Abu abdulloh


-bob Olloh taoloning qavli: «Va ko‘p baland ovoz ila o‘qimangiz namozingizni


Download 1.29 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/55
Sana19.11.2020
Hajmi1.29 Mb.
#148113
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   55
Bog'liq
Imom al-Buxoriy. Al-Jome' as-sahih. 3-jild


12-bob Olloh taoloning qavli: «Va ko‘p baland ovoz ila o‘qimangiz namozingizni 
va na ko‘p past ovoz ila» (110- oyat) 

Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
177
 
Ibn Abbos raziyallohu anhu Olloh, taoloning «Va ko‘p baland ovoz ila o‘qimangiz 
namozingizni va na ko‘p past ovoz ila» degan qavli xususida gapira turib bunday dedilar: 
«Bu oyati karima Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Makkada yashirinib yurgan 
chog‘larida nozil bo‘lgan erdi. Ushanda ul zot sahobalari birlan namoz o‘qisalar, baland 
ovoz birlan qiroat qilardilar, buni mushriklar eshitib Qur’onni ham, uni nozil qilgan Olloh 
taoloni ham u birlan yuborilgan Olloh taoloning rasulini ham haqorat qilar erdilar. 
Shunda Olloh taolo o‘z rasuli sallallohu alayhi va sallamga «Va ko‘p baland ovoz ila 
o‘qimangiz namozingizni (ya’ni, baland ovoz ila qiroat qilmangizki, mushriklar eshitib, 
Qur’onni haqorat qilurlar) va na ko‘p past ovoz ila (ya’ni, juda past ovoz ila qiroat 
qilsangiz, sahobalaringizga eshit tira olmagaysiz) va tanlangiz buning o‘rtasida bir yo‘lni 
(ya’ni, o‘rtacha ovoz birlan qiroat qilingiz)»,— dedi». 
 
Oisha raziyallohu anho «Bu oyati karima duo xususida nozil bo‘lgan»—deydilar. 
 
 «AL-KAHF» SURASI  
 
1-bob. Olloh taoloning «Inson (o‘zi azaldan shundoq) aytishqoq erdi» degan 
qavli haqida 
 
Husayn ibn Ali rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam tunda Ali birlan 
Fotima yotgan hujra eshigini taqillatib «Namoz o‘qimaysizlarmi?» — dedilar. (Shunda 
Hazrat Ali «Yo Rasulalloh, jonimiz Olloh taoloning qo‘lidadir, agar bizni uyg‘otmoqni 
xohlasa, o‘zi uyg‘otgaydur!»—dedilar. Janob Rasululloh xafa bo‘ldilar, qo‘llarini sonlariga 
urib «Inson o‘zi azaldan shundoq aytishqoq erdi!»—deya qaytib ketdilar) 
 
2-bob. Olloh taoloning «Eslang, ey Muhammad! Bir kuni Muso o‘z g‘ulomiga: 
«To ikki dengiz qo‘shiladirgan yerga yetmagunimcha yoki uzoq muddat 
kezmagunimcha yurishdan to‘xtamayman» — deb aytganini» degan qavli 
haqida 
 
Sa’id ibn Jubayr xabar beradilar: «Men ibn Abbosdan «Navfal al-Bakoliy «Xizr 
alayhissalomga hamsuhbag bo‘lgan Muso Baniy Isroilga payg‘ambar bo‘lgan Muso 
ermas» — deb ta’kidladi, shu to‘g‘rimi?» — deb so‘radim. Ibn Abbos (g‘azablanib) 
«Ollohning dushmani yolg‘on gapiribdi, menga Ubay ibn Ka’b Janob Rasulullohning 
quyidagi rivoyatlarini aytib bergan erdi»,— dedilar: «Muso alayhissalom Baniy Isroilga 
xutba o‘qib turgan erkanlar, shunda u kishidan «Odamlarning orasida eng bilimdoni 
kim?»— deb so‘rashdi. Muso alayhissalom «Men» — deb javob berdilar. Olloh taolo Muso 
alayhissalomga tanbih berdi, chunki u kishi «Olloh bilimdonroq» demadilar. Keyin, Olloh 
taolo «Ikki dengiz qo‘shilgan joyda mening bir bandam yashaydi, u sizdan 
bilimdonroqdur» — deb vahiy qildi. Muso alayhissalom «Ey parvardigorim, men ul zotni 
qanday topurman?»—dedilar. Olloh taolo «Bir baliqni savatga solib, ko‘tarib olasiz, 
qaerda o‘sha baliqni yo‘qoqangiz, shu joyda Xizrni ko‘rasiz»,— dedi. Muso alayhissalom 
bir baliqni savatga solib, yo‘lga tushdilar, xizmatkorlari Yusha’ ham birga erdi. Yura-yura 
bir tepalik yoniga kelib, boshlarini yerga qo‘ydilar-da uyquga ketdilar. Savatdagi baliq 
ersa tirilib, harakatga keldi-da, dengizga tushib, suzib ketdi. Olloh taolo baliq suzib 
o‘tgan yo‘nalishdagi suvni oqishdan to‘xtatib binoning yo‘lagiga o‘xshatib qotirib qo‘ydi. 
Xizmatkor yigit Muso alayhissalom uyg‘onganlarida baliqning yo‘qolganini aytishni 
unutdi. Ular yana bir kecha-kunduz yo‘l yurishdi. Ertasi kuni Muso alayhissalom 

Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
178
hamrohlariga «Yeguligimizni keltir, safarimizda biroz mashaqqat tortdik!» — dedilar. 
Darhaqiqat, Muso alayhissalom Olloh taolo bormoqni buyurgan o‘sha baliq yo‘qolgan 
joygacha hech mashaqqat chekmagan erdilar, ammo keyingi bir kechayu-kunduzda 
qattiq qiynaldilar. Muso alayhissalomning hamrohlari «Esingizdami, bir tepalik oldida 
uxlagan erdik. Usha yerda men baliqni yo‘qotgan erdim, lekin sizga aytishni unutibman 
Albatta, buni menga shaygon unutdirgan»,— dedi Baliq ersa sirli suratda dengizga 
tushib g‘oyib bo‘lgan erdi. Muso alayhissalom va ul kishining xizmatkorlari uning qanday 
qilib g‘oyib bo‘lganini bilolmay taajjubda qolishdi. Keyin, Muso alayhissalom «Mana shu 
biz istagan narsadur»,— dedilar-da, Xizr alayhissalomni izlab xizmatkorlari birlan 
orqalariga qaytdilar. Ular yura-yura nihoyat ikki dengiz birlashgan joydagi tepalik yoniga 
kelishdi. Shu yerda kiyimiga o‘ralib olgan bir kishini uchratishdi Muso alayhissalom 
salom berdilar. Xizr alayhissalom ul kishiga javoban «Sizning yeringizda qaerdan ham 
tinchlik (salom) bo‘lsin?!»—dedilar. «Men Musoman»,— dedilar. Muso alayhissalom 
«Baniy Isroilning Musosimisiz?»— dedilar. Xizr alayhissalom «Xa, o‘zingiz bilgan ilmdan 
menga ham o‘rgaqangiz deb keldim»,— dedilar. Muso alay-hissalom Xizr alayhissalom 
«Siz men birlan sabr qilib yura olmaysiz Ey Muso, menda Olloh taolo bildirgan shunday 
ilm borki, uni siz bilolmaysiz va sizda Olloh taolo bildirgan shunday ilm borki, uni men 
bilolmayman!»—dedilar. Muso alayhissalom «Xudo xohlasa, mening sabrli erkanligimni 
ko‘rgaysiz, sizga osiylik qilmagayman!» — dedilar. Xizr alayhissalom «Unday ersa men 
birlan yuringiz-da, to o‘zim aytmagunimcha biror narsaning sababini so‘ramangiz!» —
dedilar. So‘ng, ikkovlari dengiz sohili bo‘ylab yurib ketishdi. Ittifoqo bir kema sohilga 
kelib to‘xtadi. Ular darg‘a birlan gaplashib, o‘zlarini birga olib ketishga uni ko‘ndirishdi 
Ammo, kemadagilar Xizr alayhissalomni tanib qolib, bepul olib ketishga rozi bo‘lishdi. 
Kema yo‘lga chiqqach, ko‘p o‘tmay Xizr alayhissalom bolta birlan kemaning bir 
yog‘ochini ko‘chirib oldilar. Muso alayhissalom ul kishiga «Bu qavm-ku, bizni bepul 
kemalariga chiqarib oldilar, siz bo‘lsangiz kema ahlini cho‘ktirish uchun uni teshib 
qo‘ydingiz, taajjub ish qildingiz?!—dedilar. Shunda Xizr alayhissalom «Men sizga 
aytuvdim-ku, men birlan birga sabr qilib yura olmaysiz, deb!»—dedilar. Muso 
alayhissalom darhol uzr aytib «Unutgan narsam uchun menga tanbih berib, ko‘zlagan 
ishimni qiyinlashtirmangiz!» —dedilar. (Janob Rasululloh «Muso alayhissalomdan sodir 
bo‘lgan dastlabki xato esdan chiqarish sababli erdi»,— deydilar) Keyin, bir chumchuq 
kelib kema chetiga qo‘ndi-da, tumshug‘i birlan dengizdan bir tomchi suv oldi. Shunda 
Xizr alayhissalom Muso alayhissalomga «Ollohning ilmi oldida men birlan sizning ilmingiz 
mana shu chumchuq dengizdan olgan bir qatrachalikdur, xolos!»—dedilar. Keyin, 
ikkovlari kemadan tushib sohil bo‘ylab ketayotgan erdilar, nogahon Xizr 
alayhissalomning ko‘zlari o‘rtoqlari birlan o‘ynab yurgan bir bolaga tushib, uni borib 
o‘ldirdilar. Muso alayhissalom Xizr alayhissalomga «Begunoh bir pokiza bolani o‘l-
dirdingiz, qanday yomon ish qildingiz!»—dedilar. Xizr alayhissalom «Men sizga 
aytmaganmidim, men birlan yurishga hech toqat qilolmaysiz, deb!» — dedilar. Bu tanbih 
avvalgisidan qattiqroq va tahdidliroq erdi. Muso alayhissalom «Agar yana biror narsa 
haqida sizdan so‘rasam, mayli meni o‘zingiz birlan olib yurmangiz, unda ayb o‘zimda 
bo‘ladi»—deb iltimos qildilar. 
Ikkovlari yo‘lda davom etib bir qishloqqa kirishdi, qishloq ahlidan taom so‘rashgan erdi, 
ular mehmon qilishdan bosh tortishdi. Xizr alayhissalom o‘sha yerda yiqilay deb turgan 
bir devorni ko‘rib, qayta tiklab qo‘ydilar. Buni ko‘rib Muso alayhissalom «Bu qavmning 
huzuriga kelib taom so‘radik, berishmadi, mehmon ham qilishmadi, agar xohlasangiz, 
mana shu ishingizga haq olmog‘ingiz mumkin» — deb kuyundilar. Xizr alayhissalom 
«Mana bu endi siz birlan mening ajralmog‘imizga sababdur! Lekin men, sizga o‘zim aytib 
bergunimgacha siz sabr qilolmagan ishlarning ma’nosini aytib berayin: boyagi kema 

Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
179
xususiga kelsak, U bechorahol kishilarniki bo‘lib, ular boradirgan joyda yaroqli kemalarni 
tortib oladirgan zolim podshoh bor erdi. Xaligi bolaning ota-onasi ersa mo‘min kishilar 
bo‘lib, bola kufr va osiylik birlan ularga ko‘p ozor berar erdi. Shu sababdan Olloh taolo 
uning o‘rniga pokiza va mehribon farzand ato qilishni iroda qildi. Mana bu devor 
masalasiga kelsak, uning ostida xa zina bor, u ikki yetim bolaga tegishli. Ularning 
marhum otalari solih kishi bo‘lgan bo‘lib, undan qolgan ushbu xazinani Olloh taolo ular 
voyaga yetgach, yuzaga chiqarmoqni iroda qildi. Men bu ishlarni o‘zim uchun qilganim 
yo‘q. Mana shular siz sabr qilishga toqatingiz yetmagan narsalarning ta’vilidur»,— 
dedilar. Janob Rasululloh «Qani endi, Muso alayhissalom sabr qilgan bo‘lsalar, Olloh 
taolo bizga ikkovlari haqidagi qissalarni bayon qilib bergan bo‘lur erdi» — deb erdilar» 
 
3-bob Olloh taoloning «Ikkovlari ikki dengiz birlashgan yerga yetganlarida 
baliqlarini unutdilar. Baliq dengiz bo‘ylab o‘z yo‘liga ravona bo‘ldi» degan qavli 
xususida 
 
Sa’id ibn Jubayr rivoyat qiladilar: «Men Ibn Abbosning huzurlarida erdim, ul kishi 
«Savollar bo‘lsa, so‘rangizlar!» —deb qoldilar. Men «Ey Ibn Abbos, Olloh taolo meni 
sizga fido qilsin! Kufada bir qissago‘y kishi bo‘lib, uning ismi Navfdur. Ushal odam «Xizr 
alaihissalom birlan hamsuhbat bo‘lgan Muso Baniy Isroil paig‘ambari bo‘lgan Muso 
ermas»,— deydi, siz bunga nima deysiz?» —dedim» 
 
Ushbu hadisni ikki kishi — Amir ibn Dinor va Ya’lo ibn Muslim Sa’id ibn Jubairdan naql 
qilib rivoyat qilgan Amrning rivoyatida «Ollohning dushmani yolg‘on gapiribdi» degan 
jumla mavjud. Ya’loning Ibn Abbosdan naql qilgan rivoyati quyidagicha: «Janob 
Rasululloh bunday dedilar: «Muso Ollohning rasulidurlar. Ul kishi bir kuni odamlarga 
shunday va’z qildilarki, hatto eshitganlarning ko‘zlaridan yoshlar quyilib, dillari mo‘mdek 
eridi. Shunda bir odam Musoga yaqin kelib: «Ey Ollohning rasuli, yer yuzida sizdan 
bilimdonroq odam bormi?» — deb so‘radi Muso alayhissalom «Yo‘q» — deb javob 
berdilar. Olloh taolo ul kishiga tanbih berdi, chunki ul kishi «Olloh bilimdonroqdur!» 
demadilar. So‘ng, Muso «Ey parvardigor, mendan bilimdonroq bandang qaerda?»—
dedilar. Olloh taolo «Ikki dengiz qo‘shilgan joyda»,— dedi. Muso «Ey parvardigor, 
menga o‘sha bandangdan ilm o‘rganishni nasib etgin!» — deb iltijo qildilar. (Hadisning 
shu yeri Amrning rivoyatida «Usha bandamni baliqni yo‘qotgan yerda topasan» degan 
jumla birlan, Ya’loning rivoyatida ersa «Bir o‘lik baliqni o‘zingiz birlan olib olingiz, qaerda 
unga jon kirgizilsa, o‘sha joyda mazkur bandam birlan uchrashasiz» degan jumla birlan 
rivoyat qilingan). Muso bir baliqni olib, uni savatga soldilar-da, o‘z xizmatkorlariga 
«Sendan birgina iltimos, qachon baliqni yo‘qotib qo‘ysang, menga xabar qilgin»—dedilar. 
(Ibn Jurayj «Olloh taoloning «Muso o‘z xizmatkor yigitiga dedi» degan oyatidan keyin 
hadisda tilga olingan Yusha’ ibn Nun ismini Sa’id rivoyat qilgan ermas»,— deydilar) 
Vaqtiki xizmatkor bir nam joyda tosh soyasida dam olayotgan erdi, baliqqa jon kirib, 
harakatga keldi. Shunda Muso uxlab yotgan erdilar. Xizmatkor «Hozir uyg‘otmayin, 
turganlarida aytarman»,— dedi, ammo uyg‘onganlarida xabar qilishni unutdi. Baliq ersa 
harakatlanib dengizga kirdi. Olloh taolo dengiz oqimini to‘xtatdi, toshlarda baliqning izi 
qotib qoldi. (Roviy aytadiki, Amr menga «Baliqning izi toshda mana bunday qotib qoldi» 
deb bosh barmog‘i birlan keyingi ikki barmog‘ini halqa qilib ko‘rsatdi) Muso hamrohlariga 
«Ovqatni keltir bugungi safarimiz juda mashaqqatli bo‘ldi!» — dedilar. So‘ng, ikkovlari 
orqalariga qaytib, Xizr alayhissalomni topishdi. Ul kishi baliq terisi yanglig‘ palos ustida 
bo‘lib, boshdan oyoq liboslariga burkanib olgan erdilar, libosning bir uchi oyoqlarini, 
ikkinchi uchi ersa boshlarini berkitib turardi. Muso alayhissalom Xizr alayhissalomga 

Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
180
salom berdilar. Xizr alayhissalom yuzlarini ochib «Mening yerimda tinchlik (salom) 
bormi? Siz kimsiz?»—dedilar. Muso «Men Musoman»,— dedilar. Xizr «Baniy Isroilning 
Musosimi?»—dedilar. Muso «Ha»,— dedilar. Xizr «Nima istaysiz?»— dedilar. Muso 
«Uzingizga o‘rgatilgan ilmdan menga ham o‘rgaqangiz, deb keldim»— dedilar. Xizr 
alayhissalom «Qo‘lingizda Tavrot bor, bundan tashqari sizga vahiy ham keladi, shu sizga 
kifoya qilmaydimi? Ey Muso, Olloh taolo menga shunday ilm berganki, uni sizning 
bilishingiz durust ermas, Olloh taolo sizga ham shunday ilm berganki, uni mening ham 
bilishim durust ermas!» — dedilar. Shu paytda bir qush uchib kelib dengizdan tumshug‘i 
birlan suv icha boshladi. Shunda Xizr «Mening ilmim birlan sizning ilmingiz Ollohning ilmi 
oldida mana shu qush tumshug‘i birlan dengizdan olgan suvchalik, xolos!» —dedilar. 
Keyin, ikkovlari dengiz bo‘yida turishib erdi, sohildan sohilga odam tashuvchi bir kema 
kelib qoldi. Kemadagilar Xizr alayhissalomni tanib «Ollohning solih bandasi kelayotir
undan haq olmay o‘tkazib qo‘ygaymiz»,— deyishdi (Roviy aytadilar «Men Sa’iddan «Ular 
Xizrni tanishdimi?» — deb so‘radim. Ul kishi «Ha»,— dedilar) Kemaga o‘ltirgan-l ridan 
keyin, Xizr alayhissalom kemani teshib qo‘ydilar Muso alayhissalom «Kemani teshib 
qo‘ydingiz, uning odamlarini cho‘ktirmoqchimisiz, qanday noto‘g‘ri ish qildingiz?!»—
dedilar. Xizr alayhissalom «Aytmadimmi sizga, men birlan sabr qilib yurolmaysiz, deb» 
— dedilar. Bu Muso alayhissalomning Xizr alayhissalom shartlarini birinchi bor 
unutishlari erdi (Ul kishining ikkinchi e’tirozlari shartli, ya’ni Muso alayhissalom Xizr 
alayhissalomning shartlarini birinchi bor unutganlarida «Agar bandalik qilib shartingizni 
unutib qo‘ysam, menga dashnom bermay ma’zur tutingiz!» deb o‘zlari shart quygan 
erdilar, uchinchisi ersa qasddan bo‘ldi) Muso «Va’dani unutib so‘raganim uchun meni 
ayblamangiz, meni mushkul ahvolga solmangiz» — deb uzr aytdilar. So‘ng, yo‘lda bir 
bolaga duch kelishdi, Xizr alayhissalom uni o‘ldirdilar. Ya’lo Sa’iddan naql qilishlariga 
ko‘ra, «Ikkovlari yo‘lda o‘ynab yurgan bolalarga duch kelishdi. Xizr alayhissalom ulardan 
bir sho‘xrog‘ini ushlab, yerga yetqizdilarda, pichoq birlan bo‘g‘izladilar. Muso 
alayhissalom «Bu begunoh bolani nega o‘ldirdingiz, axir u birovni o‘ldirmaganku?|» — 
dedilar. Keyin, ikkovlari yura-yura bir devorga duch kelishdi, devor yiqilay deb turgan 
erdi. Xizr alayhissalom o‘sha devorni tiklab qo‘ydilar. Shunda Muso alayhissalom «Agar 
xohlasangiz, mana shu xizmat uchun haq olmog‘imiz mumkin erdi»— deb uchinchi bor 
e’tiroz bildirdilar» (Voqea’lar avvalgi hadisda to‘la bayon qilingani uchun bu yerda 
qisqaroq rivoyat qilinayotir Xizr alayhissalomning kemani teshib qo‘yganlarining sababi 
shuki, kema ahli yo‘l olgan tomonda bir zolim podshoh bo‘lib, u barcha yaroqli kemalarni 
tortib olayotgan erdi. Uning nomi Xudad ibn Yudad erdi. Uldirilgan bolaning ismini ersa 
Jaysur deb taxmin qilishadi. Xizr alayhissalom «Zolim podshoh barcha yaroqli kemalarni 
tortib olayotgan erdi. Men uni aybli qilib qo‘ydim, chunki podshohning odamlari uni 
ko‘rib «yaroqsiz erkan» deb tegishmaydi. Ular ketgandan keyin, kema egalari uni tuzatib 
yana foydalanaverishadi. Kema teshilgandan keyin, ba’zilar teshikni shisha birlan to‘sib 
olishni maslahat berishdi. Uldirilgan bola ersa kofir bo‘lib, ota-onasi mo‘minlardan erdi 
Biz bolaning tug‘yoni va kufri ota-onasini yo‘ldan chiqarmasa erdi, ular bolaga bo‘lgan 
muhabbatlari tufayli uning diniga ergashib ketmasalar erdi, deb qo‘rqdik, shoyad 
parvardigor ularga osiy o‘g‘il o‘rniga diyonatli va mehribon farzand bersa!» — keb 
aytibdilar. Sa’iddan bo‘lak barcha roviylar aytadilarki, o‘ldirilgan bola evaziga Olloh taolo 
ularga bir qiz ato etibdi. Ul qiz shunday soliha bo‘libdiki, uning zurriyotidan bir qancha 
payg‘ambar tug‘ilibdi) 
 
4-bob Olloh taoloning qavli: «Ikkovlari ikki dengiz tutashgan joydan o‘tib, ko‘p 
yurganlaridan keyin, Muso alayhissalom xizmatkor yigitlariga: «Ovqatni keltir, 
bugungi safarimiz ko‘p mashaqqatli bo‘ldi»,— dedilar. Yigit ersa: «Bizning qoya 

Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
181
oldida dam olganimiz esingizdami? Usha joyda men baliqni yo‘qotgan erdim, 
bul haqda sizga xabar qilmoqchi bo‘ldim-u, lekin meni shayton esimdan 
chiqartirdi»,— dedi. Baliqning sirli ravishda dengizga tushib suzib ketganligi 
bularni taajjubga solgan erdi» 
 
Sa’id ibn Jubayr rivoyat qiladilar «Men Ibn Abbosga «Navfal Bakoliy «Baniy Isroil Musosi 
Xizr alayhissalom birlan uchrashgan Muso ermas» deb aytdi»,— dedim. Shunda Ibn 
Abbos raziyallohu anhu bunday dedilar: «Ollohning dushmani yolg‘on aytibdi. Menga 
Ubay ibn Ka’b raziyallohu anhu aytgan erdiki, Janob Rasululloh bul haqda quyidagicha 
rivoyat qilgan erkanlar «Bir kuni Muso alayhissalom Baniy Isroilga xutba o‘qidilar, 
shunda bir odam turib ul kishidan «Eng bilimdon odam kim» —deb so‘radi. Muso 
alayhissalom «Men» — deb javob berdilar. Bilimdonlik Olloh taologagina xos fazilat 
erkanligini ta’kidlab, «Eng bilimdon Olloh taolodur » deb aytma-ganlari uchun 
parvardigor ul kishiga tanbih berdi, so‘ng vahiy yuborib «Ikki dengiz tutashgan yerda bir 
bandam bor, o‘sha sizdan bilimdonroqdur»,— dedi Muso alayhissalom «Ey rabbim, uning 
huzuriga qanday borgayman?» —dedilar. Olloh taolo «Bir baliqni savatga solib, o‘zingiz 
birlan olib ketasiz, qaerda o‘sha baliqni yo‘qoqangiz, o‘sha joyda mazkur bandamni 
topasiz»,— dedi. Muso alayhissalom xizmatkor yigitlari Yusha’ ibn Nun birlan birga bir 
baliqni olib yo‘lga tushdilar, ular yura-yura bir katta tosh yeniga kelib to‘xtashdi. Muso 
alayhissalom o‘sha tosh yonida boshlarini yerga qo‘yib uxlab qoldilar. Amrdan boshqa 
roviylarning aytishlariga ko‘ra, o‘sha tosh tagida bir buloq bo‘lib, uni «H,ayot bulog‘i» 
deb atashar erkan. Uning bir tomchisi har qanday o‘likka tegsa, qayta tirilar erkan. 
Savatdagi o‘lik baliqqa o‘sha buloq suvidan sachradi-da, u tirilib, harakatga keldi va 
savatdan sirg‘alib tushib, dengizga sho‘ng‘idi. Muso alayhissalom uyg‘ongach, xizmatkor 
yigitga «Yeguligimizni keltir!»—deb buyurdilar. Butun mashaqqat Xizr alayhissalom 
birlan uchrashish buyurilgan joydan o‘tganlaridan keyin bo‘ldi. Yusha’ ibn Nun «Dam 
olgan joydagi tosh esingizdami, o‘sha joyda men baliqni yo‘qotgan erdim»,— dedi So‘ng, 
ikkovlari ortlariga qaytishib, yo‘l-yulakay ko‘rgan-kechirganlarini so‘zlashib bo rishdi. 
Nihoyat, baliq suvga shung‘igan joiga yetib kelib qarashsa, u yerni Olloh taolo gumbazga 
o‘xshatib qotirib qo‘ygan erkan. Bu holatni ko‘rgan xizmatkor ko‘p taajjubda qoldi. Tosh 
yoniga kelishganda libosiga o‘ralib olgan bir kishini uchratishdi, Muso alaihissalom ul 
kishiga salom berdilar. Xizr alayhissalom Yeringizda qaerdan ham tinchlik (salom) bo‘lsin 
— dedilar. Muso alayhissalom: Men Musoman»,— dedilar Xizr alayhissalom «Baniy Isroil 
Musosimisiz» — dedilar. Muso alayhissalom «Ha shunday, sizga ergashib yursam Olloh, 
taolo o‘zingizga o‘rgangan ilmdan menga o‘rgaqangiz! —dedilar. Xizr alayhissalom «Ey 
Muso, Olloh taolo sizga shunday bir ilm o‘rgatganki, uni men bilolmayman va Olloh taolo 
menga ham shunday bir ilm ato etganki uni siz bilolmaysiz!» -dedilar. Muso 
alayhissalom «Shunday ersa-da, men sizga ergashaveraman!»—dedilar. Xizr 
alayhissalom «Bo‘lmasa kelishib olaylik, toki o‘zim sababini aytmagunimcha biror narsa 
haqida so‘ramaysiz!»—dedilar. Keyin, ikkovlari sohil bo‘ylab ketayotgan erdilar, ularning 
oldilaridan bir kichik kema o‘tib qoldi. Kemachilar Xizr alaihissalomni tanib, ularni 
kemaga haq olmay chiqarishdi. Ikkovlari kemaga mingan paytlarida kema chetiga bir 
chumchuq kelib qo‘ndi-da, tumshug‘ini dengizga botirib suv ichdi. Shunda, Xizr 
alayhissalom «Sizning, mening va butun xaloyiqning ilmi Ollohning ilmi oldida mana shu 
chumchuq tumshug‘ini dengizga botirib olgan bir tomchi suvchalikdur!» — dedilar. Ko‘p 
o‘tmay, Xizr alayhissalom bir teshani qullariga olib kemani teshib qo‘ydilar. Muso 
alayhissalom bundan ajablanib «Bular bizni kemaga bepul chiqardilar, siz ersangiz 
hammalarini cho‘ktirish uchun kemani teshib qo‘ydingiz qanday noma’qul ish 
qildingiz!»— dedilar. So‘ng ular yo‘lda davom etib, bir bolaga duch kelishdi, bola o‘z 

Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
182
o‘rtoqlari birlan o‘ynab yurardi. Xizr alayhissalom uni o‘ldirdilar. Muso alayhissalom 
xunob bo‘lib «Begunoh pokiza bir bolani o‘ldirib, qandayin yomon ish qildingiz»—dedilar. 
Xizr alayhissalom «Aytib erdim-ku, siz men birlan sabr qilib yurolmaysiz, deb!» — 
dedilar. So‘ng ikkovlari yana yo‘l yurib yiqilay deb turgan bir qo‘rg‘onga duch kelishdi, 
Xizr alayhissalom uni qo‘llari birlan tiklab quydilar. Muso alayhissalom «Biz qishloqqa 
kirdik, qishloq ahli ersa bizni mehmon qilmadi, taom ham bermadi, agar xohlasangiz, 
mana shu ishingizga haq olsangiz bizga yegulik bo‘lur erdi!»—dedilar. Shunda, Xizr alay-
hissalom «Mana bu gapingiz men birlan sizning ajralmog‘imizga sababdur! Endi, siz sabr 
qilolmagan narsa larning tafsilotini aytib beraman»,— dedilar Janob Rasululloh shul 
haqda «Koshki erdi, Muso alayhissalom yana sabr qilganlarida, Olloh taolo bizga 
ikkovlarining qilgan ishlarini qissa qilib bergan bo‘lur erdi!»—degan erkanlar» 
 
5-bob. Olloh taoloning «Qilgan ishlari tufayli juda ko‘p ziyon ko‘rgan kishilar 
haqida sizlarga xabar berayiimi, deb aitingiz!» degan qavli xususida 
 
Mus’ab ibn Umayr rivoyat qiladilar: «Qilgan ishlari tufayli juda ko‘p ziyon ko‘rgan kishilar 
haqida sizlarga xabar berayinmi deb aytingiz» degan oyat haruriylar xususida bo‘lsa 
kerak»—deb otamdan so‘radim (Haruriylar — Xazrat Aliga qarshi chiqqan xavorijlardan 
bo‘lib, ularning nomi Kufa shahri yaqinidagi Haruro qishlog‘iga nisbat beriladi. Ular 
Xazrat Aliga bo‘ysunmagan birinchi isyonchilar erdi) Otam «Iuq, bu yahudiy va nasorolar 
haqida bo‘lib yahudiilar Muhammad sallallohu alayhi va sallamni yolg‘onchi qildilar, 
nasorolar ersa «Jannatda ovqag ham, ichimlik ham yo‘q» deb kufr keltirdilar. Haruriylar 
xususiga kelsak, ular Ollohga bergan ahdlarini buzdilar. (Islom xalifasiga bay’at 
qilgandan so‘ng, unga qarshi isyon qilish Ollohga bergan ahdni buzish, deb yuritiladi) 
Shuning uchun Sa’d ibn Abu Vaqqos ularni «fosiqlar» deb atagan erdilar» 
 
6-bob. Olloh taoloning qavli: «Ular parvardigorning oyatlariga va (oxiratda) 
unga yuzma-yuz bo‘lishga kufr keltirgan kimsalardur, bas ularning hamma 
Download 1.29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling