2. Teens’ English 8 da tez-tez uchrab turadigan mashq turlari
Bo‘lim va darslarning mavzulari
Bular darsda alohida tanishtirilmagan yangi so‘zlarni o‘z ichiga oladi,
shu sababli o‘qituvchining dars davomida ularga e’tibor qaratishi muhimdir.
Imkoniyati bor joylarda mavzu darsning lug‘ati va til materialini o‘z ichiga
oladi. Ular o‘quvchilarga dars nima haqida bo‘lishini tushunish va ularni yodda
tutishga yordam beradi.
Yangi so‘zlarni rasmlar bilan solishtirish mashqlari (Matching
activities)
Bunday turdagi mashqlarda o‘quvchilar yangi so‘zlarni ma’nosini fahmlash
orqali rasmlar bilan solishtirishadi. Ular solishtirishni tugatganlaridan so‘ng
javoblarini Siz yoki o‘rtoqlari bilan yangi so‘zlar ma’nosini to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri
fahmlaganini tekshirib ko‘rishlari kerak. Bu mashq o‘qituvchining yangi so‘zlar
ma’nosini to‘g‘ridan-to‘g‘ri berishidek amaldagi uslubga qaraganda anchagina
qiziqarlidir. U o‘quvchilarning bilish ko‘nikmalarini ham rivojlantirishga yordam
beradi. M-n.: ingliz tilidagi so‘zni o‘zlari bilgan boshqa bir til bilan taqqoslash
va shu usul bilan ma’noni topa olish yoki topa olmasliklarini sinab ko‘rish
orqali. Bir tildan boshqa bir tiIni o‘rganishda foydalanish xorijiy tilni o‘rganishda
muhim ko‘nikma hisoblanadi. (O‘quvchilaringiz so‘zlar ma’nosini fahmlay
olmasa yoki noto‘g‘ri fahmlasalar-da, hech qanday muammo tug‘ilmaydi.
Zaruriyat tug‘ilganda so‘zlarning ma’nosini Sizning o‘zingiz aytasiz.)
Rasmlardan foydalanish
Teens’ English 8 da barcha rasmlar til o‘rganish vazifasi sifatida xizmat
qiladi. Faqatgina bezak uchun rasmlar berilmadi. Rasmlardan ham o‘qituvchi,
ham o‘quvchi dars davomida faol foydalanishlari kerak. Rasmlardan noto‘g‘ri
foydalanish yoki ularni nazardan chetda qoldirish o‘qitish va o‘rganishning
samaradorligini pasaytiradi.
KIRISH
Do'stlaringiz bilan baham: |