Abu abdulloh


-bob Olloh taoloning qavli: «Darhaqiqat, biz sizni guvoh, xushxabar


Download 1.29 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/55
Sana19.11.2020
Hajmi1.29 Mb.
#148113
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   55
Bog'liq
Imom al-Buxoriy. Al-Jome' as-sahih. 3-jild


2-bob Olloh taoloning qavli: «Darhaqiqat, biz sizni guvoh, xushxabar 
yetkazuvchi va ogohlantiruvchi qilib yubordik...» 
 
Abdulloh ibn Amr ibn al-Os raziyallohu anhu bunday deydilar: «Qur’ondagi «Darhaqiqat, 
biz sizni guvoh, xushxabar yetkazuvchi va ogohlantiruvchi qilib yubordik» degan oyat 
Tavrotda quyidagicha «Ey payg‘ambar, darhaqiqat biz sizni guvoh, xushxabar 
yetkazuvchi, ogohlantiruvchi va ummiylarga himoya qilib yubordik, siz mening bandam 
va rasulimsiz, men sizni «vakilim» deb atadim, (mening vakilim ersa) dag‘al va qo‘pol 
so‘z ermas, bozorlarda baqirib-chaqirib yurmagay, yomonlikka yomonlik birlan javob 
bermagay, balki afv etguvchi va kechirguvchidur, Olloh uning jonini olmagaydur, tokim 
ul yo‘ldan ozgan millatni «Lo iloha illalloh» degizib, to‘g‘ri yo‘lga solmaguncha va bu so‘z 
ila so‘qir ko‘zlarni, kar quloklarni va qulf qalblarni ochmaguncha». 
 
3-bob. Olloh taoloning qavli: «Mo‘minlarning dillariga orom tushirgan zot Olloh 
taolodur» 
 
Barro raziyallohu anhu aytadilir: «Payg‘ambar alayhissalomning ashoblaridan biri Qur’on 
o‘qir erdilar, hovlida ul kishining otlari bog‘liq turgan erdi. Nogahon, ot bezovta bo‘la 
boshladi. Sahobiy chiqib qarasalar, hech narsa yo‘q, ammo ot bezovtalanaverdi. Ertalab 
ul kishi Janob Rasulullohga voqeani aytgan erdilar, ul zot. «Bu Qur’on birlan tushgan 
oromdur (sakinatdur)»,— dedilar («Sakinat»— o‘shal otmi hurkitib yuborgan «orom» 
bo‘lib, aytishlaricha u yuzi inson yuzi singari bo‘lmish bir yengil shaboda yoki mo‘minlar 
qalbiga orom beruvchi farishta erkan)». 
 

Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
217
4-bob. Olloh taoloning qavli: «Mo‘minlar daraxt tagida sizga bay’at 
qilayotganlarida Olloh ulardan rozi bo‘ldi» 
 
Jobir ibn Abdulloh; «Biz Hudaybiyya kuni bir ming to‘rt yuzta erdik»,— deydilar. 
 
Abdulloh ibn Mugaffal raziyallohu anhu: «Men daraxt ostida bay’at qilganlardan erdim. 
Ushanda Payg‘ambar alayhissalom tosh otish va g‘uslgohda siyishdan qaytardilar»,— 
deydilar (Tosh otishning foydasidan ko‘ra zarari ko‘pdir. Chunki, u birlan ovni urib 
bo‘lmaydi, dushmanni o‘ldirib ham bo‘lmaydi. Ammo, u odamning biror yerini yorishi
ko‘zini ko‘r qilishi mumkin. Janob Rasululloh insonga zarar yetkazish ehtimolidan tosh 
otishni nahiy qildilar. G’usl qiladirgan joyga bavl qilishdan qaytarganlarining boisi shulki, 
agar yer qattiq bo‘lsa, siydik kishining o‘ziga sachraydi). 
 
Sobit ibn Zahhokning aytishlaricha, ul kishi daraxt ashoblaridan erkanlar (Hudaybiiya 
vodiysidagi bir daraxt tagida hozir bo‘lgan musulmonlar, ya’ni, bir yarim ming sahoba 
Payg‘ambar alayhissalomga qo‘l berishib, to boshlariga o‘lim soati kelguniga qadar ul 
zotga sodiq bo‘lishga qasamyod qildilar. Qur’on ersa ularning payg‘ambar orqali Olloh 
taologa bay’at qilganlarini uqdiradi va bu bay’at islom tarixida «Bay’aturrizvon», ya’ni 
Olloh mo‘minlardan rozi bo‘lgan bay’at, deb nomlangan). 
 
Habib ibn Abu Sobit: «Men bir narsani so‘rash uchun Abu Voilning oldiga borgan erdim, 
u: «Biz Siffayn degan joyda erdik»,— dedi (Siffayn — Furot daryosining vodiysi bo‘lib, 
shu joyda Hazrat Ali birlan Muoviya o‘rtasida katta jang bo‘lgan). Bir kishi kelib Ali 
raziyallohu anhudan: «Ollohning Kitobiga da’vat qiladirgan kishilarning gapiga ne 
deysiz?» — deb so‘radi. Hazrat Ali: «Qur’on oyatiga da’vat qilgan kishining gapini darhol 
qabul qilurman»,— dedilar. Shunda Sahl ibn Hanif: «Nafsingiz yo‘liga yurmangizlar, ya’ni 
aql birlan ish tutingizlar, bizning Hudaybiyyadagi ishimizni, ya’ni Payg‘ambar 
alayhissalom birlan mushriklar o‘rtasida sulh tuzilganini bilursizlar. Agar urush qilmoqni 
istaganimizda erdi, urushgan bo‘lur erdik»,— dedi. Shul asnoda Hazrat Umar kelib, 
Janob Rasulullohga. Bizning ishimiz haq, ularning ishi ersa botil ermasmi? Bizdan 
o‘lganlar jannatda, ulardan o‘lganlar do‘zaxda bo‘lmaydilarmi?»—dedilar. Rasululloh 
sallallohu alayhi va sallam: «Ha, shunday bo‘lgay!» — dedilar. Hazrat Umar: «Unda 
nechun Olloh taolo bizga hukm qilib turgan bir paytda ortga qaytgaymiz?» — dedilar. 
Janob Rasululloh: «Ey Xattobning o‘g‘li, men Ollohning rasulidurman, Olloh ersa meni 
hech qachon mag‘lub qilmagay!»— dedilar. Shundan so‘ng, Hazrat Umar alam birlan 
Abu Bakrning oldilariga keldilar-da, ul kishiga: «Ey Abu Bakr, bizlar haq, ular ersa botil 
ermasmi?» — dedilar. Abu Bakr Siddiq raziyallohu aihu: «Ey Umar ibn al-Xattob, ul zot 
Ollohning rasulidurlar, Olloh ersa ul kishini sira mag‘lub qilmagay!» — dedilar. Shunda 
«Al-Fath» («Zafar») surasi nozil bo‘ldi» 
 
«AL-HUJUROT» SURASI  
 
Olloh taoloning qavli: «Ovozlaringizii payg‘ambar ovozidai baland 
ko‘tarmangizlar!» 
 
Ibn Abu Mulayka raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Ikki yaxshi odam, ya’ni Abu Bakr 
birlan Umar halok bo‘lishlariga oz qoldi. Ikkovlari Janob Rasulullohning huzurlarida 
ovozlarini baland ko‘tarib yuborishdi. Sababi, ul zotning huzurlariga Banu Tamim 
qabilasidan otliqlar kelishgan erdilar. Abu Bakr Siddiq Aqra’ ibn Hobisni, Hazrat Umar 

Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
218
ersalar boshqa bir kishini ularga amir etib tayinlashni taklif qildilar. Shunda Abu Bakr 
Siddiq Hazrat Umarga: «Doim siz menga qarshi ish tutursiz!» — dedilar. Hazrat Umar: 
«Sizga qarshi ish tutmoqni xohlaganim io‘q!» — dedilar. Natijada, ikkovlari ham baland 
ovoz birlan tortishib ketishdi. Shul asnoda Olloh taolo «Ey mo‘minlar ovozlaringizni 
payg‘ambar ovozidan baland ko‘tarmangizlar!» degan oyatni nozil qildi» 
 
Ibn Zubayr « Mana shu oyat nozil bo‘lgandan keyin, Umar raziyallohu anhu Janob 
Rasulullohga pichirlab gapiradirgan bo‘lib qoldilar, hatto ul zot ko‘pincha tushunmay 
qolib, qayga-qayta so‘rar erdilar»,— deydilar. Ammo, Ibn Zubayr bobolari Abu Bakr 
haqlarida bunday gapni gapirmadilar» 
 
Anas ibn Molik raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Payg‘ambar alayhissalom Sobit ibn 
Qaysni qidirib qoldilar. Shunda bir kishi «Yo Rasulalloh, men u haqda bilib kelgayman!» 
— deb chiqib ketdi-da, Sobitning uyiga bordi. Sobit uyida boshini quyi egganicha 
o‘ltirgan erdi. Boyagi kishi Sobitdan «Ne bo‘ldi?»—deb so‘radi. Sobit: «Yomon bo‘ldi»— 
deb, o‘zining Janob Rasulullohning oldilarida baland ovoz birlan gapirib yuborganini, shu 
sababli butun amallari habata bo‘lganini, o‘zi ersa do‘zax ahlidan bo‘lib qolganini aytdi. 
Keyin, haligi odam Janob Rasulullohning huzurlariga kelib, bor gapni xabar qildi. .Janob 
Rasululloh haligi odamni yana Sobitning uyiga junatayotib «Siz do‘zax ahlidan ermas, 
balki jannat ahlidan erkansiz, deb unga ayt!»—dedilar». 
 
Aboulloh ibn Zubayr raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Payg‘ambar alayhissalomning 
huzurlariga Banu Tamimdan otliqlar kelgan erdi. Shunda Abu Bakr Siddiq «Bularga Qaqo 
ibn Mu’abbadni amir qilsangiz!»— dedilar. Umar raziyallohu anhu ersalar «Aqra’ ibn 
Hobisni amir qilsangiz!» — dedilar. Abu Bakr raziyallohu anhu Hazrat Umarga e’tiroz 
bildirib: «Doim menga qarshi ish qilursiz!»—dedilar. 
 
Umar raziyallohu anhu «Men sizga qarshi ish qilishni xohlaganim yo‘!»— dedilar. 
Natijada, ikkoalari gap talashib, ovozlari baland ko‘tarilib ketdi. Shu haqqa Olloh taolo 
«Ey mo‘minlar, Olloh va uning payg‘ambari huzurida (ulardan ilgari) gapirmangizlar!» 
degan oyatni nozil qildi». 
 
 «QOF» SURASI  
 
Olloh taoloning qavli: «Jahannam: «Yana (qo‘shimcha) bormi?» — deydi» 
 
Abu Hurayra raziyallohu anzhu rivoyat qiladilar: «Janob Rasululloh bunday dedilar: 
«Jahannamga «To‘ldingmi?» —deyilgay, shunda u «Yana (qo‘shimcha) bormi?» — 
degay. Parvardigor («Bo‘ldi, qolmadi» degan ma’noda) qadamini jahannam ustiga 
qo‘ygachgina, u «Yetarli, yetarli!» — deb aytgay». 
 
Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Payg‘ambar alayhissalom bunday 
dedilar: «Jannat birlan do‘zax o‘zaro gap talashishdi. Do‘zax «Men takabburu zo‘ravonlar 
uchun yaratilganman»,— dedi. Jannat ersa «Menga faqat odamlarning kuchsizlari-yu 
mazlumlari kirgay»,— dedi. Olloh taolo jannatga «Sen mening rahmatimsan, sening 
vositang ila istagan bandamga rahmat qilurman»,— dedi. So‘ng, do‘zaxga «Sen mening 
azobimsan, istagan bandamga sening vositang ila azob berurman»,—deb aytdi. 
Jannatning ham, do‘zaxning ham o‘z to‘ldirguvchilari bordur. Ammo, do‘zax, toki Olloh 
taolo uning ustiga qadamini qo‘ymas erkan, to‘lmagay Olloh taolo oyog‘ini qo‘ygach, 

Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
219
do‘zax «Yetarli, yetarli!» — degay-da, og‘zini yopib olgay. Olloh taolo biror maxluqiga 
ortiqcha azob berib zulm qilmagay. Ammo, jannat xususiga kelsak, (u solih bandalarga 
to‘lib-toshib keqa ham, qabul qilavergay), hatto Olloh taolo qo‘shimcha yana bir jannat 
barpo qilgay» 
 
1-bob. Olloh taoloning qavli: «Kun chiqishidan ilgari ham, kun botishidan ilgari 
ham parvardigoringga tasbihu hamd aytgil!» 
 
Abdulloh ibn Mas’ud raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Biz kechasi Rasululloh sallallohu 
alayhi va sallam birlan birga o‘ltirgan erdik. Shunda ul zot o‘n to‘rt kechalik oyga qarab 
bunday dedilar: «Albatta, sizlar ul dunyoda rabbingizni xuddi mana shu oyni ko‘rgandek 
ko‘rursizlar. Uni ko‘rishda bir-biringizga xalal bermagaysizlar. Agar quyosh chiqishidan 
va botishidan ilgarigi namozlarni shaytonga boy bermaslikka qodir bo‘lsangizlar, 
o‘qingizlar!». Keyin ul zot «Kun chiqishidan ilgari ham, kun botishidan ilgari ham 
parvardigoringga tasbihu hamd aytgil!» degan oyatni tilovat qildilar». 
 
Ibn Abbos raziyallohu anhu: «Janob Rasululloh menga hamma namozlardan so‘ng tasbih 
aytmoqni buyurdilar»,— deydilar». 
 
1-bob Olloh taoloning qavli: «Ey Muhammad, hujralar ortidan turib sizni 
chaqiradirgan kimsalarning ko‘plari albatta aqlsiz kimsalardur» 
 
«AT-TUR» SURASI  
 
Ummu Salama raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Men Janob Rasulullohga 
kasalligimdan shikoyat qilib erdim, «Ulovda odamlarga ergashib Ka’bani tavof qilaver!» 
deb buyurdilar. Shunda men tavof qildim, ul zot ersalar Baytullohning bir chekkasida 
«Vat-Tur va kitobim mastur» surasini qiroat qilib namoz o‘qidilar». 
 
Jubayr ibn Mut’imning otalari rivoyat qiladilar: «Men Janob Rasulullohning shom 
namozida «Vat-Tur» surasini qiroat qilganlarini eshitdim. Ul zot «Balki ular hech 
narsadan (o‘z-o‘zidan) yaralib qolgandirlar-a' Balki ular o‘zlari yaratguvchimikanlar-a?! 
Balki osmonlar birlan Yerni ular yaratgandirlar-a?! Balki ular ishonmaslar? Balki 
parvardigoringizning xazinalari ularning qoshlaridadur-a?! Yoki ular butun borliqni 
boshqarib turguvchimikanlar-a?!» degan oyatga kelganlarida qalbim uchib chiqib 
ketishiga oz qoldi!» 
 
Sufyon raziyallohu anhu «Janob Rasulullohning shomda «Vat-Tur» surasini o‘qiganlarini 
Zuhriydan men ham eshitganman, ammo qolgan gaplarni eshitmaganman»,— deydilar. 
 
 «VAN-NAJM» SURASI  
 
Masruq rivoyat qiladilar «Men Oisha onamizdan «Ey onajon, Muhammad sallallohu alaihi 
va sallam parvardigorlarini ko‘rganmilar?»—deb so‘radim. Oisha onamiz «Sening 
gapingdan sochim tikka bo‘ldi. Uchta gapdan xabaring yo‘q erkanda? Kim senga: 
«Muhammad sallallohu alayhi va sallam parvardigorlarini ko‘rganlar»,— desa, g‘irt 
yolg‘on aytibdi!»—dedilar, keyin ushbu «Eng o‘tkir ko‘zlar ham uni ko‘rmagay, ammo ul 
ularni ko‘rib turgay va ul har qanday to‘siqdan o‘tguvchi va har qanday ishdan xabardor 
zotdur» degan oyatni, so‘ng «Biror inson Olloh birlan yuzma-yuz gaplasha olmas, u 

Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
220
faqat vahiy orqaligina gaplashur yoki hijob (parda) orqasidan turib gaplashur» degan 
oyatlarni o‘qidilar. So‘ng, so‘zlarida davom etib «Kimki senga «Janob Rasululloh ertaga 
bo‘ladirgan ishni bilurlar»,— desa ham g‘irt yolg‘on aytibdi!»—dedilar-da, «Biror jon 
ertaga ne ish qilmog‘ini bilmas» degan oyatni o‘qidilar. Keyin, yana so‘zlarida davom 
etib: «Kimki senga «Janob Rasululloh Olloh buyurgan narsani yashirgan»,— desa ham 
g‘irt yolg‘on aytibdi!» — dedilar-da, «Ey payg‘ambar, rabbingizdan o‘zingizga 
yetkazilgan narsalarni yetkazingiz!» degan oyatni o‘qidilar. «Lekin,— dedilar Oisha 
onamiz, — ul zot Hazrat Jabroilni ikki bor asl qiyofalarida ko‘rganlar» 
 
1-bob. Olloh taoloning qavli: «Bas, payg‘ambarga ikki kamon oraligida, balki 
undan pastroq yaqin keldi» 
 
Ibn Mas’ud raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Payg’ambar alayhissalom Hazrat Jabroilni 
ko‘rganlar, ul kishining olti yuzta qanotlari bor erkan». 
 
2-bob. Olloh taoloning qavli: «Darhaqiqat, payg’ambar o‘z parvardigorining 
buyuk oyatlarini (belgi, alomatlarini) ko‘rdi» 
 
Abdulloh ibn Mas’ud: «Darhaqiqat, payg‘ambar o‘z parvardigorining buyuk oyatlarini 
ko‘rdi» degan oyatni tafsir qilib «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam (Jabroilning) 
yashil qanotlarini ko‘rdilar, u butun ufqni to‘sib turardi»,— deydilar. 
 
3-bob. Olloh taoloning qavli: «Lot va Uzzo... (nomli butlar) xususida hech 
o‘ylab ko‘rdingizlarmi?» 
 
Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam 
«Kimki Lot va Uzzoni tilga olib qasam ichgan ersa, (darhol) «Lo iloha illalloh» deb ayqin, 
kimki sherigiga «Kel, qimor o‘ynaylik!» degan ersa, (darhol) sadaqa qilib yuborsin!» — 
dedilar». 
 
4-bob. Olloh taoloning qavli: «... va boshqa uchinchi (but) Manot...» 
 
Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Mushallal degan yerdagi Manotga sig‘inuvchi 
kishilar Safo va Marva o‘rtasini tavof qilmas erdilar. Olloh taolo «Albatta, Safo birlan 
Marva Olloh buyurgan ibodatgohlardandur» degan oyatni nozil qilgach, Janob Rasululloh 
va musulmonlar ul yerni tavof qila boshladilar». 
 
Sufyon: «Manot Kadid degan joyning Mushallal mavzesiga o‘rnatilgan erdi»,— deydilar. 
 
Oisha onamiz: «Safo va Marva haqidagi oyat ansorlar xususida nozil bo‘lgan. Ular va 
g‘assonliklar musulmon bo‘lishlaridan avval Manotga niyat qilib ehrom bog‘lar erdilar»,— 
deydilar. 
 
Oisha onamiz: «Ansorlar ilgari Manotga niyat qilib ehrom bog‘lar erdilar. Manot — Makka 
birlan Madina orasidagi bir butning nomi bo‘lib, ansorlar: «Yo Rasulalloh, biz ilgari 
Manotni ulug‘lab, Safo va Marvani tavof qilmas erdik»,— deyishgan erdi»,— deydilar. 
 
 

Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
221
5-bob. Olloh taoloning qavli: «Bas, sizlar Ollohga sajda va ibodat qilingizlar!» 
 
Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Payg‘ambar alayhissalom «Van-Najm» 
surasini o‘qib sajda qildilar, ul zot birlan birga musulmonlar ham, mushriklar ham, 
jinlaru odamlar ham sajda qilishdi» 
 
Abdullhu ibn Mas’ud raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Eng birinchi nozil bo‘lgan sajda 
oyatli sura— «Van-Najm» surasidir. U nozil bo‘lganda Janob Rasululloh darhol sajda 
qildilar, shunda ul zotga ergashib ortlarida turgan kishilar ham sajda qildi, ammo bir 
kishi sajda qilmadi. Ushal kishi yerdan bir siqim tuproq olib o‘shanga sajda qildi. 
Keyinchalik, men uning kofir holda o‘ldirilganini ko‘rdim. Uning nomi Umayya ibn Xalaf 
erdi». 
 
 «IQTARABATIS-SO’ATU» YoKI «AL-QAMAR» SURASI  
 
1-bob. Olloh taoloning qavli: «Oy ikkiga bo‘lindi va agar kofirlar ko‘rsalar ham 
biror mo‘‘jizani, yuz o‘gururlar» 
 
Abdulloh ibn Mas’ud raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Janob Rasulullohning davrlarida 
Oy alohida-alohida ikki qismga bo‘lindi. Bir qismi tog‘ ustida, ikkinchi qismi ersa uning 
ro‘parasida turdi. Shunda Janob Rasululloh barchaga: «Guvoh bo‘lingizlar!»—dedilar». 
 
Abdulloh bunday deydilar: «Oy ikkiga bo‘lindi, shunda biz Janob Rasululloh birlan birga 
turgan erdik. U alohida-alohida ikki qismga ajraldi. Janob Rasululloh bizlarga: «Guvoh 
bo‘lingizlar, guvoh bo‘lingizlar!» — dedilar». 
 
Ibn Abbos raziyallohu anhu: «Payg‘ambar alayhissalomning zamonlarida Oy ikkiga 
bo‘lindi»,— deydilar. 
 
Anas ibn Molik raziyallohu anhu bunday deydilar: «Ahli Makka Janob Rasulullohdan 
mo‘‘jiza ko‘rsatishni talab qilishdi. Shunda ul zot mo‘‘jiza tariqasida Oyni ikkiga bo‘lib 
ko‘rsatdilar». 
 
Anas: «Oy teng ikkiga bo‘lindi»,— deydilar. 
 
2-bob. Olloh taoloning qavli: «(Kema) suzar erdi ko‘z oldimizda bir intiqom 
sifatida ul odam uchunki, qadrlanmadi va batahqiq qoldirdik ul voqeani ibrat 
qilib, bormi nasihat olguvchi?» 
 
Qatodo raziyallohu anhu bunday deydilar: «Olloh taolo Nuhning kemasini salomat 
saqladiki, hatto uni mana shu ummatning dastlabki kishilari ham ko‘rdilar». 
 
Abdulloh «Janob Rasululloh «Fa-hal min muddakir» («nasihat olguvchi bormi?») deb 
qiroat qilur erdilar»,— deydilar. 
 
3-bob. Olloh taoloning qavli: «Biz Qur’onni nasihat (ibrat) olmoq uchun oson 
qilib qo‘ydik, (undan) nasihat olguvchi bormi?» 
 
Abdulloh «Janob Rasululloh «Fa-hal min muddakir» deb qiroat qilur erdilar»,— deydilar. 

Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
222
 
4-bob. Olloh taoloning qavli: «Tomiri ila sug‘urilgan xurmo daraxtlari kabi 
(odamlarni uchirib ketar erdi), bas nechuk bo‘libdur mening azobim va 
ogohlantirishim?!» 
 
Abu Ishoq bunday deydilar: «Bir odam Asvaddan «Fa-hal min muddakir»mi yoki 
«muzzakir»mi?»— deb so‘radi. Asvad «Men Abdullohning «min muddakir» deb 
o‘qiganlarini eshitganman, ul kishi «Payg’ambar alayhissalomning «min muddakir» deb 
o‘qiganlarini eshitgan erkanlar»,— dedi» 
 
5-bob. Olloh taoloning qavli: «Ular tikondan qo‘ra yasovchining sanchilgan 
yog‘ochlari kabi bo‘lib qoldilar. Biz Quronni nasihat olmoq uchun oson qilib 
qo‘ydik, (undan) nasihag olguvchi bormi?» 
 
Abdullohniig rivoyatlariga qaraganda, Payg’ambar alayhissalom «Fa-hal min 
muddakir»—deb «dol» birlan qiroat qilganlar» 
 
6-bob. Olloh taoloning qavli: «Haqiqatan, erta tongda ularga barqaror azob 
yetib keldi. Endi mening azobimni va ogohlantirishimni bir tatib ko‘ringizlar!» 
 
Abdulloh rivoyat qiladilarki, Payg’ambar alayhissalom «Fa-hal min muddakir» — deb 
«dol» harfi birlan qiroat qilgan erkanlar 
 
7-bob. Olloh taoloning qavli: «Biz sizlarga o‘xshashlarni halok qildik, bundan 
biror ibrat olguvchi bormi?» 
 
Abdulloh rivoyat qiladilar: «Men Janob Rasulullohga «Fa-hal min muzzakir» — deb «zol» 
harfi birlan o‘qib berdim. Shunda ul zot «Fa-hal min muddakir» — deb dol birlan o‘qi!»—
dedilar». 
 
8-bob. Olloh taoloning qavli: «Yaqinda o‘shal jamoa yengilib, ortlariga qarab 
qochib qolurlar» 
 
Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Badr 
kuni chodirda turgan hollarida bunday dedilar: «Yo Olloh, va’dangga vafo qilmogingni 
iltijo qilurman! Yo Olloh, agar istasang, bugundan keyin ibodat qilinmagaysan (ya’ni, 
agar istasang, ertagayoq butun bandalaringni halok qilgaysan, o‘zingga ibodat 
qilguvchilarni qoldirmagaysan)!» Shunda Abu Bakr Siddiq raziyallohu anhu qo‘llari birlan 
Janob Rasulullohni tortib «Ey Ollohning rasuli, bo‘ldi, kifoya, rabbingizdan ko‘p iltijo 
qildingiz!»—dedilar. Janob Rasululloh ersalar sovutda bo‘lsalar ham, irgib turdilar-da 
«Yaqinda o‘shal jamoa yengilib, ortlariga qarab qochib qolurlar!»—deya tashqari 
chiqdilar» 
 
9-bob Olloh taoloning qavli: «Balki qiyomat ularga va’da qilingan vaqtdur va 
qiyomat (azobi) qattiqroq va achchiqroqdur!» 
 
Yusuf ibn Molik rivoyat qiladilar: «Men mo‘minlarning onasi Oishaning oldilarida erdim. 
Shunda, ul muhtarama «Muhammad sallallohu alayhi va sallamga Makkada «Balki 
qiyomat ularga va’da qilingan vaqtdur va qiyomat (azobi) qattiqroq va achchiqroqdur!» 

Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
223
degan oyat nozil bo‘lganda men yosh qizaloq erdim, o‘ynab yurar erdim»,— dedilar» 
 
Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Payg’ambar alayhissalom Badr kuni 
chodirda turib bunday dedilar: «Ey Olloh, va’dangga vafo qilmogingni iltijo qilurman! Ey 
Olloh, agar xohlasang, bugundan keyin butunlay ibodat qilinmaysan!» Shunda Abu Bakr 
Siddiq raziyallohu anhu qo‘llari birlan Janob Rasulullohni tortib «Ey Olloh-ning rasuli, 
bo‘ldi, yetarli, rabbingizga ko‘p iltijo qildingiz!»—dedilar. 
 
Keyin, Janob Rasululloh sovut kiygan holda tashqariga chiqayotib, «Yaqinda o‘shal 
jamoa yengilib, ortlariga qarab qochib qolurlar, balki qiyomat ularga va’da qilingan 
vaqtdur va qiyomat qattiqroq va achchiqroqdur!» degan oyatlarni o‘qidilar». 
 
 «AR-RAHMON» SURASI  
 
Olloh taoloning qavli: «Ul ikki jannatdan pastroqda yana ikki jannat bordur» 
 
Abdulloh ibn Qays raziyallohu anhuning otalari rivoyat qiladilar: «Janob Rasululloh 
bunday dedilar: «Ikki jannat bor, ularning idishlari-yu boshqa narsalari kumushdan 
yasalgan va yana ikki jannat bor, ularning idishlari-yu boshqa narsalari tilladan 
yasalgan. Adn jannatida qavm birlan parvardigorlari o‘rtasida unga nazar solmoqlariga 
ulug‘lik pardasigina mone’lik qilib turgay». 
 
1-bob. Olloh taoloning qavli: «Chodirlarda asralgan hurlar bor» 
 
Abdulloh ibn Qaysning otalari rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: 
«Jannatda ichi g‘ovak marvariddan qilingan chodirlar bor, uning kengligi oltmish mildur. 
Ul chodirlarning har bir burchida istiqomat qilguvchi (hurlar) bo‘lib, biri ikkinchisini 
ko‘rmaydi, ularni mo‘minlar tavof qilib yuradirlar. Ikki jannat bor, ularning idishlari va 
boshqa narsalari kumushdan yasalgan, yana ikki jannat bor, ularning idishlari va boshqa 
narsalari ersa oltindan yasalgan. Adn jannatida qavm birlan parvardigorlari o‘rtasida 
unga nazar solmoqlariga ulug‘lik pardasigina mone’lik qilgay». 
 
 «AL-VOQI’A» SURASI  
 
«... va uzun soya ostida...» 
 
Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Payg‘ambar sallallohu alayhi va sallam: 
«Jannatda bir daraxt bor, otliq uning soyasida yuz yil yurib ham poyoniga yetolmaydi. 
Agar xohlasangizlar: «Uzun soya ostida» degan oyatni o‘qingizlar!»—dedilar». Undagi 
«Odamlar orasida shunday kishilar borki... Odamlar orasida shunday kishilar borki...» 
degan oyatlar shunday ketma-ket nozil bo‘la boshladiki, hatto odamlar: «Bu sura 
bittamizni ham qoldirmay birma-bir zikr qilsa kerak» — deb o‘ylashdi»,— dedilar. Men ul 
kishidan «Anfol» surasi haqida ham so‘radim, uning Badr janggi haqida nozil bo‘lganini 
aytdilar. Keyin, «Al-Hashr» surasi xususida ham so‘ragan erdim, uning Baniy Nazir 
qabilasi to‘g‘risida nozil bo‘lganini aytdilar». 
 
Sa’id boshqa bir hadisda: «Al-Hashr» surasi bu «Nazir» surasidur»—deb aytganlar. 
 

Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy 
 
 
Download 1.29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling