Islom moliyasi reja: Islom moliyasining rivojlanishi Islomda sug`urta masalalari


Download 0.59 Mb.
bet1/2
Sana26.01.2023
Hajmi0.59 Mb.
#1125430
  1   2
Bog'liq
mustaqil ish moliya


ISLOM MOLIYASI
REJA:
1. Islom moliyasining rivojlanishi
2. Islomda sug`urta masalalari.
3. Islom banki ishi.
4. O`zbekistonda Islom Moliyasi
5. Atamalar tahlili.
Islom moliyasi tizimi — bu pul mablag‘laridan foydalanish va taqsimlash jarayonida Islom huquqi qoidalariga mos keluvchi iqtisodiy munosabatlarni o‘z ichiga oladigan Islom ekotizimining bir qismidir. Masalan, Islom dinida qarz berish yoki olish evaziga foyda ko‘rish taqiqlangan, barcha moliyaviy jarayonlar esa haqiqiy iqtisodiy faoliyatga asoslangan bo‘lishi kerak. Odamga zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan sohalarni moliyalashtirishga ruxsat berilmaydi — masalan, qimor o‘yinlari, alkogol, tamaki mahsulotlari va boshqalar.
Islomiy moliya tarmog‘i bugungi kunda jahonda jadal rivojlanib borayotgan va innovatsion moliyalashtirish mexanizmlarini o‘zida jamlagan sohalardan biri hisoblanadi. Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, islomiy moliya muassasalari yalpi aktivlari miqdori 2,5 trillion AQSH dollarini tashkil etadi va yiliga 15-20%ga o‘sib bormoqda1 . Aholisining asosiy qismi musulmonlardan iborat bo‘lgan davlatlar uchun ushbu tarmoqni rivojlantirish, ayniqsa, dolzarb hisoblanadi. Muhtaram yurtboshimiz Sh.Mirziyoyev Islom moliyasi haqida shunaday fikr bildirganlar «Islom olami ulkan iqtisodiy, investision salohiyat, energetika resurslariga ega. Ulardan to‘g‘ri foydalanish, Islom hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlarning xalqaro savdo-iqtisodiy, moliyaviy, investision hamkorligini kengaytirish, mamlakatlarimizni birlashtiradigan transport yo‘llarini tashkil etish yuksak iqtisodiy taraqqiyot ko‘rsatkichlariga erishish imkonini beradi va bu pirovard natijada boshqa barcha sohalarning rivojlanishida asos bo‘lib xizmat qiladi»2 Shuni aytib o’tish joizki, musulmon davlatlarida faoliyat olib borayotgan islomiy moliyalashtirishga asoslangan mavjud banklar, investisiya fondlari va kompaniyalar mablag‘larini O‘zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi va xususiy sektorni qo‘llab quvvatlash maqsadida jalb etish ayni muddaodir. Buning uchun albatta milliy bank tizimiga yangicha yondashuv bo’lishi lozim, ya’ni an’anaviy moliyalashtirish mexanizmlari bilan bir qatorda sherikchilikka asoslangan moliyalashtirish mexanizmlarini joriy etish masalasi tadqiq etilishi muhim va dolzarb hisoblanadi.

Islom moliyasi tarixiga nazar soladigan bo’lsak, Islom dini Payg‘ambarimiz Rasululloh sollallohu alayhi vasallam orqali insoniyatga keldi va nisbatan qisqa muddatlarda Makka hamda Madina shaharlarida keng tarqaldi. Islomga qadar bu shaharlar mahalliy tadbirkorlik, davlatlar va elatlararo savdo munosabatlari orqali gullab yashnagan. Bu davrda riboga asoslangan moliyalashtirishlar amaliyoti moliyaviy ehtiyojlarni qondirishning asosiy manbai hisoblangan. Makkalik tadbirkorlar va Madinalik dehqonlar o‘zlarining moliyaviy ehtiyojlarini faqatgina foizli moliyalashtirish orqali qondirishgan. Islom nozil qilingandan so‘ng bu shaharlarning moliyaviy tuzilishlarida sezilarli o‘zgarishlar yuz bera boshladi. Jumladan, ribo bilan shug‘ullanishni, ma’lum mahsulotlar iste’moli va savdosini ta’qiqlovchi Qur’on oyatlari Islom moliyasiga asos bo‘lib xizmat qildi. Natijada, ushbu tamoyillar Makka va Madinada muvaffaqiyatli qo‘llanilib, asrlar davomida dunyoning boshqa davlatlarida ham keng tarqaldi. Payg‘ambarimiz Rasululloh sollallohu alayhi vasallam davrlarida markaziy Islom xazinasi bo‘lgan Baytul-molni tashkil etilganligi Islom moliyasi tizimining rivojlanishi aynan shu davrdan boshlanganligidan dalolat beradi. Zakot, Ushr, Xaroj, Jizya, bojxona to‘lovlari, ixtiyoriy xayr-ehsonlar, urushlarda qo‘lga kiritilgan o‘ljalar va boshqa shu kabi daromad va kirimlar Baytul-molning asosiy manbai hisoblangan3 . Baytul-molni tashkil etilishidan tashqari, Islomning ilk davrlarida yo‘l cheklari mavjud bo‘lganligi tarixiy dalillar bilan tasdiqlangan. Masalan, Ibn Abbos r.a. Voriqni (dirhamlarga zarb qilingan kumush) qabul qilib olib, Kufaga (Iroqdagi shahar) tasdiqnoma yuborardi. Yana bir misol, Abdulloh ibn Zubayr r.a. Makkada omonatchilardan naqd pul qabul qilib olar va Iroqdagi ukasiga xat yozib, omonatchilar Iroqqa yetib borganida ularga omonatini berishini buyurardi4 . Yuqoridagilar Islom moliyasining milodiy 650 yildan 750 yilgacha bo‘lgan davrdagi qisqacha tarixi deyish mumkin. (Milodiy 750 - 1900 yillar). Ushbu davrda Rim, Tunis, Turkiya, Hindiston va Sumatra mintaqalarida mahalliy va xalqaro savdo sohasida katta o‘zgarishlar kuzatildi, turli savdo va moliya amaliyotlari qo‘llanildi. Ushbu amaliyotlarning aksariyati Mushoraka (foyda va zararni taqsimlash) asosida amalga oshirildi. Bundan tashqari, sukuk, Suftaja (qarz olgani to‘g‘risida tilxat), Bay al-Vafo va Bay al-Nuqud kabi moliyaviy vositalar ham amaliyotda keng qo‘llanildi. XIX asr oxiri - XX asr boshlariga kelib foizga asoslangan bank tizimining kengayishi kuzatila boshlandi. O‘z navbatida, o‘sha davr musulmon ulamolari ushbu holatlarga jiddiy munosabatda bo‘lib, musulmon jamiyati uchun Shariat me’yorlariga asoslangan muqobil moliya tizimi joriy etish kerakligini yoqlab chiqdilar. Masalan, 1890 yilda Hindistonda foizsiz moliyalashtirish muassasasi tashkil etildi. Undan so‘ng, 1923 yilda Haydarobodda “Anjuman Imdad-e-Bahmi Qardh Bila Sud” (Foizsiz kredit jamiyati) deb nomlangan yana bir muassasa tashkil etildi. Keyinchalik, 1950 yilning boshiga kelib Pokistonda birinchi zamonaviy Islom moliya muassasasi hisoblanadigan Mahalliy Islom banki tashkil etildi. Shu yilning oxirlariga kelib, Muzoraba va Vakala (agentlik) kabi foizsiz bank mahsulotlari ham qo‘llana boshladi. Shariat tamoyillariga asoslangan zamonaviy Islom bankiga, 1963 yilda Misrda Mit Gʻamr (Mit Ghamr) deb nomlanuvchi mahalliy jamg‘arma tashkil etish orqali asos solindi. Ayni shu davrda, Malayziyada ham musulmonlar Haj amalini bajarishlariga moliyaviy ko‘mak bo‘lishi uchun Ziyoratchilar jamg‘arma korporasiyasi o‘z faoliyatini boshladi va 1969 yilda Tabung Haji (Tabung Haji) nomi bilan mashxur bo‘lgan Ziyoratchilarni boshqarish va jamg‘arma kengashi tarkibiga kiritildi. 1970 yillarga kelib Islom moliyasiga bo‘lgan e’tibor yanada kuchaydi va buning natijasi o‘laroq 1971 yilda Misrda Nasir Ijtimoiy banki tashkil etildi. Bu bank Misr prezidenti farmoniga asosan tashkil etilgan davlat homiyligidagi birinchi foizsiz muassasa edi. 1975 yilda islom moliyasi sohasida ikkita katta yangilik yuz berdi - BAAda Dubay Islom banki hamda Xalqaro Islom moliya tashkiloti sanaluvchi Islom Taraqqiyot banki (Jidda, Saudiya Arabistoni) tashkil etildi. Undan keyin yana ko‘plab Islom moliyasi muassasalari tashkil etildi, jumladan, 1977 yilda Bagama orollarida Islom Investisiya kompaniyasi (IIC) ga asos solindi, 1978 yilda Jidda shahrida Qirol Abdul Aziz nomidagi universitetda Islom iqtisodiyoti bo‘yicha tadqiqot markazi tashkil etildi. 1980 yillarga kelib Islomiy moliyaviy xizmatlar sanoati shiddat bilan rivojlana boshladi. Shulardan, uchta musulmon davlati: Eron, Pokiston va Sudanda jiddiy tadqiqot ishlari olib borildi, iste’molchilar huquqlarini ta’minlash va Shariatga mos mahsulotlarni taklif qilishda an’anaviy banklar ham jalb qilindi. Shuningdek, Xalqaro Valyuta Jamg‘armasi (IMF) foizsiz ishlaydigan iqtisodiy tizimning makroiqtisodiy oqibatlari bo‘yicha ilmiy tadqiqotlarni boshladi. O‘z navbatida, Malayziya va Bahrayn kabi davlatlar ham o‘zlarining mavjud tizimlari doirasida Islom bankchiligi faoliyatini boshlab yubordilar. Natijada, 1983 yil 1 iyulda Malayziyada Bank Islam Malaysia Berhad (BIMB) Islom banki tashkil etildi5 . Bu davrdagi yana bir muhim voqea sodir bo‘ldi - Saudiya Arabistonida Al-Rajhi Banking Investment Corporation nomi bilan ish boshladi va ushbu kompaniyaga Islom banki guvohnomasi berildi. Yagona yoki Ikki tomonlama bank tizimi 1980 yilning boshlarida mahalliy hamda xalqaro moliya institutlari tomonidan yagona yoki ikki yo‘nalishga ega bank tizimini tatbiq qilish yuzasidan ko‘plab bahs va munozaralar boshlandi. Yagona bank tizimi - bu mamlakatdagi barcha moliyaviy tizimlar Shariatga mos kelishi kerakligini bildirsa, ikki yo‘nalishga ega bank tizimi esa mamlakatda ham Islom, ham an’anaviy moliya muassasalarining bir vaqtning o‘zida (ya’ni yondosh ravishda) faoliyat yuritishini anglatadi. Pokiston, Sudan va Eron yagona banki tizimini tanladi va qisqa vaqt ichida bu mamlakatlarda barcha moliya muassasalari faqat Shariat tamoyilariga asoslangan moliya mahsulotlari va xizmatlarini taqdim etadigan Islom bank-moliya tizimi joriy etildi. Boshqa tomondan, Malayziya, Birlashgan Arab Amirliklari, Quvayt va Bahrayn davlatlari ikki yo‘nalishga ega bank tizimini bosqichma-bosqich joriy etishga kirishishdi. 2000 yildan hozirgi davrgacha Islom moliya muassasalarining rivoji va amaliyotlari ko‘lamining dunyo bo‘ylab kengayishi mahalliy hamda xalqaro darajadagi umumiy me’yoriy-huquqiy asos va qoidalarga bo‘lgan ehtiyojini oshirdi. Ushbu sabablar XXI asrning boshlarida xalqaro me’yorlarni belgilashga ixtisoslashgan muassasalar faoliyatining rivojlanishiga olib keldi. 2001 yilda. Islom Moliya Institutlari uchun Buxgalteriya Hisobi va Auditi Xalqaro Buxgalteriya Standartlari Kengashi , Islom Moliya Xizmatlari Kengashi va Xalqaro Islom Reyting Agentligi kabi tashkilotlar ham shu paytga kelib o‘z faoliyatlarini boshlashdi. Keyinchalik, Islom Banklari va Moliya Muassasalari Umumiy Kengashi va Islom Moliya Muassasalari uchun Arbitraj va Murosa Markazi va boshqa ko‘plab tashkilotlar tashkil etildi. Yuqoridagi muassasalarni tashkil etishdan asosiy maqsad, Islom moliyasi sanoatini samarali nazorat qilish, shaffoflik va bozor tartiblarini joriy qilish orqali qonuniy asosga ega, mustahkam va barqaror tizimni shakllantirish, boshqarish va tartibga solish edi. Shuningdek, ular Islom moliya muassasalarining nafaqat Shariat tamoyillariga va ichki qonunchilik talablariga mos kelishini, balki Shariat tamoyillariga zid bo‘lmagan jahon andozalariga ham muvofiq ishlashini ta’minlashga harakat qildilar. Endi Islom moliyasi va banklarining Gʻarb mamlakatlar hududida yoyilishiga to’xtaladigan bo’lsak, Islom banki va moliyasi nafaqat Islom davlatlarida, balki Gʻarb davlatlarida ham keng tarqala boshladi. Gʻarbdagi mashhur Islom banki va institutlari quyidagi jadval orqali ko’rishimiz mumkin: 1-jadval Gʻarb mamlakatlar hududidagi shallangan dastlabki Islom moliya institutlari6 Davlatlar Islom moliya institutlari nomi Tashkil topgan yil Lyuksemburg Islamic Banking International Holding 1978 yilda Jeneva Dar-al-mal-al-Islami 1981 yilda; Daniya Al-Baraka” guruhi va Daniya xalqaro Islom banki 1982 y ilda London Islamic Finance House 1983 yilda Yuqorida qayd etilgan muassasalardan tashqari, Islom banki xizmatlarini taklif etuvchi bir qancha dunyoga mashhur xalqaro an’anaviy banklar ham mavjud, jumladan, Chase Manhattan, Citibank, HSBC, Union Bank of Switzerland (UBS), BNP-Paribas, Standard Chartered va boshqa banklar. Islom moliasi sifatida tashil etilayotga moliya tashkilotlari islom moliyasi shartnomalari orqali amalga oshiriladi. Islomda shartnoma Shariatga zid bo‘lmagan taqdirdagina qonuniy hisoblanishi mumkin. Islom moliyasi shartnomalari Islom sivilizasiyasi davomida Shariat doirasida va jamiyat talablari asosida rivojlanib keldi. Arabiston yarim orolidagi arablar Islom dini kelishidan oldin ham o‘z moliyaviy ehtiyojlarini qondirish uchun bir necha turdagi shartnomalardan foydalanib kelishgan. Islom kelgandan keyin ham bu shartnomalar butunlay bekor qilinmadi, balki ularning mavzusi (predmeti) va amaliyotlariga e’tibor qaratildi. Chunki, savdo va moliya Islom Moliyasi ma’lumotlari asosida mualliflar tomonidan tuzilgan "Science and Education" Scientific “Jamaliyotlari Islom dinining ajralmas bir qismi hisoblanadi. Shu tariqa, Ribo unsuri mavjud deb topilgan har qanday shartnoma harom deb topildi va bekor qilindi. Shariatga to‘g‘ri kelmaydigan, lekin o‘zgartirilishi mumkin bo‘lgan bir qancha shartnomalar o‘zgartirildi, bir-biriga zid bo‘lgan tarkibiy qismlar olib tashlandi va shar’iy jihatdan to‘g‘ri holatga keltirildi. Islomdan oldin arablarda mavjud bo‘lgan ba’zi shartnomalar (masalan, mahsulotni ko‘rmasdan va tekshirmasdan ko‘r-ko‘rona qo‘l tekkizish orqali olish, tosh otish orqali aniqlash, egaliligi yo‘q bo‘lgan holda sotish) Payg‘ambarimiz Rasululloh sallolohu alayhi vasallam tomonidan nojoiz va Islomga zid deb e’lon qilingan. Shuningdek, Bay as-Salam kabi shartnomalar, barcha noto‘g‘ri unsurlar chiqarib tashlangach, Islom tamoyillariga mos - joiz ko‘rinishga keltirilgan. Yuqoridagi amaliyotlar Payg‘ambarimiz Rasululloh sallalohu alayhi vasallamning davrlarida to‘g‘rilangan shartnomalarning qisqacha tarixi edi. Endi esa, Islom moliyasidagi turli xil shartnomalarni, shuningdek, ularning tuzilishi hamda qo‘llanishini ko‘rib chiqamiz. Qur’oni Karimda Alloh ta’olo shunday marhamat qiladi: “Ey, iymon keltirganlar! Ahdnomalarga vafo qiling!” ("Moida" surasi 1-oyat). Qur’oni Karimning ushbu oyati Islomda shartnomalar uchun asos deyish mumkin. Shartnoma arab tilida “Aqd” deb nomlanadi, bu “bog‘lash”, “tugun” yoki “qo‘shilish” degan ma’noni anglatadi. Shartnoma unga aloqador barcha tomonlarni bir-biriga bog‘laydi. Shartnoma tomonlarning niyatlarini ifodalashi va ularning huquq hamda majburiyatlarini belgilashi bilan birgalikda, bitim yoki biznesning tabiati, jarayonlari, vositalari va davomiyligini aniq belgilab beradi. Islomda shartnomalarga alohida ahamiyat qaratiladi, shuning uchun ham moliya sohasidagi barcha shartnomalar Shariat tamoyillari asosida tuzilishi lozim. Islom dini (muayyan cheklovlarni nazarda tutgan xolda ) qarzni taqiqlamaydi, ammo inson sha’nini toptaydigan qarzga botib yashash madaniyatini ta’qiqlaydi. Islom shuningdek, tadbirkorlik ortidan keladigan shaxsiy manfaatni tabiiyki taqiqlamaydi, balki xudbinlik, ochko’zlik va qing’ir yo’l bilan ortirish kabi hayvoniy sifatlarni taqiqlaydi. Shu bilan birga islom banki va an’anaviy bankning bir biridan farqlarini ko’rib chiqamiz. Ikki turdagi bank (ya’ni islom banki va an’anaviy bank) tizimi mavjud bo‘lgan bir davlatda bir korxona an’anaviy tijorat bankidan kredit oladi. Yarim yildan so‘ng esa ushbu korxona islom banki bilan “murobaxa” bitimi imzolaydi. Ammo korxonaning faoliyati yaxshi yurmay qoladi. An’anaviy bank krediti bo‘yicha ham, islom banki “murobaxa” bitimi bo‘yicha ham to‘lov muddatlari yetib keladi. Korxonaning hozirgi xolida esa ularni to‘la olmaydi. Mana endi voqeaning eng «qiziq» joyiga keldik: an’anaviy bank, olingan kredit miqdoridan ham katta bo‘lgan jarima va penyalarni qo‘shib hisoblaydi (bunda kredit qaytarilmagan har bir kun uchun hisoblangan penya, kredit uchun belgilangan foizdan ancha yuqori bo‘ladi. Murobaha bitimi bo‘yicha esa korxona bank bilan tuzgan oldi-sotdi shartnomasiga asosan, avval boshdan kelishilgan ma’lum bir miqdordagi pulni to‘lashi kerak bo‘ladi xolos. Bunda, islom banki bir yil kechikkan to‘lovlar uchun ham hech qanday jarima yozmaydi va to‘lov miqdori islomda ribo taqiqlanganligi tufayli o‘zgarmas bo‘lib qolaverdi. Korxona rahbariyati an’anaviy tijorat banki tarafidan qo‘yilgan jarimalardan karaxt bo‘lgan bo‘lsa, “murobaha” bitimi bo‘yicha to‘lashi kerak mablag‘ning xattoki 1$ga ham ko‘paymaganidan hayron bo‘ladi. Tabiiyki, ular islom bankining bunday munosabatiga qoil qolishadi va minnatdorchilik sifatida murobaha bitimi bo‘yicha qarzni birinchi bo‘lib yopishadi. Ana’naviy bank bilan esa qo‘yilgan jarima va penyalar sababli hosil bo‘lgan ulkan qarz masalasida sudlashishni boshlashadi. Agar jarima, penyalar, kredit qo‘llanilganda korxona katta ehtimol bilan umuman yo‘q bo‘lib ketardi va o‘nlab odamlar ishsiz, qolardi, lekin bu voqeaning yakuni xayrli bo‘lib chiqdi. Shunday qilib, islom yo‘l-yo‘riq ko‘rsatuvchi tartiblarni taklif etadi va inson hayotining barcha jabhalari, shuningdek, ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar (muomala) uchun qoidalar majmuiga rioya etishga amr qiladi. Faqat so‘nggi bir necha o‘n yillikda ushbu moliyaviy va iqtisodiy nizom hamda me’yorlarni zamonaviy tahliliy atamalar nuqtai nazaridan izohlash uchun jiddiy sa’y-harakatlar amalga oshirilganiga qaramay va ko‘plab tadqiqotlar chop etilgan bo‘lsa-da, baribir «islomiy moliya» yoki «islomiy iqtisodiyot» singari «islomiy» atama qo‘shilgan turli ijtimoiy fanlarga nisbatan aniq ta’rifni qo‘llash yuzasidan ayrim chalkashliklar saqlanib turibdi. Mana shunday tizimning turli jabhalarini bir butun sifatida emas, balki alohida ko‘rib chiqish tendensiyasi buning asosiy sabablaridan biri hisoblanadi. Masalan, «islomiy moliya» atamasi ko‘pincha «foizni man etuvchi» tizimni ta’riflash uchun ishlatiladi. Lekin mana shunday sodda bayon etish nafaqat noto‘g‘ri, balki qo‘shimcha chalkashliklarning manbasi ham hisoblanadi. Shunday qilib, islom yo‘l-yo‘riq ko‘rsatuvchi tartiblarni taklif etadi va inson hayotining barcha jabhalari, shuningdek, ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar (muomala) uchun qoidalar majmuiga rioya etishga amr qiladi. Islom moliyasi va bankchiligining amaliy jihatlari barcha mamlakatlarda muvofiqlik va uyg‘unlik holatiga kelib ulgurganligini tushunib yetishimiz zarur. Shuning uchun yaratilgan va ishlab turgan mexanizmlarni qaytadan yaratishda xech bir ma’no yo‘q faqat shu mexanizmlarni omma oldida oqilona va to’g’ri ishlatish zarur. Mulk va boyliklarni saqlash shariatning asosiy maqsadlaridan biri bo‘lishi insonlarning yaxshi yashashi va adolatli jamiyat qurishda ular naqadar ahamiyatliligini ko‘rsatadi. Halol yo‘l bilan mol-mulk topish, boy va kambag‘allar orasida katta tafovut paydo bo‘lishi, boyliklarni bir qancha kishilar qo‘lida to‘planib qolishini oldini olishga asosiy e’tibor qaratiladi. Shariatning biror bir qoidasiga qarasangiz, turli taqiq yoki buyruqlar hayotning yuqorida ko‘rsatilgan jihatlarini saqlashga yo‘naltirilganini ko‘rishingiz mumkin. Islom moliyasida shakllangan qoidalar ham shu maqsadlarni ko‘zlaydi.
2. Bu yangi istiloh bo'lib, uning inglizcha istilohidagi muqobili “Insurance”. Inglizcha “security” so'zi ba'zi arab lahjalariga sug'urta ma'nosida kirib qolgan, keyinroq esa, ushbu so'zni buzib talaffuz qilish bilan bizning diyorlarga kelganda sug'urta deb ishlatila boshlangan.

Ta'min, ya'ni sug'urta moli ehtimoliy talofatga uchrasa, uni to'lab berish evaziga ma'lum mablag' yoki xizmat yoki boshqa bir moliyaviy to'lov to'lashni zimmasiga olib, sug'urta qiluvchi tomonidan to'lash orqali pul olib tuziladigan shartnoma.
Zamonimizning aksariyat olimlari va faqihlari an'anaviy sug'urtani nojoizligi haqida ittifoq qilganlar. Bunga sabab, unda g'arar, ribo va boshqa shu kabi shar'an taqiqlangan amaliyotlar mavjudligidir.
Albatta sug'urtaning turi ko'p bo'lib, zamonaviy jamiyatning juda ko'p jabhalarida moliyaviy mahsulot sifatida ishlatiladi. YUqorida aytilganidek shar'an man qilingan unsurlarni o'z ichiga olgan an'anaviy sug'urta amaliyotidan foydalanish joiz emas. Ammo, islom dini jamiyatda yuzaga keladigan barcha masalalarga adolatli yechim beruvchi dastur bo'lgani sababli, islomda takoful/ta'min mahsuloti an'anaviy sug'urtaning o'rniga yechim sifatida taklif qilingan. Uning asosida o'zaro evazsiz moliyaviy yordam turadi
Ushbu amaliyotning shar'iy dalillaridan biri, bir kishi Rasululloh sollallohu alayhi va sallamdan: “Tuyamni bog'lab tavakkul (ya'ni Allohga tavakkal) qilaymi yoki qo'yib yuborib, so'ng tavakkul qilaymi?” deb so'raganida, u zot: “Uni bog'lagin-da, so'ng tavakkul qil!”, deb aytganlar (SHu ma'nodagi hadisni Ibn Hibbon, Hokim va Quzo'iylar ham rivoyat qilishgan). YA'ni insonda imkoniyat bor ekan, qo'lidan kelgancha sabablarini qilib, o'ziga yoki mol-mulkiga yetishi mumkin bo'lgan zararlarning oldini olishga harakat qilishi tabiiy hol.
“Takoful” va “islom sug'urtasi” atamalari bir-birining o'rnini bosa oladigan atamalardir. Islom sug'urtasi – bu o'zaro yordam, birdamlik va ko'mak tamoyillariga asoslangan bo'lib, benefisiarlar (ya'ni yordam loyihasidan manfaat olishi mumkin bo'lgan tomonlar) duch keladigan turli falokat va ko'ngilsiz holatlar, masalan, mol-mulkdan ayrilish yoki ularga zarar yetish kabi holatlarda yechim hisoblanadi.
Islom shariatiga muvofiq sug'urta – Takoful (التكافل) so'zi arab tilidagi kafala (الكفالة) – “kafillik”, “bir-biriga kafolat berish” so'zidan olingan. O'z o'rnida, takoful jamoaviy ta'min yoki sug'urta deb ham qaraladi, lekin hamma jamoaviy sug'urtalar ham shariatga muvofiq kelavermaydi.
Islom moliya muassasalari buxgalteriya hisobi va auditi (AAOIFI) xalqaro tashkilotining 26 sonli me'yorida, takofulga quyidagicha ta'rif berilgan:
“Islom moliyasiga muvofiq sug'urta – SHariat qoidalari va tamoyillariga rioya etadigan maxsus kompaniya boshqaruvi ostidagi, barcha turdagi xavf-xatarlarni qamrab olgan sug'urtaning bir shaklidir.
Islom moliyasiga muvofiq sug'urta shartnomasi o'zaro yordam va xayr-ehson asosida (jamg'arma shaklida) tuziladi, turli xatarlar tufayli vujudga kelgan zarar yoki yo'qotishlar jamg'arma a'zolari o'rtasida adolatli taqsim etiladi (ya'ni ko'rilgan talafot a'zolar tomonidan kiritilgan mablag'lar hisobidan qoplanadi)”.
Takoful “o'zaro kafolatlash”, O'zbekiston qonunchiligida ham ko'zda tutilgan amaliyot bo'lib, fuqaro va tashkilotlar tomonidan muayyan pul mablag'larini birlashtirish yo'li bilan, amalga oshirilishi mumkin bo'lgan ikki tomonlama sug'urtaga mos keladi. Ushbu sug'urta turi ayrim mamlakatlarda vaqf ko'rinishida ham qo'llanib kelinmoqda.
Takoful to'g'ri amalga oshirilishi uchun maxsus sug'urta jamg'armasi tuziladi. Jamg'arma a'zolari oldindan e'lon qilingan tartib-qoidaga ko'ra sug'urta uchun badallarni ehson sifatida jamg'armaga kiritishadi, jamg'arma esa o'z mulkiga aylangan ushbu mablag'lar hisobidan a'zolarining kelishilgan zararlarini qoplab turadi. Yil yakunida sug'urtadan ortgan mablag'larning bir qismi jamiyat nizomidagi tartib-qoidalar asosida keyingi yillar zaxirasiga olib qo'yilishi yoki a'zolar o'rtasida taqsimlanishi, vaqf shaklida tuzilgan jamg'armaning qoldig'idan esa muhtojlarga moddiy yordam ham ko'rsatilishi mumkin. Jamg'arma boshqaruvi odatda tijorat tashkilotiga topshiriladi. Bunda boshqaruvchi tashkilot jamg'armaga egalik qilmaydi, balki jamg'arma faoliyatini vakil sifatida boshqaradi va o'zining xizmatlari evaziga jamg'armadan haq olish huquqiga ega bo'ladi. Bunda, boshqaruvchi tashkilot va jamg'arma a'zolari o'rtasida manfaatlar qarama-qarshiligi yuzaga kelmaydi, chunki jamg'arma hisobidan zararlarni to'lamaslikdan boshqaruvchi tashkilot hech qanaqasiga manfaatdor bo'lmaydi. SHu o'rinda bir narsani ta'kidlash lozim: jamg'armaning tovon to'lovidan ortgan qismi jamg'arma va uning a'zolari ixtiyorida qoldiriladi, ya'ni boshqaruvchi tashkilot tasarrufiga o'tkazilmaydi. Ba'zida ko'rilgan zarar taxmin qilingan ko'rsatkichlardan yuqori bo'lib qolishi va shu sababli jamg'arilgan badallar zararlarni qoplashga yetmay qolishi mumkin. SHunday paytlarda tovon to'lovi uchun kerak bo'lgan mablag' jamg'armaning boshqaruvchi tashkilotidan qarz yoki boshqa o'zaro sug'urta jamiyatlaridan (avvalroq tuzilgan kelishuv asosida) yordam sifatida olinadi.
Olingan qarzlar keyingi yillardagi sug'urta to'lovlaridan ortgan zaxira hisobidan qaytariladi. Agar boshqa jamg'armalardan, ularga oldindan badal o'tkazib turish hisobiga, yordam puli olingan bo'lsa, ushbu yordam puli qaytarilmaydi.
YAna shuni ta'kidlash kerakki, takoful, iqtisodiyotga an'anaviy tijoriy sug'urta turidan ko'ra foydaliroqdir. An'anaviy tijoriy sug'urta o'z ichiga islomda taqiqlangan g'arar (noaniqlik, mavhumlik) va riboni oladi, chunki:
Sug'urta qilgan shaxs sug'urta kompaniyasiga sug'urta uchun pul to'laydi, lekin evaziga real mol yoki xizmat emas, kelajakda sodir bo'lishi mumkin bo'lgan sug'urta holatida unga yetgan talafotni qoplab berish va'dasini oladi xolos, bu esa g'arar;
Sug'urta kompaniyalari turli shaxslardan sug'urta bo'yicha tushgan pullarni tijorat banklariga qo'yib foiz olib ko'paytirishadi, bu esa ribo.
Takoful tizimida esa turli shaxslar tarafidan jamg'armaga kiritilgan pullar jamg'armani boshqaruvchi kompaniya tarafidan (jamg'arma a'zolari roziligi bilan albatta) turli halol loyihalarga muzoraba kapitali sifatida kiritiladi va bu holatda jamg'armani boshqaruvchi kompaniya muzorib sifatida faoliyat yuritadi. Bunday faoliyat doirasida olingan foyda, ish yuritgan jamg'arma boshqaruvchisi – muzorib (ish yuritganligi uchun) va jamiyat a'zolari o'rtasida boshidagi kelishuvga asosan taqsimlanadi
3. Islom banki, islomiy moliya (arabcha: مصرفية إسلامية), yoki Shariatga muvofiq moliya — bu shariat (Islom qonunlari) va uni islom iqtisodini rivojlantirish orqali amalda qoʻllashga mos keladigan bank yoki moliyalashtirish faoliyati. Islomiy bank yoki moliyaning baʼzi usullari orasida Mudarabah (foydani taqsimlash va zarar koʻrish), Vadiya (xavfni saqlash), Musharaka (qoʻshma korxona), Murabaha (narx-plyus) va Ijara (lizing) kiradi.

Islom banklari loyihalarni moliyalashtirishdan foyda olishadi. Omonatchilari faqatgina dividendlarga e’tibor qaratgan holda, o‘z mablag‘lari nimalarga investitsiya qilinishini bilmaydigan an’anaviy banklardan farqli ravishda, Islom banklarida omonatchi pul mablag‘larining kelgusidagi harakatini ko‘rishi mumkin, bunda mablag‘ biznesga investitsiya qilinadi hamda foydasi bank va omonatchi o‘rtasida bo‘linadi.
Shariat barcha qarzlar boʻyicha toʻlanadigan foiz sifatida taʼriflangan ribani yoki sudxoʻrlikni taqiqlaydi (garchi baʼzi musulmonlar foiz ribaga teng ekanligi toʻgʻrisida yakdil fikr bormi yoki yoʻqmi, deb bahslashsa ham). Islom tamoyillariga zid deb hisoblangan (masalan, choʻchqa goʻshti yoki spirtli ichimliklar) tovarlar yoki xizmatlar koʻrsatadigan korxonalarga sarmoya kiritish ham harom („gunoh va man etilgan“)
Bu taqiqlar islomga zid odatlarning oldini olish uchun musulmon mamlakatlari yoki jamoalarida tarixan turli darajada qoʻllanilgan. 20-asr oxirida islomiy oʻziga xoslikni qayta tiklash doirasida.Bu tamoyillarni musulmon jamiyati ichidagi xususiy yoki yarim xususiy tijorat muassasalariga tatbiq etish uchun bir qancha islom banklari tashkil etilgan. Ularning soni va hajmi oshib bordi, shuning uchun 2009-yilga kelib dunyo boʻylab islom tamoyillariga mos keladigan 300 dan ortiq bank va 250 ta investitsiya fondlari 2014-yilga kelib 2 trillion dollar atrofida boʻldi.Shariatga mos moliyaviy institutlar jami jahon aktivlarining taxminan 1% ni tashkil etdi, Koʻrfaz hamkorlik kengashi (GCC) mamlakatlari, Pokiston, Eron va Malayziyada jamlangan. Islom banki hali ham musulmonlar bank aktivlarining atigi bir qismini tashkil etsa-da, tashkil topganidan beri u butun bank aktivlariga qaraganda tezroq oʻsib bormoqda va bundan keyin ham shunday davom etishi kutilmoqda.
Sanoat Gʻarbning „siyosiy va iqtisodiy hukmronligi“ ni rad etishda „ilohiy hidoyat“ yoʻliga qaytgani uchun maqtovga sazovor boʻldi va islom uygʻonishining „eng koʻzga koʻringan belgisi“, uning eng gullagan davri sifatida qayd etildi. Advokatlar toʻliq amalga oshirilgandan soʻng „inflyatsiya, ishsizlik, ekspluatatsiya va qashshoqlik boʻlmaydi“ deb vaʼda qiladilar. Shu bilan birga, u foyda va zararni taqsimlash yoki dastlabki promouterlar tomonidan vaʼda qilingan investitsiyalarning koʻproq axloqiy usullarini ishlab chiqmagani va buning oʻrniga "rasmiy talablarga javob beradigan bank mahsulotlarini sotgani uchun ham tanqid qilindi. „Islom qonuni“, lekin „foizni yashirish uchun hiyla ishlatadi“ va anʼanaviy (ribavi) banklarga qaraganda „yuqoriroq xarajatlar, katta xavflar“ ga olib keladi.
4. O‘zbekistonda «Islom bank ishi va moliyasi» tashkiloti (AlHuda) fikricha, MDH mamlakatlarida islom moliya sanoatining o‘sishi boshqa davlatlarga qaraganda sekinroq, ammo bu mintaqada imkoniyatlarning ortib borayotgani tufayli jahon xalqaro bank sanoatining e’tiborini tortmoqda. MDH davlatlari hukumatlari ushbu sektorni rivojlantirish bo‘yicha tashabbus ko‘rsatsa, keyingi besh yil ichida islom banki ishi sezilarli darajada o‘sadi.

Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va O‘zbekiston MDHda islom banki va moliyasining bu kengayishida yetakchilik qiluvchi asosiy o‘yinchilar bo‘lishi mumkin, deyiladi bayonotda.
Bugungi kunda O‘zbekistonda islom moliyasiga qiziqish tobora ortib bormoqda. O‘zbekiston — Markaziy Osiyoning 35 million ortiq aholiga ega muhim davlati, aholisining 93 foiz qismi musulmonlardir. U nafaqat gaz, neft va boshqa tabiiy resurslarga boy, balki azaldan ham ilm va islom dinining markazlaridan biri bo‘lib kelgan.
Dastlab, 2003 va 2004 yillarda O‘zbekiston ITB va xususiy sektorni rivojlantirish islom korporatsiyasiga (ICD) a’zoligi orqali islom moliyasini tan olish yo‘lida muhim qadamlar qo‘ydi. Bu institutlar va hukumat o‘rtasidagi barqaror aloqalar islomiy moliyaga ushbu bozorga kirish nuqtasini qo‘lga kiritish imkonini berdi


Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling