Acknowledgements


-bo‘lim. 6 ta dars – 6 soat; uyda o‘qish – 1 soat; portfolio – 1 soat;  nazorat ishi – 1 soat = 9 soat 6-bo‘lim


Download 5.92 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/193
Sana11.08.2023
Hajmi5.92 Mb.
#1666476
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   193
Bog'liq
ingliz tili 8 metodika new

5-bo‘lim. 6 ta dars – 6 soat; uyda o‘qish – 1 soat; portfolio – 1 soat; 
nazorat ishi – 1 soat = 9 soat
6-bo‘lim. 6 ta dars – 6 soat; uyda o‘qish – 1 soat; portfolio – 1 soat; 
test – 1 soat = 9 soat
7-bo‘lim. 6 ta dars – 11 soat; uyda o‘qish – 1 soat; portfolio – 1 soat; 
nazorat ishi – 1 soat = 14 soat
8-bo‘lim. 6 ta dars – 6 soat; uyda o‘qish – 1 soat; portfolio – 1 soat; 
nazorat ishi – 1 soat = 9 soat
9-bo‘lim. 6 ta dars – 9 soat; uyda o‘qish – 1 soat; portfolio – 1 soat; 
nazorat ishi – 1 soat = 12 soat
10-bo‘lim. 6 ta dars – 7 soat; uyda o‘qish – 1 soat; portfolio – 1 soat; 
test – 1 soat = 10 soat
Mashq daftari
10-bo‘limdan keyin „Mashq daftari“ sahifalari berilgan. U yerda ikki xil 
mashq turini uchratish mumkin: 1) sinfda bajariladigan mashqlar; 2) uyda 
bajariladigan mashqlar (uy vazifalari).
KIRISH
4


Darslikka yozish mumkin emasligi sababli o‘quvchilar alohida mashq daftari 
yuritadilar va bu mashqlarni unga ko‘chirib, tegishli vazifalarni bajaradilar.
Grammatik ma’lumotlar
Teens’ English 8 darsligining „Mashq daftari“dan keyin „Grammatik 
ma’lumotlar“ qismi berildi. Bu o‘quvchilar o‘quv yili davomida o‘rgangan 
hamma grammatik materiallar haqida qisqacha ma’lumot beradi. O‘quvchi 
va o‘qituvchilar undan foydalanishlari mumkin.
Lug‘at
Teens’ English 8 darsligining yakuniy qismi „Lug‘at“ bo‘lib, unda darslikda 
ishlatilgan so‘zlarning so‘z turkumi, transkripsiyasi va o‘zbek, rus hamda 
qoraqalpoq tiliga qilingan tarjimalari bilan alifbo tartibidagi ro‘yxati keltirilgan. 
TEENS’ ENGLISH 8 NING MULTIMEDIA RESURSI (DVD DISKI)
Multimedia resurs (DVD disk) ingliz tilini yaxshi egallagan mahalliy o‘zbek 
mutaxassislari hamda o‘quvchilar tomonidan o‘qilgan matn, dialog va boshqa 
yozuvlarni o‘z ichiga olgan. Unda nafaqat darslikdagi tinglab tushunish 
mashqlariga oid materiallar, balki interfaol topshiriqlar ham kiritilgan. 
Agar DVD diskni topa olmasangiz uning matnini o‘zingiz o‘qishingiz 
mumkin. Hamma DVD disk yozuvlari O‘qituvchi uchun metodik qo‘llanmada 
yoki bo‘lmasa Darslikda berilgan.
DVD disk ham darsda ham o‘quvchilarning undan uyda foydalanishlariga 
mo‘ljallangan. DVD diskda mualliflik huquqi yo‘q, shuning uchun undan 
boshqa o‘qituvchilar va o‘quvchilar nusxa olishlari mumkin.

Download 5.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   193




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling