Akademiy a isxakov


Download 1.65 Mb.
bet3/89
Sana24.12.2022
Hajmi1.65 Mb.
#1061398
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   89
Bog'liq
RIM HUQUQI

«Jus civile», ba’zan pretorlar huquqiga qarama-qarshi qo‘yil- gan, ko‘pchilik holatlarda esa shu davlatdagi barcha huquqiy normalarning yig‘ indisi yoki davlat qonuni deb ham tushunilgan. Iqtisodda hukmron bo‘ lgan sinf o‘z erki va manfaatini amalga oshirishda bu tushunchalardan o‘z maqsadlari yo‘ lida foyda- langanlar.
Lotin tilida fuqarolik «civilis» degan tushunchani bergan. Lekin
«jus civile» qadimgi Rim quldorlik davlatida, asosan fuqarolik huquqini anglatgan bo‘ lsa ham, lekin hozirgi zamon fuqarolik huquqida to‘ liq bu tushunchaning ma’nosini bermaydi.
Rim quldorlik davlatida «jus civile» asosida, birinchidan, qadimgi Rim davlatining milliy huquqi tushunilib, ular faqat kviritlarga qo‘llanilgan. Shuning uchun, ba’zan uni «kviritlar huquqi» deb ham atashadi. Xuddi shu holatda bu huquq, ya’ni kviritlar huquqi sifatida xalqlar huquqi «jus gentium» (yus gensium)ga qarama-qarshi qo‘yiladi. Chunki xalqlar huquqlari butun Rim davlatida istiqomat qilib turgan barcha insonlarga qo‘llanilgan.


Xalqlar huquqi—peregrinlar va Rim fuqarolari hamda boshqa fuqarolarga, fuqaroligi bo‘ lmagan shaxslarga ham qo‘ llanilganligi uchun uni fuqarolik huquqining ma’ lum bir turi sifatida tan olingan.
Darhaqiqat, ushbu munosabatlardan kelib chiqib, Rim davlatida uchta huquqiy tizim vujudga kelgan, ya’ni sivil huquqi, xalqlar huquqi va pretorlar huquqi. Hozirgi zamon tushunchasiga va talablariga asosan bu uchta tizimning yig‘ indisi «jus privatum» (jus privatum), ya’ni xususiy huquqni keltirib chiqargan.
Rim xususiy huquqining asosiy maqsadi quldorlarning erki, manfaatlarini ko‘zlab, qullarning obyekt ekanligini va ularni ayovsiz ekspluatatsiya qilish uchun qonunlarni istagan tarzda talqin qilish orqali mulkdorlarning manfaatlarini himoya qilishdan iborat bo‘ lgan. Lekin, Rim davlatida yashab turgan barcha fuqarolar ham ozod bo‘ lib Rim fuqarosi sifatida tan olinmagan. Rim jamoasiga kiritilmagan shaxslarning barchasi dushman sifatida ko‘rilgan va ularni «hostis» (xostis) dushman deb atashgan.
Haqiqatan ham, rim huquqi yaxshili k, ezguli k, adolat va qonuniylik tamoyillariga asoslanar ekan, ular uchun quldorlar, qullar va shu hududda yashab turgan barcha insonlar hamda aholi teng huquq va burchlarga ega bo‘ lganlar. Masalan, imperator Yustinianning digestida «to‘g‘ri yashamoq, boshqa odamga zarar keltirmaslik, har kimga o‘ziga tegishli bo‘ lgan narsani bermoq» degan so‘zlardan shu mazmun kelib chiqadiki, rim huquqining asosini yaxshilik, adolat va qonuniylik tashkil etgan. Lekin ekspluatatsiyaga asoslangan har bir jamiyat o‘zining iqtisodda hukmron bo‘ lgan sinflarining erkini, manfaatini ko‘zlaydi va bu manfaatlarni qonunlar asosida mustahkamlaydi. Aytish joizki, Rim davlati ham bundan mustasno bo‘ lmagan.
Yuqorida qayd qilinganidek, rim huquqi asoslari xususiy munosabatlarni o‘rganar ekan, shundan kelib chiqib uning qanday munosabatlarni o‘rganishini aniqlash lozim.
Rim xususiy huquqi asosan quyidagi institutlarni: mulk huquqi; boshqa shaxslarning mulkiga bo‘ lgan huquq; ashyolarga bo‘ lgan huquq; shartnomalar va majburiyatlar haqidagi ta’ li -

motlarni; oilaviy- huquqiy va vorislik huquqi munosabatlarini o‘rganadi.


Bundan tashqari, fuqarolik huquqi xususiy huquqlarni himoya qilish institutini, ya’ni da’volar haqidagi ta’limotlarga ham o‘z predmeti sifatida qaragan.



Download 1.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   89




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling