Adliya vazirligi markaziy apparati hamda hududiy


Idoraviy normativ-huquqiy


Download 237.65 Kb.
bet7/27
Sana16.06.2023
Hajmi237.65 Kb.
#1500895
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   27
Bog'liq
WORD SAVOLLAR

Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarga qanday normalar kiritish taqiqlanadi?
Vazirlik, davlat qo‘mitalari va idoralarning Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmagan, biroq fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga daxl qiluvchi, umumiy majburiy tusdagi hujjatlari aniqlanganda, Adliya vazirligi tomonidan o‘z vakolatlari qanday harakatlar amalga oshirilishi zarur?
Idoraviy normativ-huquqiy hujjatda foydalaniladigan tushunchalar va atamalar turlicha izohlash imkoniyatini istisno etadigan, ularning qonunchilik hujjatlarida qabul qilingan ma’nosiga muvofiq yagona shaklda qo‘llaniladi. Mazkur qoidaning mazmunini tahlil qiling.
Teng yuridik kuchga ega bo‘lgan normativ-huquqiy hujjatlar o‘rtasida tafovutlar yuzaga kelgan taqdirda qaysi hujjatning qoidalari qo‘llaniladi?
Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni huquqiy ekspertiza va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun taqdim etishda hujjatga ilova qilinadigan yuridik xizmat xulosasida qanday ma’lumotlar aks ettirilishi lozim?
Idoraviy normativ-huquqiy hujjatga uning qabul qilinishi maqsadga muvofiqligini asoslashdan iborat bo‘lgan tushuntirish xati ilova qilinadi. Mazkur tushuntirish xatida qanday ma’lumotlar aks ettirilishi zarur?
Idoraviy normativ-huquqiy hujjat loyihasini kelishish deganda nimani tushunasiz?
Bir nechta vazirlik va idoralarning birgalikdagi idoraviy normativ-huquqiy hujjatlari qanday shaklda qabul qilinadi?
Idoraviy normativ-huquqiy hujjat qanday rekvizitlarga ega bo‘lishi lozim?
Qanday hujjatlar Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmaydi?
Bir nechta vazirlik va idora qabul qilingan me’yoriy hujjatni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun kim taqdim etadi?
Idoraviy normativ-huquqiy hujjatni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish qanday bosqichlarni o‘z ichiga oladi?
Qanday hollarda taqdim qilingan idoraviy normativ-huquqiy hujjatni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish rad etilishi mumkin?
Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning kuchga kirishi tartibini tushuntirib bering.
Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarga rasmiy sharh berish deganda nimani tushunasiz?
Qonunchilik hujjatlari o‘zgarganligi munosabati bilan amaldagi idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni qayta ko‘rib chiqish deganda nimani tushunasiz?
Qonunchilik hujjatlariga muvofiqlashtirilmagan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar adliya vazirining buyrug‘i bilan Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reestridan chiqarilishi mumkin. Bunda qonunchilik hujjatlariga muvofiqlashtirilmagan idoraviy normativ-huquqiy hujjatning Davlat reestridan chiqarilishi natijasida yuzaga keladigan “huquqiy bo‘shliqlar” oqibatlari uchun kimlar javobgar bo‘ladilar?
Idoraviy normativ-huquqiy hujjatga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish yoxud uni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish qanday tartibda amalga oshiriladi?
Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar amal qilishining to‘xtatib turilishi deganda nimani tushunasiz?
Idoraviy normativ-huquqiy hujjatning yoki uning tuzilmaviy birligining amal qilishi qanday hollarda Adliya vazirligi tomonidan to‘xtatib turilishi mumkin?
Vazirliklar va idoralarning tarkibiy bo‘linmalari idoraviy normativ- huquqiy hujjatlar qabul qilishi mumkinmi?
Normativ-huquqiy hujjatlarni rasmiy sharhlash deganda nimani tushunasiz?
Ilgari qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni yangi normativ-huquqiy hujjat qabul qilinganligi munosabati bilan qayta ko‘rib chiqish deganda nimani tushunasiz?
Normativ-huquqiy hujjatning vaqt bo‘yicha amal qilishini tushuntirib bering.
Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tmagan hujjatlari fuqarolar, mansabdor shaxslar, tashkilotlar uchun qanday oqibatlar keltirib chiqarishi mumkin?
Adliya vazirligi tomonidan vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning normativ-huquqiy hujjatlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish muddatlari qancha? Tushuntirib bering.
Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarga rasmiy sharh berish deganda nimani tushunasiz?
Vazirlik va idoralar tomonidan normativ-huquqiy hujjatlar qanday shaklda qabul qilinadi?
Vazirliklar va idoralar me’yoriy hujjatlarni qabul qilishda huquqiy ekspertizadan va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun ularni necha kunda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga taqdim etishlari lozim?
O‘zbekiston Respublikasining texnik jihatdan tartibga solish davlat tizimini yoritib bering.
Qanday hollarda vazirlik va idoralar o‘zlari tomonidan qabul qilingan bir nechta idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarga bitta hujjat bilan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritishi mumkin?
Adliya vazirligi boshqa vazirlik va idoralar tomonidan qabul qilingan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarga o‘zgartirishlar kiritishi mumkinmi? Agar mumkin bo‘lsa, qanday hollarda?
Qanday turdagi idoraviy normativ-huquqiy hujjatning kuchga kirish muddati u rasmiy e’lon qilingan kundan boshlab uch oydan kam bo‘lmasligi kerak?
Huquqiy eksperiment nima? U qanday maqsadlarda o‘tkaziladi?
Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar qanday hollarda qayta ko‘rib chiqilishi lozim? Tushuntirib bering.
Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarning qanday turlari mavjud?
Texnik jihatdan tartibga solish deganda nimani tushunasiz?
Mahsulotlar, ishlar va xizmatlar xavfsizligi tushunchasining mazmunini yoritib bering.
Texnik jihatdan tartibga solishning asosiy prinsiplari qaysilar?
Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarning huquqiy ekspertizasi deganda nimani tushunasiz?
Texnik reglament, umumiy texnik reglament hamda maxsus texnik reglament tushunchalarining mazmunini yoritib bering?
Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar qabul qiluvchi idoralar deganda qanday tuzilmalar tushuniladi?
Vazirlik va idoralarning buyruqlari va qarorlari bilan ushbu hujjatlarning tarkibiy qismi sifatida qanday hujjatlar tasdiqlanishi mumkin?
Vazirliklar va idoralar huquqiy tartibga solishni talab qiladigan masalalar paydo bo‘lgan taqdirda Adliya vazirligi qanday harakatlarni amalga oshirishi mumkin?
Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning qaysi qismiga huquqiy normalar kiritilishi mumkin emas?
Qanday hollarda idoraviy normativ-huquqiy hujjatda uning boshqa bandlariga, shuningdek, vazirlik va idoralar tomonidan ilgari qabul qilingan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarga havola qilinishi mumkin?
Vazirlik va idoralar tomonidan qabul qilingan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar Adliya vazirligiga huquqiy ekspertiza va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun taqdim etilayotganda ularga qanday hujjatlar ilova qilinishi lozim?
Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni huquqiy ekspertizadan o‘tkazishda uni qo‘shimcha o‘rganish zarurati yuzaga kelsa, ekspert sifatida kimlar jalb qilinishi mumkin?
Adliya vazirligi qanday hollarda vazirlik va idoralar tomonidan qabul qilingan idoraviy normativ-huquqiy hujjatni Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reestridan chiqarishi mumkin?
Idoraviy normativ-huquqiy hujjatning Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reestridan chiqarilishi qanday huquqiy oqibatlarni keltirib chiqaradi?
Idoraviy normativ-huquqiy hujjatning amal qilishini to‘xtatib qo‘yish deganda nimani tushunasiz?
Adliya vazirligi qanday hollarda vazirlik va idoralarga o‘zlari qabul qilgan idoraviy normativ-huquqiy hujjatni rasmiy sharhlash zarurligi to‘g‘risida taqdimnoma kiritishi mumkin?
Adliya vazirligining qonunchilikda belgilangan tartibda kiritilgan taqdimnomalarining vazirlik va idoralar tomonidan bajarilmasligi qanday oqibatlar keltirib chiqaradi?
Davlat ro‘yxatidan o‘tmagan me’yoriy hujjatlar qo‘llanilganligi aniqlangan taqdirda, Adliya vazirligi qanday harakatlarni amalga oshirishi lozim?

Download 237.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling