Acknowledgements


e) O‘zaro tekshirish usuli


Download 5.92 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/193
Sana11.08.2023
Hajmi5.92 Mb.
#1666476
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   193
Bog'liq
ingliz tili 8 metodika new

e) O‘zaro tekshirish usuli. O‘qituvchi o‘quvchilardan o‘z ishlarini 
almashish ni va ularga berilgan namuna asosida xatolarni tuzatishni so‘raydi.
Qachon?
a) O‘quvchilar sinf mashqlarini bajarayotgan paytlarida Siz sinfni tezda 
aylanib, uy vazifalarini ko‘rib chiqishingiz mumkin. O‘quvchilarda ikkita ish 
daftari bo‘lsa yaxshi bo‘lardi. Bittasi sinf ishi uchun, boshqa biri uy vazifalari 
uchun.
b) Ijodiy ish davomida uy vazifalarini baholashingiz mumkin. 
d) O‘quvchilarning ishlarini baholash uchun daftarlarni uyga olib ketishingiz 
mumkin.
O‘quvchilarning ishlarini tekshirish juda 
muhim, chunki: 
– Bir haftada uch soat darsga qo‘shimcha berilgan uy vazifalarini bajarish 
orqaligina o‘quvchilar yaxshi natijalarga erishishadi. Agar Siz uy vazifalarini 
tekshirmasangiz, o‘quvchilar uni bajarishni to‘xtatib qo‘yishadi. 
– O‘quvchilar o‘rgangan bilimlarini uy vazifasida ishlata turib xato qiladilar. 
Agar Siz bu xatolarni topishda ularga yordam bersangiz, har bir xato ular 
uchun o‘rganish imkonini beradi. Agarda ko‘rsatmasangiz, ular o‘rganish 
imkonini qo‘ldan boy beradilar, hattoki xato bir narsani o‘rganishlari mumkin!
– O‘quvchilarning o‘zlashtirishini kuzatib borishingiz mumkin.
– O‘quvchi bilan yakkama-yakka ishlashingiz mumkin.
– Ko‘rgazma, musobaqalar uyushtirib, o‘quvchilarni rag‘batlantirishingiz 
mumkin.
– Bu o‘quvchilarning ota-onalari bilan ishlashga yordam beradi.
Vaqt hisobi
Darslarda mashqlar uchun belgilangan vaqt taxminiy bo‘lib, o‘qituvchilar 
uni o‘quvchilarning qobiliyati va tayyorgarligidan kelib chiqib o‘zgartirishi
mumkin. 
KIRISH
14


4. O‘quvchilar uchun zaruriy XXI asr malaka va ko‘nikmalari
Globallashuv va bugungi jamiyatda yuz berayotgan jadal o‘zgarishlardan 
kelib chiqib, pedagog va olimlar o‘quvchilarni noma’lum kelajakka va hali 
yaratilishi lozim bo‘lgan ish o‘rinlariga tayyorlash uchun XXI asr malaka va 
ko‘nikmalarini rivojlantirmoqdalar.
XXI asr malaka va ko‘nikmalari ta’limning barcha bosqichlarida o‘qitiladigan 
qator kompetensiyalar bo‘lib, o‘quvchilarga doimiy o‘zgaruvchan dunyoga 
moslashishda zarur bo‘lgan malaka va ko‘nikmalarni taqdim etadi.
“XXI asr malaka va ko‘nikmalari: zamonamizda hayot uchun o‘qib-
o‘rganish” nomli kitob mualliflari Berni Trilling va Charlz Fadelning so‘zlariga 
ko‘ra, XXI asr malaka va ko‘nikmalar shunday g‘oyani ilgari suradiki, unga 
ko‘ra so‘nggi bir necha o‘n yilliklar davomida dunyoning shunchalik darajada 
o‘zgarib ketganligidan kundalik hayotda ta’lim olish va ta’lim berish roli ham 
tubdan va batamom o‘zgargan.

Download 5.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   193




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling