Acyrthosiphon gossypii Mordv- katta g‘o‘za biti


Diaphania pyloalis L.(Tut parvonasi)


Download 29.39 Kb.
bet11/15
Sana24.12.2022
Hajmi29.39 Kb.
#1055419
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
insects

Diaphania pyloalis L.(Tut parvonasi) Tut parvonasi O‘rta Osiyoda, shu jumladan O‘zbekistonda ilgari uchramagan. Ammo adabiyotlarda tut parvonasi O‘rta Osiyoda Tyanshan, Pomir tog‘larining yuqori zonalarida uchrashi va yovvoyi tut daraxtlarining bargi bilan oziqlanishi haqida ma’lumot bor. (M. Rashidov, Sh. Xo‘jayev, S. Alimuhamedov, K. To‘ramuhamedov, 2000.) Tut parvonasi Surxondaryo sharoitida 6–7 marta nasl berishi ma’lum. Oxirgi avlod qurtlarining g‘umbaklari oktabr oyining uchinchi o‘n kunligi va noyabr oyining boshlarida qishlashga keta boshlaydi. Bir qism qurtlar oziqlana borib, sovuq tushishi bilan qishlashga ketadi. Yosh qurtlar qishki sovuqda nobud bo‘ladi. Asosan, g‘umbaklar va oxirgi yoshdagi qurtlar o‘zi ajratgan ipak ipchalar orasida tut daraxtining kallaklarida, eski po‘stloqlar orasida, daraxtlar ostidagi o‘simliklar qoldig‘ida, to‘kilgan barglarda, tut daraxti atrofidagi turli eski anjomlarda va asbob-uskunalarda qishlab chiqadi.
Forda trivialis - Oddiy ildiz biti bug‘doy va arpaga tushadi.
G‘o‘za oqqanoti (Bemisi tabaci Aschm.). (Aleyrodidae – aleyrodidi oilasi, Homoptera – tengqanotlilar turkumi) G‘o‘za oqqanotining zarari oqibatida paxta, poliz va boshqa qishloq xo‘jalik ekinlari hosilining 30–40% dan ko‘proq qismi nobud bo‘ladi hamda paxta tolasining sifati pasayadi. Umuman olganda, hozirgi davrda oqqanotning uch tomonlama zarari kuzatilgan. Hasharot o‘simliklar shirasini so‘rishi natijasida ular rivojlanishdan orqada qoladi va hosildorlik 30–40% ga kamayib ketadi.Oqqanot hasharoti tanasining uzunligi 1–1,5 mm keladi, oq unsimon g‘ubor bilan qoplangan bo‘lib, 3 juft uzun oyog‘i va bir juft qanoti bor. Uning voyaga yetgan zoti tinch holatda turganda qanotlarini tanasi bo‘ylab yig‘ib oladi. Urg‘ochisi atrof-muhitning harorati, namligiga qarab 20–30 kun yashab, shu davrda shirali barglarning orqa tomoniga 15–20 donadan to‘p-to‘p qilib 150– 300 tagacha tuxum qo‘yadi.
Issiqxona oqqanoti (Trialeurodes vaporarioum West.) (Aleyrodidae – Aleyrodidlar oilasi, Homoptera – tengqanotlilar turkumi) Oqqanotning zarari har xil o‘simliklarda turlicha bo‘lib, uning oz yoki ko‘pligiga, o‘simliklar turiga bog‘liq. Lichinkalari o‘simliklar sharbatini so‘rib oziqlanadi va o‘zidan shira chiqarib, barglarni ifloslantiradi. Ana shu shira chiqargan joylarda saprofit zamburug‘lar rivojlanib, bargni quritib qo‘yadi. Oqqanot polifag bo‘lib, 82 ta botanik oilaga mansub 200 ta o‘simlik turi bilan oziqlanadi. Xush ko‘rgan o‘simliklari qatoriga pomidor, bodring, limon va boshqalar kiradi. Oqqanot ochiq joydagi o‘simliklarga ham katta zarar yetkazadi (g‘o‘za, baqlajon va boshqalarga).

Download 29.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling