Acknowledgements


Download 5.92 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/193
Sana11.08.2023
Hajmi5.92 Mb.
#1666476
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   193
Bog'liq
ingliz tili 8 metodika new

TEENS’ ENGLISH 8 NING O‘QITUVCHI UCHUN METODIK QO‘L-
LANMASI 
O‘qituvchi uchun metodik qo‘llanma – Teens’ English o‘quv metodik 
majmuasining muhim bir qismi. O‘quv mashg‘ulotlarini samarali olib borish 
uchun u o‘qituvchilarning qo‘lida albatta bo‘lishi kerak. 
O‘qituvchi uchun metodik qo‘llanma quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
– har bir dars va mashqning maqsadlari;
– o‘qituvchilarning tushunishlariga yordam beruvchi til hamda madaniy 
sohalar bo‘yicha qaydlar, mashqlarning javoblari;
– DVD disk uchun yozuv materiallari;
– o‘quvchilarni rasmiy baholash uchun qo‘llasa bo‘ladigan yettita nazorat 
ishlari (javoblari bilan) va uchta namunaviy test (javoblari bilan);
– darslikdagi mashqlarni to‘g‘ri tashkil etish bo‘yicha o‘qituvchilar uchun 
aniq ko‘rsatmalar.
Nazorat ishlari (Progress checks)
O‘qituvchi uchun metodik qo‘llanmaning 1-, 2-, 4-, 5-, 7-, 8-, 
9-bo‘limlaridan keyin nazorat ishlari (javoblari bilan) berilgan. Nazorat ishlari 
o‘quvchilar bo‘lim materiallarini qay darajada o‘zlashtirganliklarini tekshirib 
ko‘rish uchun imkoniyat yaratadi. Bu takrorlashning hamda o‘quv chilarda o‘z 
5


bilimini tekshirib ko‘rish javobgarlik hissini o‘yg‘otishning samarali usullaridan 
biridir. Har bir nazorat ishiga 45 daqiqadan vaqt ajratiladi. 
Nazorat ishlaridagi tinglab tushunish mashqlari DVD diskiga ham yozilgan. 
Topshiriqlarni bajarish davomida o‘qituvchi ularni sinfga eshittirishi lozim.
Testlar (Tests)
O‘qituvchi uchun metodik qo‘llanmada o‘quvchilarni rasmiy baholashda 
foydalanish mumkin bo‘lgan testlar (javoblari bilan) kiritilgan bo‘lib, ular 3-, 
6-, 10-bo‘limlardan keyin o‘tkazilishi nazarda tutilgan. Har bir testga 45 
daqiqadan vaqt ajratiladi.
Testlar Teens’ English 8 da qo‘llangan materiallarga to‘la asoslangan, shu 
sababli darslarga qatnashgan, barcha sinf hamda uy vazifalarini bajarib borgan 
o‘quvchilar yaxshi natijalarga erishishi tayin. Testlardagi tinglab tushunish 
mashqlari DVD diskiga ham yozilgan. Topshiriqlarni bajarish davomida 
o‘qituvchi ularni sinfga eshittirishi lozim.

Download 5.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   193




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling