Acknowledgements


Qo‘shimcha grammatik mashqlar


Download 5.92 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/193
Sana11.08.2023
Hajmi5.92 Mb.
#1666476
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   193
Bog'liq
ingliz tili 8 metodika new

Qo‘shimcha grammatik mashqlar 
Bular bo‘lim yoki darslarda o‘rganilgan grammatika uchun qo‘shimcha 
mashqlarni o‘z ichiga oladi. Qo‘shimcha grammatik mashqlarni qo‘llashdan 
maqsad allaqachon orttirilgan grammatik bilimni ko‘proq ishlatish va 
mustahkamlash hamda o‘zlashtirishi qiyin yoki grammatika ustida ko‘proq 
mashq qilishi kerak bo‘lgan o‘quvchilarga yordam berishdir. Bu mashqlar 
o‘quvchilarga mustaqil va o‘zicha ishlashga imkoniyat berish maqsadida 
ham ishlatilishi mumkin. Qo‘shimcha grammatik mashqlar DVD diskda har 
bir bo‘lim uchun berildi. 
Aktiv va passiv leksikani o‘rgatish
Leksikani qanday o‘rgatish haqida mulohaza yuritganda o‘quvchilar ham 
aktiv, ham passiv so‘z boyligiga ega bo‘lishlari kerakligini yodda tutish lozim.
KIRISH
10


Aktiv so‘z boyligi
Yozganimizda yoki gapirganimizda qiynalmasdan, to‘xtamasdan, eslashga 
o‘zimizni majburlamasdan, to‘g‘ri yoki noto‘g‘riligi haqida o‘ylab ham 
o‘tirmasdan bemalol ishlatishimiz mumkin bo‘lgan inglizcha so‘zlar, terminlar, 
iboralar, shuningdek, idiomatik iboralar aktiv so‘z boyligini tashkil etadi. Aktiv 
so‘z boyligi o‘quvchi tushunadigan, o‘z shaxsiy fikrini ifodalash uchun qo‘llay 
olishi mumkin bo‘lgan so‘zlarni o‘z ichiga oladi va bu ingliz tilini 
produktiv 
bilish deb ataladi. 
Passiv so‘z boyligi
Biz faqat ma’nosini biladigan va taniydigan, ammo yozuv va suhbatda 
beixtiyor, bemalol ishlata olmaydigan inglizcha so‘zlar, terminlar, iboralar, 
shuningdek, idiomatik iboralar passiv so‘z boyligiga kiradi. Passiv leksika 
tushunish uchun muhim ahamiyat kasb etadi, chunki so‘zlovchini tushunish 
masalasi tinglovchidan passiv leksikaga ega bo‘lish, ya’ni suhbatdosh nima 
haqida gapirayotganligini tushunish uchun u ishlatadigan so‘zlarni yetarlicha 
bilishni talab etadi. O‘quvchilar matn o‘qiyotganda inglizcha so‘z va gaplarni 
taniydilar, ularning ma’nosini tushunadilar, ammo o‘z nutqida ulardan faol 
foydalanmaydilar. Bu ingliz tilini 

Download 5.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   193




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling