Abu abdulloh


-bob. Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning oxirgi aytgan gaplari haqida


Download 1.29 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/55
Sana19.11.2020
Hajmi1.29 Mb.
#148113
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   55
Bog'liq
Imom al-Buxoriy. Al-Jome' as-sahih. 3-jild


72-bob. Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning oxirgi aytgan gaplari haqida 
 
Oisha raziyallohu anho bunday deydilar. «Janob Rasululloh sog‘ yurgan vaqtlarida: 
«Biror payg‘ambar, jannatdagi joyi ko‘rsatilmay turib, jon taslim qilmaydi, jannatdagi 
joyini ko‘rgachgina ikki dunyodan birini ixtiyor Qiladi»,— dedilar. Dardlari og‘irlashgach, 
hushlaridan Ketdilar, shunda boshlari tizzamga qo‘yig‘lik erdi. Keyin, o‘zlariga kelib, 
uyning shiftiga termulganlaricha: «Yo Buyuk do‘st bo‘lmish Olloh!» — dedilar. Men buni 
eshitib: «Demak, bizni xushlamayaptilar»,— deb xayolimdan o‘tkazdim. Bildimki, ul 
zotning sog‘lik vaqtlarida aytgan gaplari shu erkan (ya’ni, jannatdagi joylari ko‘rsatilib, u 

Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
102
dunyoni ixtiyor qilibdilar). Janob Rasulullohning eng so‘nggi aytgan so‘zlari «Yo Buyuk 
do‘st bo‘lmish Olloh!» bo‘ldi». 
 
73-bob. Nabiy sallallohu alayhi va sallamning vafotlari haqida 
 
Oisha va Ibi Abbos raziyallohu anhum bunday deyishadi: «Nabiy sallallohu alayhi va 
sallam o‘zlariga Qur’on nozil bo‘lgan (20) yil davomida, ya’ni o‘n yil Makkada va o‘n yil 
Madinada yashadilar». 
 
Oisha raziyallohu anho: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam oltmish uch yoshda vafot 
etdilar»,— deydilar 
 
74-bob. 
 
Oisha raziyallohu anho: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam vafot etganlarida 
qalqonlari o‘ttiz so’ arpa uchun yahudiyga garovga qo‘yilgan erdi»,— deydilar. 
 
75-bob. Nabiy sallallohu alayhi va sallamning xastalanib o‘lim to‘shagida 
yotganlarida Usoma ibn Zayd raziyallohu anhuni bir yerga jo‘natganlari haqida 
 
Solim otalaridan naql qiladilar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam Usomani (bir guruh) 
kishilarga bosh qilib bir yerga jo‘natdilar. Shunda ba’zilar bunga e’tiroz bildirishdi. Ul zot: 
«Men voqif bo‘ldimki, sizlar Usomaning boshliq qilinganiga e’tiroz bildiribsizlar, lekin 
shuni bilib qo‘yingizlarki, u mening uchun eng mahbub kishidur!» — dedilar». 
 
Abdulloh ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va 
sallam bir guruh odamlarni (bir yerga) jo‘nata turib, ularga Usoma ibn Zaydni boshliq 
qilib tayinladilar. Ba’zilar uning boshliq qilinganiga e’tiroz bildirishdi. Shunda Janob 
Rasululloh o‘rinlaridan turib: «Gar uning boshliq qilinganiga e’tiroz bildirursizlar, demak 
uning otasi boshliq bo‘lganda ham norozi bo‘lgansizlar. Olloh taologa kasamyod 
qilurmanki, u boshliq bo‘lmoqqa munosib va menga eng mahbub kishi erkan, bundan 
keyin ham shunday bo‘lib qolgay!» — dedilar». 
 
76-bob. 
 
Abulxayr rivoyat qiladilar: «Sanobjiy mendan: «Qachon hijrat qilding?» — deb so‘radi. 
Men: «Yamandan hijrat qilib, Juhfaga yetib kelganimizda oldimizdan chopar chiqib qoldi. 
Men unga: «Qanday xabar olib kelayotirsan?» — dedim. U: «Janob Rasulullohni dafn 
qildik, besh kun bo‘ldi»,— dedi. Men: «Laylat ul-Qadr xususida biror narsa 
eshitganmisan?» — dedim. U: «Ha, menga Janob Rasulullohning muazzinlari Hazrat Bilol 
aytib erdilar, Laylat ul-Qadr ramazon oyining oxirgi o‘n kunligining yettinchi kunida» — 
dedi». 
 
77-bob. Nabiy sallallohu alayhi va sallam necha marotaba g‘azot qilganlar? 
 
Abu Ishoq rivoyat qiladilar: «Men Zayd ibn Arqamdan: «Janob Rasululloh birlan birga 
necha marta gazot qilgansan?» — deb so‘radim. U: «Un yetti marta»,— dedi. Men: 
«Nabiy sallallohu alayhi va sallam necha bor gazot qilganlar?»—dedim. U: «Un to‘qqiz 
marta»,— dedi». 

Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
103
 
Barro raziyallohu anhu: «Men Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan o‘n besh 
marta gazot qilganman»,— deydilar. 
 
Ibn Burayda otalari haqida: «Otam Janob Rasululloh birlan birga o‘n olti marta gazot 
qilganlar»,— deydilar. 
 

Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
104
QUR’ON TAFSIRI KITOBI 
 
«Ar-Rahmon ur-rahiym» ikki so‘zdan iborat bo‘lib, «Ar-Rahma» («rahmdillik, 
mehribonlik») so‘zidandur. «Ar-Rahiym» va «Ar-Rohim» («Rahmdil», «Mehribon») 
so‘zlari ersa «Al-Aliym» va «Al-Olim» («Biluvchi», «Bilimdon») so‘zlari kabi bir ma’noga 
egadur. 
 
1-bob. Kitob (Qur’on)ning «Fotiha» surasi haqidagi hadislar 
 
«Fotiha» surasi «Umm ul-Kitob» («Kitobdagi suralarning onasi») deb ataladi, chunki 
barcha Qur’on kitoblari avval shul suradan boshlab yoziladi hamda namoz ham aynan 
ana shul surani qiroat qilish birlan boshlanadi. Diyn (Din) bo‘lsa, yaxshilik uchun 
mukofot va yomonlik uchun jazo bo‘lib, «tadiynu va tudonu» (fe’l-atvoring va qilgan 
amalingga yarasha mukofotlanasan va jazolanasan) kabidur. 
 
Mujohid: «Fotiha surasidagi «Ad-Din» so‘zi «Al-Hisob» so‘ziga muvofiq keladi, 
«Madinuuna» so‘zi «Muhosibuuna» so‘ziga muvofiq kelgani kabi»,— deydilar. 
 
Abu Sa’id ibn Mu’allo aytadilar: «Men namoz o‘qiyotgan erdim, Payg‘ambar alayhissalom 
chaqirib qoldilar. Men javob bermadim. Keyin, qoshlariga borib: «Ey Ollohning rasuli, 
men namozda erdim»,— dedim. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Axir, Olloh 
taolo: «Agar sizlarni Olloh va payg‘ambar chaqirsa, ularga javob beringizlar!» — 
demaganmi?!» — dedilar. Keyin, yana: «Siz masjiddan chiqib ketmasingizdan avval, 
men sizga Qur’onning eng ulug‘ surasini o‘rgatayinmi?»— dedilar-da, qo‘limdan 
ushladilar. So‘ng, masjiddan chiqmoqchi bo‘lganimizda: «Ey Ollohning rasuli, siz menga: 
«Qur’onning eng ulug‘ surasini o‘rgatayinmi?» — degan erdingiz»,— deb eslatdim. 
Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Yetti oyatdan iborat «Alhamdu lillohi rabbil-
olamiyn» bo‘lib, menga berilgan ulug‘ Qur’on (sura) shudir!» — dedilar». 
 
2-bob. «... g‘ayril-mag‘zuubi alayhim va lo-z-zolliy-na» («... g‘azabingga 
duchor bo‘lmagan va yo‘ldan ozmagan kishilarga») 
 
Abu Hurayra raziyallohu anhu bunday deydilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: 
«Agar imom «... g‘ayril-magzuubi alayhim va lo-z-zolliyna» desa, «Omin!» deb 
aytingizlar, kimning «Omin!» deb aytgani maloikalarning «Omin!» deb aytganiga 
muvofiq kelib qolsa, uning ilgarigi gunohlari mag‘firat qilingay!» — dedilar». 
 
«BAQARA» SURASI 
 
Olloh taolo Odamga barcha ismlarni o‘rgatgandur! 
 
Anas raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Janob Rasululloh bunday dedilar: «Mo‘minlar 
Qiyomat kuni to‘planishib «Agar rabbimizdan shafoat tilasak, (u bizni bu turgan 
yerimizdan o‘zga yaxshiroq joyga ko‘chirmasmikan?)» deya Odam alayhissalomning 
qoshlariga borishgay-da, ul kishiga: «Siz odamlarning otasisiz, Olloh taolo sizni o‘z qo‘li 
birlan yaratgan, sizga maloikalarini sajda qildirgan va sizga har bir narsaning ismini 
o‘rgatgandur, rabbingizdan bizga shafoat so‘rangiz, toki u bizni bu turgan yerimizdan 
o‘zga yaxshiroq joyga ko‘chirsin!» — deyishgay. Odam alayhissalom: «Mening sizlarga 
foydam tegmagay» deb qilgan gunohlarini eslagaylar-da, uyalib ketgaylar. So‘ng, 

Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
105
ularga: «Nuh alayhissalomning qoshlariga boringizlar, ul kishi Olloh taolo Yer ahliga 
yuborgan payg‘ambarlarning eng birinchisidurlar!» — degaylar. Ular Nuh 
alayhissalomning qoshlariga borishgach, ul kishi ham «Mening sizlarga foydam 
tegmagay» deya aqllari yetmagan narsa xususida parvardigorlariga savol berganlarini 
eslab, uyalib ketgaylar-da: «Ar-Rahmonning do‘stining qoshiga boringizlar!» — 
degaylar. Ular Ibrohim alayhissalomning qoshlariga borishgay. Ul kishi ham: «Mening 
sizlarga foydam tegmagay, Olloh taolo so‘zlashgan va Tavrot ato etgan banda bo‘lmish 
Musoning qoshlariga boringizlar!» — degaylar. Ular Muso alayhissalomning qoshlariga 
borishgay. Ul kishi ham «Mening sizlarga foydam tegmagay» deya qilgan gunohlarini 
eslagaylar-da, parvardigorlaridan uyalib ketgaylar. So‘ng, ularga: «Olloh taoloning 
bandasi va payg‘ambari, Olloh taoloning kalimasi va ruhi bo‘lmish Isoning qoshlariga 
boringizlar!» —degaylar. Iso alayhissalom ham: «Mening sizlarga foydam tegmagay, 
yaxshisi Olloh taolo sobiq va kelgusi gunohlarini mag‘firat qilgan banda Muhammad 
sallallohu alayhi va sallamning qoshlariga boringizlar!»— degaylar. Ular mening 
huzurimga kelishgay, so‘ng men rabbimning huzuriga borib izn so‘ragayman, menga 
ijozat berilgay, parvardigorimni ko‘rishim birlanoq sajda qilib turgayman, ul meni o‘zi 
istagancha vaqt sajdada qoldirgay, so‘ng menga: «Boshingni ko‘targil, so‘ragil, 
so‘raganingni ato etgay, so‘zlagil,so‘zingni eshitgay, shafoat tilagil, shafoat etgay!»— 
deyilgay. Men boshimni sajdadan ko‘tarib, o‘zi bizga o‘rgatgan hamdu sanolar birlan uni 
madh qilgayman, keyin undan shafoat tilagayman, u menga muayyan kishilarni 
jannatga olib kirmog‘imga ijozat bergay, men ularni jannatga olib kirgayman, so‘ng 
uning qoshiga qaytib borib, uni ko‘rishim birlanoq avvalgidek sajda qilib turgayman, 
keyin undan shafoat tilagayman, U menga bu gal ham muayyan odamlarni jannatga olib 
kirmog‘imga ruxsat bergay, men ularni jannatga olib kirgayman, so‘ng uning huzuriga 
uchinchi va to‘rtinchi bor qaytib borib: «Do‘zaxda Qur’on bandi etib, unda abadiy 
qolmog‘i lozim bo‘lganlargina qoldi!»—degayman». 
 
Abu Abdulloh: «Qur’on bandi etganlargina», ya’ni Olloh taoloning «Unda abadiy 
qoladilar» degan hukmiga binoan do‘zaxda qolgan odamlargina»,—deydilar. 
 
3-bob. 
 
Mujohid raziyallohu anhu bunday deydilar: «(Surai «Baqara» dagi) «ila shayotiynihim» 
iborasi «munofiq va mushrik bo‘lmish o‘z sheriklari birlan» degani, «Muhiytun bil-
kofiriyna» jumlasi «Olloh taolo kofirlarni Muhammad sallallohu alayhi va sallam ummatu 
dini birlan qurshab olgandur» degan mazmunda, «alal-xoshi’iyna»— «mo‘minlarga», 
«bi-quvvatin» ersa «bor kuchi birlan» demakdur». 
 
Abuloliya bunday deydilar: «(Surai «Baqara»dagi) «marazun» so‘zi «shak» demakdur, 
undan keyingi («fa-zodahumullohu marazan» — «Olloh taolo ularning shaklarini yanada 
ziyoda qildi» degan) jumla ersa qolganlarga bir ibratdur. «Lo shiyata» degani «dog‘siz, 
aybsiz» deganidur» 
 
Mujohiddan bo‘lak bir tafsirchi bunday deydilar: «Yasuumuunakum» degani «Sizlarga 
xo‘jayinlik qilur erdilar» degan ma’nodadur». 
 
Ba’zi mufassirlar: «Yeyiladigan donlar (Al-Hubu-ub)ning barchasi bug‘doydur»,— 
deydilar. 
 

Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
106
Qatoda: «Fa-bouu» degani «qaytdilar» degani»,—deydilar. 
 
Boshqa bir mufassir: «Yastaftihuuna» degani «madad so‘raydilar» degani, «sharuu» 
degani «o‘ylamay-netmay sotdilar» degani»,—deydilar. 
 
Olloh taolo: «Bila turib Ollohga shirk keltirmangizlar!»— deydi. 
 
Abdulloh raziyallohu anhu rivoyat kiladilar; «Men Rasululloh sallallohu alayhi va 
sallamdan «Qanday gunoh Olloh taolo dargohida eng og‘ir gunoh?» deb so‘radim. Ul zot: 
«Uzingni yaratgan Olloh taologa shirk keltirmog‘ingdur»,— dedilar. Men: «Darhaqiqat, 
bu gunohi azimdur!» — dedim-da, «Undan so‘ng qaysi?» deb so‘radim. Ul zot: 
«Ovqatimga sherik bo‘lmasin, deb o‘z bolangni o‘ldirmog‘ingdur»,— dedilar. Men: 
«Darhaqiqat, bu gunohi azimdur!»—dedim-da, «Undan keyinchi?»— dedim. Ul zot 
bunday dedilar: «Qo‘shningning jufti haloli birlan zino qilishmog‘ingdur. Olloh taolo bul 
xususda: «Biz sizlarga bulutni soyabon qilib berdik va biz o‘zlaringizga rizq qilib bergan 
ne’matlarning pokizasidan yengizlar, deb mann va salvoni (osmondan) sizlarga tushirdik 
va ular bizga zulm qilmadilar va lekin o‘zlariga zulm qilur erdilar»,— degan». 
 
Mujohid: «Mann — ko‘rinishi limonga o‘xshash shirin meva, salvo — qush»,— deydilar. 
 
Sa’id ibn Zayd bunday deydilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam «Mann 
zamburug‘i va uning suvi ko‘zga davodur» deb aytdilar». 
 
4-bob. 
 
Olloh taoloning qavli: «Biz sizlarga: «Mana bu shaharga (qishloqqa) kiringizlar!» — 
dedikmi, bas, ul yerda xohlagan joyingizda istaganingizcha yengizlar va sajda qilgan 
holda eshikka (darvozaga) kiringizlar-da, «Mag‘firat qil!» deb aytingizlar, biz 
xatolaringizni mag‘firat qilurmiz va yaxshilarga ziyoda karam qilurmiz!» 
 
Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Janob Rasululloh bunday dedilar: 
«Sajda qilgan holda darvozaga kiringizlar-da, «Mag‘firat qil!» deb aytingizlar!» deb Banu 
Isroilga aytildi, shunda ular ketlarini yerda sudrab kirib borishdi-da, mag‘firat tilash 
o‘rniga, ya’ni «hitta» deyish o‘rniga «hinta» (bug‘doy) deb aytishdi». 
 
Olloh taoloning qavli: «Jabroilga dushman bo‘lganlarga «Ushal zot (ya’ni, Jabroil) Olloh, 
taoloning hukmi birlan Qur’onni sizlarning qalbingizga tushirgan bo‘lib, Qur’on o‘zidan 
avvalgi kitoblarni tasdiq etur va u mo‘minlarga hidoyat hamda bashoratdur!» deb 
aytgil!» 
 
Ikrima: «Jabr, Mik va Asrof (Jabroiyl, Mikoiyl va Asrofiyl) — Iyl (ya’ni, Olloh) ning 
qullari»,— deydilar. 
 
Anas ibn Molik rivoyat qiladilar: «Abdulloh ibn Salom kuzgi shudgor qilayotib, Janob 
Rasulullohning kelayotganlarining daragini eshitdi. Janob Rasululloh kelib, unga: «Men 
sendan payg‘ambarlargina biladirgan uch narsa haqida so‘rayman Qiyomatning dastlabki 
alomatlari qanday? Jannat ahli yeydirgan dastlabki taom qaysi? Nima sababdan farzand 
otasi yoki onasiga tortadi (o‘xshab qoladi)?»—dedilar. Abdulloh ibn Salom: «Ha, 
bilaman, farishtalardan bo‘lmiga va yahudiylarga dushman o‘shal zot (ya’ni, Hazrat 

Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
107
Jabroil).» deya «Jabroilga dushman bo‘lganlarga «O’shal zot (ya’ni, Jabroil) Olloh 
taoloning hukmi birlan Qur’onni sizlarning qalbingizga tushirgan bo‘lib, Qur’on o‘zidan 
avvalgi kitoblarni tasdiq etur va u mo‘minlarga hidoyat hamda bashoratdur!» deb 
aytgil!» degan oyati karimani tilovat qildi. So‘ng, u: «Qiyomatning dastlabki alomati 
shulki, alanga ko‘tarilib, Mashriqdan Mag‘ribgacha bo‘lgan odamlarni to‘plagay, jannat 
ahlining dastlabki taomi ersa, nahangning jigar o‘simtasidir, farzandning otasi yoki 
onasiga tortib qolishining boisi — agar erkakning suvi ayolning suvidan ildamlik qilsa, 
onasiga tortadi»,— dedi. Keyin, u: «Ollohdan bo‘lak tangri yuqligiga, sizning Olloh 
taoloning rasuli erkanligingizga shahodat keltiraman! Yo Rasulalloh, yahudiylar betayin 
qavm bo‘lib, agar ular mening islomga kirganimni siz ulardan mening haqimda 
so‘ramasingizdan ilgari sizdan bilib olishsa, meni badnom qilgaylar»,— dedi. Shul asnoda 
yahudiylar kelib qolishdi. Nabiy sallallohu alayhi va sallam ulardan «Abdulloh (ibn 
Salom) oralaringizda qanday mavqega ega?» — deb so‘radilar. Ular: «U bizning eng 
yaxshi odamimiz va eng yaxshi odamimizning farzandidur hamda u bizning ulug‘imiz va 
ulug‘imizning farzandidur!»—deyishdi. Janob Rasululloh: «Abdulloh ibn Salomning 
islomni qabul qilganini bildingizlarmi» — dedilar. Ular: «Olloh taolo uni bundan o‘z 
panohida asrasin!» — deyishdi. Shunda Abdulloh ibn Salom chiqib kelib: «Ashhadu anlo 
iloha illallohu va anna Muhammadan rasulullohi!»—dedi. Ular «U bizning eng yomon 
odamimiz va eng yomon odamimizning farzandidur!» — deb uni badnom qilishdi. 
Abdulloh ibn Salom: «Yo Rasulalloh, men mana shundan cho‘chigan erdim!» —dedi». 
 
5-bob. Olloh taoloning «Biz qaysi oyatni bekor qilurmiz yo unutdirurmiz...» 
degan qavli xususida 
 
Ibn Abbos rivoyat qiladilar: «Hazrat Umar raziyallohu anhu bunday deydilar «Ubay bizga 
(«Baqara» surasini) qiroat qilmoqni o‘rgatdi. Shunda Hazrat Ali bizning xayu 
o‘qiganimizni aytdilar. Ubay «Men bu surani Janob Rasulullohning o‘zlaridan tula o‘rganib 
olganman, uni chala yod olgan ermasman, Olloh taolo «Biz qaysi oyatni mansux (bekor) 
qilurmiz yo unutdirurmiz» degan»,— dedi» 
 
6-bob. Olloh taoloning «Va ular: «Olloh taoloning farzandi bordur»,— derlar» 
degan qavli xususida 
 
Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Janob Rasululloh «Olloh taolo bunda: 
dedi»,— dedilar. «Odam bolasi menga tuhmat qildi, u bunday qilmasligi lozim erdi, 
(Odam bolasi) meni haqorag qildi, u bundai qilmasligi lozim erdi! Ammo, menga tuhmat 
qilgani xususiga kelsak, u meni ilgarigi holiga qaytarolmaydi, deb ta’kidlaydi Ammo, 
meni haqorat qilgani xususiga kelsak, «Olloh taoloning bolasi bor, u o‘ziga juft va bola 
qila oladi»,— deydi». 
 
7-bob. Olloh taoloning «Ibrohim Maqomini doimiy ibodatgoh qilib olingizlar!» 
degan qavli xususida 
 
Anas ibn Molik rivoyat qiladilar: «Umar raziyallohu anhu bunday dedilar: «Olloh taolo 
mening uch iltijomni ro‘bga chiqardi. 1) «Yo Rasulalloh, Ibrohim Maqomini ibodatgoh 
qilib olsangiz erdi!» deb aytganimda 2) «Yo Rasulalloh, huzuringizga yaxshi ham, yomon 
ham kirib turadi mo‘minlarning ayollarini hijob (chochvon, parda) kiyishga amr qilsangiz 
erdi!» deb aytganimda Olloh taolo «Hijob oyatini nozil qildi 3) Keyin, men Janob 
Rasulullohning ba’zi ayollariga dashnom berganlarini eshitib qolib, ularning xuzuriga 

Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
108
kirdim-da «Olloh taolo birlan uning rasulini o‘zlaringizdan afzal, deb bilsangizlar erdi!» — 
dedim. Shunda ul zotning ayollaridan biri kelib, mesha «Ey Umar hatto Janob 
Rasulullohning og‘izlaridan ayollariga nisbatan sen aytgan so‘zlar chiqmagan erdi!» — 
dedi. Shunda Olloh taolo: «Uning parvardigori, agar u sizlarni taloq qilsa, o‘rningizga 
sizlardan yaxshiroq muslima xotinlarni unga juft qilib qo‘yishga qodirdur!» degan oyati 
karimasini nozil qildi» 
 
Olloh taoloning qavli: «Ibrohim va Ismoil Ka’ba devorlarini ko‘tarayotganda «Ey bizning 
parvardigorimiz, qabul etgil bizlardan (bu xizmatni), darhaqiqat sengina eshitguvchi, 
bilguvchidursan!» deb aytur erdilar» 
 
Oisha raziyallohu taolo anho bunday deb xabar beradilar «Rasululloh sallallohu alayhi va 
sallam: «Qavmingning Ka’bani (qayta) qurishayotib, Ibrohim alayhissalom qo‘iib ketgan 
poydevorlarni pasaytirib qo‘yishganini kurmaysanmi!» — dedilar. Men «Yo Rasulalloh, 
Ibrohim alayhissalomning poydevorlarini asliga keltirib qo‘ymaysizmi?»—dedim. Ul zot: 
«Qavming kufrdan qaytib, endigina islomga kirmagan bo‘lganida, shunday qilgan bo‘lur 
erdim!» — dedilar». 
 
Abdulloh ibn Umar rivoyat qiladilar «Oisha raziyallohu anho bu hadisni Janob 
Rasulullohdan eshitgan bulsalar-da, men «Janob Rasululloh Ka’ba devorlari Ibrohim 
alayhissalom qurganlaridek qilib qayta qurilmagani uchungina hijr (devor) yonidagi ikki 
ustunni silab tavof qilmaganlar»,— deyolmayman» 
 
8-bob. Olloh taoloning «Ollohga va u bizga nimaiki nozil qilgan bo‘lsa, o‘shanga 
iymon keltirdik!» deb aytingizlar!» degan qavli xususida 
 
Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Kitob axli Tavrotni ibroniycha qiroat 
qilib, uni islom ahliga arabcha tafsir qilishar erdi. Janob Rasululloh «Kitob ahliga 
ishonmangizlar ham, ularni yolg‘onchi demangizlar ham, ularga «Olloh taologa va u 
bizga nimaiki nozil qilgan bo‘lsa, o‘shanga iymon keltirdik!» — deb aytingiz-lar!» — 
dedilar» 
 
Olloh taoloning qavli: «Ahmoqlar: «Musulmonlarni doimo ibodat qilib kelgan 
qiblalaridan yuz o‘girmoqlariga nima majbur qildi?» — deb aytgaylar. Shunda 
siz: «Mag‘rib ham, Mashriq ham Olloh taoloning o‘z mulkidur, u istagan 
bandasini to‘g‘ri yo‘lga hidoyat qilur!» — deb aytingiz!» 
 
Barro raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi sallam 
Baytulmuqaddasga qarab o‘n olti yoki o‘n yetti oy namoz o‘qidilar, ammo, aslida 
Baytullohning o‘zlariga qibla bo‘lmogini xohlar erdilar. Bir kuni ul zot Baytullohga qarab 
namoz o‘qidilar, qavm ham birgalashib o‘qidi. Keyin, ul zot birlan birga namoz o‘qigan 
kishilardan biri namoz o‘qib turgan bir guruh odamlar oldiga borib «Olloh taoloni guvoh 
qilib ayturmanki, men hozirgina Janob Rasululloh birlan birga Makkaga qarab namoz 
o‘qidim»—dedi. Shunda boyagi namozxonlar Baytulloh tomonga qarab o‘g‘irilib olishdi. 
Qibla Baitulmuqaddasdan Baytulloh tomonga o‘zgartirilmasidan ilgari shahid bo‘lganlar 
ham bor erdi, biz ular xususida nima demog‘imizni bilmas erdik. Olloh taolo «Va Olloh 
taolo sizlarning iymonlaringizni zoe ketkazuvchi ermas, Olloh taolo odamlarga ko‘p 
mehribon, nihoyatda rahmlidur!», «Va shul tariqa biz sizlarni shunday bir adolatli ummat 

Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
109
qildikki, toki sizlar guvoh bo‘lingizlar boshqa odamlarga va rasul ham sizlarga guvoh 
bo‘lsinlar!» degan oyatlarni nozil qildi» 
 
Abu Sa’id al-Xudriy rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday 
dedilar: «Qiyomat kuni " Olloh taolo Nuh alayhissalomni da’vat qilganda ul kishi 
«Labbay, ey rabbim, xizmatingga hoziru nozirman!» deb javob bergaylar. Olloh taolo 
«Mening hukmlarimni o‘z ummatingga yetkazdingmi?» — deb so‘ragay. Nuh 
alayhissalom «Ha»,— degaylar. Keyin, ul kishining ummatlariga «Mening hukmlarimni 
sizlarga yetkazganmidi?»—deyilgay. Ular «Bizning huzurimizga biror ogohlantiruvchi 
odam kelgan ermas!»—deyishgay. Olloh taolo Nuh alayhissalomga «Mening hukmlarimni 
ummatingga yetkazganingga kim guvohlik bera oladi?» —degay. Nuh alayhissalom 
«Muhammad sallallohu alayhi va sallam va ul zotning ummatlari guvohlik berishgay»,— 
degaylar. Shunda ular Nuh alayhissalomning Olloh taolo hukmlarini o‘z ummatlariga 
yetkazganliklariga guvohlik berishgay va rasul ham sizlarga guvohlik bergay. Bu Olloh 
taoloning qavlidur. Olloh taolo «Va shul tariqa biz sizlarni shunday bir adolatli ummat 
qildikki toki sizlar guvoh bo‘lingizlar boshqa odamlarga va rasul ham sizlarga guvoh 
bo‘lsinlar va biz siz ilgari yuzingizni qaratib namoz o‘qib yurgan tomonni kimlar rasulga 
ergashajagini va kimlar orqasiga qaytajagini bilmoq uchungina qibla qilgan erdik va 
albatta bu muomala og‘ir bo‘lib, uni Olloh taolo hidoyat qilgan bandalargina ko‘targaylar 
va Olloh taolo sizlarning iimonlaringizni zoe ketkazuvchi ermas, Olloh taolo odamlarga 
ko‘p mehribon, nihoyatda rahmlidur!» — deydi» 
 
Ibn Umar raziyallohu taolo anhu rivoyat qiladilar: «Odamlar Qubo masjidida bomdod 
o‘qib turishgan erdi, bir odam kelib « Olloh taolo Janob Rasulullohga Qur’on (vahiy) 
tushirib, Ka’bani qibla qilmoqni amr qildi»,— dedi. Namozxonlar darhol Olloh taoloning 
amriga buyin egishib, yuzlarini Ka’baga o‘girishdi». 
 
Download 1.29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling