Adabiyotshunoslik


Download 0.98 Mb.
Pdf ko'rish
bet57/67
Sana10.11.2023
Hajmi0.98 Mb.
#1762125
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   67
Bog'liq
qiyosiy adabiyotshunoslik (2)

KOMPARATIVIST OLIMLAR
Qiyosiy adabiyoshunoslik yo‘nalishida ilmiy ish olib borish­
ni maqsad qilgan tadqiqotchi, albatta, komparativist olimlar 
va ularning ilmiy-nazariy xulosalari, qiyosiy adabiyotshunos­
lik rivojiga qo‘shgan hissasini bilishi kerak. Shu maqsadda 
dunyoga mashhur yevropa va rus komparativistlari to‘g‘risida 
qisqacha ma’lumot beramiz. 
I.G.Gerder (1744–1803) shoir va yozuvchi, tarjimon, qi­
yosiy adabiyotshunoslik borasida ilk nazariy fikrlar bildirgan 
nemis olimi. O‘zining «Insoniyat tarixi falsafasiga doir g‘oyalar» 
(1784) asarida birinchilardan bo‘lib barcha yevropa xalqlari 
uchun umumiy bo‘lgan, yagona madaniy tarixiy jarayonning 
birligi g‘oyasini ilgari suradi. «Nemis adabiyotidan lavhalar» ki­
tobidan esa bu fikrni mantiqan davom ettirib, barcha yevropa 
xalqlari uchun umumiy bo‘lgan adabiy hodisalar, an’analar kabi 
masalalarni yoritadi. «Xalq qo‘shiqlari» antologiyasida (1778–
1779) badiiy adabiyotda folklorning o‘rni va yevropa xalqlari 
uchun mushtarak tomonlari haqida so‘z yuritadi.
I.V.Gyote (1782–1832) shoir, olim, tarjimon, I.G.Gerder-
ning mushtarak madaniy jihatlar haqidagi nazariyasini davom 
ettirib, fanga «jahon adabiyoti» atamasini olib kirgan. Mash­
hur «Faust», «G‘arb-u Sharq devoni» va ko‘pgina boshqa asar­
lar muallifi. Ayniqsa, uning «G‘arb-u Sharq devoni» qiyosiy 
metodologiyaga asoslanib yozilgan asar bo‘lib, unda G‘arb 
va Sharq – jahon adabiyotini tashkil qiluvchi ikki buyuk qoya 
ekani isbotlab berilgan. Shuningdek, G‘arb va Sharq doimiy 
adabiy aloqada ekani, ular orasida umumiy adabiy qonuniyat­
lar mavjudligi ochib berilgan.
T.Benfey (1809–1881) nemis olimi, sanskritolog, qiyosiy 
adabiyotshunoslik nazariyotchisi.
 U fan olamida birinchi bo‘lib 
«syujetlar migratsiyasi», ya’ni syujetlarning jahon adabiyo­
ti bo‘ylab ko‘chib yurish nazariyasini yaratgan. Olim qadim 
sanskrit asari bo‘lgan «Panchatantra»ni tarjima va tadqiq qila 
turib, undagi syujetlar ko‘chib yuruvchi syujetlar ekanini, turli 
xalqlar folklorida uchrashini qiyoslash metodi orqali isbotlab 
bergan. T.Benfey fan olamida birinchi bo‘lib, «Orient und Oc­
cident» («Sharq va G‘arb») jurnaliga asos solgan. Bu jurnalda 
dastlabki qiyosiy tadqiqotlar o‘z aksini topgan. Bugungi kunda 
olim asos solgan «syujetlar migratsiyasi» nazariyasi asosida 
bir qancha ilmiy loyihalar bajarilmoqda
1
.

Download 0.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling