Acknowledgements


Download 5.92 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/193
Sana11.08.2023
Hajmi5.92 Mb.
#1666476
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   193
Bog'liq
ingliz tili 8 metodika new

retseptiv bilish deb ham ataladi.
Uyda o‘qish uchun mo‘ljallangan matnlar ko‘plab aktiv hamda passiv 
leksikani o‘z ichiga oladi. O‘quvchilar matn o‘qiganlarida o‘z aktiv va passiv 
so‘z boyligidan foydalanadilar va vaqt o‘tishi bilan ularning passiv so‘z boyligi 
oshib boradi. Uyda o‘qish uchun mo‘ljallangan matnlar leksikasi o‘qituvchi 
uchun metodik qo‘llanmada berib borilgan.
3. Teens’ English da qo‘llanilgan yondashuv
Teens’ English 8 xorijiy tillar bo‘yicha Ilmiy Metodik Kengashda 2017-yilda 
tasdiqlangan Davlat ta’lim standartlari va o‘quv dasturi asosida yaratildi. Dastur 
O‘zbekistonning turli joylarida istiqomat qiluvchi o‘quvchi va o‘qituvchilar bilan 
maslahatlashilgan holda tanlangan mavzularga asoslanadi.
Teens’ English 8 da o‘quvchilarga 
to‘rt nutq faoliyati turlari: o‘qish, 
tinglab tushunish, gapirish va yozuvni rivojlantirishga yordam berish maqsad 
qilib olingan. Darslikda zamonaviy kommunikativ Ingliz tilini o‘qitishga alohida 
urg‘u berilgan, shuning uchun ilgarilari nazardan chetda qoldirilgan gapirish va 
tinglashga katta e’tibor qaratilgan. Albatta, o‘quvchilarga 
lug‘at, grammatika 
va talaffuz bo‘yicha yaxshi bir poydevor kerak, shuning uchun bular ham 
muntazam ravishda rivojlantirilib borilgan. Teens’ English 8 da lug‘at mavzular 
bo‘yicha tanlangan, grammatika esa muloqotning tarkibiy qismi sifatida 
o‘rgatilgan. 8-sinf darsligida dastlabki tarjima malakalarini muntazam ravish da 
rivojlantirib borishga e’tibor qaratiladi. Bu sinfda tarjima ingliz va ona tilidagi 
yangi so‘z va so‘z birikmalarni taqqoslash va farqini ko‘rsatish uchun ishlatiladi.
Teens’ English va Siz foydalangan boshqa bir darsliklar orasidagi asosiy 
farq shundaki, Teens’ English da til o‘qitishning 
o‘quvchiga yo‘naltirilgan 
yondashuvi (learner-centered approach)ga urg‘u berganligidadir.

Download 5.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   193




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling