Acknowledgements


d) O‘qituvchi joyida turgan bir o‘quvchi bilan suhbatlashadi yoki uni  tinglaydi. e


Download 5.92 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/193
Sana11.08.2023
Hajmi5.92 Mb.
#1666476
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   193
Bog'liq
ingliz tili 8 metodika new

d) O‘qituvchi joyida turgan bir o‘quvchi bilan suhbatlashadi yoki uni 
tinglaydi.
e) O‘qituvchi ikki o‘quvchidan bir-biri bilan suhbatlashishini so‘raydi (m-n.: 
yod olgan dialogini aytib berish).
f) Agar o‘quvchilardan bir-birlari bilan suhbat qurish so‘ralsa, ular tabiiy 
muloqot o‘rniga odatda navbatma-navbat gapirishadi. Bundan tashqari, 
o‘qituvchi nima deyilayotganligini tinglab, ularning yonida turadi. Agar 
o‘qituvchi juftlik va guruh ishlarini tashkil etsa, o‘quvchilar tabiiyroq usullarda 
bir-birlari bilan muloqotga kirishadilar.
Kommunikativ faoliyatlar o‘sib, rivojlanib borar ekan, o‘qituvchi boshqa 
„o‘qi may di“, u tashkillashtiradi, mashq beradi va uni ehtiyotkorlik bilan „na-
zorat qiladi“, u o‘quvchilarni tinglaydi va hamma narsaning o‘z joyida ekanligi-
ga ishonch hosil qiladi. O‘qituvchi faqat o‘quvchi mashqlarni o‘zlaricha qila 
olmasligiga ko‘zi yetgan taqdirdagina ularga yordam berishi kerak bo‘ladi. 
O‘qituvchi xuddi orkestrning dirijoridek bo‘lishi: yo‘l ko‘rsatishi, lekin 
chalmasligi kerak.
Avvalboshda Siz bu faoliyatlarning ayrimlarini tashkillashtirishda biroz 
qiynalishingiz mumkin, ammo tezda bunga ko‘nikib ketasiz. Ishonchimiz 
komilki, ular o‘quvchilaringizni shunchalik qiziqtirib qo‘yganidan ularning o‘zi 
Sizga mashqlarni tashkillashtirishda yordam berib yuborishadi.
KIRISH
12


Og‘zaki ingliz tilidagi xato va kamchiliklarni to‘g‘rilash
Hozirgi kunda ko‘pchilik o‘qituvchilar o‘quvchilari yo‘l qo‘yayotgan har 
bir xatoni tuzatish kerak yoki kerak emasligi to‘g‘risida ikkilanib qolishadi. 
Amaldagi sinfxonada urg‘u odatda nutqiy bexatolikka beriladi va hamma 
xatolar o‘sha yerning o‘zida tuzatiladi. Bunda muammo shundaki, ko‘pchilik 
o‘quvchilar xato qilish va uning xatosi tuzatilishidan qo‘rqib, gapirishni uncha 
xush ko‘rishmaydi.
O‘quvchilarni ingliz tilidan haqiqiy muloqot qilish uchun foydalanishga 
ruhlantiradigan o‘quvchiga yo‘naltirilgan sinfxonada nutqiy ravonlik, xatosiz 
nutq muhim ahamiyat kasb etadi. Bu bilan biz xatolar tuzatilmasin demoqchi 
emasmiz, lekin u Teens’ English da qo‘llanilgan kommunikativ mashqlardan 
keyin qilinishi mumkin. Agarda buni muloqot paytida amalga oshirsangiz, unda 
Siz o‘quvchilaringizga muntazam ravishda xalaqit bergan bo‘lasiz. Albatta, Siz 
o‘quvchilaringiz yo‘l qo‘yayotgan xatolarni eslab qolishingizga to‘g‘ri keladi, 
shu sababli Siz sinfxonani aylanib yurar ekansiz, ularni o‘zingizga qayd qilib 
borish tavsiya etiladi. Mashqning oxirida o‘zingizga qayd etib qo‘ygan ba’zi 
odatiy yoki muhim xatolarni o‘quvchilarga aytib o‘tishingiz mumkin. 
Shovqin
O‘quvchiga yo‘naltirilgan sinfxonada shovqin bo‘lishi tabiiy va uning 
nazoratli hamda konstruktiv ekanligini nazarda tutgan holda unga yaxshilik 
ramzi sifa tida qaralishi lozim. 
O‘quvchilaringizni juftlik va guruh ishlari davomida shovqin solmasdan va 
xushmuomalalik bilan gapirishga hamda vazifasini ertaroq bajarib bo‘lganlarni 
qo‘shimcha vazifa olishga tayyor bo‘lib turishga o‘rgating. Agar mashqni 
bajarishdan oldin aniq ko‘rsatmalar bersangiz, o‘quvchilaringiz vazifani 
adashmasdan va ortiqcha shovqinlarsiz bajara oladilar. O‘quvchilaringiz Siz 
va bir-birlari bilan qanday gaplashishiga doir qoidalar ishlab chiqing. 

Download 5.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   193




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling