Acknowledgements


Tinglash va takrorlash mashqlari (Listen and repeat)


Download 5.92 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/193
Sana11.08.2023
Hajmi5.92 Mb.
#1666476
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   193
Bog'liq
ingliz tili 8 metodika new

6


Tinglash va takrorlash mashqlari (Listen and repeat)
Tinglash va takrorlash mashqlari ko‘pincha yangi so‘zlarni rasmlar bilan 
solishtirish mashqlaridan keyin yoki o‘quvchilar so‘z yoki so‘z birikmalarining 
ma’nosini bilib olgandan so‘ng bajariladi. Tadqiqot shuni ko‘rsatadiki, 
yangi so‘z yoki qurilmalarning ma’nosini bilmasdan turib ularni tinglab 
takrorlagandan ko‘ra, o‘quvchilar ma’noni bilganlaridan so‘ng ularni tinglab 
takrorlasalar yaxshiroq esda saqlab qoladilar.
Zanjir mashqi (Chain Drill)
Zanjir mashqi yangi til materiali bilan ishlashning eng samarali usullaridan 
biridir. Ular har bir o‘quvchiga yangi til materiali yoki qurilmani ishlatib 
ko‘rishga imkon beradi. Ular juda tez bajariladi.
Zanjir mashqlari sinf mashqidir. O‘qituvchi yangi materialni tanishtiradi. 
M-n.: I like sewing. O‘qituvchi oldin bir o‘quvchi bilan mashq qilib ko‘radi, 
boshqalar esa kuzatib, tinglashadi. U I like sewing. What about you? deb 
aytadi. O‘quvchi o‘zi uchun javob beradi va shu savolni (What about you?) 
so‘raydi. O‘qituvchi o‘zi uchun javob beradi va shu qurilmani shu o‘quvchi bilan 
yana bir marta mashq qilib ko‘radi. Shundan so‘ng o‘qituvchi o‘quvchilardan 
ushbu jarayonni quyidagidek bajarishni so‘raydi:
O‘q. 1: I like sewing. (yonidagi o‘quvchi tomon buriladi) What about you?
O‘q. 2: I like reading books. (yonidagi o‘quvchi tomon buriladi) What 
about you?
O‘q. 3: I like drawing. (yonidagi oquvchi tomon buriladi) What about 
you? va h.k.
Jarayonni tezlashtirish uchun o‘qituvchi Zanjir mashqini qatorlarda tashkil 
etishi mumkin.
Oyinlar (Games)
Darslikda o‘yin mashqlari ikki maqsadda ishlatilgan: sinfni faollashtirish va 
darsda o‘rganilgan til yoki so‘z birikmalarini mashq qilish uchun. Bu mashqlar 
darsni qiziqroq olib borishga ko‘maklashadi va tilni a’lo darajada mashq qilish 
imkoniyatini ham yaratadi. Ular o‘quvchilarda qiziqish uyg‘otadi va ularni 
ko‘proq o‘rganishga undaydi.

Download 5.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   193




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling