Acknowledgements


Download 5.92 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/193
Sana11.08.2023
Hajmi5.92 Mb.
#1666476
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   193
Bog'liq
ingliz tili 8 metodika new

Buning ma’nosi shuki, ilgarilari o‘quv jarayonida o‘quvchilarga emas, 
balki o‘qituvchining roliga ko‘proq e’tibor berilar edi. Albatta, o‘qituvchi ham 
11


juda muhim, ammo tadqiqot shuni ko‘rsatadiki, agar o‘quvchilarga yangi 
til materialini mashq qilish va amalda qo‘llab ko‘rishga imkoniyat berilsa, 
ular samarali muloqot qilishni ko‘proq o‘rganadilar. Shunday qilib, Teens’ 
English da ishlatilgan o‘quvchiga yo‘naltirilgan uslubning maqsadi o‘quvchini 
sinfxonada sodir bo‘ladigan ko‘p narsalarning diqqat markaziga qo‘yishdir. 
Shu sababli Teens’ English juftlik va guruhlarda ishlash orqali yangi tilni tabiiy 
qo‘llashga o‘quvchilarni ruhlantiradigan ko‘pdan-ko‘p mashqlar, bahslar, 
ijodiy ishlar va o‘yinlarni o‘z ichiga oladi.
Albatta, Siz hanuz yangi so‘z va grammatikani o‘quvchilaringizga tanish-
tirishingizga to‘g‘ri keladi, lekin o‘quvchiga yo‘naltirilgan sinfxonada Siz juftlik 
va guruh ishlarini tashkil qilish va boshqarishga ham ko‘p vaqt sarflaysiz.
O‘quvchiga yo‘naltirilgan sinfxonani tashkillashtirish
O‘quvchilaringiz tez-tez juftlik, uchlik va to‘rtliklarda ishlaydi, shuning uchun 
oldindan darsni va bu guruhlarni qanday tashkil etish xususida o‘ylab ko‘rishga 
to‘g‘ri keladi. O‘quvchilar bir necha marta guruhlarni tashkil qilib ko‘rgandan 
so‘ng, ularni eslab qoladi va tezlikda guruh tashkil etishga o‘rganib qoladi.
O‘quvchiga yo‘naltirilgan sinfxonada o‘qituvchining roli 
O‘quvchilar hayotda yaxshi muloqot qila olmasliklarining sabablaridan 
biri bu ular o‘rgangan o‘zaro muloqot turlari quyidagidek bo‘lganligidandir:
a) O‘qituvchi sinfda ma’ruza o‘qiydi. Muloqot o‘qituvchining bevosita 
ishtiroki bilan yoki u orqali bo‘ladi.
b) O‘qituvchi o‘quvchilarning biridan o‘z oldiga kelishini so‘raydi va u bilan 
yo gaplashadi yo uni tinglaydi.

Download 5.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   193




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling