Adabiyotshunoslik


Download 0.98 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/67
Sana10.11.2023
Hajmi0.98 Mb.
#1762125
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   67
Bog'liq
qiyosiy adabiyotshunoslik (2)

5. Tarixiy poetika – bunda asar yaratilishiga xizmat qila­
digan barcha badiiy unsurlarning genezisi o‘rganiladi. Ijodkor­
ning badiiy olami va mahorati tarixiy-adabiy jarayonga va davr 
ruhiga bog‘lab ochib beriladi. Tarixiy poetika rivojida A.Vese­
lovskiy, M.Jirmunskiy, N.Konrad, I.G.Neupokoyeva, M.M.Baxtin 
kabi olimlarning ilmiy asarlari alohida ahamiyat kasb etadi
3
.
I.V.Stebleva, A.B.Kudelin, B.Ya.Shidfar, Ye.E.Bertels, 
V.I.Bra ginskiy, R.Musulmonqulov, Sh.M.Shukurovlarning il-
miy izlanishlari sharqshunoslikdagi tarixiy poetika masalala-
riga bag‘ishlangan
4
.

Тўйчиев У. Ўзбек адабиётида бадиийлик мезонлари ва уларнинг маромлари. – 
Тошкент, 2011; Саримсоқов Б. Бадиийлик асослари ва мезонлари. – Тошкент, 2004; 
Расулов А. Бадиийлик – безавол янгилик. – Тошкент: Шарқ, 2007.

Жўрақулов У. Назарий поэтика масалалари: Муаллиф. Жанр. Хронотоп. – Тошкент: 
Ғафур Ғулом, 2015.

Веселовский А.Н. Историческая поэтика. – М., 1989; Жирмунский В.М. Историческая 
поэтика А.Н.Веселовского и ее источники // Ученые записки ЛГУ. Сер. филол. наук. 1939. 
Вып. №3. – С.3 – 19; Конрад Н.И. Запад и Восток. – М.: Восточная литература, 1966; 
Михайлов А.В. Проблемы исторической поэтики в истории немецкой культуры: Очерки 
из истории филологической науки. – М., 1989; Храпченко М. Историческая поэтика: 
основные направления исследований // Вопросы литературы. 1982. №9. – С.73 – 79; 
Историческая поэтика: Итоги и перспективы изучения. – М., 1986.

Проблемы исторической поэтики литератур Востока. Коллективная монография. – 
М.: Наука, 1988.


40
41
Poetik yoki badiiy mahorat yozuvchining o‘ziga xos ba­
diiy olami, badiiy asarni yaratishdagi san’atkorligidir. Ijod­
korning badiiy mahorati asar tilining mohirona berilishida
obraz yaratishida, badiiy tasvir vositalaridan o‘z o‘rnida, mo­
hirona foydalanishida, asar kompozitsiyasini to‘g‘ri va tizimli 
shakllantirishda va h.k.larda yaqqol namoyon bo‘ladi. 
Bulardan tashqari
badiiylikning quyidagi 10 ta mezoni
1
yozuvchining badiiy mahoratini aniqlashga yordam beradi:
1. Gumanizm (insonparvarlik).
2. Estetik tuyg‘uni shakllantira olish.
3. Hayotiy haqiqatga sodiqlik.
4. Chuqur mushohoda.
5. Muallif g‘oyasining mantiqiyligi va ijodiy fantaziyasi-
ning kengligi.
6. Umumlashtirish va tipiklashtirish qobiliyati.
7. Badiiy detallarning aniqligi va qaysidir g‘oyaga xizmat 
qilishi.
8. Syujet qurilishi va obrazlar tizimini yaratishdagi ma­
horat.
9. Qahramonlar ichki dunyosini mahorat bilan ochib be-
rilishi.
10. Asar tilining boyligi va rang-barangligi.
Badiiy asar kompozitsiyasiga xizmat qiladigan har bir un­
surning poetikasini o‘rganish va shu asosda ilmiy tadqiqot olib 
borish mumkin. Masalan, rus olimlaridan D.S.Lixachev qadim 
rus adabiyoti poetikasini, I.V.Silanev motivlarning, V.V.Vinogra­
dov syujet va uslubning, N.E.Falikova xronotopning, N.Bandu­
rina va Z.Suvanov obrazlarning, Y.Solijonov badiiy nutqning, 
K.Hamrayev kompozitsiyaning poetikasini tadqiq qilishgan va 

Темирболат А.Б. Поэтика литературы. Учебное пособие. – Алматы, 2011.
muhim ilmiy-nazariy xulosalarni chiqarishgan
1
. Ayniqsa, asar 
syujeti va janrlar tipologiyasi bilan shug‘ullanmoqchi bo‘lgan 
olimlarga 

Download 0.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling