Abu abdulloh


Download 1.29 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/55
Sana19.11.2020
Hajmi1.29 Mb.
#148113
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   55
Bog'liq
Imom al-Buxoriy. Al-Jome' as-sahih. 3-jild


amallari habata bo‘ldi!» 
 
Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat hiladilar: «Janob Rasululloh «Qiyomat kuni 
gavdali, semiz bir odam (mahsharga) kirib kelgan, ammo u Olloh taoloning huzurida 
pashsha qanotichalik tosh bosmagay» — deb aytdilar O’qingizlar, Olloh taolo «Qiyomat 
kuni ular uchun hech qanday vazn bor qilmaymiz!» — deydi» 
 
 «MARYAM» SURASI 
  
1-bob. Olloh taoloning qavli: «Ularni hasrat kunidan ogoh qilingiz!» 
 
Abu Sa’id al-Xudriy raziyallohu anhu rivoyat qiladilar «Janob Rasululloh bunday dedilar 
«Ulim ola-bula qo‘chqor qiyofasida keltiriladi Shunda, bir jarchi «Ey ahli jannatlar!»— 
deb nido qiladi. Ahli jannatlar boshlarini ko‘tarib qarashadi Jarchi «Mana buni 
taniyapsizlarmi?» — deydi Ular «Ha, bu o‘limdur» — deb javob berishadi, chunki 
hammalari uni ko‘rgan bo‘lishadi. So‘ng, jarchi «Ey ahli do‘zaxlar!» — deb nido qiladi. 
Ahli do‘zaxlar boshlarini ko‘tarib qarashadi Jarchi «Mana buni taniyapsizlarmi?» — deydi. 
Ular «Ha, bu o‘limdur»,— deyishadi, chunki ular ham o‘limni ko‘rgan bo‘lishadi. Keyin, 
qo‘chqor qiyofasidagi o‘lim shu yerning o‘zida bo‘g‘izlanadi. Shundan so‘ng, jarchi «Ey 
ahli jannatlar, bundan buyon o‘lmaysizlar, endi o‘limni ko‘rmaysizlar, ey ahli do‘zaxlar, 
bundan buyon o‘lmaysizlar, endi o‘limni ko‘rmaysizlar!» — deydi». Keyin, Janob 

Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
183
Rasululloh quyidagi oyati karimani tilovat qildilar «Ularni hasrat kunidan ogoh qilingiz, 
Ollohning amri shubhasiz amalga oshguvchidur, holbuki ular iymon keltirmay g‘aflatda 
yuribdurlar!» 
 
2-bob. Olloh taoloning qavli: «Va biz farishtalar tushmasmiz magar 
parvardigoringiz amri ila, aning ixtiyoridadur nima narsaki oldimizdadur va 
nima narsaki keyinimizdadur» 
 
Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladilar «Janob Rasululloh Jabroil alayhissalomga 
«Mening huzurimga ko‘proq kelib tursangiz! Buning uchun sizga nima mone’lik qiladi!«— 
dedilar. Shunda «Va biz farishtalar faqat rabbingizning amri birlangina (erga) tushurmiz, 
nimaiki oldimizda va nimaiki ortimizdadur, barchasi Olloh, taoloning ixtiyoridadur» 
degan oyat nozil bo‘ldi» 
 
3-bob. Olloh taoloning qavli: «(Ey Muhammad), bizning oyatlarimizga kufr 
keltirib, «Menga ul dunyoda ham mol-dunyo va bola-chaqa berilur» deguvchi 
kimsani ko‘rdingizmi?!» 
 
Xabbob raziyallohu anhu rivoyat qiladilar «Men Os ibn Voil as-Sahmiyning oldiga unga 
bergan qarzimni talab qilib bordim U menga «Muhammadga kufr keltirmagu-ningcha 
olgan qarzimni bermayman!» — dedi. Men «Io‘q, aslo, sen o‘lib, qiyomatda qayta 
tiriltirilguningga qadar ham kufr keltirmayman!» —dedim. Os ibn Voil «Men o‘lsam, 
qaytatirilamanmi?»—dedi Men «Ha»,— dedim Os ibn Voil «Unday bo‘lsa, o‘sha joyda 
ham mening bola-chaqam va mol-dunyom bo‘ladi, qarzimni o‘shanda to‘layman»,— 
dedi. Shunda yuqoridagi oyati karima nozil bo‘ldi». 
 
4-bob Olloh taoloning qavli: «Ayo, ul (kofir) g‘aybdan xabar topibdurmi yoki 
Olloh unga (ul dunyoda ham mol-dunyo va bola-chaqa ato qilurman, deb) va’da 
beribdurmi?!» 
 
Xabbob raziyallohu anhu aytadilar: «Men Makkada temirchilik qilur erdim, Os ibn Voilga 
bir qilich yasab bergan erdim, uning haqini olish uchun uyiga keldim. Os ibn Voil «Agar 
Muhammadga kufr keltirmasang, haqingni bermayman!»—dedi. Men: «Seni Olloh 
o‘ldirib, qiyomatda qayta tiriltirgungacha ham kofir bo‘lmayman!» — dedim. Os ibn Voil 
«Agar Olloh meni o‘ldirib, keyin tiriltirsa, o‘sha joyda ham mening bola-chaqam va molu 
dunyom bo‘ladi»,— dedi. Shunda Olloh taolo «(Ey Muhammad), bizning oyatlarimizga 
kufr keltirib, «Menga ul dunyoda ham mol-dunyo va bola-chaqa berilur» deguvchi 
kimsani ko‘rdingizmi? Ayo, ul (kofir) g‘aybdan xabar topibdurmi yoki Olloh unga (ul 
dunyoda ham mol-dunyo va bola-chaqa ato qilurman, deb) va’da beribdurmi?» degan 
oyati karimani nozil qildi» 
 
5-bob Olloh taoloning qavli: «Yo‘q, unday ermas, biz uning aytgan gapini yozib 
qo‘yurmiz va unga uzoq muddat azob berurmiz!» 
 
Xabbob raziyallohu anhu «Johiliyat davrida men temirchi erdim. Mendan Os ibn Voil 
qarzdor erdi»,— deydilar. Keyin, Xabbob Osning oldiga o‘sha qarzni so‘rab boribdilar. Os 
ibn Voil ersa «Muhammadga kufr keltirmaguningcha olgan qarzimni bermayman!»—
debdi. Xabbob «Ollohga qasamyod qilurmanki, Olloh seni o‘ldirib, qiyomatda qayta 
tiriltirgungacha ham kofir bo‘lmayman!» — debdilar. Os ibn Voil «Unday bo‘lsa, quyaver, 

Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
184
o‘lib, keyin qayta tiriladirgan bo‘lsam, ul dunyoda ham menga bola-chaqa, mol-dunyo 
beriladi, o‘shanda haqingni beraman!» — debdi. Shunda Olloh taolo «Ey Muhammad, 
bizning oyatlarimizga kufr keltirib, «Menga ul dunyoda ham mol-dunyo va bola-chaqa 
berilur» deguvchi kimsani ko‘rdingizmi? Ayo, ul (kofir) g‘aybdan xabar topibdurmi yoki 
Olloh unga (ul dunyoda ham mol-dunyo va bola-chaqa ato qilurman, deb) va’da 
beribdurmi? Yo‘q, unday ermas, biz uning aytgan gapini yozib qo‘yurmiz va unga uzoq 
muddat azob berurmiz va olib qo‘yurmiz undan aytib turgan narsasini va kelur ul 
huzurimizga o‘zi yolgiz!» degan oyatni nozil qildi» 
 
Bu yerda yuqoridagi hadis takroran keltirilgan 
 
 «TOHO» SURASI  
 
1-bob. Olloh taoloning qavli: «Men seni xos o‘zim uchun bino qildim 
(tanladim)» 
 
Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar. «Janob Rasululloh bunday dedilar: 
«Odam alayhissalom va Muso alayhissalom uchrashishdi. Shunda Muso alayhissalom 
Odam alayhissalomga «Insonlarni baxqiz qilib jannatdan quvilishiga sabab bo‘lgan kishi 
sizmisiz?» —dedilar. Odam alayhissalom Muso alayhissalomga «Olloh xos o‘zi uchun 
bino qilgan (tanlagan) zot sizmisiz, tavrot sizga nozil qilinganmidi?»—dedilar. Muso 
alayhissalom «Ha»,— dedilar. Odam alayhissalom «Unday bo‘lsa, Olloh taolo meni 
yaratishdan avvalroq taqdirimni belgilab qo‘yganligi haqida tavrotdan bilib olgan 
bo‘lsangiz kerak?!»—dedilar. Muso alayhissalom «Ha» — deb jim qoldilar, chunki Odam 
alayhissalomning dalillari kuchli erdi» 
 
2-bob. Olloh taoloning qavli: «Biz vahiy yubordik Musoga «Olib ketgil tunda 
mening bandalarimni va dengizga (daryoga) aso urib, ularga bir quruq yul qilib 
bergil, (shunda) na (dushman) qo‘liga tushishdan va na g‘arq bo‘lishdan xavf 
qilursan!» deb. Keyin, ularning ortlaridan Fir’avn o‘z lashkari birlan ta’qib qildi, 
ammo ularni dengiz o‘z girdobiga oldi, Fir’avn o‘z qavmini gumroh qildi, to‘g‘ri 
yo‘lga solmadi» 
 
Ibn Abbos raziyallohu anhu aytadilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Madinaga 
kelganlarida yahudiylar Oshuro kuni ro‘za tutar erdi. Janob Rasululloh ulardan buning 
sababini so‘raganlarida «Bu kun Muso alayhissalom Fir’avn ustidan g‘alaba qozongan 
kun bo‘lib, biz uning shukronasiga ro‘za tutamiz»,— deyishdi. Shunda Janob Rasululloh 
sahobalarga «Biz Muso alayhissalomga yahudiylardan ko‘ra haqliroqmiz, shu kuni (sizlar 
ham) ro‘za tutingizlar!» — dedilar» 
 
3-bob. Olloh taoloning qavli: «Ey Odam, shayton siz va xotiningizga 
dushmandur, u sizni va xotiningizni jannatdan chiqarmasin, keyin badbaxt 
bo‘lib qolmangiz!» 
 
Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar/«Janob Rasululloh bunday dedilar: «Muso 
alayhissalom Odam alayhissalomga dalil keltirib: «Ey Odam, gunoh qilib odamiyzodni 
jannatdan chiqargan va ularni badbaxt qilib quygan kishi sizmisiz?» — dedilar. Odam 
alayhissalom «Ey Muso, Olloh taolo o‘z bandalariga payg‘ambar va o‘ziga suhbatdosh 
qilib tanlagan zot sizmisiz? Olloh taolo meni yaratmasidan ilgari kelgusida qiladirgan 

Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
185
ishimni avvaldan taqdir qilib qo‘ygan bo‘lsa, nechun siz meni Olloh taoloning irodasi 
uchun malomat qilasiz?»—dedilar. Odam alayhissalom bu dalil birlan Muso 
alayhissalomni mag‘lub qildilar» 
 
 «AL-ANBIYO» SURASI  
 
1-bob Olloh taoloning qavli: «Biz dunyoni dastlab qay tariqa osonlik birlan 
yaratgan bo‘lsak, qiyomatda ham xuddi shunday osonlik birlan qayta paydo 
qilurmiz, 
bu bizning va’damizdur!» 
 
Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Janob Rasululloh odamlarga xutba 
qilayotib bunday dedilar:. «Albatta sizlar qiyomatda yalangoyoq, yalang‘och, ya’ni asl 
holatingizda Olloh taolo huzurida tiriltirilasizlar. Olloh taolo «Biz dunyoni dastlab qay 
tariqa osonlik birlan yaratgan bo‘lsak qiyomatda ham xuddi shunday osonlik birlan qayta 
paydo qilurmiz, bu biziing va’damizdur, albatta biz buni kilguvchidurmiz»— deydi. 
Qiyomatda birinchi bo‘lib Ibrohim alayhissalomga kiyim kiydiriladi. Shu vaqt 
ummatimdan bir guruhi keltirilib, do‘zaxga haydaladi. Men «Ey parvardigor, bular 
mening ashoblarim-ku!»—deyman. Menga «Uzingizdan keyin bularning nimalar qilganini 
bilmaysiz!» — deyiladi. Shunda men Ollohning solih bandasi (Iso) aytganlaridek «Men 
ularning oralarida bo‘lgan vaqtimda ularga guvoh bo‘lib turdim. Lekin, meni o‘z 
huzuringga chorlaganingdan keyin ersa, sen o‘zing ularni kuzatib turding. Sen o‘zing 
hamma narsaga guvohdirsan!»—deb javob beraman. Menga «Darhaqiqat, bu odamlar, 
siz ularni tashlab (oxiratga) ketgan vaqtingizdan boshlaboq o‘z yo‘llaridan orqalariga 
qaytganlar!»—deb aytiladi». 
 
 «HAJ» SURASI  
 
1-bob. Olloh taoloning qavli: «Odamlarni mastdek holda ko‘rgaysiz» 
 
Abu Sa’id al-Xudriy raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Payg‘ambar alayhissalom bunday 
dedilar: «Qiyomat kuni Olloh taolo «Ey Odam!» — deydi. Odam alayhissalom «Labbayka 
va sa’dayka» — deb javob beradilar. Olloh taolo baland ovoz birlan «Zurriyotlaringizdan 
do‘zaxga tushadirganlarini ajratingiz!» — deb buyuradi. Odam alayhissalom «Do‘zaxiylar 
qanchadur?»—deydilar. Olloh taolo «Har ming kishidan to‘qqiz yuz to‘qson to‘qqiztasi 
tushadi»,— deydi. Shunda odamlar homilador ayol bola tashlagudek va go‘dak qarib, 
soch-soqoli oqarib ketgudek holga tushadilar, barchaning qurquvdan mastdek ahvolga 
tushganlarini ko‘rgaysiz, ammo ular mast emaslar, balki Ollohning azobi nihoyatda 
qattiq bo‘lajagidan xavfdadurlar» Sahobalarga bu gap juda qattiq ta’sir qilib, ranglari 
o‘chdi. Payg‘ambar alayhissalom «Ya’juj va Ma’jujdan to‘qqiz yuz to‘qson to‘qqizta, 
sizlardan bitta. So‘ng sizlar odamlar orasida oq ho‘kizning biqinidagi qora yoki qora 
ho‘kizning biqinidagi oq tuklar monand ajralib turgaysizlar, men umidvormanki, sizlar 
ahli jannatlarning to‘rtdan bir qismini tashkil etgaysizlar!» — dedilar Buni eshitib, biz 
yengil tortdik-da, Olloh taologa takbir aytdik Keyin, ul zot yana «Ahli jannatlarning 
uchdan birini tashkil eqangiz ham ajab ermas!» — dedilar. Biz yana takbir aytdik. Keyin, 
yana «Ahli jannatlarning yarmi sizlardan iborat bo‘lmog‘idan umidvorman'»—deb 
qo‘ydilar. Biz yana takbir aytdik» 
 

Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
186
2-bob. Olloh taoloning qavli: «Odamlar orasida Ollohga shak birlan ibodat 
qiladirganlari bor. Agar shunday kishi yaxshilikka erishsa, dili orom olur va 
agar biror baxqizlik yeqa, dindan yuz o‘girib olur. U bu dunyoyu oxiratda ziyon 
ko‘rur. Bu ersa ochiq-oydin ziyondur. U Ollohni qo‘yib, o‘ziga ziyon ham, foyda 
ham bera olmaydirgan butlarga iltijo qilur. Ana shuldir uzoq gumrohlik» 
 
Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Odamlarning ba’zisi Ollohga shak birlan 
ibodat qilur. Ya’ni ba’zi badaviy Madinaga kelganda, agar xotini o‘g‘il tug‘sa va otlari 
qulunlasa, «Bu juda solih din erkan» deb maqtardi, agar xotini tug‘masa va otlari 
qulunlamasa, «Bu yomon din erkan!» deb ayblardi» 
 
3-bob Olloh taoloning qavli: «Mana shu ikki g‘anim — musulmonlar birlan 
kofirlar parvardigorlari xususida talashdi» 
 
Abu Zarr al-G’iforiydan naql qilinadiki, «Mana shu ikki g‘anim — musulmonlar birlan 
kofirlar parvardigorlari xususida talashdi» degan oyati karima Hamza va ul kishining ikki 
sheriklari hamda Utba va uning ikki sherigi haqida nozil bo‘lgan, bular Badr kuni 
yakkama-yakka jang qilgan erdilar» 
 
Ali ibn Abu Tolib raziyallohu anhu «Qiyomat kuni men Rahmon huzurida tiz cho‘kib, 
(kitobiylar birlan yuzma-yuz) xusumatlashuvchilarning birinchisi bo‘lurman»—dedilar 
Qays «Mazkur oyat Badr kuni yuzma-yuz jang qilgan kishilar — Ali, Hamza, Ubayda, 
Shayba ibn Rabii’a, Utba ibn Rabiy’a, Valid ibn Utbalar haqida erdi»,— deydilar 
 
 «MO’MINLAR» SURASI  
 
Ibn Abbos raziyallohu anhu «Suradagi «Hayhota-hayhota» so‘zining ma’nosi «uzoq-
uzoq» demakdur»,— deydilar 
 
 «NUR» SURASI  
 
1-bob. Olloh taoloning qavli: «Uzlaridan boshqa guvohlari bo‘lmagan holda o‘z 
xotinlarini buzuk, deb badnom qiladirgan kishilar (bilsinki), bunday odam to‘rt 
marta Olloh taologa: «Albatta, men rost aytayotirman»,— deb qasamyod qilur» 
 
Saxl ibn Sa’d rivoyapg qiladilar: «Uvaymir ismli kishi Baniy Ajlonning ulug‘i Osim ibn 
Adiyning oldiga kelib «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan men uchun so‘rab 
beringiz, agar bir kishi o‘z xotini huzurida begona erkakni ko‘rsa-yu, uni o‘ldirsa, keyin 
qotilni ham o‘ldirasizlarmi yoki nima qilasizlar?»—dedi. Osim Payg‘ambar 
alayhissalomning oldilariga kelib, «Yo Rasulalloh!» — deya boyagi savolni berdi Ammo, 
ul zot bunday masala xususida javob bermoqni istamadilar. Osim uyiga qaytib 
borganda, Uvaymir bergan savolining javobini so‘radi. Shunda Osim «Janob Rasululloh 
bunday savolni noma’qul ko‘rib, aybladilar»,— dedi. Uvaymir «Janob Rasulullohdan bu 
haqda so‘rab bilib olmagunimcha tinchimagayman!» — dedi. Keyin, u o‘zi Janob 
Rasulullohning huzurlariga kelib «Ey Ollohning payg‘ambari, agar bir kishi xotini birlan 
begona erkak turganini ko‘rsa uni o‘ldiradimi? Agar o‘ldirsa, qotilni ham o‘ldirasizlarmi 
yoki nima qilinadi? — deb so‘radi. Janob Rasululloh «Olloh taolo sen va xotining haqida 
Qur’on (oyat) nozil qildi»,— dedilar-da, Olloh taolo oyatda buyurgandek ikkovini li’on 
qilmoqni buyurdilar. Mulo’anadan so‘ng, Uvaymir Janob Rasulullohga «Ey Ollohning 

Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
187
rasuli, bu xotinni ushlab tursam, unga zulm qilgan bo‘lurman'»—deb xotinini taloq qilib 
yubordi. Shu-shu bo‘ldi-yu, mulo’ana qilishgan er uchun xotinini taloq qilib yuborish 
sunnat bo‘lib qoldi. Keyin Janob Rasululloh «Kuzatib yuringizlar, agar o‘shal xotin boldiri 
yo‘g‘on bola tug‘sa, demak Uvaymirning xotiniga qilgan da’vosi rost bo‘ladi. Mobodo, 
tug‘ilgan bolaning rangi qizg‘ish bo‘lsa, Uvaymir xotiniga tuhmat qilgan bo‘ladi»,— 
dedilar. Qarangki, haqiqatan ham o‘shal xotin tuqqan bola Uvaymirning da’vosini 
tasdiqladi. Shundan so‘ng, bola onasiga mansub qilinadirgan bo‘ldi» 
 
2-bob Olloh taoloning qavli: «Va (er) beshinchi marta derki, xudoning la’nati 
menga bo‘lsin agar yolg‘onchi bo‘lsam!» 
 
Sahl ibn Sa’d raziyallohu anhu bunday deydilar «Bir odam Janob Rasulullohning 
huzurlariga kelib «Ey Ollohning rasuli! Nima deysiz, bir odam o‘z xotinining yonida bir 
begona erkakni ko‘rsa, uni o‘ldiradimi, agar o‘ldirsa, qotilni ham o‘ldirasizlarmi yoki unga 
nima qilasizlar?» — deb so‘radi. Shunda Olloh taolo ular haqida mulo’ana oyatini nozil 
qildi Keyin, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam savol bergan odamga «Olloh sen va 
xotining haqida hukm tushirdi»,— dedilar. Er va xotin bir-birlarini mulo’ana qilishdi. Men 
Janob Rasulullohning yonlarida turib bu voqe’aga guvoh bo‘ldim. Janob Rasululloh 
ikkovini ajratib yubordilar. Shundan so‘ng, bir-birini la’natlagan er-xotinni ajratib 
yuborish sunnatga aylandi. Usha ayol homilador erdi. Uning eri bolani o‘zidan erkanligini 
inkor qildi. Shundan e’tiboran, tug‘ilgan bola onasiga nisbat beriladirgan bo‘ldi. Keyin, 
ona birlan bolaning o‘rtasidagi merosxo‘rlik huquqi ham sunnat qilindi. Onaning o‘z 
bolasiga, bolaning ersa onasiga va u tarafdan bo‘lgan qarindoshlarga merosxo‘rlik qilishi 
Olloh amr qilgan yul birlan joriy bo‘ldi» 
 
3-bob Olloh taoloning qavli: «Erim shak-shubhasiz yolg‘onchilardandur!» deb 
Olloh taologa to‘rt marta qasamyod qilmoqlik ayoldan jazoni daf qilgay» 
 
Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Hilol ibn Umayya Payg’ambar 
alayhissalomning huzurlarida o‘z xotinini Sharik ibn Samho birlan zino qilganlikda 
aybladi. Payg‘ambar alayhissalom unga «Aytgan so‘zingning rostligining isboti uchun 
dalil keltirasan yoki tuhmat uchun orqangga sakson darra uriladi'»—dedilar. Hilol «Ey 
Ollohning rasuli, birortamiz o‘z xotinimizning ustida begona erkakning yotganini ko‘rsag-
u, ammo u qochib keqa dalil so‘raladimi» — dedi. Paig‘ambar alayhissalom «Aytgan 
so‘zingga dalil keltirasan yoki sakson darra orqangga uriladi» —deb turib oldilar. Hilol 
ibn Umayya «Sizni haq din birlan yuborgan zotga qasamyod qilurmanki mening so‘zim 
rostdur! Olloh taolo mening orqamni darra urilmog‘idan qutultiradirgai oyat nozil qilsa, 
ajab ermas »—deb chiqib ketdi. Birozdan so‘ng, Jabroil alayhissalom «Uz xotinlarini 
zinoda ayblagan erkaklar» deb boshlanadirgan oyatni Janob Rasulullohga vahiy qilib 
keltirdilar. Janob Rasululloh vahiy qabul qilib bo‘lganlaridan keyin, Hilol va uning xotiniga 
odam yubordilar. Ular kelib, har biri o‘zini oqlab qasam ichdi. Shunda Janob Rasululloh 
«Albatta, Olloh taolo ikkovingizdan biringiz yolg‘onchi erkanligingizni bilur, bas qaysi 
biringiz gunohingizga iqror bo‘lib, tavba qilgaysiz» — deb so‘radilar. Keyin, xotin turib, 
to‘rt bor o‘zini oqlab qasam ichdi. Janob Rasululloh uning beshinchi bor qasam ichishiga 
qarshilik qilib «Azobi qattiq bo‘lur'»—deb ogohlantirdilar. Shunda ayolning tili kalovlanib 
so‘zga kelmay qoldi. Biroq u baribir beshinchi bor qasam ichib yubordi. Paig‘ambar 
alayhissalom sahobalarga «Ayolni kuzatib yuringizlar, agar u ko‘zi qora, dumbalari to‘la, 
boldiri yo‘g‘on bola tug‘sa, demak u Sharik ibn Samhoning bolasi bulur» — dedilar. 
Keyin, xotin aytganlaridek qiyofada bola tug‘di. Shunda Payg‘ambar alayhissalom «Agar 

Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
188
Ollohning Kitobi hukm qilmaganda erdi, men bu ayolni toshbo‘ron qilmoqqa buyurgan 
bo‘lur erdim»—dedilar» 
 
4-bob Olloh taoloning qavli: «Va (xotin) beshinchi marta derki, Ollohning 
g‘azabi menga bo‘lsin agar bu er rostgo‘y bo‘lsa!» 
 
Ibn Umar raziyallohu anhu bunday deydilar: «Bir odam Janob Rasulullohning 
zamonlarida o‘z xotinini zinokorlikda ayblab, uning homilasidan tondi. Shunda Janob 
Rasululloh buyurdilar, ikkovlari bir-birlarini mulo’ana qilishdi. Keyin, Olloh taolo Qur’onda 
amr qilganidek, tugilgan bola onasiga mansub qilindi, er-xotin ajratib yuborildi» 
 
5-bob. Olloq taoloning qavli: «Albatta, bo‘hton to‘qiganlar o‘zlaringi zdan 
bo‘lgan bir to‘dadur. Buni sizlar o‘zlaringiz uchun yomon, deb o‘ylamangizlar, 
balki bu sizlar uchun yaxshiroqdur. Bo‘htonchilarning har biri uchun o‘zlari 
kasb qilgancha gunoh bordur. Ulardan gunohning eng katta hissasini ko‘targan 
kishi uchun ulug‘ azob bordur!» 
 
Oisha raziyallohu anho «Uziga eng katta gunoh orttirgan kishi Abdulloh ibn Ubay ibn 
Saluldur»,— deydilar» 
 
6-bob Olloh taoloning qavli: «Mo‘min erlar va mo‘mina ayollar, bu bo‘htoni 
shitgan paytingizda na uchun o‘zlaringiz haqingizda yaxshilikni o‘ylab: «Bu 
ochiqdan-ochiq buhton-ku!»— demadingizlar? Na uchun bo‘htonchilar to‘rtta 
guvoh keltirmadilar? Endi, to‘rtta guvoh keltira olmasalar, u holda Olloh 
nazdida yolg’onchidurlar!» 
 
Payg’ambarilshz sallallohu alayhi va sallamning xotinlari Oisha raziyallohu anho rivoyat 
qiladilar: «Janob Rasulullohning odati shariflari shunday erdiki, qachon safarga 
chiqmoqchi bo‘lsalar, xotinlari o‘rtasida qura tashlar erdilar. Qur’a kimning nomiga 
chiqsa, o‘shani o‘zlari birlan birga olib ketar erdilar. Bu gal ham xuddi shunday qilib 
erdilar, qur’a mening nomimga chiqdi. Men ul zot birlan birga safarga chiqadirgan 
buldim. Bu vaqt ayollarga hijob (chochvon) kiyish buyurilgan vaqt erdi. Men kajavamga 
chiqib joylashib oldim. So‘ng, safarga jo‘nab ketdik. Janob Rasululloh gazot tugagach, 
ortga qaytdilar. Kechasi Madinaga yaqinlashib qolganimizda, dam olishga ruxsat 
berdilar. Men kajavamdan tushdim-da, askarlardan chetroqqa bordim, ishimni bitirib, 
yana tuyamning yoniga keldim. Shu payt bildimki, bo‘ynimdagi marjonim uzilib, tushib 
qolibdi. 
 
Uni qidirib ushlanib qoldim. Shunda xizmatkorlar kelib, kajavamni tuyaga ortib jo‘nab 
ketishibdi, chunki ular meni kajavada, deb o‘ylashibdi. Darvoqe, o‘sha vaqtda ayollar 
faqat atala ichganlari uchun ortiqcha semirmay yengil bo‘lar erdilar. Shu boisdan ham 
kajavani ko‘targanda uning yengilligini farq qilishmagan. Buning ustiga men yosh 
qizaloqman. Ular tuyani haydab jo‘nab ketaverishibdi. Askarlar ketib bo‘lgan paytda men 
marjonimni qidirib topdim. So‘ng, ular turgan joyga kelsam, biror chaqiruvchi ham, 
javob beruvchi ham yo‘q. Joyimdan qimirlamaslikka ahd qildim, chunki ular yo‘lda 
mening yo‘qolib qolganimni bilishgach, izlab qaytib kelib qolishsa kerak, deb o‘yladim 
Ultirgan joyimda mendan uyqu golib kela boshladi va men uxlab qoldim. 
 

Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
189
Safvon ibn Mu’attal as-Sulamiy az-Zakvoniy askarlarning ketidan nazorat qilib 
yuradirgan kishi erdi. U kechasi birlan yo‘l yurib, men turgan joyga yetib kelib qarasa, 
bir odam uxlab yotibdi, yaqinroq kelib, darhol meni tanibdi, chunki chochvon kiyish joriy 
qilinmasidan burun u meni ko‘rgan erdi. Meni tanigach, hayron bo‘lib «Inno lillohi va 
inno ilayhi roji’un» deganidan uygonib ketdim. Shu ondayoq yuzimni chochvon birlan 
to‘sib oldim. Ollohga qasamyod qilurmanki, u menga bir ogiz ham so‘z gapirmadi, men 
uning «Inno lillohi va inno ilayhi roji’un» degan so‘zinigina eshitdim, xolos. Keyin, u 
tuyasini cho‘ktirdi, shunda men unga chiqib oldim. U tuyani yetaklagancha yurib ketdi, 
biz askarlar Madinaga yetib olgandan so‘ng, kunning qattiq issigida shaharga kirib 
keldik. 
Shu voqe’a bo‘ldi-yu, barchaning oromi buzildi. Bo‘htonchilarga bosh bo‘lgan kishi 
Abdulloh ibn Ubay ibn Salul erdi. Madinaga kelganimizdan so‘ng, men bir oy kasal bo‘lib 
yotib qoldim. Shunda bo‘htonchilar tarqatgan gapni odamlar hamma joyda gapira 
boshlabdi. Men ersam bu gaplardan mutlaqo bexabar erdim. Ilgarilari kasal bo‘lsam, 
Rasululloh sallallohu alayhi va sallam menga ko‘p mehribonchiliklar ko‘rsatur erdilar, 
endi bo‘lsa undan asar xam yo‘qligi dilimni g‘ash qilur erdi. Shu kunlarda ul zot 
huzurimga kirib «Tuzukmisan» der erdilar-da, indamay chiqib ketar erdilar. Mana shu 
holat mening shubhamni orttirar erdi-yu, ammo men yomonlik aynan mening xususimda 
bo‘layotganini bilmas erdim. Biroz o‘zimga kelganimdan so‘ng, bir kuni tashkariga 
chiqdim. Men birlan birga hojatga Ummu Mistah ham chiqdi. Tashqarida bizning 
hojatxonamiz bo‘lib, tunlari hojatga o‘sha yerga borur erdik. Bu voqea uyimiz yaqiniga 
chuqur kavlab o‘rab olganimizdan avval bo‘lgan erdi. Biz arablar ilgarilari hojatga 
uzoqroq yerga borur erdik, chunki hojatxonaning uyga yaqinligi bizga ozor berur erdi. 
Ummu Mistah Abu Rahm ibn Abdu Manofning qizi bo‘lib, onasi Abu Bakrning xolalari — 
Saxr ibn Omirning qizi erdi. Mistah ibn Usosa ersa Ummu Mistahning o‘g‘li erdi. Ushanda 
men Ummu Mistah bilan uyimiz tomon hojatdan qaytayotgan erdim, Ummu Mistah 
o‘zining tupugiga toyilib ketib «Noumid bulgur Mistax'»—deb qarg‘andi. Men unga 
«Qanday bema’ni gapni aytdingiz, Badrda ishtirok qilgan kishini ham shunday yomon 
qarg‘aysizmi?!»—dedim. Ummu Mistah «Voy soddaey, uning nimalar deb yurganini 
eshitmadingizmi'»—dedi. Men «U nimalar debdi?»— dedim. Shunda Ummu Mistah 
menga bo‘htonchilar tarqatgan gaplarni aytib berdi. Bundan dardimga dard qo‘shildi. 
Keyin, men uyga qaytganimda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam huzurimga kirib 
salom berdilar va odatdagidek «Tuzukmisan» deb surab erdilar, men «Ey Ollohning 
rasuli, menga izn bersangiz, ota-onamning oldilariga borsam'» —dedim, chunki men 
ota-onamdan aniqroq bir gap bilmoqchi erdim. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam 
menga izn berdilar, men ota-onamning oldilariga keldim. Onamga «Ei onajon, odamlar 
nimalar deyishayotir?» — dedim. Onam «Ey qizim, o‘zingga olma, biror ayol chiroyli 
bo‘lsa-yu, eri uni yaxish ko‘rsa, kundoshlari albatta rashkdan ig‘vo to‘qishadi-da!» - 
dedilar. Men onamga «Subhonalloh, axir odamlar men haqimda bo‘hton qilishyapti-
ku!»—dedim, keyin shu kecha ko‘zimga uyqu ilinmadi, yig‘lab tong ottirdim. 
 
Rasululloh sallalohu alayhi va sallam vahiy kelavermaganidan keyin, Ali ibn Abu Tolib va 
Usoma ibn Zaydni chaqirib, xotinlaridan (mendan) ajrash to‘g‘risida maslahat qildilar. 
Shunda Usoma ibn Zayd meni pok erkanligimni aytib: «Ey Ollohning rasuli, biz oilangizni 
faqat yaxshi, deb bilurmiz!» — dedilar. Ammo Ali ibn Abu Tolib ersalar «Ey Ollohning 
rasuli! Olloh sizni ayollar borasida qisib qo‘ymagan~ku, undan boshqa xotinlaringiz ham 
ko‘pku, hatto xizmatkor ayoldan ham so‘rashingiz mumkin, u ham bizning gapimizni 
tasdiqlaydi»,— dedilar. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam joriya Bariyrani chaqirdilar-
da, undan: «Ey Bariyra, seni shubhaga solgan biror narsa Oishadan sodir bo‘lganmi?» 

Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy 
 
 
Download 1.29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling