Acknowledgements


Download 5.92 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/193
Sana11.08.2023
Hajmi5.92 Mb.
#1666476
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   193
Bog'liq
ingliz tili 8 metodika new

Ijodiy ish (Project)
Ijodiy ish bu kursning muhim qismidir. U har bir bo‘limdagi yakuniy dars 
bo‘lib, oldingi beshta darsda o‘rganilgan bilimga asoslangan. U o‘quvchilarga 
bu darslarda o‘rgangan narsalarini o‘zi bilmagan holda, erkinroq va o‘qituvchi 
tomonidan kam nazorat qilingan holda o‘zicha qo‘llashga imkoniyat yaratadi. 
Ijodiy ish o‘quvchilarga o‘z bilimi darajasida ishlashga imkon beradi; vazifani 
bajarish davomida kuchli o‘quvchilar ko‘proq va murakkabroq, o‘zlashtirishi 
qiyin bo‘lgan o‘quvchilar esa, qisqa va oddiy ishlarni bajaradilar. 
Ijodiy ish o‘quvchilarga o‘z ishlari, bilimlari va yaratuvchanligidan 
faxrlanishga imkon beradi. Shu sababli o‘quvchilar uchun bir-birining 
ishlarini ko‘rishga sharoit yaratish maqsadida sinfxona bo‘ylab Ijodiy ish 
darsi davomida yasalgan plakat va chizilgan rasmlarni namoyish qilish juda 
muhimdir. O‘quvchilardan boshqa o‘quvchilarning ishlarini baholash ham 
so‘ralishi mumkin. 
Ijodiy ish davomida o‘quvchilar yozish jarayoniga jalb qilinadi. Bunda 
ular mavzu yuzasidan fikrlar, qaydlar yozadilar. So‘ngra ular bu qaydlardan 
tavsiflar, maqolalar, xatlar, hikoya va she’rlar yozishda, plakatlar yasashda, 
dasturlar tuzishda foydalanadilar. Ular rasmlar qirqadilar va chizadilar, xarita, 
grafik tuzadilar, intervyu uyushtiradilar va h.k. Shu sababli o‘qituvchida 
materiallar, qaychilar, chizg‘ichlar, qog‘oz, yelim, qog‘oz qiyqimlari va sh.k. 
solingan quti bo‘lishi foydadan xoli emas. O‘qituvchi Ijodiy ish bo‘lishidan 
oldin o‘quvchilardan bu narsalarni olib kelishni so‘rashi ham mumkin.
Ijodiy ishlarni har doim bir xil guruhlarda tashkil etish maqsadga muvofiq, 
KIRISH
8


chunki o‘quvchilar bir-biri bilan muntazam hamkorlikda ish olib borishadi. 
O‘qituvchi uchun ijodiy ish darslari yuzasidan batafsil uslubiy tavsiya o‘qituvchi 
uchun metodik qo‘llanmada berildi.
Ijodiy ish davomida tayyorlangan plakatlardan ota-onalarga bolalarning 
ingliz tilini qay darajada o‘zlashtirayotganliklarini ko‘rsatish uchun ham foyda-
lanishingiz mumkin.

Download 5.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   193




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling