Acknowledgements


Bajarilgan ishlar jildi/fayli (Portfolio)


Download 5.92 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/193
Sana11.08.2023
Hajmi5.92 Mb.
#1666476
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   193
Bog'liq
ingliz tili 8 metodika new

Bajarilgan ishlar jildi/fayli (Portfolio)
Teens’ English 8 darsligida 1–10-bo‘limlarni o‘rganish davomida shu 
bo‘limlarga oid portfolio, ya’ni bajarilgan ishlar jildi/faylini tayyorlab borish 
ko‘zda tutilgan. Bu bo‘limlarning ijodiy ish darsidan keyin har bir portfolio 
darsiga yana 45 daqiqadan vaqt ajratiladi. 
Portfolio darslarida o‘quvchilar tegishli bo‘lim bo‘yicha o‘zlarining ingliz 
tilidan bajargan eng yaxshi ishlari, loyihalari, namunali nazorat ishlari
testlari, kundaliklari, chizmalari va h.k.lar jildini tayyorlaydilar. Bunday faoliyat 
o‘quvchilarda o‘z ishi, bilimi va erishgan yutuqlaridan faxrlanish tuyg‘usini 
uyg‘otadi. O‘qituvchi sinfxona devorlarida tayyorlangan jildlar ko‘rgazmasini 
tashkil qilishi hamda ota-onalarga bolalarining ingliz tilidan erishayotgan 
yutuqlarini ko‘rsatishda ulardan foyda lanishi mumkin.
O‘qish/tinglashdan oldin, bu jarayon paytida va undan keyin baja-
riladigan mashqlar (Pre, while and post reading/listening activities)
Teens’ English 8 darsligida o‘qish yoki tinglashning samarasini oshirish 
maqsa dida 3 bosqichli mashqlardan foydalanildi. Ular o‘qish/tinglashdan 
oldin, bu jarayon paytida va undan keyin bajariladigan mashqlardir.
O‘qish/tinglashdan oldin bajariladigan mashqlar o‘qish/tinglash matn-
laridan oldin bajariladi. Ular mavzuga o‘quvchilarning qiziqishlarini uyg‘otadi, 
ularni ma’lumotni oldindan aytishga ruhlantiradi, ularni o‘qish va tinglash 
matnlarida yoritilgan fikrlarga yaqinroq keltiradi.
O‘qish/tinglash paytida bajariladigan mashqlar o‘qish/tinglash 
jarayoni davomida amalga oshiriladi. Ular o‘quvchi, tinglovchilarga o‘qish, 
tinglash uchun berilgan parchalarning mazmunini, parcha qanday yozilganligini 
va yozuvchi ning maqsadini tushunishga yordam beradi.
O‘qish/tinglashdan keyin bajariladigan mashqlar matnni o‘qigandan, 
tinglagandan so‘ng amalga oshiriladi va ular o‘quvchi, tinglovchini matn 
mazmunidan tashqariga olib chiqadi. Ular o‘quvchi, tinglovchini matnni 
o‘z qarashlari, qiziqishlari va bilimlariga bog‘lashga yoki matndan olgan 
ma’lumoti yuzasidan biror ish qilishga undaydi. 3 bosqichli yondashuvning 
maqsadi o‘qish/tinglashni osonlashtirish va o‘quvchilarga tabiiy usulda o‘qish/
tinglashga yordam berishdir. Kundalik hayotimiz davomida agar gazeta 
o‘qiydigan bo‘lsak, biz avval sarlavhalarga qaraymiz va umumiy tasavvurga 
ega bo‘lamiz, so‘ngra diqqat bilan, batafsil ko‘rib yoki o‘qib chiqamiz.

Download 5.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   193




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling