Abu abdulloh


Download 1.29 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/55
Sana19.11.2020
Hajmi1.29 Mb.
#148113
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   55
Bog'liq
Imom al-Buxoriy. Al-Jome' as-sahih. 3-jild


www.ziyouz.com kutubxonasi 
190
deb so‘radilar. Bariyra «Ey Ollohning rasuli! Sizni haq din birlan yuborgan zotga 
qasamyod qilurmanki, sodir bo‘lgan ermas! Uning bor-yo‘g‘ aybi, u ham bo‘lsa, uning 
yosh qizchaligidur, agar unga xamirni ishonib topshirsangiz, uxlab qolib qo‘zichoq kelib 
xamirni yeb ketadi»;—dedi. Shundan so‘ng, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam 
Abdulloh ibn Ubay ibn Saluldan qilgan bo‘htoni uchun uzr so‘rashni talab qildilar. Ul zot 
minbarda turib bunday dedilar: «Ey musulmonlar jamoasi, mening oilamga bo‘hton qilib, 
menga ozor yetkazgan kishini kim menga uzr ayttira olur' Olloh taologa qasamyod 
qilurmanki, men oilamni faqat yaxshi, deb bilurman! Bo‘hton qilinayotgan erkak haqida 
ham men faqat yaxshi fikrdaman. U qachon mening oilam oldiga kirsa, faqat men birlan 
birga kirur erdi!» ' Shunda Sa’d ibn Maoz raziyallohu anhu o‘rinlaridan turib «Ey 
Ollohning rasuli, u odamni sizga men uzr attirurman, agar u Avs qabilasidan bo‘lsa, 
bo‘ynini uzurman, mobodo Xazraj qabilasidan bo‘lsa, ul holda siz nima buyursangiz, 
shuni qilurmiz'»— dedilar. Buni eshitib Sa’d ibn Uboda dik etib o‘rnidan turdi, u Xazraj 
qabilasining boshlig‘i bo‘lib, ilgari solih kishi bo‘lgan erdi, hozir ersa hamiyati qo‘zg‘olib 
Sa’d ibn Maozga «Ollohga qasamyod qilurmanki, uni o‘ldirolmagaysan, o‘ldirish 
qo‘lingdan kelmagay » — dedi. Shunda Usayd ibn Hazir (Sa’d ibn Maozning 
amakivachchalari) Sa’d ibn Ubodaga «Bekor aytibsan, Ollohga qasamed qilurmanki, 
albatta uni o‘ldirgaymiz, ammo sen ersang munofiqsan, chunki munofiqlarning yonini 
olursan'» — deb baqirdilar. Shu tariqa Avs birlan Xazraj janjallashib, hatto bir-birlarini 
o‘ldirishga qasd qilib qolishdi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam minbarda turib ularni 
jahldan tushirishga ko‘p urindilar. Nihoyat barcha jim bo‘ldi, Rasululloh sallallohu alayhi 
va sallam ham sukut qildilar. 
 
Men ota-onamning uyida shu kuni ham qoldim, ko‘z yoshim sira to‘xtamadi, ko‘zimga 
uyqu ilinmadi, ota-onam bu kecha ham yonimda tong ottirishdi, ikki kecha va bir kunduz 
tinmay yig‘ladim. Ota-onam ersalar, yig‘layverganidan jigari ezilib ketdi, deb dilpora 
erdilar. Shu asnoda bir ansoriya ayol ichkariga kirishga ruxsat so‘rab qoldi. Ijozat berga-
nimdan keyin, kirib o‘ltirdi-da, u ham men birlan birga yig‘lashga tushdi. Biz shu holda 
o‘ltirgan erdik, Janob Rasululloh kirib yonimga o‘ltirdilar, vaholanki ul zot bo‘hton 
gaplardan keyin yonimga o‘ltirmay qo‘ygan erdilar. Mening haqimda ersa, mana bir oy 
bo‘libdiki, hanuz vahiy kelmas erdi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam yonimga 
o‘ltirayotib Olloh taologa hamdu sanolar aytdilar, so‘ng «Ey (Oisha, sening haqingda 
menga turli gaplarni aytishdi. Agar pok bo‘lsang, Olloh taoloning o‘zi seni tezda oqlaydi, 
basharti sendan gunoh sodir bo‘lgan bo‘lsa, ul holda Ollohga istig‘for aytgin unga tavba 
qilgin Chunki, banda O’z gunohini e’tirof qilib Ollohga tavba qilsa, Olloh UNING tavbasini 
qabul qilgay»,— dedilar. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam gaplarini tugatganlaridan 
keyin, ko‘z yeshim tindi, hatto bir qatra ham chiqmadi. Men otamga «Rasulullohning 
gaplariga javob beringiz'» — dedim. Otam «Ollohga qasamyod qilurmanki, bul zotga ne 
demog‘imni bilmasman!»—dedilar. So‘ng, onamga ham «Rasulullohning gaplariga javob 
beringiz »—dedim. Onam ham «Ollohga qasamyod qilurmanki, bul zotga ne demog‘imni 
bilmasman'»— dedilar. Shundan so‘ng, men bunday dedim: «Men Qur’ondan ko‘p 
narsalarni o‘qiy olmaydirgan bir norasida qizaloqmen, siz kattalar ersangizlar, mening 
xususimdagi bo‘htonni eshitiboq, o‘ylab-netib o‘ltirmay, unga ishondingizlar, uni 
dillaringizga jo ham qildingizlar Shuning uchun ham men «pokman» deganim birlan 
sizlar menga ishonmaysizlar, vaholanki Olloh taolo mening pokligimni bilib turibdir. 
Basharti, men biror gunohni e’tirof qilsam, sizlar darhol bunga ishongaysizlar, vaholanki 
Olloh taolo mening pokligimga o‘zi guvohdir, Olloh taologa qasamyod qilurmanki, 
sizlarga Yusufning otasi aytgan gapdan bo‘lak aytadirgan gapim yo‘q! Ul kishi «Endi, 
sabr qilmog‘im yaxshidur, sizlarning bu gaplaringizdan xalos bo‘lmog‘im uchun Olloh 

Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
191
taolodangina madad tilarman'»— degan erdilar» Men shunday dedim-da, teskari qarab 
to‘shagimga yotib oldim. Men o‘zimning pokligimni yaxshi bilur va «Olloh taolo albatta 
meni oqlagay!» — deb ishonur erdim. Ammo, men «Olloh taolo mening haqimda tilovat 
qilinadirgan vahiy nozil qilgay» — deb sira ham o‘ylamagan erdim, Olloh taoloning 
mening xususimda tilovat qilinadirgan oyatlar orqali so‘zlamog‘idan orlanur erdim. Men 
faqat «Janob Rasululloh tush ko‘rsalar-u, tushlarida ul zotga mening pokligim ayon 
qilinsa'»— deb umid qilur erdim, xolos Olloh taologa qasamlar ichurmenki, na Janob 
Rasululloh va na uydagilarning birortasi tashqariga chiqmoqqa xezlanib ulgurmadi, 
to‘satdan ul zotga vahiy nozil bo‘lib qoldi. Janob Rasulullohni qattiq isitmadan keyin 
bo‘ladirgan bezgakdek qaltiroq bosdi, badanlaridan marjondek ter quyildi. Birozdan 
so‘ng, Janob Rasululloh tabassum qilgan holda o‘zlariga keldilar. Ul zotning dastlab 
aytgan gaplari—«Ey Oisha, seni Olloh taolo oqladi!» degan jumla bo‘ldi. Shunda onam 
menga «Tur, Rasulullohga qulluq qil!» — dedilar. Men «Ollohga qasamyod qilurmanki, 
Rasulullohga ta’zim qilmagayman, tashakkur ham aytmagayman, men faqat Ollohga 
qulluq qilgayman va Ollohga hamd aytgayman'» — dedim. 
 
O’shanda Olloh taolo «Albatta, bo‘hton to‘qiganlar o‘zlaringizdan bo‘lgan bir to‘dadur» 
deb boshlanadirgan o‘nta oyat nozil qilgan erdi. Olloh taolo mening pokligim to‘g‘risidagi 
mazkur oyatlarni nozil qilgandan so‘ng, otam Abu Bakr Siddiq raziyallohu anhu 
kambag‘alligi va qarindoshligi sababli o‘zlari yordam qilib turgan Mistah ibn Usosa haqida 
«Ollohga qasamyod qilurmanki, Oisha haqida bo‘hton qilgani uchun Mistahga hech 
qachoi hech narsa bermagayman »—deb ont ichdilar. Shunda Olloh taolo: «Sizlardan 
fazlu davlat egalari bo‘lmish kishilar qarindoshlari, miskinlar va muhojirlarga Olloh yulida 
ehson qilmaslikka qasam ichmasinlar, aksincha ularni kechirsinlar. Ollohning sizlarni 
mag‘firat qilmog‘ini istamaysizlarmi? Olloh mag‘firatli mehribondur!» — degan oyatni 
nozil qildi. Shundan so‘ng, otam Abu Bakr Siddiq: «Ha, yo Olloh, albatta mag‘firatingni 
istarman »—dedilar-da, ilgarigidek Mistahga nafaqa bera boshladilar. «Ollohxa 
qasamyod qilurmanki Mistahning nafaqasini zarracha ham kamaytirmagayman!»—deb 
erdilar o‘shanda otam. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam men haqimda Zaynab binti 
Jahshdan ham so‘ragan erdilar. U «Ey Ollohning rasuli, men qulog‘im birlan ko‘zimni 
(qabohatdan) ehtiyot qilurman, men Oisha haqida faqat xayriyatni bilurman! — degan 
erdi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning xotinlari ichida mana shu Zaynabgina 
meni himoya qilgan erdi, Olloh taolo uni hamisha taqvoda saqladi. U birlan janjallashgan 
singlisi Hanna ersa halok bo‘lgan buhtonchilar qatorida halok bo‘ldi» 
 
7-bob. Olloh taoloning qavli: «Agar sizlarga dunyo va oxiratda Ollohning fazlu 
marhamati bulmaganda, albatta sizlarni tinmay so‘zlagan gaplaringiz 
(bo‘htonlaringiz) sababli buyuk azob ushlagan bo‘lur erdi!» 
 
Oisha raziyallohu anhoning onalari Ummu Rumon «Oishaga bo‘hton qilinganda, u 
hushdan ketib yiqildi»,— deydilar 
 
8-bob. Olloh taoloning qavli: «Sizlar uni tillaringiz ila naql qilib, og‘izlaringiz ila 
aniq bilmagan narsa xususida so‘ylaganingizda, buni bir arzimas ish, deb 
hisobladingizlar. Holbuki, Olloh nazdida bu ulug‘ gunoxdir!» 
 
Ibn Abu Mulayka: «Men Oishaning mazkur oyatni o‘qiyotganlarini eshitganman»,— 
deydilar. 
 

Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
192
9-bob. Olloh taoloning kavli: «Uni (bo‘htonni) eshitgan paytingizda, «Bu 
buhtonni so‘zlash bizlar uchun joiz ermas, ey parvardigor, bu ochiqdan-ochiq 
bo‘hton-ku!» deb ayqangizlar bo‘lmasmidi?!» 
 
Ibn Abu Mulayka raziyallohu anhu rivoyat kiladilar: «Ibn Abbos raziyallohu anhu 
nihoyatda toliqqan, o‘lim to‘shagida yotgan Oisha onamizning vafotlari arafasida ul 
muhtaramani ko‘rish uchun ijozat so‘radilar. Shunda Oisha onamiz «Qo‘rqamanki, u 
meni maqtab qo‘ygay», —dedilar. Uydagilar «Ibn Abbos Janob Rasulullohning 
amakivachchalari, buning ustiga ul kishi ko‘plab musulmonlar nomidan kelganlar — 
deyishdi. «Mayli u kishiga ijozat beringizlar!»—dedilar. Oisha onamiz Ibn Abbos (kirib) 
«O’zingizni qanday sezayotirsiz?»—deb so‘radilar. Oisha raziyallohu anho «Olloh 
taoloning dargohiga komil iymon birlan borolsam, yaxshi bo‘lur erdi!» —dedilar. Ibn 
Abbos raziyallohu anhu «Xudo xohlasa oxiratingiz baxayr bulgay, chunkn siz Rasululloh 
sallallohu alayhi va sallamning jufti halollarisiz, ul zot sizdan boshqa birorta bokira qiz 
olmaganlar. Olloh taolo sizning pokligingiz haqida osmondan oyat nozil qilgan!» — 
dedilar. Ibn Abbosdan keyin Ibn Zubayr kirdilar. Oisha raziyallohu anho ul kishiga «Ibn 
Abbos kirib, meni maqtadi Men ersam, umuman unutilib ketmogimni istar erdim!» — 
dedilar» Qosim, ya’ni Muhammad ibn Abu Bakr «Ibn Abbos raziyallohu anhu Oishaning 
ziyoratlariga kirish uchun izn so‘radilar» degan hadisni rivoyat qiladilar, ammo uning 
oxirida «Umuman unutilib keqam erdi!» degan jumla yo‘q» 
 
10-bob. Olloh taoloning qavli: «Agar mo‘min bo‘lsangizlar, shunga o‘xshash 
narsalarni hargiz qaytarmasliklaringizni Olloh sizlarga pand-nasihat qilur!» 
 
Masruq rivoyat qiladilar: «(Oisha raziyallohu anho «Hasson ibn Sobit mening 
ziyoratimga kelib, kirishga izn so‘radi»,— dedilar. Shunda men «Bunday odamlarning 
kirishiga ham izn beraverasizmi'» —dedim. Oisha onamiz «Axir, u Olloh taolo va’da 
qilgan buyuk azobni tortayotirku!» — dedilar». 
 
Sufyonning aytiitaricha, Oisha onamiz aytgan azob Hassonning ko‘zlari ko‘r bo‘lib 
qolganligidir. Ushanda Xasson Oisha onamizniig huzurlariga kirganda «Pok va aqli yetuk 
kishilar bo‘hton qilmaydilar va pokdomonlar go‘shtini yeyishga mushtoq bo‘lmaydilar» 
degan mazmunda g‘azal o‘qibdi. Oisha onamiz unga: «Lekin, sen o‘zing undaylardan 
emassan!» —debdilar». 
 
11-bob. Olloh taoloning qavli: «Olloh sizlarga o‘z oyatlarini bayon qilur, Olloh 
ilm va hikmat sohibidur!» 
 
Masruq rivoyat qiladilar: «Hasson ibn Sobit Oisha onamizning huzurlariga kirdi va 
bunday deb g‘azal o‘qidi « Pok va aqli yetuk kishilar buhton qilmaydilar va pok-domonlar 
go‘shtini yeyishga mushtoq bulmaydilar» Oisha onamiz unga javoban: «Lekin, sen o‘zing 
undaylardan emassan!» — dedilar. Men Oisha onamizga « Bunday kishilarning huzu-
ringizga kirishga nechun ruxsat berasiz? Axir Olloh taolo ular haqida «Ammo, gunohning 
eng katta xissasini ko‘targanlar uchun ulug‘ azob bordur!» deb oyat yuborgan-ku'» — 
dedim. Oisha raziyallohu anho: Ko‘zi ko‘r bo‘lib qolishdan ham qattiqroq dunyoda azob 
bormi» — dedilar, keyin yana «Ilgari u Janob Rasulullohni dushmanlar hajvidan saqlab 
turardi»—deb qo‘shib quydilar». 
 

Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
193
12-bob. Olloh taoloning qavli: «Albatta, iymoi keltirgan kishilar o‘rtasida 
buzuqliklar yoyilishini istaydirgan kimsalar uchun dunyoda ham, oxiratda ham 
alamli azob bordur. Olloh bilur, ammo sizlar bilmassiz! Agar sizlarga dunyo va 
oxiratda Ollohning fazlu marhamati bo‘lmaganda (azobni o‘sha zahoti 
yuborgan bo‘lur erdi). Orangizdagi fazl va katta boylik egasi bo‘lgan kishilar 
qarindoshlariga, miskinlarga va muhojirlarga Olloh yo‘lida ehson qilmaslikka 
qasam ichmasinlar, balki ularni kechirsinlar. Olloh sizlarni mag‘firat qilmogini 
istamaysizlarmi? Olloh mag‘firatli, mehribondur!» 
 
Oisha raziyallohu anho bunday deydilar: «Mening haqimda bo‘hton tarqatilib, bundan 
men ham xabardor bo‘lganimdan keyin, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam mening 
haqimda xutba o‘qishga turdilar. Avval kalima keltirib Ollohga munosib hamdu sanolar 
aytganlaridan so‘ng «Ey mo‘minlar, mening oilam haqida bo‘hton qilgan kishilar 
xususida menga maslahat beringizlar. Olloh taologa qasamyod qilurmanki, men oilam 
haqida ham, u birlan birga tuhmat qilinayotgan kishi haqida ham biror yomonlikni 
bilmasman. Usha odam men borligimdagina uyimga kirur erdi. Men qachon safarda 
bo‘lsam, u ham men birlan safarda bulur erdi»,— dedilar. Shunda Sa’d ibn Maoz 
raziyallohu anhu o‘rinlaridan turib: «Ey Ollohning rasuli, menga izn beringiz, bu 
bo‘htonchilarning bo‘ynini uzib tashlay!»—dedilar. Buni eshitib, Xazraj qabilasidan bir 
kishi o‘rnidan turdi-da, dag‘daga birlan «Bekor aytibsan, Ollohga qasamki, agar 
bo‘htonchilar Avs qabilasidan bo‘lsa ham, ularning bo‘yniga sening qilich urmog‘ingga 
yul quymagaiman!»—dedi. Shul tariqa masjidda Xazraj birlan Avs kishilari o‘rtasida jang 
bo‘lishiga oz qoldi. Ammo, men buning sababidan bexabar erdim. Keyin, o‘shal kuni 
kechqurun uydan hojat uchun chiqdim. Men birlan Ummu Mistah ham birga erdi. Oyog‘i 
toyilib ketib, «Noumid bo‘lgur, Mistah!» deb qarg‘andi. Men unga «Ey ona, o‘z 
o‘g‘lingizni qarg‘aysizmi?»—dedim. U indamadi. So‘ng, yana toyilib ketib, yana «Noumid 
bo‘lgur Mistah» deb qarg‘andi, uchinchi bor toyilib ketganda ham shu gapni akrorladi. 
Men unga nafrat birlan qarab erdim, u «Ollohga qasamki, seni deb uni 
qarg‘ayotirman!»—dedi. Men «Nechun meni deb uni qarg‘ayotirsiz?» —dedim. Shunda u 
menga bor gapni so‘zlab berdi. Men «Ie, hali shunday gaplar bo‘ldimi?»—dedim. U «Ha» 
— deb javob berdi. 
 
Hushim og‘ib, tashqariga nima uchun chiqqanim yodimda yo‘q, uyga qaytib kirdim, meni 
qattiq isitma oldi. Men Janob Rasulullohdan otamning uylariga yuborishlarini so‘radim ul 
zot menga bir xizmatkor bolani qo‘shib yubordilar. Men uyga kirib kelganimda, otam Abu 
Bakr tomda Qur’on tilovat qilar, onam Ummu Rumon ersalar, pastda turgan erdilar. 
Onam menga: «Nechun kelding, qizim?» — dedilar. Men onamga bo‘lgan voqeani 
aytdim. Ammo, bundan onamning yuzlarida o‘zgarish sezilmadi. Onam menga «Ey 
qizim, sekinroq gapirgil, nomusingni saqlagil, chunkim ko‘pincha er biror chiroyli xotinini 
yaxshi ko‘rsa, uning kundoshlari hasad qilib, bo‘hton tarqataverishadi»,— dedilar. Men: 
«Bu haqda otam ham biladilarmi?»—deb so‘radim. Onam «Ha»,— dedilar. Men 
«Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ham biladilarmi?»—dedim. Onam «Ha, Rasululloh 
sallallohu alayhi va sallam ham biladilar»,— dedilar. Buni eshitib, ko‘zimdan tirqirab 
yosh quyildi, «dod» deb yig‘la-dim. Otam Abu Bakr raziyallohu anhu ovozimni eshitib 
tepadan, Qur’on o‘qiyotgan yerlaridan tushdilar. So‘ng, onamdan «Unga ne bo‘libdi?» —
deb so‘radilar Onam «Uzi haqidagi bo‘htonni eshitib qolibdi»,— dedilar. Otam menga «Ey 
qizalog‘im, uyingga qaytishingni maslahat bergayman'» — dedilar. Men uyga qaytdim. 
Shu asnoda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam uyga kirib, xodimamdan men haqimda 
so‘rayotgan erkanlar. Xodima «Ollohga qasamki, uning biror aybi borligini bilmasman! 

Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
194
Uning bor-yo‘g‘ aybi, u ham bo‘lsa, uning norasida qizchaligidur, agar unga bir xamirni 
ishonib topshirsangiz, bolalik qilib uxlab qolgay-da, xamirni qo‘zichoq yeb ketgay»,— 
dedi. Shunda sahobalardan biri uning gapini bo‘lib, so‘ralgan maqsadni tushuntirdilar-da 
«Janob Rasulullohga haqiqatni aytasanmi, yo‘qmi'»—deb dag‘dag‘a qildilar. Xodima 
«Subhonalloh, zargar sof oltinni qanday ajrata olsa, men ham Oishaning pokligini 
shunday yaxshi bilurman!» — dedi. 
 
(Bu bo‘hton haqidagi xabar Oisha birlan birga qoralanayotgan kishining ham qulog‘iga 
yetganda, u «Subhonalloh, men umrimda biror ayolning ko‘kragini ham ochib 
ko‘rmaganman!» — dedi. Keyinchalik, o‘sha kishi Olloh taolo yo‘lida jihod qilib, shahid 
bo‘ldi) 
 
Rasululloh sallallohu alayhi va sallam asrni o‘qib bo‘lganlaridan keyin, huzurimga kirib 
keldilar. Shunda ota-onam yonimda o‘ltirishgan erdi. Ulardan birlari o‘ng va birlari chap 
yonimda erdilar. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam hamdu sano aytgach «Ey Oisha, 
agar yomonlik (yoki o‘zingga zulm) qilgan ersang, Olloh taologa tavba qilgil, chunki 
Olloh taolo bandalardan tavba qabul qilguvchidur|» —dedilar. Uyda ansoriya bir ayol 
ham bo‘lib, u eshik yonida o‘ltirar erdi, men ul zotga «Menga ayb qo‘ygani mana bu 
ayoldan uyalmaysizmi?»—dedim. Lekin, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam menga 
pand-nasihat qilmoqda davom etaverdilar. Men otamga qarab: «Rasulullohning 
gaplariga javob beringiz!» — dedim. Otam «Men nima ham derdim»,— dedilar. Shunda 
onamga qarab «Bo‘lmasa, siz javob beringiz!»—dedim. Onam ham «Men nima ham 
derdim»,— dedilar. Ikkovlari javob bermagach, men kalimai shahodat birla Olloh taologa 
munosib hamdu sanolar aytdim-da, so‘ng «Olloh taologa qasam ichurmanki, hatto «Men 
pokman» deb aytganim birlan sizlar ishonmagaysizlar, chunki bo‘htonni dillaringizga jo 
qilib olgansizlar. Agar men «Xa, gunoh qildim»,— desam, vaholanki qilmaganimni Olloh 
taolo bilur, sizlar «Ana endi rostini aytding»,— deysizlar. Shu boisdan ham Ya’qub 
alayhissalomning «Endi sabr qilmog‘im yaxshidur, sizlar aytayotgan bo‘htondan xalos 
bo‘lmog‘imda menga Olloh taoloning o‘zigina madadkordur!» degan gaplarini aytishdan 
bo‘lak ilojim yo‘q!» — dedim. Shu asnoda Janob Rasulullohga vahiy nozil bo‘lib qolib, 
oraga jimlik cho‘kdi. Vahiy nozil bo‘lgach, men ul zotning yuzlaridan xursandlik alomatini 
payqab oldim. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam peshonalarini arta turib «Ey Oisha, 
xursand bo‘lgil, Olloh taolo sening pokliging haqida xabar nozil qildi'»— dedilar. Bu kun 
ersa, mening uchun umrimda eng qattiq g‘azablangan kun bo‘ldi. Ota-onam «Turgil, 
Janob Rasulullohga qulluq qilgil!»— deyishdi. Men «Ollohga qasamki, Rasulullohdan 
minnatdor bo‘lib o‘rnimdan turmagayman ham, rahmat aytmagayman ham, shuningdek 
sizlarga ham rahmat aytmasman, lekin mening pokligim haqida xabar yuborgan Olloh 
taologagina hamd aytgumdur. Sizlar ersangizlar, bo‘htonga quloq solib, uni inkor 
qilmadingizlar ham, kuyunmadingizlar ham'»—dedim. 
 
Ushanda Zaynab binti Jahsh mening haqimda nuqul yaxshi gaplar aytgan erdi, Olloh 
taolo uni diyonatli qildi, uning singlisi Hamna ersa, bo‘htonchilar tarafini olib, o‘shalar 
birlan birga halok bo‘ldi. Bo‘htonchilar — Mistah, Hasson va munofiq Abdulloh ibn Ubay 
erdi. Abdulloh ibn Ubay yangidan yangi ig‘volar tarqatar erdi. «Gunohning eng katta 
xissasini ko‘targan» kishilar mana shu Abdulloh ibn Ubay birlan Hamna erdi. Otam Abu 
Bakr ilgarilari Mistahga yordam qilib turur erdilar, ul menga bo‘hton qilgach «Men endi 
sira ham Mistahga ehson qilmayman»—deb ont ichdilar. Shunda Olloh taolo 
«Oralaringizdagi fazl va boylik sohibi bo‘lganlar qarindoshlari, miskinlar va muhojirlarga 
Olloh yo‘lida ehson qilmaslikka qasam ichmasinlar, balki ularni afv qilsinlar, Olloh sizlarni 

Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
195
mag‘firat qilishini istamaysizlarmi? Olloh mehribon va mag‘firatlidur!» degan oyat nozil 
kildi. Otam Abu Bakr Siddiq darhol»Ha, ey parvardigorim, biz mag‘firat istarmiz!» — deb 
ilgarigidek Mistahga ehson qila boshladilar» 
 
13-bob Olloh taoloning qavli: «Ko‘kraklarini yoping‘ichlari birlan to‘ssinlar!» 
 
Oisha raziyallohu anho bunday deydilar: «Avvalgi muxojirlarning xotinlarini Olloh taolo 
rahmat qilsin! Olloh taolo «Ko‘kraklarini yoping‘ichlari birlan to‘ssinlar!» degan oyatni 
nozil qilganda ular choyshab-laridan yirtib olib, ko‘kraklarini yopib yurgan erdilar» 
 
 «AL-FURQON» SURASI  
 
1-bob. Olloh taoloning qavli: «Yuzlari birlan yurib borib jahannamda 
to‘planuvchilar — ana o‘shalardur (oxiratda) eng joyi yomon va butunlay 
yo‘ldan ozganlar!» 
 
Anas ibn Molik raziyallohu anhu bunday deydilar: «Bir kishi Janob Rasulullohdan «Ey 
Ollohning payg‘ambari, qiyomat kuni kofirlar qanday qilib yuzlari birlan yuradirgan qilib 
tiriltiriladi?»—deb so‘radi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Bu dunyoda ikki oyoq 
birlan yuradirgan qilib qo‘ygan zot qiyomatda yuzi birlan yuradirgan qilib qo‘ymoqqa 
qodir ermasmi'»—dedilar. Shunda Qatoda raziyallohu anhu: «Ha, rabbimizning ulug‘ligi 
haqi, albatta qodirdur! — dedilar». 
 
2-bob. Olloh taoloning qavli: «... va Ollohga shirk keltirmaydirganlar, Olloh 
o‘ldirmoqni ta’qiq qilgan biror jonni nohaq o‘ldirmaydirganlar va zino 
qilmaydirganlar va kimki buni qilsa (ya’ni, Ollohga shirk keltirsa, nohaq o‘ldirsa 
va zino qilsa), uqubatga mubtalo bo‘lur» 
 
Abdulloh ibn Mas’ud va Vosil ibn Xabbon raziyallohu anhumo rivoyat qilishadi: 
«Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan «Ollohning nazdida eng katta gunoh 
qaydur?»—deb so‘rashdi. Rasululloh sallallohu alayxi va sallam «Olloh seni yaratgan 
bo‘la turib, unga biror narsa sherik qilmoqligingdur»,— dedilar. «Keyin, qaysi?» — deb 
so‘rashdi. Rasululloh sallalohu alayhi va sallam «Taomingga sherik bo‘lishidan qo‘rqib, 
o‘z bolangni o‘ldirmoqligingdur»,— dedilar. «Undan keyinchi? — deb so‘rashdi. 
Rasululloh sallallohu alayhi va sallam «Qo‘shningning jufti haloli birlan zino 
qilmoqligingdur»,— dedilar. Shunda Janob Rasulullohning gaplarining tasdiqi uchun «va 
Ollohga shirk keltirmaydirganlar, Olloh o‘ldirmoqni ta’qiq qilgan biror jonni nohaq 
o‘ldirmaydirganlar va zino qilmaydirganlar» degan oyat nozil bo‘ldi». 
 
Qosim ibn Abu Buzza rivoyat qiladilar: «Men Sa’id ibn Jubayrdan «Mo‘min kishini 
qasddan o‘ldirgan qotil uchun tavbaga imkon bormi?» — deb so‘radim-da, «Olloh 
o‘ldirmoqni ta’qiq qilgan biror jonni nohaq o‘ldirmaydirganlar» degan oyatni tilovat 
qildim. Shunda Sa’id bunday deb javob qildilar: «Men ham bu oyatni xuddi siz menga 
o‘qib berganingizdek Ibn Abbosga o‘qib bergan erdim. Ibn Abbos raziyallohu anhu: «Bu 
oyat Makkada nozil bo‘lgan bo‘lib, uni Madinada nozil bo‘lgan «An-Niso» surasidagi oyat 
bekor qilgan»,— deb erdilar». 
 
Sa’id ibn Jubayr rivoyat qiladilar: «Kufa ahli mo‘min kishini qasddan o‘ldirgan qotilga 
beriladirgan jazo haqida ixtilof qilishdi. Shunda men bu masala haqida so‘ragani Ibn 

Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
196
Abbosning huzurlariga bordim. U kishi «Mazkur oyat eng keyin nozil bo‘lgan oyatlardan 
hisoblanur, uni boshqa bir oyat bekor qilgan ermas»,— dedilar» 
 
Sa’id ibn Jubayr raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Ibn Abbosdan «Qotilning jazosi 
jahannamdur» degan oyatning mazmunini so‘radim. Ul kishi «Qotilning tavbasi qabul 
qilinmaydi»,— dedilar. Keyin, «Ollohga shirk keltirmaydirganlar» degan oyat xususida 
so‘rab erdim, ul kishi «Bu oyat johiliyat davri (kishilari) xususida erdi»,— dedilar». 
 
Download 1.29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling