Acyrthosiphon gossypii Mordv- katta g‘o‘za biti


Maxsar biti ( Macrosiphum Jaceae L.) (Apididae – bitlar oilasi, Homoptera – tengqanotlilar turkumi)


Download 29.39 Kb.
bet13/15
Sana24.12.2022
Hajmi29.39 Kb.
#1055419
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
insects

Maxsar biti ( Macrosiphum Jaceae L.) (Apididae – bitlar oilasi, Homoptera – tengqanotlilar turkumi) Maxsarning bargi, poyasi, guldastasida shirasini so‘rib yashaydi. Hosilni keskin kamaytiradi. Bu respublikamizning juda ko‘p viloyatlarida tarqalgan zararkunanda. Bu bitning qanotsizi 2,5–4 mm, qanotlisi 2,5–3,5 mm kattalikda bo‘lib, tanasi to‘q jigarrang yoki qora tusda, yaltiroq. Shira so‘rish naychasi silindr shaklida, qora tusda. Qanotsizining mo‘ylovi tanasidan kaltaroq, qanotlisining mo‘ylovi tanasidan uzunroq bo‘ladi. Qanotsiz bitning tanasi noksimon do‘ppayib chiqqan, qornida qator joylashgan tukli do‘mboqchalari bor. Bu bit maxsarga erta tushib, tez ko‘payadi, katta to‘da hosil qiladi. Qanotli bitlar may oyidan oktabrgacha uchraydi. Maxsar biti quyidagi murakkabgulli o‘simliklarda: bo‘tako‘z, bo‘ztikan, kakrada uchraydi. Shuning uchun maxsar orasidagi murakkabgulli begona o‘tlarni yo‘qotib turish kerak.

Nayza boshli xasva o‘simliklarning yashil qismini, yosh va pishgan boshoqlar donini va ildizlarini zararlaydi. Ular bahorgi g‘allaga katta zarar yetkazadi. Asosan, O‘rta Osiyo, Kavkazorti, G‘arbiy Yevropa, Kichik Osiyoda uchraydi. Voyaga yetgan nayza boshli xasva 9–11 mm bo‘lib, rangi och sariq, boshi, orqasining oldingi qismi va qalqoni bo‘ylab oqish yo‘l o‘tadi, qanoti po‘stining teri qismida qo‘ng‘ir nuqtalar bor, boshi uchburchak shaklda, tuxumi yumaloq, xira-sarg‘ish, diametric 0,75 mm bo‘ladi.
No‘xat biti Yevropa va Amerikada bedaning eng ashaddiy kushandalaridan biri hisoblanadi. Bu bit O‘rta Osiyoda bedani kamroq zararlaydi, lekin keyingi o‘rimlarda xoldor bit, bahorda beda ko‘karib o‘sayotganida akatsiya biti ancha katta zarar yetkazadi. No‘xat biti O‘rta Osiyo, Qozog‘iston va Qirg‘iziston, Sharqiy Sibir, shuningdek, Yevropa, Afrika, Amerika, Hindiston va Yaponiyada uchraydi. No‘xat biti o‘simlik bitlarining eng yirik turlaridan biri bo‘lib, qanotsizlarining uzunligi 3,5–4,9 mm, qanotlilariniki 2,3–3,5 mm keladi. Tanasi oqish g‘uborli yashil tusda, mo‘ylovlari tanasidan uzunroq; oyoqlari va shira naychalari uzun; dumi nashtarsimon bo‘lib, uzunligi shira naychalarining yarmigacha yetib turadi.


Download 29.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling