Acknowledgements


 Teens’ English 8 da tez-tez uchrab turadigan mashq turlari


Download 5.92 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/193
Sana11.08.2023
Hajmi5.92 Mb.
#1666476
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   193
Bog'liq
ingliz tili 8 metodika new

2. Teens’ English 8 da tez-tez uchrab turadigan mashq turlari
Bo‘lim va darslarning mavzulari
Bular darsda alohida tanishtirilmagan yangi so‘zlarni o‘z ichiga oladi
shu sababli o‘qituvchining dars davomida ularga e’tibor qaratishi muhimdir. 
Imkoniyati bor joylarda mavzu darsning lug‘ati va til materialini o‘z ichiga 
oladi. Ular o‘quvchilarga dars nima haqida bo‘lishini tushunish va ularni yodda 
tutishga yordam beradi. 
Yangi so‘zlarni rasmlar bilan solishtirish mashqlari (Matching 
activities)
Bunday turdagi mashqlarda o‘quvchilar yangi so‘zlarni ma’nosini fahmlash 
orqali rasmlar bilan solishtirishadi. Ular solishtirishni tugatganlaridan so‘ng 
javoblarini Siz yoki o‘rtoqlari bilan yangi so‘zlar ma’nosini to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri 
fahmlaganini tekshirib ko‘rishlari kerak. Bu mashq o‘qituvchining yangi so‘zlar 
ma’nosini to‘g‘ridan-to‘g‘ri berishidek amaldagi uslubga qaraganda anchagina 
qiziqarlidir. U o‘quvchilarning bilish ko‘nikmalarini ham rivojlantirishga yordam 
beradi. M-n.: ingliz tilidagi so‘zni o‘zlari bilgan boshqa bir til bilan taqqoslash 
va shu usul bilan ma’noni topa olish yoki topa olmasliklarini sinab ko‘rish 
orqali. Bir tildan boshqa bir tiIni o‘rganishda foydalanish xorijiy tilni o‘rganishda 
muhim ko‘nikma hisoblanadi. (O‘quvchilaringiz so‘zlar ma’nosini fahmlay 
olmasa yoki noto‘g‘ri fahmlasalar-da, hech qanday muammo tug‘ilmaydi. 
Zaruriyat tug‘ilganda so‘zlarning ma’nosini Sizning o‘zingiz aytasiz.)
Rasmlardan foydalanish
Teens’ English 8 da barcha rasmlar til o‘rganish vazifasi sifatida xizmat 
qiladi. Faqatgina bezak uchun rasmlar berilmadi. Rasmlardan ham o‘qituvchi, 
ham o‘quvchi dars davomida faol foydalanishlari kerak. Rasmlardan noto‘g‘ri 
foydalanish yoki ularni nazardan chetda qoldirish o‘qitish va o‘rganishning 
samaradorligini pasaytiradi.
KIRISH

Download 5.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   193




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling