Darslikka yozish mumkin emasligi sababli o‘quvchilar alohida
mashq daftari
yuritadilar va bu mashqlarni unga ko‘chirib, tegishli vazifalarni bajaradilar.
Grammatik ma’lumotlar
Teens’ English 8 darsligining „Mashq daftari“dan keyin „Grammatik
ma’lumotlar“ qismi berildi. Bu o‘quvchilar o‘quv yili davomida o‘rgangan
hamma grammatik materiallar haqida qisqacha ma’lumot beradi. O‘quvchi
va o‘qituvchilar undan foydalanishlari mumkin.
Lug‘at
Teens’ English 8 darsligining yakuniy qismi „Lug‘at“ bo‘lib,
unda darslikda
ishlatilgan so‘zlarning so‘z turkumi, transkripsiyasi va o‘zbek,
rus hamda
qoraqalpoq tiliga qilingan tarjimalari bilan alifbo tartibidagi ro‘yxati keltirilgan.
TEENS’ ENGLISH 8 NING MULTIMEDIA RESURSI (DVD DISKI)
Multimedia resurs (DVD disk) ingliz tilini yaxshi egallagan mahalliy o‘zbek
mutaxassislari hamda o‘quvchilar tomonidan o‘qilgan matn,
dialog va boshqa
yozuvlarni o‘z ichiga olgan. Unda nafaqat darslikdagi tinglab
tushunish
mashqlariga
oid materiallar, balki interfaol topshiriqlar ham kiritilgan.
Agar DVD diskni topa olmasangiz uning matnini o‘zingiz o‘qishingiz
mumkin. Hamma DVD disk yozuvlari O‘qituvchi uchun metodik qo‘llanmada
yoki bo‘lmasa Darslikda berilgan.
DVD disk ham darsda ham o‘quvchilarning undan
uyda foydalanishlariga
mo‘ljallangan. DVD diskda mualliflik huquqi yo‘q,
shuning uchun undan
boshqa o‘qituvchilar va o‘quvchilar nusxa olishlari mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: