KIRISH
1. Teens’ English 8 ning tarkibiga nimalar kiradi?
Teens’ English 8 umumiy o‘rta ta’lim maktablarining
ingliz tili sinflari uchun
mo‘ljallangan darsliklar seriyasining to‘rtinchisidir. Ushbu o‘quv-metodik
majmua Darslik, O‘qituvchi uchun metodik qo‘llanma
va Multimedia resursi
(DVD disk)dan tashkil topgan.
TEENS’ ENGLISH 8 NING DARSLIGI
Darslik 10 ta bo‘limdan iborat bo‘lib, jami 102 soatlik o‘quv
materialini
qamrab olgan. Har bir bo‘lim 6 tadan dars ga taqsimlangan.
Darslar oddiydan
murakkabga tomon o‘sib boradi.
102 soatga mo‘ljallangan o‘quv mashg‘ulotlari darslik bo‘limlari bo‘yicha
quyidagicha taqsimlangan:
1-bo‘lim. 6 ta dars – 7 soat; uyda o‘qish – 1 soat; portfolio – 1 soat;
nazorat ishi – 1 soat = 10 soat
2-bo‘lim. 6 ta dars – 7 soat; uyda o‘qish – 1 soat; portfolio – 1 soat;
nazorat ishi – 1 soat = 10 soat
3-bo‘lim. 6 ta dars – 7 soat; uyda o‘qish – 1 soat; portfolio – 1 soat;
test – 1 soat = 10 soat
4-bo‘lim. 6 ta dars – 6 soat; uyda o‘qish – 1 soat; portfolio – 1 soat;
nazorat ishi – 1 soat = 9 soat
Do'stlaringiz bilan baham: