Acknowledgements


Mustaqil o‘rganish ko‘nikmalarini rivojlantirish mashqlari (Study


Download 5.92 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/193
Sana11.08.2023
Hajmi5.92 Mb.
#1666476
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   193
Bog'liq
ingliz tili 8 metodika new

Mustaqil o‘rganish ko‘nikmalarini rivojlantirish mashqlari (Study 
Skills)
Darslikda mualliflar mustaqil o‘rganish ko‘nikmalarini rivojlantirish 
maqsadida turli-tuman mashqlarni kiritishga harakat qildilar. Mustaqil 
o‘rganish ko‘nikmalarini rivojlantirish ustida ishlash turlichadir. U lug‘at, 
jadvallardan foydalanish, o‘ziga qayd qilib qo‘yish, harflarning o‘qilish 
qoidalariga murojaat qilish, grammatik ma’lumotlardan foydalanish kabilarni 
o‘z ichiga oladi. Mustaqil o‘rganish ko‘nikmalarini rivojlantirish mashqlari 
o‘quvchilarga amaliy ishlash usullarini o‘rgatadi va ularni mustaqil ishlashga 
tayyorlaydi.
7


Malumot almashinuv mashqlari (Information Gap)
Ma’lumot almashinuv mashqlari bevosita muloqotni, og‘zaki nutqni 
rivojlantirishga xizmat qiladi. Haqiqiy hayotda kimningdir bizdan nimani 
so‘ramoqchi ekanligini yoki kimningdir qanday javob berishini biz aniq 
bilmaymiz. Ma’lumot almashinuv mashqlarida o‘quvchilar so‘rash va javob 
berish orqali ma’lumot almashishlari kerak bo‘ladi. Faqatgina muvaffaqiyatli 
muloqot orqaligina ular kerakli ma’lumotdan foydalanib vazifani bajarishadi.
O‘quvchilarning o‘zlaridagi ma’lumotlarni bir-biriga ko‘rsatmasliklari juda 
muhim. Bir-biriga o‘z ma’lumotini ko‘rsatmaslikni ta’minlash maqsadida bu 
mashq odatda darslikning ikki joyida berilgan holda qismlarga bo‘linadi, 
A o‘quvchi o‘z qismida yo‘q ma’lumot, rasmlardagi o‘xshashlik, farq va b. 
to‘g‘risida savollar so‘raydi. B o‘quvchi A o‘quvchining savollariga o‘z qismida 
berilgan ma’lumotga ko‘ra javob beradi. So‘ngra B o‘quvchi A o‘quvchidan 
savol so‘raydi.
Eslatmalar (Remember Boxes)
Bular darslikning quyi qismida joylashgan bo‘lib, yangi til materialini o‘zida 
mujassamlashtirgan. Ular o‘qituvchi va o‘quvchilarning dars maqsadini tezda 
ilg‘ab olishlariqa qulay. Yangi til yoki qurilmani tanishtirishdan oldin yoki keyin 
o‘qituvchilarga o‘quvchilarning e’tiborini eslatmadagi misollarga qaratishi 
lozimligi tavsiya etiladi.

Download 5.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   193




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling