minlar ila Olloh taolo yo‘lida jihod 
qilguvchilar teng emaslar» deb yozdirdilar. Shu payt, Abdulloh ibn Ummu Maktum kelib 
qolib: «Yo Rasulalloh, xudo haqi, agar jihod qilmoqqa yaraganimda, jihod qilgan bo‘lur 
erdim!» — dedilar, chunki u kishi ko‘r erdilar. Darhol, Olloh taolo o‘z rasuli sallallohu 
alayhi va sallamga «... illaqiz bo‘lgan holda (o‘z uylarida o‘ltirguvchilar)...» degan qavlini 
nozil qildi. Shunda ul zotning tizzalari mening tizzam ustida erdi, men shunday yuk 
sezdimki, hatto tizzam ezilib ketmasaydi, deb qo‘rqdim». 
 
Barro ibn Ozib raziyallohu anhu bunday deydilar: «Uz uylarida o‘ltirguvchi mo‘minlar ila 
Olloh taolo yo‘lida jihod qilguvchilar teng emaslar» degan oyat nozil bo‘lganda, Janob 
Rasululloh Zaydni chaqirib uni yozdirdilar. Shu payt Abdulloh ibn Ummu Maktum kelib, 
o‘zining illatli (ko‘r) erkanligini aytib, shikoyat qildi. Shunda, Olloh taolo «... illaqiz 
bo‘lgan holda (o‘z uylarida o‘ltirguvchilar)...» degan qavlini nozil qildi». 
 
Barro raziyallohu anhu bunday deydilar: «Uz uylarida o‘ltirguvchi mo‘minlar ila Olloh 

Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy 
 
 
Download 1.29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling